cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

ᕼᗩYOT ᐯᗩSFİ

Assalamu alaykum va Rohmatullohi va Barokatuh!😊 Hayotning turli, rang-barang suratlariga birgalikda nigoh tashlashimiz mumkin, ammo, uning vasifini esa har kim õz nigohida jonlantiradi... Kapalak misol qanot qoqqan tuyğular. Kanal ijtimoiy

Більше
Рекламні дописи
342
Підписники
Немає даних24 години
+77 днів
+930 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Amiyn Toshkentdan qaytib, otasining yoniga bordi. Otasi bilan iliq suhbatlashdilar, keksaygan ota yana õğlining uylanishi haqida gap ochdi. Amiyn bunga javoban: —Dada agar xizmat yuzasidan kelin olmoqchi bõlsangiz uylanaman. Ammo baxtli bõlishimni istasangiz iltimos buni sõramang. —Toshkentligingni hali ham sevasanmi? Dedi kulib otasi. —U qalbim boğchasida ungan nilufar. Unutmoq uchun kõldagi baqa bõlish kerak. Lekin men kõlman nilufari bağridan uzilgan,–dedi. Samiraning ota-onasidan farqli jihati Amiynning otasi uni qattiq hurmat qilar, hislariga bosim õtkazmasdi. Otasi: —Tõğri aytasan, agar niyatim orzu-havas evaziga qalbing istamaganini istash bõlsa, bu orzuni bizga nima foydasi bor,–dedi. Amiyn otasining peshonasidan õpib: —Siz mening nafaqat otam, balki ma'naviy ustozimsiz. Umringiz uzoq bõlsin va sizni rozi qilishni Alloh nasib qilsin,–dedi. Otasi: —Insonlarni rozi qila olmaysan bolam. Sen Allohni rozi qilishga harakat qil. Men sendan rozi bõlaman. Õzingga va menga gõzal xotima tila! Chunki, mõmin jannat talabida ekan iymonli õlimga ehtiyoji bor,–dedi. Tin olgach: —Qachongacha uni sevmoqchisan bolam. U õzganing mahrami,–dedi. Amiyn: —Undan ayrilmagunimcha qalbimga chuqur joylashganini bilmabman. Allohdan qalbimni keng qilishini sõrayman. Alloh esa xayrli vaqtda menga bir yechim kõrsatadi. Hozir mendan talab etilgani sabr va taqvo,–dedi. * Kõnikish va sabr bilan Samiraning 5 yili õtdi. Ikkinchi farzandi ham 1 yoshni qoralab qõydi. Ammo, eski yaralar bitmay yangilari yara ochardi. Ikkinchi farzandi ham qiz bõlganligi uchun qaynonasi qolib, eridan ham shavqatsizlik kõrardi. Samiraga unday insonlar orasida yashab ham tafakkuri, izlanishi, qat'iyati õlmaganiga, orzulari va yoruğ kelajakka farzandlarini ham chorlaganiga tahsin aytmay iloj yõq. Salkam õtgan olti yarim yil ichida u eriga mehr kõrsatishda kamchilikka yõl qõymadi. Farzandlarining otasi sifatida doim uni hurmat qildi, ota-onasining kuyovi haqidagi salbiy fikrlarini õzgartirardi. Kunlardan bir kun qaynonasi yana õğil tuğmagani uchun kesatiq qildi: —Qõshnimiz Asiyla opa bor-u. Shu yaqinda õğil nabirali bõlibdi. Endi kelgan toğoralarni aytmaysiz-mi?! Shunaqangi kõpki, keliniyam bir chiroyli. Barbir õğil boshqacha savlat beradi-da,—dedi. İndamay oshxonada xamir yoyayotgan Samira: —Õğil-mi qiz-mi Robbim ota-onalik baxtiga musharraf qilganiga shukr. Qancha dugonalarimning mendan oldin tõyi bõlgan hali farzandli bõlishgani yõq. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam "Kimning uch qizi bõlsa jannatiydir" deganlar. Robbimning sevikli qullari ekanmiz-ki, bizga Õz omonati bõlgan qizlarni berdi,–dedi. Qaynonasi Samiraning tilidan hadis chiqsa afti burishardi: —Yetti yil bõladi kelin bõlganingizga bitta hamirni eplab yoyolmaysiz. Kechga ovqatga hadisingizni yeymizmi! Tezroq qimirlang,–deb urishib chiqib ketdi. Negadir Samiraning kõzi yoshlanib, hamir yoyarkan yoshlar quyila boshladi. Bugun hayotidagi ilk sevgisi Amiyn bilan tanishgan kuni edi. Hayotida qanday zulm kõrmasin, aqliga birinchi u kelardi. "Qiziq u hozir qanday ekan? Xoynaxoy uylangandir. Unga turmushga chiqqan qiz hozir maza qilib yashayotgandir. Ota-onam uni qancha yerga urmadi. " Qishloqi" "kambağal " deb. Shuncha gap-sõzdan keyin boshqa qizni tanlamay iloji yõq. Tavba nima deyapman õzi? Allohim!!! Qanchalik azob ekan bu afsus tuyğusi..Agar va koshki degan gumonlar" derdi. #Davomi_bor. ✍Fahriya_Ya'qub
Показати все...
