cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

🇺🇿XORAZM VILOYATI KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI

🇺🇿Xorazm viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasining RASMIY kanali. 📍Manzil: Urganch shahri, I.Do'sov ko‘chasi, 2-uy 🟡Mo'ljal: Mash'al ☎️Ishonch telefoni:  (62) 224-12-23 ✉️Vakansiyalar bu yerda: @Xorazmishgamarhamat_bot

Більше
Рекламні дописи
1 670
Підписники
-324 години
-47 днів
+1930 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

01:30
Відео недоступнеДивитись в Telegram
📌📌📌📌📌 20 TA MOTOKULTIVATOR SUBSIDIYA ASOSIDA O'Z EGALARIGA TOPSHIRILDI 🛵 Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Xiva tumanida yashovchi, "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"da ro'yxatda turgan 20 nafar ishsiz fuqarolarga hokim yordamchilari tavsiyasi asosida motokultivatorlar topshirildi. Agentlikning rasmiy sahifalari⬇️ Telegram| Veb sayt| Facebook|YouTube| Instagram|
Показати все...
video_2024-06-05_18-44-46.mp435.22 MB
👍 2👏 1
02:00
Відео недоступнеДивитись в Telegram
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonunning 13-moddasida ish beruvchilar aholi bandligi sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda boʻsh (vakant) ish oʻrinlari mavjudligi toʻgʻrisidagi maʻlumotlarni har oyda, shuningdek, xodimlarning ishdan boʻlgʻusi ozod etilishi toʻgʻrisidagi axborotni har bir xodimni koʻrsatgan holda, ular ishdan ozod etilishidan kamida 2 oy oldin hududiy mehnat organlariga taqdim etish orqali ishtirok etishi belgilangan. 🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining  “Mehnat organlariga boʻsh ish joylari (vakant lavozimlar)ning mavjudligi toʻgʻrisidagi maʻlumotlarni va boʻshatilishi moʻljallanayotgan xodimlar haqidagi axborotni taqdim qilish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomining 2-bandida boʻsh ish oʻrnilari mavjudligi toʻgʻrisidagi maʻlumotlar va xodimlarning ishdan boʻlgʻusi ozod etilishi toʻgʻrisidagi axborotni
barcha ish beruvchilar -  mulkchilik shaklidan qatʻi nazar yuridik shaxslar tomonidan majburiy tartibda, kichik tadbirkorlik subʻektlari uchun esa ixtiyoriylik asosida taqdim etilishi belgilangan.
🖊 Hisobotlar hisobot oyidan keyingi oyning 1️⃣-sanasidan 5️⃣-sanasigacha boʻlgan muddatda taqdim qilinadi. ⬆️Yuqoridagi qonunchilik hujjatlari ijrosini taʻminlamagan korxona va tashkilotlarning ish beruvchi mansabdor shaxslari Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 229-moddasi bilan javobgarlikka tortilishiga sabab boʻladi. ❕ Birinchi marta qonunni buzgan mansabdor shaxslar  Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 229-moddasi 1-qismi bilan BHMning 10 baravaridan 25 baravarigacha, mazkur huquqbuzarlik 1 yil mobaynida takroran sodir qilinganda BHMning 25 baravaridan 50  baravarigacha maʼmuriy javobgarlikka tortilishiga sabab boʻladi.  ⚠️Shunday ekan, bo'sh ish o'rinlari, vakant lavozimlari to'g'risidagi hisobotlarni o'z vaqtida taqdim etishni unutmang❗️ 📌 Telegram  | 📌 Instagram 📌 Facebook | 📌 Web-sayt 📌 Youtube  |✈️ Vakansiya_bot 🇺🇿Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati
Показати все...
49.03 MB
👍 2👏 2 1
Repost from Bandlik Vazirligi
01:19
Відео недоступнеДивитись в Telegram
⛔️#norasmiy_bandlik Agar ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi tuzmasdan ishlasangiz: 👉Mehnat stajingiz bo‘lmaydi va pensiya ololmaysiz; 👉Ish beruvchi sizni istalgan payt ishdan bo‘shatishi yoki oylik maoshingizni bermasligi mumkin; 👉Noqulay mehnat sharoitlariga duch kelasiz; 👉Bola parvarishi, homiladorlik, tibbiy va mehnat taʼtili pullaridan mahrum bo‘lasiz; 👉Uy, mashina yoki boshqa ehtiyojlar uchun kredit ololmaysiz; 👉O‘zgaruvchan oylik maoshi; 👉Mehnat ta'tilisiz faoliyat; 👉Karyeraning o‘smasligi. Shunday ekan norasmiy mehnatga rozi bo‘lmang! Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Показати все...
