Kommunal News
Відкрити в Telegram
@Uzsvet_Bot telegram botining rasmiy kanaliga xush kelibsiz!
Показати більше6 681
Підписники
Немає даних24 години
-637 днів
-32330 день
Архів дописів
6 681
+2
#Tezkor_tadbir
Alyuminni qayta ishlash sexida 1,8 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
“Oʻzenergoinspeksiya” Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar va gaz ta’minoti korxonasi ishtirokida oʻtkazilgan nazorat tadbirida Dang‘ara tumani “Navbahor” MFYda joylashgan"A. M." MCHJga qarashli alyuminni qayta ishlash sexida hisoblagichdan tashqari yashirincha bay-pas gaz quvuridan noqonuniy holatda tabiiy gazdan foydalanilganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 1 milliard 805 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. 👉@kommunal
6 681
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga Qurbon hayiti tabrigi.
Muhtaram vatandoshlar!
Siz, azizlarni, barcha mo‘min-musulmon yurtdoshlarimizni, butun xalqimizni ulug‘ va mo‘tabar ayyom – Qurbon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etib, o‘zimning yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni bildirishdan g‘oyat mamnunman.👉@kommunal
6 681
+3
AGTKShlarda metan gaz narxini asossiz oshirishlarni oldini olish bo‘yicha monitoring va profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda
Namangan viloyatidagi mavjud avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida metan gaz narxini asossiz oshirilishi oldini olish hamda texnologik jarayonlarga rioya qilish bo‘yicha Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va “O‘zenergoinspeksiya” Namangan viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan monitoring va nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
O‘rganishlar davomida AGTKShlar tomonidan metan gaz narxini asossiz oshirish holatlari va shoxobchalarga gaz quyishda navbatlar mavjud emasligi ma’lum bo‘ldi.1️⃣ Monitoring va nazorat tadbirlari davomida O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi O‘RQ-850 qonuni bo‘yicha shoxobchalar mas’ullariga tushuntirish ishlari olib borildi. 👉@kommunal
6 681
+2
#Tezkor_tadbir
Alyuminni qayta ishlash sexida 1,8 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
“Oʻzenergoinspeksiya” Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar va gaz ta’minoti korxonasi ishtirokida oʻtkazilgan nazorat tadbirida Dang‘ara tumani “Navbahor” MFYda joylashgan"A. M." MCHJga qarashli alyuminni qayta ishlash sexida hisoblagichdan tashqari yashirincha bay-pas gaz quvuridan noqonuniy holatda tabiiy gazdan foydalanilganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 1 milliard 805 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. 👉@kommunal
6 681
1️⃣ Nazorat tadbirlarida aniqlangan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati
📌 Surxondaryo viloyati
👉@kommunal
6 681
#nazorat
Sifatsiz neft mahsulotini sotuvga chiqargan AYOQSHga nisbatan 75 mln so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi
“O‘zenergoinspeksiya” Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Quvasoy shahrida joylashgan "M." MCHJga qarashli AYOQSh tomonidan sotilayotgan AI-80 va AI-92 markali avtobenzindan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsiz) aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida O'zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 43-moddasi bo‘yicha hisob-kitob qilinib, 75 million so‘m miqdorida (realizatsiya qilingan neft mahsuloti qiymatining 50 foizi miqdorida) jarima qo‘llanildi.1️⃣Mazkur holat yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYOQShda aniqlangan qoldiq saqlanayotgan sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqarmaslik va sifatini qayta tiklash lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma berildi. 👉@kommunal
6 681
#Tezkor_tadbir
Termiz tumanida umumiy ovqatlanish binosida 300,5 mln so‘mlik elektr energiyadan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
“O‘zenergoinspeksiya” Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va IIB bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida Termiz tumanida joylashgan “Z. SH.” MCHJga qarashli umumiy ovqatlanish binosida elektr hisoblagichdan tashqari ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 300,5 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. 👉@kommunal
6 681
+3
#Live 1️⃣soat: 09:45, 4-iyun, 2025-yil
Elektr energiyasidan nooqilona foydalanishni olidini olish maqsadida iste’molchilarga tegishli tartibda profilaktika ishlari olib borilmoqda
Xususan, Toshkent shahrida olib borilgan o’rganishlarda ayrim iste’molchilarning elektr energiyasini behuda sarflash, ehtiyoj bo‘masada shunchaki yoqib qo‘yish kabi holatlari ko‘plab uchramoqda.
