cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Abdulvahid

Hayot(im)dagi qiziq narsalar

Більше
Рекламні дописи
277
Підписники
Немає даних24 години
+17 днів
-530 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Havas — qalbning istagi. Uni aql bilan boshqarib boʻlmaydi. Havas ichkaridan tugʻiladigan narsa. Uning tugʻilishi bizning odatlarimiz, oʻzak tushunchalarimiz, asl dunyoqarashimiz va asl qalbimizning tubidagi ma'nolardan kelib chiqadi. Biz oʻsha oʻzak ma'nolarni isloh qilsakkina, bizda havaslar oʻzgaradi! Ichingizda nima borligini bilmoqchi boʻlsangiz, siz havas qilib turgan narsalarga qarang.
Показати все...
👍 6 2
Milliarderlarga havas qilasizmi? Boylikning o'zigagina havas qilinmaydi, ya'ni falonchi boyning million dollar puli borligi havas qilishga arzimaydi. Balki shu pulning nimaga sarf qilinayotganiga havas qilinadi. Misol uchun o'sha boy pulini infoq qilsa, shu infoq amali sababidan unga o'xshashlikni xohlash arziydi. Infoq degani sarf qilish degani. Pulini bosib yotish emas. Infoqni ham aynan boshqalarning extiyojlari uchun qilinganidir. Kishi o'z molini o'zining dang'illama uyiga, falon ming dollarlik mashinasiga, qishda 10 xil, yozda 50 xil kiyinishiga, 1 haftada 4 marta choyxonada o'tirishiga ham sarflashi mumkin. Sarf imkoniyatdan kelib chiqib emas, ehtiyojdan kelib chiqib qilinishi kerak. Havas qilsa arzigulik infoq esa, o'zining ehtiyojiga keragini olib qolib, ortganini qolganlarning ehtiyojiga yo'naltirishdir. Mana shu maqtalgan va havas qilsa bo'ladigan boylik va uning sarfidir. @ahmad_abdulvahid
Показати все...
👍 11
Tijoratni kim bilan qilsangiz, haqqini ham oʻshandan olasiz. Kasod boʻlmaydigan tijoratni tanlang.
Показати все...
9👍 1
Yomgʻirni sevaman deysanku, soyaboning nimasi?!
Показати все...
9👏 1🤣 1
Hammamiz idishimizga yarashasini olamiz.
Показати все...
💯 14👍 1
Repost from Hubbuna
- Oʻgʻlim buzuq ayolga ilakishib qolibdi. Yashshamagurga yaxshi bir qiz topib uylantirsam, zora quyulib qolsa... - Shu oʻgʻlim akalariga oʻxshamadi, oʻta tanbal. Biror ishning boshini tutay demaydi. Uylantirsam, roʻzgʻorni qanday eplaydi, hayronman! Ha-ya, epchil-chaqqongina, qoʻlida hunari bor qizlardan taniganingiz boʻlsa, tavsiya etvoring... - Katta oʻgʻlimning feʼli xunuk, sal narsaga lovullab, jahllanib, urishib ketadi. Bunga ogʻir-vazmin, sermulohaza, yaxshi tarbiya koʻrgan qizni oberishim kerak... - Shu desangiz, kichik oʻgʻlim bizdan yashirincha ichib-chekadigan odat chiqargan. Kechqurunlari allamahalgacha koʻcha kezadi, shu paytgacha qayerda eding degan odam naq baloga qoladi! Halol-haromni farqlaydigan, ibodatli, muslima qiz boʻlsa, shunga obersam. Xotini aqlli boʻlsa, yomon yoʻldan qaytarib oladi-da... Oʻz tuqqanini tarbiya etolmagan onalarning bedavo oʻgʻil uchun «davo vositasi» bu. Bir onaning oʻz bolasi rohatini oʻylab boshqa onaning bolasini azobga duchor etishi mana shunday «tadbir»lardan boshlanadi; ayolning ayolga zulmi mana shunday fikrlardan boshlanadi; oilalarning parokandaligi mana shunday «yaxshi niyat»lardan boshlanadi. «Bunaqa oʻgʻillaringiz xotin emas, psixolog yo psixiatrda seans olsin; ichuvchi-chekuvchi oʻgʻlingizni yetaklab sovchilikka emas, narkologga boring; bu oʻgʻillaringizga avvalo odam boʻlish ilmini oʻqiting, keyin nikohlarini oʻqitasiz, muhtaramalar», - deydigan kimsa yoʻq. Kelin ertaklardagi sehrgar parimi ediki, tayoqchasini bir silkitib, maxluqni shahzodaga aylantirib qoʻysa! Va umuman, oʻz oʻgʻliga tarbiya bera olmagan, demakki onalik burchini, vazifasini bajara bilmagan ayol boshqa bir oilaning oqila qiziga qaynonalik qilishga qanchalik haqli? Hulkar Bakayeva #oila_qurish ✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Показати все...
💯 9👍 4
Hozirgi kunda kelajaging uchun eng zararli ish — bosh barmogʻingni pastdan tepaga qayta-qayta koʻtarishing. @ahmad_abdulvahid
Показати все...
👍 6👎 1🔥 1💯 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
💯
Показати все...
👍 5👎 1
Samolyot tezlanish olib, yerdan ko'tarilgunicha qaltirab, titrab ketadi. Agar shunday qiyinchilik his qilayotgan bo'lsang, bilki sen tezlanish olyapsan. Kerakli tezlikka chiqib olganingdan so'ng tepadan manzara juda go'zal ko'rinadi 🙂 @ahmad_abdulvahid
Показати все...
🔥 19👍 6👎 1
Senga zarari tegishi mumkin bo'lgan ishlardan cheklanishdan ko'ra afzalrog'i — senga foydasi tegmaydigan ishlardan chetda bo'lishing.
Показати все...
🔥 6👍 2