💔 6👍 2😢 2
QANI QANI ILMGA CHANQOQ MUSLIM VA MUSLIMALAR... 📣📣📣    ✨ Siz va ahlingiz uchun manfaatli kanal qidirvossizmi ❓ 🫵 Unda bu siz uchun 👇 📚Turli xildagi kitoblar:; 🧸 Montessori o'yinchoqlar; 🗃Poligrafiya xizmati . 😻Lipuchkali qo'llanmalar; ❤️‍🔥Yana Aksiya va Chegirmalari ham bor ...
Xullas qirralari ko'p. Ming marta eshitgandan ko'ra bir marta ko'rgan afzal 👍
MANZIL BU YERDA👇👇👇 : Telegram || Instagram Telegram || Instagram Telegram || Instagram
Показати все...
8.23 KB
—Ering-chi bunga hech narsa demadi-mi? —Bu uyda faqat qaynonamning aytgani bõladi. Agar aytganini qilmasang majburlab qildiradi. Qaynotam ham maydagap ayollarni õzi. Oltmish yoshdan oshgan odam har kuni qancha non yedim, necha marta "hop bo'ladi" deganimni sanab õtiradi. Qaynisinglimni õzing kõrding. Erim bularning yuzidan õtib hech narsa deya olmaydi. Tuğishimdan oldin yonimni olmoqchi edilar, qaynonam yerga yotib shunaqa tomosha kõrsatdi. U bechora titrab qoldi"onamga oq bõlib qolmay" deb. Farzandlarini qõrqitib qõygan, hayotimizga bemalol aralashadi,–dedi Samira. —Hech bõlmasa ering yaxshidir? dedi dugonasi. —Meni yaxshi kõradi, lekin minnatli. Homilador paytim uning yordami kerak bõlardi. Ammo yordam qilmadi ishon. "Bitta homilador bõlgan sen-mi?! Muncha yatoloqsiding!" Deb jirkib tashlardi. Bu xonadonda yashab shuni bildim-ki, mendan boshqa hamma bu yerda odam ekan. Bulardan keyin qalbimga faqat:"Amiyn bilan bõlganimda bunday bõlmasdi" degan gumonlar keladi. Istiğfor aytib, õzimga bundan battar bõlmagani uchun shukr qilishni õrgataman,–dedi Samira. —Agar Amiyn bilan bõlganingda u seni õzidan kõproq tushingan bõlardi,—dedi dugonasi afsus bilan. Samira: —Qizimni qõlimga olgan kunim Robbim meni lutf qilganini tushindim. Men bolamga erkinlik berib õstiraman. Bir yildan beri nega aynan bu xonadon bilan sinalayotganimni õylab yurdim. Qizim dunyoga kelgandan keyin, balki Alloh bu xonadonda qiz bõlib tuğilish mumkinligini, uni dini yõlida tarbiyalay olishim uchun tushirgandir, dedim. Qizim bilan õrtamizda masofa bõlmasligi uchun qõlimdan kelganini qilaman. U mendan nimanidir sõraganda " bilmadim buvingdan sõra" demayman. U menga uyalmay sevgisi haqida gapira oladi inshaaAlloh–dedi Samira. —Allohim bu yõlda senga tavfiq bersin. Bundayin qoloq insonlar orasida farrzandingni ularga õxshamasligi uchun duodaman,–dedi. Bir past õtirib, sõng yana ortiga qaytdi. "Islom bizning jamoatda faqat namozda amal qilinadigan ibodat bõlib qolgan ekan. Odamlar kõngillarga farmon beruvchi Alloh ekanini unutib, õz hukmlarini õtkazish bilan ovora. Tavba...Samiraning ota-onasi qalbini ozorlab nimaga erishishdi?" deb õylardi dugonasi. ✍ Fahriya_Ya'qub #Davomi_bor.
Показати все...