Unitmang elektr energiyasini behuda sarflash javobgarlikka sabab bo‘ladi.👉@kommunal
6 681
+8
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan seminar tashkil etildi
Bugun “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuniga bag‘ishlangan “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yo‘nalishidagi dolzarb ustuvor vazifalar” mavzusidagi seminar o‘z ishini boshladi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi” doirasida tashkil etilmoqda.
Seminarda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ markaziy apparati va tizim korxonalarining ekologiya bo‘yicha mutaxassislari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Enegetika vazirligi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining soha vakillari ishtirok etmoqda.
Tadbir doirasida atrof-muhitni muhofaza qilish, barqaror rivojlanish va “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarga oid infografik materiallar va taqdimotlar namoyish etiladi.
Seminar sessiyalari davomida ekologik tashabbuslar, istiqbolli loyihalar va sohadagi muammolar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilinmoqda.
Seminar, joriy yil 4-iyun kuniga qadar o‘z ishini davom ettiradi.
👉@kommunal
6 681
+2
#nazorat
Xorazm va jizzax viloyatlarida sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqargan AYOQShlarga nisbatan chora ko‘rildi
“O‘zenergoinspeksiya” Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Yangiariq tumanida joylashgan “N.” xususiy korxonasiga qarashli AYOQSh tomonidan sotilayotgan AI-95 markali avtobenzin hamda dizel yonilgʻisidan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsiz) aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida O'zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 43-moddasi bo‘yicha hisob-kitob qilinib, 6,7 mln so‘m miqdorida iqtisodiy sanksiya qo‘llanildi.1️⃣Bu kabi holat Jizzax viloyatidagi "V. O." MCHJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida ham dizel yonilg‘isi davlat standart talablariga mos kelmasligi ma’lum bo‘ldi. Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYOQShlarda aniqlangan qoldiq saqlanayotgan sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqarmaslik va sifatini qayta tiklash lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma berildi. 👉@kommunal
6 681
#Tezkor_tadbir
O‘zboshimchalik bilan elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlandi
“O‘zenergoinspeksiya” Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi bilan hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirida Kasbi tumani "Shakarjuy" MFYda joylashgan "M. M. R." fermer xo‘jaligi tomonidan dala yer maydonlarini sug‘orish uchun o‘rnatilgan suv nasos qurilmasini hisoblagichdan tashqari ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 423,3 mln so‘mlik zarar yetkazganligi ma‘lum bo‘ldi.Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. 👉@kommunal
6 681
#Bilish_shart
Tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzish holatlari bo‘yicha rasmiylashtirilgan qoidabuzarlik dalolatnomasiga asosan:
🤩 iste’molchiga tabiiy gazni yetkazib berish to‘xtatiladi va "O‘zenergoinspeksiya" mutaxassislari tomonidan hisoblagichlar va o‘chirib-yoqish jihozlariga plomba o‘rnatiladi;
🤩 amalga oshirilgan qayta hisob-kitob bo‘yicha to‘lovlar Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-sentabrdagi 512-son qaroriga muvofiq gaz ta’minoti tashkilotining alohida hisobvarag‘iga undiriladi va to‘lovlar amalga oshirilgandan so‘ng tarmoqqa qayta ulanishga ruxsat beriladi.
🚫 Bunda iste’molchi ruxsatsiz plombani buzganligi uchun belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortiladi.👉@kommunal
6 681
#Bilasizmi
Tabiiy gazni tejash
➖Bilasizmi, gaz plitasining olovi qozon, tova, choynak tagidan tashqariga chiqmasligi kerak. Bunday holda, Siz faqatgina uyingiz xonasi havosini isitib, tabiiy gazni me’yordan 50 foiz yoki undan ko‘proq sarflaysiz.
