cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Tohirjon Tolibov│Blog️

@Tohirjon_Tolibov Dilshodjon o'g'li SamDAQU eng faol blogeri Universitetning @Media_liderlari klubi koordinatori Arxitektura fakulteti talabasi 4/4 Instagram blog: instagram.com/tohirjon_blog

Більше
Рекламні дописи
1 731
Підписники
-524 години
+297 днів
+2730 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

1:34:29
Відео недоступнеДивитись в Telegram
🎥 Yo‘l-yo‘l pijamali bola 🎞 Janr: Harbiy, Drama, Tarixiy 🇺🇸 Davlat: Buyuk Britaniya 🇺🇿 Tarjima: O'zbek tilida Bu kinoni maktab paytim rus tili oʻqituvchimiz aytib bergandi, u payt oʻzbekchaga tarjima qilinmagandi. Tarixiy va boʻlgan voqea asosida surʼatga olingan, koʻrishni tavsiya etaman
Показати все...
Yol-yo'l.pijamali.bola.2008.Cinerama.Pro.mp4632.00 MB
👍 9
Do‘stlar, savol bor. Hammangiz faol bo‘lishingizni so‘ragan bo‘lardim. Kuzgi semestr boʻyicha akademik qarzdorlikni yopish maqsadida fan kreditini toʻlab, qayta oʻzlashtirgan talabalar bor oramizda. Ularga imtihon boʻlganmi yoki boʻlmaganmi buni ham bilmay qoldim. Ularning muammolari esa bitta —"oʻzlashtirilgan baholar qachon HEMIS tizimiga kiritiladi?". Talabalar quydagi naʼmuna kabi izohlarda rahbariyatga yuborish uchun murojaat yozib qoldirishlarini soʻragan boʻlardim.
...fakultet, ...yoʻnalishi, ...guruhi talabasi, ...Grand yoki Kontrakat, ...I.F.Oʻning, kuzgi semestr boʻyicha ...fandan kredit toʻlab ...sanada imtihon boʻlgani (boʻlmagan boʻlsa "boʻlmagan" deb yozing) ammo baholar HEMIS tizimiga kiritilmagan deb yozib qoldirishingiz kerak.
❗️Murojaatlar aniqliligi va ishonchliligi koʻrib chiqilib, rahbariyatga maʼlum qilinadi va bu boʻyicha yechim berilib sizlarga maʼlum qilinadi. Ushbu xabarni akademik qarzdorlikni bartaraf etgan talabalarga yuboring t.me/+aWU9K3lolqJhOWYy
Показати все...
👍 2
⚡️Ertaga abituriyentlar test o'tkiziladigan binolarga kirib, tanishib ko'rishlari mumkin!
Bilim va malakalarni baholash agentligi xabariga ko'ra, ertaga, 11-iyul kuni soat 11:00 dan 13:00 ga qadar yoki 14:00 dan 15:00 ga qadar barcha abituriyentlar ruxsatnomalarida ko‘rsatilgan manzildagi o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan binoga kelib, test sinovi o‘tkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin.
Majburiy emas!@talimuz
Показати все...
👍 4
Talabalar oʻqib chiqingda
Показати все...
Норматив-ҳуқуқий ҳужжатларнинг ўзаро нисбати Турли норматив-ҳуқуқий ҳужжатларнинг юридик кучи бўйича ўзаро нисбати Ўзбекистон Республикасининг Конституциясига, норматив-ҳуқуқий ҳужжатларни қабул қилган органларнинг ваколатларига ва мақомига, ушбу ҳужжатларнинг турларига, шунингдек норматив-ҳуқуқий ҳужжат қабул қилинган санага мувофиқ белгиланади. Норматив-ҳуқуқий ҳужжат ўзига нисбатан юқорироқ юридик кучга эга бўлган норматив-ҳуқуқий ҳужжатларга мувофиқ бўлиши керак. Норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар ўртасида тафовутлар бўлган тақдирда юқорироқ юридик кучга эга бўлган норматив-ҳуқуқий ҳужжат қўлланилади. Тенг юридик кучга эга бўлган норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар ўртасида тафовутлар бўлган тақдирда, кейинроқ қабул қилинган норматив-ҳуқуқий ҳужжат қоидалари амал қилади, бундан ушбу модданинг бешинчи қисмида назарда тутилган ҳол мустасно. Агар норматив-ҳуқуқий ҳужжатни қабул қилган вазирликнинг ёки идоранинг ижтимоий муносабатларнинг муайян соҳасини ҳуқуқий жиҳатдан тартибга солиш учун махсус ваколати бўлса, ушбу орган қабул қилган ҳужжат бир хил мақомдаги бошқа вазирлик ёки идора томонидан қабул қилинган норматив-ҳуқуқий ҳужжатга нисбатан юқорироқ юридик кучга эга бўлади. Инсон билан давлат органларининг ўзаро муносабатларида юзага келадиган қонунчиликдаги барча зиддиятлар ва ноаниқликлар инсон фойдасига талқин этилади. @generalissimus_uzb
Показати все...
👍 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
