uk
Feedback
Manipulyatsiya va Profayling

Manipulyatsiya va Profayling

Відкрити в Telegram

🧠 PROFAYLING | ODAMLARNI O‘QISH SAN’ATI 🔍 Odamlarni 1 qarashda tushun 🗣 Tana tili va yashirin signallarni och 🎭 Manipulyatsiyani aniqlash va undan himoyalanish 📊 Psixologik testlar, real misollar va hayotiy voqealar

Показати більше
1 518
Підписники
-424 години
-47 днів
-4630 день
Архів дописів
Xotinini katta o'g'li boʻlib olgan erkaklar koʻpayib ketti......

Bir odamga uchinchi marta imkoniyat berma... Chunki ikkinchi imkoniyat berganing xato edi. Uchinchisi esa ahmoqlikdir

Inson mutlaq egoist bo'lib tug'iladi. Masalan, chaqaloq och qolsa yoki sovqotsa, u faqat o'zining jismoniy og'rig'i va noqulayligini o'ylaydi, atrofidagilarning holati uni mutlaqo qiziqtirmaydi. Bu eng birlamchi darajadagi og'riqdan qochish va o'z xavfsizligini ta'minlash mexanizmi Koʻpincha bolalikdan bizga "egoist boʻlma, faqat oʻzingni oʻylama" deb oʻrgatishadi. Biroq egoizm bir necha turga boʻlinadi va ularning hammasi ham salbiy emas. Ratsional egoizm - bu insonning psixologik omon qolishi va rivojlanishi uchun zarur boʻlgan immun tizimi Ratsional egoistlar oʻz ehtiyojlari, vaqti va resurslarini qadrlaydi. Boshqalarga zarar yetkazmagan holda "yoʻq" deyishni biladi Avval oʻzining "ichki resursi"ni toʻldiradi, keyin esa boshqalarga yordam beradi. Masalan, samolyotda kislorod niqobini avval o'zingizga keyin bolangizga taqish belgilangan, chunki agar siz hushingizdan ketsangiz bolangiz ham xavf ostida qoladi. Shifokorlarda ham shunday qoida bor, birinchi o'rinda shifokor o'z sog'lig'ini asrashi shart, agar o'zi jarohat olsa, hech kimga yordam berolmay qoladi Ijobiy egoizm. Xayriyalar, altruizm va volontyorlik ham mohiyatan ijobiy egoizm shakli Inson boshqalarga yordam berganida, o'zini yaxshiroq his qiladi, ichki aybdorlik tuyg'ularini yuvadi yoki ruhan yengillik sezadi. Ya'ni, boshqalarga ezgulik ulashish orqali inson o'z miyasiga eng oliy darajadagi ma'naviy holatni hadya etadi. O'zini yaxshi inson deb his qiladi, jamiyatda e'tirof etiladi, hurmat qozonadi. Yaʼni, motivatsiya qanchalik olijanob boʻlmasin, baribir ichki psixik ehtiyoj qondirilayotgan boʻladi va bu mutlaqo normal holat Nosogʻlom egoizm. Bu boshqalarning manfaatlari va his-tuygʻularini butunlay inkor qilish, faqat va faqat oʻz maqsadlariga erishish uchun odamlardan instrument sifatida foydalanish Egoizm inson tabiatining ajralmas qismi. Uni butunlay yoʻq qilishga urinish, shaxsiyatni parchalash bilan teng. Eng asosiysi egoizmni ratsional va sogʻlom darajada ushlab turish kerak. Inson oʻz "Men"ini hurmat qila olgandagina, boshqalarning ham "Men"ini haqiqiy hurmat qilishni boshlaydi. https://t.me/Profayling42

Marojniy yep kelishadi kakras yozda.... Kambagʻalni bolasi Boksda MMDA shaxmatda yutib kelyapti. Futbolni esa boyni bolasi o'ynaydi. Shuning uchunam chempion ololmaydi. Yaxshiyam futbol koʻrgani bormaganim. 😉