➖Gaz plitasi gorelkasi ostiga alyuminiy folga qistirmalarini o‘rnatish tavsiya etiladi. Bunday holda, gorelka juda qizib ketmaydi va iflos bo‘lmaydi, gaz esa 30 foiz yoki undan ko‘proq tejamkorroq ishlatiladi.
👉@kommunal
6 681
Energiya auditidan o‘tkazish jarayonlarini samarali tashkil etish va energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan seminar o‘tkazildi
“O‘zenergoinspeksiya” Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan yirik iste’molchilar uchun tashkil etilgan uchrashuvda iqtisodiyot tarmoqlarida energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirishni ta’minlash hamda energiya auditidan o‘tkazish jarayonlarini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Seminarda sohaning malakali mutaxassislari tomonidan energiya resurslarini iqtisod qilish, texnologik yo‘qotishlarni oldini olish, yirik korxonalarni auditdan o‘tkazish tartibi va boshqa dolzarb mavzular yuzasidan fikr-mulohaza almashildi.Iste’molchilarga energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar, energiya balansini ishlab chiqish, bir birlik mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanayotgan energiya miqdorini hisoblab chiqish, energiya samaradorligini oshirish borasidagi faoliyatni tashkil etish va energiya audit ishlarini tashkil etish mexanizmlari tushuntirildi. 👉@kommunal
6 681
#nazorat
Davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazish muddatiga amal qilinmasdan istemolchilarga neft mahsulotlarini sotuvga chiqargan AYOQSHga nisbatan chora ko’rildi
“O‘zenergoinspeksiya” Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan Boyovut tumanida joylashgan “B.P.O.” MChJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida neft mahsulotlarini tarqatish talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganish davomida ushbu AYOQShdagi yoqilg'i tarqatish ustunlarining navbatdagi davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazish muddatiga amal qilinmasdan istemolchilarga neft mahsulotlari sotilayotganligi aniqlandi.1️⃣Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining 940-sonli qonunining 43-moddasiga ko‘ra, ushbu AYOQSHga nisbatan 50,3 million so‘m (realizatsiya qilingan avtobenzin qiymatining 50 foizi) miqdorida jarima qo‘llanildi. 👉@kommunal
6 681
May oyida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishlar natijasida tizimga 94,8 mlrd soʻmlik zarar yetkazilgan
“Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda elektr va gaz taʼminoti korxonalari ishtirokida so‘ngi bir oyda oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida isteʼmolchilar tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan 229 ta holat aniqlandi.
Unga ko‘ra, 35,6 mln kVt⋅soat elektr energiyasi (57,9 mlrd soʻm) va 13,2 mln metr kub tabiiy gaz (36,9 mlrd soʻm) talon-toroj qilinishi natijasida jami 94 milliard 887 million soʻm zarar qayta hisob-kitob qilindi.1️⃣Shuningdek, iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik bo‘yicha 448 ta ma‘muriy ish rasmiylashtirildi. Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi. 👉@kommunal
6 681
#tavsiya
Suyultirilgan gaz ballonlarni quyosh nuri to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushuvchi joylarda saqlamang.
👉@kommunal
6 681
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik holatlari aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmazor tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “D.T.” MCHJ mas’ul shaxslari ko‘p qavatli uylarda elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 142,9 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Shu kabi Departamentning To‘raqo‘rg‘on tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “A.F.” MCHJ rahbari A.F. va “Z.I.” oilaviy korxonasi rahbari I.T. ishlab chiqarish hamda umumiy ovqatlanish shoxobchasida tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib jami 111,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o’tkazilmoqda.
👉@kommunal
6 681
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori
2025-yilda muborak Qurbon hayitining birinchi kuni 6-iyun – juma kuniga to‘g‘ri kelishi to‘g‘risida O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilinib, mamlakatimizda 6-iyun Qurbon hayiti bayrami sifatida keng nishonlansin.
👉@kommunal