🗣 B2 olgan yoshlarga ham pullari qaytariladi
✍️ Yangi qarorga ko‘ra, endi ingliz tilidan tashqari ma’lum tillar uchun B2 darajasidagi sertifikat olgan yoshlarga ham imtihon xarajatlari qoplanadi.
💬 Qoplab beriladigan tillar ro‘yxati: — Nemis tili; — Fransuz tili; — Koreys tili; — Xitoy tili; — Yapon tili. 💬 Qoplash shartlari:
2024-yil 1-sentyabrdan 2027-yil 1-yanvargacha yoshlar xalqaro imtihon tizimlarida imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berilishi uchun ular tomonidan to‘planishi lozim bo‘lgan ballning (sertifikat darajasining) minimal ko‘rsatkichi bir pog‘ona pasaytiriladi.
Kanalga obuna bo‘ling va eng so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring @tohirjon_blog
Показати все...
👍 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#EʼLON "Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 824-sonli qarorda quydagicha keltirilgan. 4-Bob 18-bandiga muvofiq: fanlardan akademik qarzdor talabalar qayta o'qish uchun topshirgan arizalarida, qachonki to'lovni amalga oshirsalar ularga o'qish uchun ruxsat beriladi. Ariza topshirib qo'yilgani bilan to'lov amalga oshirilmasa qayta o'qishga ruxsat berilmaydi. #QaytaOʻqish #Ariza Kanalga obuna bo‘ling va eng so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring @tohirjon_blog
Показати все...
👍 5
01:17
Відео недоступнеДивитись в Telegram
📌 Ikinchi mutaxassislikka hujjat topshirish boshlandi. Hukumat qarori (606-son, 24.09.2021 y.) bilan Oliy taʼlim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi taʼlimni olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ko'ra: oliy maʼlumotga ega boʻlgan bakalavr (diplomli mutaxassis) darajasiga ega shaxslar bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni olishlari mumkin. Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim boʻyicha qabul parametrlari OTM kengashi tomonidan belgilanadi. Oʻqishga kirish uchun abituriyentlar har yili 10-iyuldan 10-avgustgacha (shu kuni ham) my.edu.uz elektron tizim orqali roʻyxatdan oʻtadi. Qabul tartibi (kirish imtihoni shakli, baholash mezonlari, imtihon oʻtkazish muddatlari) har yili 1-iyulgacha OTM rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi. Qabul natijalari har yili 30-avgustgacha OTM tomonidan eʼlon qilinadi. Kanalga obuna bo‘ling va eng so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring @tohirjon_blog
Показати все...
Ikkinchi va undan keyingi ta'limga hujjat topshirish.mp47.75 MB
👍 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
SamDAQUga bogʻliq yangiliklarni ushbu kanallar orqali bilib olishingiz mumkin: 1.🏛 Universitet yangiliklari kanali; 👉🏻 @samdaqueduuz 2.👍 Universitet eng faol blogeri N1 kanali; 👉🏻 @tohirjon_blog 3.👨‍💻 SamDAQU Hemis axborot tizimi; 👉🏻 http://student.samgasi.uz 4.🏛 Matbuot kotibi blogi kanali; 👉🏻 @javlonrashidovich 5.👍 SamDAQU Yoshlari kanali; 👉🏻 @samdaquyoshlari 6.👫 SamDAQU Ijara markazi kanali 👉🏻 @samdaqu_ijara_markazi 7.😀 Iqtidorli talabalar kanali; 👉🏻 @samdaqu_iqtidorli_talabalari 8.🏛 “Arxitektura” fakulteti kanali; 👉🏻 @samdaqi_arxitektura 9.🏗 “Qurilish” fakulteti kanali; 👉🏻 @qurilishfakulteti22 10.💻 Sirtqi va masofaviy taʼlim markazi (заочный) kanali; 👉🏻  @samdaqu_masofaviy 11.🪙 Buxgalteriya kanali; 👉🏻 @BuxgalteriyaSamDAQU 12. Talaba klublari kanali 👉🏻  @talaba_klublari
Talaba klublari qoshidagi hamkor kanallari 👍 @yosh_mutaxassislar_markazi@media_liderlari 👍 @Tohirjon_blog 🧠 @samdaqi_zakovat 🎙 @samdaqi_munozara 🇺🇿 @yosh_volontyorlar_klubi 📕 @yosh_kitobxon_samdaqu ✍️ @Ulugbek_vorislari_klubi
Показати все...
👍 8