Pul ko'paytirish muvafaqqiyatga erishish uchun, xarxil kurslarga borib yurgan ekanman. Buni yo'li oson ekan (Alloh xoxlasa) qiz farzandli bo'lish kerak ekan. Kuzatuvchilarimizni xabari bor, 4 chisiga qizlik bo'lgandik. Oʻshandan beri, ishimizga baraka kirib qo'limiz qo'limizga tegmayapti. Kanalgaxam post yozgani vaqt yo'q. Alhamdulillah. Yaxshi yashash uchun, muvaffaqiyatga erishish uchun, qiz farzandli bo'ling😉

Psixologik kurslarga borayotganlarga shu poykasni koʻrishni tavsiya qilaman...

Er: qora Jentra olamiz.. Xotin: Oqini olamiz... Er: Maslahatlashib telefon qilamiza!? Men: bo'ldi aka tel qilaverasiz. Men 99,9% grantiya beraman. Oqini olishadi.😉 Tushungan boʻlsangiz reaksiya qoldiring ..

Bir paytlar Allohdan mashina berishini so'ragandim... Mana berdi. ...oshnalar kelinglar men eriyman, ichamiz yuvamiz mashinani....

G'iybatmasu..... Deb g'iybatni boshlayapmiz..

Aql va Farosat yoshda emasligiga istbot...

Ezoterik: — Men odamning aurasini ko‘ra olaman. Shogirdi: — Meni auram qanaqa? Ezoterik: — 100 ming so‘m tashla, darrov ko‘rinadi. 😄

Jim turish ham manipulyatsiya bo‘lishi mumkin Ko‘pchilik manipulyatsiya deganda yolg‘on gapirish, bosim o‘tkazish yoki qo‘rqitishni tasavvur qiladi. Aslida esa ba'zi odamlar hech narsa demasdan ham boshqalarni boshqarishga harakat qiladi. Masalan, siz biror xato qildingiz yoki fikringizni bildirdingiz. Qarshingizdagi odam esa gaplashish o‘rniga birdan jim bo‘lib qoladi. Qo‘ng‘iroqlarga javob bermaydi, xabarlarga yozmaydi, sizni e'tiborsiz qoldiradi. Natijada siz o‘zingizni aybdor his qila boshlaysiz: — Men nima noto‘g‘ri qildim? — Nega gaplashmayapti? — Balki undan uzr so‘rashim kerakdir? Aynan shu paytda jimlik qurolga aylanadi. Albatta, har doim ham jim turish manipulyatsiya emas. Ba'zan odamga tinchlanish yoki o‘ylab olish uchun vaqt kerak bo‘ladi. Lekin agar jimlik muntazam ravishda sizni jazolash, aybdor qildirish yoki o‘ziga bo‘ysundirish uchun ishlatilsa, bu manipulyatsiyaning bir turi bo‘lishi mumkin. Sog‘lom munosabatlarda muammolar jimlik bilan emas, muloqot bilan hal qilinadi. 📌 Esingizda bo‘lsin: sizni tushuntirish o‘rniga ataylab jimlik bilan jazolayotgan odam muammoni hal qilmayapti — sizning his-tuyg‘ularingizni boshqarishga urinmoqda. @Profayling42