Norasmiy bandlik AE2.mp430.66 MB
🌐 Ўзбекистон ва Бутунжаҳон интеллектуал мулк ташкилоти ўртасидаги ҳамкорлик мустаҳкамланади Жорий йил 4 июнь куни Швейцариянинг Женева шаҳрида Ўзбекистон Маданият ва санъатни ривожлантириш жамғармаси раиси Гаяне Умерова, Ўзбекистон Республикасининг Женева шаҳридаги БМТ бўлинмаси ва бошқа халқаро ташкилотлардаги Доимий вакили Элдиёр Тошматовнинг Бутунжаҳон интеллектуал мулк ташкилоти (БИМТ) Бош директори ўринбосари Силви Форбан билан учрашуви бўлиб ўтди. Учрашув чоғида сунъий идрок даврида интеллектуал мулк ҳуқуқлари ҳимоясининг аҳамияти муҳокама қилинди. Томонлар, шунингдек, кўплаб мамлакатларда креатив саноат тармоқларининг ривожланиш суръатларига доир маълумотларнинг тақчил эканини таъкидладилар. Ўз навбатида, БИМТ вакиллари ташкилот томонидан мазкур масалага ечим топишда амалий воситаларни ишлаб чиқиш бўйича фаол ишлар амалга оширилаётганини таъкидлади. Бундан ташқари, Бутунжаҳон интеллектуал мулк ташкилотининг IV Бутунжаҳон креатив иқтисодиёт конференцияси (WCCE) да иштирок этиш шакли муҳокама қилинди. БИМТ намояндалари Тошкентдаги нуфузли анжуманни ташкил этишда тўлақонли қўллаб-қувватлашга тайёр эканлигини қайд этиб, конференция Ўзбекистон ва Бутунжаҳон интеллектуал мулк ташкилоти ўртасида янада яқин ҳамкорликни мустаҳкамлашга хизмат қилишини таъкидладилар. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
📢📢📢📢📢⭕️⭕️⭕️⭕️
🎓Oliy ma'lumotli (Iqtisodiyot, Moliya, Yurisprudensiya va ijtimoiy-iqtisodiy yo'nalishlar bo'yicha), rus, ingliz yoki nemis tillari bo'yicha sertifikatga ega, yuqori malakali mutaxassislarni viloyatimizdagi barcha tuman-shahar 🇺🇿Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limlarida tashkil etilgan Mehnat migratsiyasi bo'yicha bosh mutaxassis lavozimiga ishga taklif qilamiz.
📆 Ish kunlari: Dushanba — Juma ♻️ Stavka: 1 😀 Ish vaqti:  9:00 dan - 18:00 gacha 😀 Oylik maoshi: Shtat jadvali bo‘yicha. Qo'shimcha ma'lumot olish uchun:  ✈️  +99891-425-38-55 telefon raqamiga qo'ng'iroq qiling. ✅ RASMIY  SAHIFALARIMIZGA OBUNA BO'LING 📌 Telegram  | 📌 Instagram 📌 Facebook | 📌 Web-sayt 📌 Youtube  |✈️ Vakansiya_bot 🇺🇿Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati
Показати все...
🔥 2👍 1 1
Repost from Bandlik Vazirligi
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Xodimni boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborish faqat uning yozma roziligi bilan 1 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga amalga oshirilishi mumkin va bu xodim vaqtincha xizmat safariga yuborilgan ish beruvchi bilan tuziladigan alohida muddatli mehnat shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Avvalgi ish joyida tuzilgan mehnat shartnomasining amal qilishi xodim vaqtincha xizmat safariga yuborilgan davrda to‘xtatib turiladi. Xodimga xizmat safari muddati tugashi bilan uni xizmat safariga yuborgan ish beruvchida avvalgi ishi (lavozimi) taqdim etiladi. 👉Batafsil Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Показати все...