😢 9👍 1💔 1
—Unutmading-mi?–dedi Samiraga qarab dugonasi. Samira yoshlarini xumo kõzlaridan qõyib yubormay, asta tabassum qildi. Kõrsatgich barmoği bilan eshik ortida gap poylayotgan qaynsinglisiga ishora qildi. Dugonasi uyatdan labini tishlab, keyin atayin qaynsinglisi haqida gap ochdi: —Qaynsingling juda chiroyli qiz ekan. Uzatmaysizlarmi?! Akamni uylantirmoqchi edik,–dedi. Qaynsinglisi shodligining cheksizligidan balandroq ovozda kulib yubordi. Dugonasi: —Iya nimani ovozi, kimdir bormi? –dedi yana. Qiz yugurib u yerdan ketdi. Samira : —Balki unga akang yõqlini aytarmiz,–dedi kulib. Dugonasi: —Bõlsa yam kelin qilmasdim. Eshikdan kelgan odamni qõliga qarashini qara,–dedi. Samira: —Molparast va ochko'z odamlarni endi kõrishim. Bir hafta oldin dadamlar bir yuk mashina tõla buyum, ovqat tashlab ketdilar beshik tõy deb. Hech bõlmasa buvimga yangi pishiriq beray desam, arzon va muddati õtay degan pishiriqni berib yubordi qaynonam. Dadamga buni berishga uyaldim. U kungi holatimni tasvirlab bera olmayman. Õlsam-u yerga kõmilsam roziydim,–dedi. #Davomi_bor.
Показати все...
💔 13👍 2❤‍🔥 1
Ayollar va qizlar uchun oila maktabi https://t.me/+8TFUECGpnQszNzM6
Показати все...
"IFFAT" maktabi

Mohira Inagamova shogirti Maryam.. Oila mohiyati va tayyorgarlik. Sog‘lom onalik va bolalik. Turmush hayotida sakiynat hosil qilishni hohlovchi ayol-qizlar. ✔Kanal faqat ayol va qizlar uchun.🌺 ❌Erkaklar Allohdan qo‘rqing, taqvo qiling

4❤‍🔥 1
Samiraning dugonasi chaqaloqni kõrgani Samiraning kelinlik uyiga bordi. Uni kutib olgan qaynonasi va qaynsinglisi qõlidagi sovğalardan sõng chehralari yorishdi. Samirani kõrgan dugonasi kõz yoshlarini kulgichlari orasiga yashirdi. Samirahali ham yaxshi õyinchilik qilayotgandi. Õzi kulsada qalbi yiğlardi. Mehmonxonaga kirganda dugonasi uni mahkam quchoqlab, suyagi qolgan vujudiga mehr taftini bağishladi. Choy damlab kelgunga qadar, chaqoloqni õpib hidladi. Samiraga tõyib olish uchun urintirib õtirmadi. —Xõsh ona bõlish qanday ekan? —Ajoyib, ba'zida qizimga qarab, haqiqatdan ham uni men dunyoga keltirdim-mi?, deb õylab qolaman–dedi kulib Samira. —Ismi nima? sõradi dugonasi. —"Amiyna" dedi sekin jilmayib Samira. –Amiyna...?–deb jilmaydi takror dugonasiga. Dugonasi diqqatini chaqoloqga va Samiraga qaratdi. Samira: —Uydagilar juda õğil kutishgan ekan. Ism ham tanlab qõyishgandi. Muhammad Amiyn deya. Lekin ularni emas Allohning istagi qizlik bõldik. Ismini men qõydim. Har tugul shunga imkon berishdi, deb kulib qõydi. Dugonasi hayratini ichiga yutdi. Demak, u ham unutmabdi. Yashirsa ham, kulsa ham qalbining tub-tubida sevgi alangalab turibdi.
Показати все...