photo content

🔥 ODAMLARGA TA’SIR QILISH SIRLARI endi sizning qo‘lingizda! 🔥 Odamlarning tana tili, yuz ifodasi va yashirin signallari orqali: ✔️ Nimani o‘ylayotgani ✔️ Nimani his qilayotgani ✔️ Sizdan nimani yashirayotganini Bir qarashda bilib olishni o‘rganing! 👥 Bu bilimlar kimlarga kerak? – Savdogarlar 🛍 – Biznesmenlar 💼 – O‘qituvchilar va murabbiylar 🎓 – Psixologlar 🧠 – Oddiy odamlarning ham kundalik hayotida qo‘l keladi! 📘 Martin Leyvts – NLP: Eng yaxshi 50 ta usul (Pdf) 📗 Manipulyativ texnikalar (Pdf) 📘 Jeff Robbins – Tana tilini 7 kunda o‘rganing (Pdf) 📔 Sezgirlik – Odamlarning fikrini o‘qish (Pdf) 📕 Martin Leyvts – Qanday yoqimli bo‘lish mumkin (Pdf) 📚 Yashirin Gipnoz – 101 Manipulyativ texnika (Pdf) 📘 Pol Ekman – Yolg‘onchini yuz ifodasidan tanib oling (Pdf) 📕 Xarizma – O‘zingizni ko‘rsatish vaqti keldi (Pdf) 📗 Jo Navaro – Siz nimani o‘ylasangiz, men o‘shani ko‘raman (Pdf) 📘 Anastasiya Kolendo-Smирnova – Erkaklar psixologiyasi (Pdf) 📙 18+ Ayollarni o‘qish san’ati (Pdf) 🎙 Robert Chaldini – Ta’sir psixologiyasi (Audio) 📚 Everett Shostrom – Manipulyator odam yoxud Anti-Karnegi (Pdf) 📘 Tana tili – So‘zsiz gapiruvchi qurol (Pdf) 📚 Har doim haq bo'lib chiqish sa'nati. (Raqibni yengishni 38 usuli).  (Pdf) 💳 To‘lov uchun: Uzcard: 8600 0417 8462 8449 Paynet orqali ham mumkin ✅ 🎁 CHEGIRMADA: 👉 2 tasi 35 000 so'm 📩 Chegirmada olish uchun menga yozing: ✈️ @Jaloldin42 🚀 Biz bilan suhbatdoshlaringizdan bir qadam oldinda bo‘ling! https://t.me/Profayling42

Bir yigit maktabni bitirgancha, kurslarga bormadi, sportga bormadi. Ota onasini aytganini qilmadi. Erkatoy gina boʻlib o'syapti. Maktab bitti na o'qishga kirdi na xunar o'rganishni boshladi. Qilar ishi ertalab 10:00 gacha uxlash kechasi, papji, kontr oʻynash sayox yurish. Birkun bir qizni sevib qoldi. U qizga sovchi yubordi. Uchrashuvda qiz: ishingiz bormi? Shu yoshgacha nimaga erishdingiz? Yigit: E eee qizlar faqat PULGA MASHINAGA O'CH BO'LIB KETIBDI. Bunday voqealar xayotda bo'lyapti. Qizbolani umuman ayol kishi juft tanlashda puliga ishiga, topish tupishiga etibor berishi normal xolat va bu uni aqli xushi joyidaligini bildiradi. Chunki kelajakni o'ylayapti.