📌 “Perevod” qilish tartibi bo‘yicha kengroq tushuntirish Quyidagi tushuntirishlarning asosi: 2022-yil 15-iyunda imzolangan PQ-279-son Prezident qarori. 1️⃣ Bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Bunday holda faqat 2 ta vaziyatda ruxsat beriladi: 1) talaba oila qursa va turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga ko‘chmoqchi bo‘lsa; 2) davlat xizmatchisi ish yuzasidan boshqa hududga ko‘chsa va turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandining o‘qishini o‘sha hududga ko‘chirmoqchi bo‘lsa (ishga kirgan vazirlik xati asosida). ❌Boshqa holda “ichki perevod”ga ruxsat yo‘q. Boshqa hududga ham, o‘z hududidagi boshqa OTMga ham. 2️⃣ Xorijdan o‘qishni ko‘chirish Bunda o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan: 1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2023-yilgi o’tish ballari bu yerda: 👉https://t.me/OTM_Minbari/42048 2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi; 3) xorijdan mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi. 2023-yilgi turdosh yo’nalishlar ro’yxati bu yerda: 👉https://t.me/OTM_Minbari/42303 ‼️ Test o’tgach, har bir talabaning hujjati qayta tekshiriladi. Kimdir “xorijda o’qiyapti degan soxta hujjat tayyorlagan bo’lsa, natijalar bekor qilinadi va prokuraturaga soxta hujjat tayyorlash fakti yuzasidan murojaat etiladi. 3️⃣ O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish Bunda ham o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan: 1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2023-yilgi o’tish ballari bu yerda: 👉https://t.me/OTM_Minbari/42048 2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi; 3) mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalish uchun esa bir martalik “super-kontrakt” to‘lab ko‘chirishi mumkin. 2023-yilgi turdosh yo’nalishlar ro’yxati bu yerda: 👉https://t.me/OTM_Minbari/42303 4️⃣ Davlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Buni davlat nazorat qilmaydi, buning tartibini nodavlat OTMlarning o‘zi mustaqil belgilaydi. Nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish mumkin yoki mumkin emasligini o‘sha OTMning o‘zidan aniqlashtiring. 5️⃣ Nodavlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini ko‘chirmoqchi bo‘linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak. 6️⃣ Xorijdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini ko‘chirmoqchi bo‘linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak. 7️⃣ Bir davlat OTM ichida bir yo’nalish yoki fakultetdan boshqa yo’nalish yoki fakultetga o‘qishni ko‘chirish Ushbu masala OTM rektori tomonidan hal qilinadi, ariza ham rektor nomiga yoziladi (transfer.edu.uz yoki my.uzbmb.uz sayti orqali emas). Bunda ko’chirilayotgan yo’nalishning mos va turdoshligi, ko’chirilish sababi, OTM imkoniyatlari va boshqa faktorlar inobatga olinishi mumkin. 8️⃣ Bir OTM va hatto bir yo’nalish doirasida ta’lim shaklini yoki tilni o’zgartirish Ushbu masala ham OTM ma’muriyati tomonidan hal qilinadi. Bunda ham ko’chirish maqsadi, OTMning imkoniyati (masalan, auditoriya sig’imi, professor-o’qituvchilari soni va hk) va boshqa faktorlarga qaralishi mumkin. Masalan, sirtqidan kunduzgiga o’tkazish deyarli imkonsiz, bu haqda o’ylamasa ham bo’ladi. Lekin kunduzgidan sirtqiga ko’chirish muammosiz hal bo’ladigan masala. *** Arizalar quyidagicha qabul qilinadi: ➡️ transfer.edu.uz — respublikaning bir OTMdan boshqa OTMga yoki bir OTM doirasida; ➡️ my.uzbmb.uz — xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan davlat OTMlariga; ➡️ rektor nomiga yozma yoki OTMda mavjud elektron tizim orqali — bir davlat OTM ichida yo’nalish, fakultet, ta'lim shakli yoki tilini ko‘chirish. ☝️Arizalar 15-iyuldan 5-avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi. Kerakli hujjatlar: ◾️ ariza (onlayn tarzda); ◾️ transkript yoki reyting daftarchasi (JPEG yoki Pdf shakli); ◾️ akademik maʼlumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun). Kanalga obuna bo’ling⤵️ https://t.me/OTM_Minbari
Показати все...
Oliy ta'lim yangiliklari va yutuqlari

Talabalar va abituriyentlar uchun eng tezkor kanal 💰REKLAMA xizmati, taklif va muammolar uchun:👉 @murojaatuztvbot

Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.