😢 5🔥 3👍 2❤‍🔥 1
Otasi uyga kelgandan sõng, ayolining yoniga kirdi. Eridagi bunday xafalikni kõrib, ayoli ham qizining uyida nima bõlganini tahmin qildi. —Nima bõldi?–derkan ayoli otasi: —Meni õlib qolmasin desang buni sõrama!–dedi. Onasi: –Samira yaxshimi? –dedi. Otasi tomoğini ishqalab, nafas olgach: —Ming pushaymonman. Bolamni odam deb kõrishmas ekan–dedi. Onasi akalariga qaradi, ularning ham kõzi tõla yosh edi. —Iltimos meni holi qoldiring,–dedi otasi. Qoronğu xonada Allohga sajda qilib, qizining bir yil avvalgi kõz yoshlarini esladi: "Sen ham õzingcha õshani sevasan-mi?" deb sõraganida aytolmay titragan, yoshlari oqqan Samira keldi qarshisiga. Amiynni viloyatlik va kambağal deb rad etgani, uning qõliga taklifnoma tutgani, Amiynning kõzlaridagi muhabbatni kibri sabab tanimagani uchun saqoli hol bõlgnda ham yiğlashda davom etardi: "Allohim kibrim sabab bandalaringga zulm qilganim uchun Õzingdan pahoh tilayman. Ya Robbim..." dan boshqa kalima topolmasdi. Yillardir farzandiga yaxshi bõlsin, deb qilganlarining aslida unga qanday hayot berganini õylardi. Onasi akalaridan nima bõlganini sõradi. Katta akasi: —Yuklarni uyiga tashiyotgan vaqtimiz qaynonasi mehmon kutayotgan ekan. Samira esa xizmatda. E yana nimadirlar dedi xullas. Zamon kõtarsa-yu oldimizga solib olib ketsak singlimizni. Uni kõrganingizda edi, oğriqdan tebranardi. Alloh kifoya qilsin bunaqa Allohning omonatini saqlamaganlarga. Singlim shõrlik "sevdim" desa xato qildi debmiz. Õzimiz katta xatokor ekanmiz–deb yiğlab yubordi. Ikkinchi akasi: —Qishloqi deb bermay õz singlimizni õz qõlimiz bilan chõri qildik,–deb u ham yiğladi. Onasi: —U yigitning Allohdan qõrquvidan boshqa hech narsasi yõq edi. Biz Allohga hisob berishni unutib, qizimning qalbiga xilof ish qildik. Endi u qiynalyapti. Biz tomoshabin,–deb yiği yiğiga ulandi. Oshiq ayolning bir kuni zabardast uch erkakni chõktirdi shu dam.
Показати все...
😢 5❤‍🔥 1
To nabiralariga sarpo olib bormagunicha otasi Samirani "erkatoy" ayolining qudalar haqidagi fikrini ayollarning keraksiz ğavğolari deb bilardi. Aksincha bir yuk sarpo va noz-ne'matlarni qizining uyiga tashirkan, nogoh kõzlari tuğruqdan hali tõliq tiklanmagan qiziga tushdi. Qudasining kelgani sezmay kelinini mehmonlar xizmatiga yollayotgan qaynonasi: —Belingiz oğrib bitta qiz tuğib qõyganingizga kerilyapsiz-mi? Belingizni mahkam boylangda ishga tushing. Biz paytimiz tuğruqxonadan shart chiqib non yopardik. Siz õnta mehmonga oğrinasiz. Xudo biladi õğil tuqsangiz boshimga chiqvolmasayiz bõldi,–deb dõqdan soniya õtmay: —Vay bolama tashqqrida turmang, shamollab qolasiz, aylanib ketay,–ga õzgarib qoldi. Samira ortiga õgirilarkan, ichkariga yashik-yashik sovğa salom tashayotgan akalari va hovli õrtasida jahlidan zõrga insoniylik xoshiyasini saqlab turgan otasiga kõzi tushdi. Otasi Samiraga mõltirab,"hali shularga chidab yuribsanmi?!" deyayotgandek edi. Qudasi soxtanomuslik bilan ularni ichkariga taklif qilarkan. Agar taklifni qabul qilsalar hali suyagi-suyagiga qovushib, darmon yiğolmadagan Samirani ovora qilishlarini bilishardi. Shuncha narsa qildirganga yarasha arzirli narsa bilan qudalarining dasturxonini qaytarmadi. Ota bularni kõrarkan kõcha tomon yurdi. Agar bunday qilmaganda qiziga aslida qanday muomala qilishlariga guvoh bõlmagan bõlardi. Samira: –Oyijon, hech bõlmasa buvimga yaxshiroq pishiriq bering. Ular meni kõrgani tuğruqxonaga kõp borganlar,–dedi. Qaynonasi bir quti eskirgan paxlavani olib chiqib, Samiraning qõlidagi buvisiga atagan shirinliklarni zarb bilan uzib õrniga uni berdi. Bechora Samira yiqilgudek bõlib tebranib ketdi. Bularning barchasini otasi darvoz ortidan kuzatib turardi. Samira bir kõchada turgan yuk mashinasiga, bir qõlidagi eskirgan pishiriqqa qarab yum-yum yiğlardi. Buni kõrgan otasi : –Samira biz ketdik. Dasturxon qaytaraman, deb yurma! Bu birinchi nabiramga sovğamdir. Sovğaga javob kutilmaydi–deb qizining peshonasidan õpib xayrlashdi. U kungi otaning pushaymonini hech bir qalam qoģoz qoralab tugata olmasdi.