INTUITSIYA ORQALI ODAMNI “SEZISH” MUMKINMI? Ko‘pchilik hayotida kamida bir marta shunday holatni boshdan kechirgan: “U bilan birinchi marta uchrashganimdayoq nimadir g‘alati tuyulgandi...” yoki “Nimaga ekanini bilmayman, lekin unga ishonmagandim.” Qiziq tomoni shundaki, oradan vaqt o‘tgach, o‘sha inson haqiqatan ham yolg‘onchi, manipulyator yoki ishonchsiz bo‘lib chiqishi mumkin. Shunda savol tug‘iladi: bu qanday hodisa boʻlishi mumkin? Odamlar kelajakni sezadimi? Yo‘q. Buning ortida ko‘pincha mistika emas, balki miyamizning murakkab ishlash mexanizmi yotadi. Psixologiyada intuitsiya — bu ong ostining juda tez ishlashi natijasida paydo bo‘ladigan xulosadir. Miya atrofdagi ma’lumotlarni doimiy ravishda yig‘ib boradi. Biz e’tibor bermayotgan mayda detallar ham ong ostida qayd etiladi. Masalan, yuzdagi bir soniyalik hissiy o‘zgarishlar, sun’iy tabassum, ko‘z qarashidagi noqulaylik, ovozdagi titroq, tana harakatlaridagi nomuvofiqlik yoki gap bilan harakatning mos kelmasligi. Siz bu belgilarni ongli ravishda sezmasligingiz mumkin. Ammo miyangiz ularni qayta ishlaydi va natijada ichki signal paydo bo‘ladi: “Bu odam bilan muomalada ehtiyot bo‘l.” Boshqa tomondan, ba’zi insonlarni birinchi ko‘rishdanoq yoqtirib qolishimiz ham bejiz emas. Inson miyasi xavfsizlik va xavfni juda tez aniqlashga moslashgan. Agar suhbatdoshning tana tili ochiq bo‘lsa, ovozi xotirjam eshitilsa va harakatlari tabiiy ko‘rinsa, miyamiz uni xavfsiz inson sifatida qabul qiladi. Natijada bizda unga nisbatan iliq munosabat paydo bo‘ladi. Ko‘pincha buni “Undan yaxshi energiya chiqyapti” deb ta’riflaymiz. Aslida esa miya allaqachon ko‘plab noverbal signallarni tahlil qilib bo‘lgan bo‘ladi. Ko‘pchilikni qiziqtiradigan savol shuki, intuitsiya yolg‘onchini aniqlay oladimi? Bunga qisman “ha” deb javob berish mumkin. Ammo intuitsiya yolg‘onni emas, ko‘proq nomuvofiqlikni sezadi. Masalan, odamning so‘zlari ishonchli eshitiladi, ammo tana tili boshqa signal berayotgan bo‘ladi. Yoki u tabassum qiladi, lekin yuz mushaklari samimiy quvonchni aks ettirmaydi. Shunday paytda ichki hissiyot “Bu yerda nimadir joyida emasda” degan signal beradi. Biroq bu signalning o‘zi yolg‘onning isboti hisoblanmaydi. Intuitsiyaning eng katta xavfi shundaki, ko‘pchilik uni mutlaq haqiqat deb qabul qiladi. Aslida esa intuitsiya ham xato qilishi mumkin. Avvalgi salbiy tajribalar, qo‘rquvlar, stereotiplar yoki noto‘g‘ri taassurotlar uning xulosalariga ta’sir qilishi mumkin. Shu sababli professional profaylerlar faqat ichki hissiyotga tayanmaydi. Ular kuzatadi, solishtiradi, tekshiradi va faktlar yig‘adi. Faqat shundan keyingina xulosa chiqaradi. Kuchli intuitsiya ko‘pchilik o‘ylagandek faqat tug‘ma qobiliyat emas. U ko‘pincha tajriba mahsulidir. Qancha ko‘p odamlarni kuzatsangiz va ularning xatti-harakatlarini tahlil qilsangiz, miyangiz shunchalik katta ma’lumotlar bazasiga ega bo‘ladi. Natijada u signallarni tezroq va aniqroq taniy boshlaydi. Shu sababli tajribali tergovchilar, profaylerlar, psixologlar va muzokarachilar ko‘pincha odamlarni tezroq “sezishadi”. Bu sehr emas. Bu kuzatuv va tajribaning natijasidir. Xulosa qilib aytganda, intuitsiya oltinchi hissiyot emas. U miyaning ong ostida ishlov berilgan minglab signallar asosidagi tezkor bahosidir. U sizni ko‘plab xatolardan saqlashi mumkin, lekin uni hukm sifatida emas, signal sifatida qabul qilish kerak. Intuitsiya sizga shubha beradi. Haqiqatni esa kuzatuv va tahlil aniqlaydi. Sizning hayotingizda ham biror inson haqida tushuntirib bo‘lmaydigan hissiyot paydo bo‘lib, keyinchalik bu hissiyot to‘g‘ri chiqqanmi? @Profayling42

Komentariyada ko'p odam ichki sezgi yaniy intuitsiya bo'yicha yolg'onni aniqlashar ekan. Reaksiya koʻp boʻlsa, keyingi post intuitsiya xaqida bo'ladi...