👍 1
02:04
Відео недоступнеДивитись в Telegram
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
PROKUROR VA YOSHLAR UCHRASHUVI
Xabar berganimizdek, bugun 🇺🇿Xonqa tuman hokimligi binosida Xorazm viloyati prokurorining yoshlar bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. ✅Unda viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi bo'lim boshlig'i Umidbek Abdullayev ham so'zga chiqib, yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar haqida to'xtaldi. Shuningdek, Bosh boshqarma tomonidan yaratilgan, viloyatimizda mavjud bo'sh ish o'rinlari bilan masofadan turib tanishish imkoniyatini beruvchi maxsus 🔍bot yaratilganligi hamda subsidiya asosida asbob-uskuna olish tartibi haqida ma'lumotlar berdi. ✅ Ochiq va samimiy ruhda o'tgan muloqotda yoshlar o'zlarining muammolari bilan murojaat qildilar. 🔍Xususan, bandlik tizimiga doir masala ham ko'tarilib, yoshlar o'zini-o'zi band qilib, faoliyatini boshlashlari va  daromad topishlari uchun motokultivator, tikuv mashina va sartaroshchilik anjomlarini subsidiya asosida olish bo'yicha amaliy yordam so'radilar.   Murojaatlar qanoatlantirilib, ijobiy hal qilinishi bo'yicha mutasaddilarga topshiriqlari berildi va  ijrosi nazoratga olindi. ✅ RASMIY  SAHIFALARIMIZGA OBUNA BO'LING 📌 Telegram  | 📌 Instagram 📌 Facebook | 📌 Web-sayt 📌 Youtube  |✈️ Vakansiya_bot 🇺🇿Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati
Показати все...
49.24 MB
👍 4🔥 2👏 1
Repost from Bandlik Vazirligi
Фото недоступнеДивитись в Telegram
🇸🇰 Haydovchimisiz? Slovakiyada ish bor Rus tilini yaxshi biladigan, "B" toifadagi haydovchilik guvohnomasi hamda avtokara haydovchisi guvohnomasiga ega yurtdoshlarimizni Slovakiya korxonasi omborxonada haydovchi (vilochniy pogruzchik) yo‘nalishida ishga taklif etmoqda. ▪️oylik ish haqi qo‘lga tegadigani 1080 yevro, ish hajmiga qarab turli bonuslar ham beriladi; ▪️haftada 5 kun ish, (3 ta smena); ▪️xodim tibbiy sug‘urta qilinadi. Yosh chegarasi 20-45 yosh (erkaklar) etib belgilangan. Sohada 6 oylik tajriba ham talab etiladi. ishchi viza hamda Slovakiyaga borish xarajatlari nomzod tomonidan qoplanadi. Yuqoridagi talablar sizga mos kelsa va xorijda ishlash istagida bo‘lsangiz quyidagi havola orqali 6-iyun soat 18:00 ga qadar ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin. 👉 Ro‘yxatdan o‘tish OneID olish bo‘yicha videoqo‘llanma Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Показати все...
👍 2
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣
PROKUROR VA YOSHLAR UCHRASHUVI
🇺🇿Xonqa tuman hokimligi binosida Xorazm viloyati prokurorining yoshlar bilan uchrashuvi bo'lib o'tmoqda. Unda viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi 🔍Aholi bandligi, ishsizlarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash bo'limi boshlig'i Umidbek Abdullayev ishtirok etmoqda. ✅Jarayonlarni  keyingi postlarda batafsil yoritib boramiz. ✅ RASMIY  SAHIFALARIMIZGA OBUNA BO'LING 📌 Telegram  | 📌 Instagram 📌 Facebook | 📌 Web-sayt 📌 Youtube  |✈️ Vakansiya_bot 📞 Ishonch telefoni:(62)224-12-23 🇺🇿Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati
Показати все...
👍 3 3🔥 1
02:00
Відео недоступнеДивитись в Telegram
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ MIGRANTLAR UCHUN TIBBIY KO'RIK VA YARMARKA TASHKIL ETILDI 🇺🇿Davlatimiz rahbarining ochiq va do'stona siyosati tufayli ko'plab xorijiy mamlakatlar bilan migratsiya sohasida ham hamkorliklar yo'lga qo'yilgan. Shu bois, fuqarolarimiz orasida xorijda ishlash niyatidagilari ko'pchilik.Ammo, noqonuniy yo'llar bilan chet elga chiqish, ustiga-ustak til bilmaslik yoki qo'lida tayinli hunari bo'lmasligi bois ayrim kishilar qiyinchiliklarga ham duch kelishayotgani bor gap. ✅Ana shundan kelib chiqib, mamlakatimizda yangi ish o'rinlari yaratish, migratsiyadan qaytganlar uchun imkoniyatlar yaratishga ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda. 📺Xorazm24 informatsion dasturida efirga uzatilgan lavhada ushbu mavzuga Yangiariq va Yangibozor tumanlari misolida to'xtalingan. ✅ RASMIY  SAHIFALARIMIZGA OBUNA BO'LING 📌 Telegram  | 📌 Instagram 📌 Facebook | 📌 Web-sayt 📌 Youtube  |✈️ Vakansiya_bot 🇺🇿Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati
Показати все...
19.84 MB
👍 4