Показати все...
😢 6❤‍🔥 1
Amiyn Namaganda lshlashni tanladi. Ortiq xumo kõzli yori unga begona ekan, Toshken kõchalarida nima qiladi. Bir yildan beri Samirani unuta olgani yõq. Uni tanigan bir dõsti shunday dedi: —Birodar qachon uylanasiz endi?–dedi. Amiyn yolğon gapirmay: —Qalbimda boshqa dildorning sevgisi bor ekan, bu holimda uylansam birovning begunoh bolasiga zulm bõladi,–dedi. Dõsti: —Bir yil bõlgan bõlsa, u ha demay bolali ham bõlsa kerak. Siz bõlsa zulm deb umringizni õtkazyapsiz. Bu yerda undan ham gõzallari bor. Uylaning baxtli bõling,–dedi. Amiyn kulib: —Men "Baxtlilar jannatdadirlar" degan oyatning ma'nosini 1 yil avval totib kõrdim,–dedi. Dõsti: –Majnundayin halok bõlmasangiz bõldi–der Amiyn: —Alloh zindon etgan dunyodan Majnundayin ishqqa mahkum bõlganim xayrli. Dunyoga maftun-u majruh bõlgandan kõra,–dedi. Oradan 2 oy õtib Toshkentga kelgan Amiyn Samiraning dugonasi bilan uchrashdi. Dugonasidan Samira bilan kõrishdimi yõqmi sõradi: Dugonasi: —Samira oilasi bilan baxtli. Yaqinda qizlik bõlishdi–dedi. Amiyn: —Agar rostan ham baxtli bõlsa Allohim uni jannatda ham baxtli qilsin,–dedi. —Siz-chi Amiyn uylanmaysizmi? –dedi dugonasi. —Allohdan har olgan nafasimda uni sevdirmasligini sõrab duo qilyapman. Qiyin bõlyapti unutolmayapman,–dedi Amiyn. Dugonasi: —Allohim sizga ham mos ayol tanlab qõygan. Bir kun albatta bermaganlari uchun Undan minnatdor bõlasiz,–dedi. Amiyn: –Bunga sõzsiz ishonaman. Ammo hozir mening qalbim bir yil oldin o'lgandek. Ikki oyoğim esa mayyitni kõtarib yurgan tobutga õxshaydi–dedi. Aslida ikkisining ham qalbi muhabbat deb atalgan tobutga qõyilgandi.
Показати все...
😢 10❤‍🔥 1
—Men litseyda õqigan vaqtim bir "ustoz" bõlardi,–ustozdan maqsad esa ixlosni ta'riflagan Amiyn haqida eslash edi. –U ustoz bilan darsdan tashqari besh oltita qiz va bolalar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning siyratlari bõyicha musobaqa õynardik. Ustozimiz doim yutqizardi. Biz esa uni ustidan kulardik. Savollar murakkablashib borarkan biz yengilar ustoz esa yutardi. Hayron bõlardik, bilsak ustoz bizni topsin, rağbati oshsin deb oson savollarni bilmaganlikka olarkanlar. Bizning fitratimizda biror bir ilmdan boxabar bõlsak darrov boshqalarga uni bilishimizni isbotlashga harakat qilamiz. Lekin ularda bu narsaning teskarisini kõrganimiz uchun ilmga ixlosimiz ortgan,–deb kõzlari porlab gapirarkan, qaynonasining unga otilgan nafrat tõla nigohlariga kõzi tushdi. Õrnidan qõzğalib, mehmonlarning boshagan idishlarini olib chiqib ketdi. İshlarini tugatgach, shishgan oyoqlari va qamqonlikdan etiga yopishib ketgan tirnoqlarini kõrib, yotoqxonasiga chiqdi. Birdan yana aqliga muhabbati Amiyn kelarkan, yum-yum yiğlardi. Vujudida tipirchilayotgan jigarporasini sekin ovutib: —Qõrqma bolajonim seni juda yaxshi kõraman. Nima qilay bolam qalbim Alloh boğlaganiga tegishli. Onang buni nima qilmasin chiqara olmaydi. Qõlimda emas bu hislar,–deb qattiq yiğlardi. Eri uni bu ahvolda kõrmasligi uchun yuzini yuvib, pardoz bilan kõz ostidagi qoraygan izlarni berkitdi.
Показати все...
😢 8 1
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.