Basic English
Відкрити в Telegram
Ingliz tilini noldan oʻrganmoqchi boʻlganlar uchun - Har kuni reja asosida oʻrganib borasiz - Hozirda lugʻat boyligi uchun Essantial kitobini test ishlamoqdamiz! https://bio.link/basiceng
Показати більше4 096
Підписники
Немає даних24 години
Немає даних7 днів
Немає даних30 днів
Архів дописів
4 096
✳️Ingliz tili testlarini tavakkal bajarish DAVOMI✳️
6️⃣IBORAVIY FE’LLARNI YODLANG. Imkon qadar ko’proq iboraviy fe’llarni yodlashga harakat qiling.
Qanchasini yodlay olsangiz, shunchasini o’rganib olishga harakat qiling. Agar testda iboraviy fe’lning birinchi, fe’l qismi berilgan bo’lsa-yu, Sizdan ikkinchi, predlog qismini topish talab etilgan bo’lsa, yodlaganlaringiz Sizga qo’l kelib qolishi mumkin. Har kuni kanalimizda @grammar_ingliz kanalida iboraviy fe'llar berib borilmoqda
7️⃣MATNLI SAVOLLAR JAVOBLARINI HARFLAR KETMA-KETLIGI ASOSIDA BELGILANG.
Nima demoqchi ekanligimni tushuntiraman: masalan, matn berilgan, undan so’ng esa 3 ta matnga oid savol berilgan. Agar shu uchta testning birinchisini B, ikkinchisini C deb belgilangan bo’lsangiz, uchinchisini A deb belgilamang! Kuzatishlarim bo’yicha test tuzuvchilar matnlardan keyin keladigan uchta savol javoblarining to’g’rilarini ko’pincha harflar ketma-ketligi asosida yashirishadi. Ya’ni, agar birinchi savolning to’g’ri javobi B bo’lsa, demak keyingi ikkita savolning to’g’ri javobi A bo’lmasligi aniq. Ikkinchi va uchinchi savolning to’g’ri javoblari C yoki D, juda kamdan-kam holatlarda B (yuqoridagi javob bilan bir hil) bo’lish ehtimoli kuchli.
8️⃣BIR TANLOVNI KETMA-KET 3 MARTADAN KO’P BEGILAMANG.
Bu nafaqat ingliz tili, balki boshqa har qanday fanga oid testlarga ham ta’luqli. Agar 7 ta savolni ketma-ket A yoki B yoki C yoki D qilib bir hil belgilasangiz, ularning ko’pi bilan 3 tasi to’g’ri chiqadi. Tavakkal qilishni juda xohlayotgan bo’lsangiz, imkon qadar javob harflarini turli hil qilib belgilashga harakat qiling. Bir hil harfni ketma-ket ko’p marta belgilamang.
⚠️Kanalimizda qoling sababi imtixonga 1 hafta qolganda sizlar bilan imtixon uchun maxsus tartibda ishlaymiz.
Kanalimizdan uzoqlashmang maqola yoqan bo'lsa, kanalga do'stlarizni taklif qiling agarda safimiz kengayib borsa sizlar uchun juda zo'r yangi malumotlarim bor. Buning uchun siz kanalimizni kuzatib borshingiz va ko'p do'stlarizni taklf etishingiz kerak.
#grammar
@grammar_ingliz
4 096
🔎Buyruq gaplar haqida:
📌Biz buyruq gaplardan bir yoki undan ortiq kishiga biror nima qilishini yoki qilmasligini aytganimizda foydalanamiz.
Stand up! – O’rningdan tur!
Open the window! – Derazani och!
Close the door! – Eshikni yop!
🔎Buyruq gaplar ikki xil bo’ladi:
📌Positive va negative:
📌Biz positive buyruq gapdan biror kishini biror ish qilishini so’raganmizda foydalanamiz.
📌Negative buyruqdan esa biror ishni qilmasligini so’raganimizda foydalanamiz. Negative buyruq gap gapning boshiga don't qo’yish bilan yasaladi.
Open the window, please! – Oynani ochib yuboring!
Don’t open the door! – Eshikni ochmang!
☑️Kanalimiz sizga foydali bo'lsa quyidagi manzil orqali do'stlaringizni taklif qiling👇
🍀@grammar_ingliz🍀
4 096
✳️Test Ishlash SIrlari✳️
Bu yerdagi ma'lumotlar hammaga kerakli sababi agar ingliz tilini umuman bilmasangiz buyerdagi ma'lumotlar bilan ko'proq yechasiz.
Agar ingliz tilinib bilsangiz bu malumotlar siz uchun eslatmadek bo'ladi
❗️Bu maqola orqali men hech kimni kirish imtihonlarida tavakkalga asoslanib test bajarishga undamoqchi emasman. .
⚠️Ingliz tili testlarini tavakkal bajarishda quyidagilarga e’tibor bering:
1️⃣PREDLOGLARDAN KEYIN HAR DOIM OXIRI “-ING” QO’SHIMCHASI BILAN TUGAGAN FE’LLARNI TANLANG.
Ingliz tili grammatikasidagi asosiy qoidalarga ko’ra deyarli har doim ON, IN, OFF, UP, DOWN, UNDER, OF, ABOUT va boshqa predloglardan keyin oxiri “-ING” qo’shimchasi bilan tugagan fe’llar ishlatiladi. Agar savol “He is afraid of … ” ko’rinishida bo’lsa, ya’ni “…”dan oldin predlog bo’lsa, demak berilgan javob variantlaridagi fe’llarning “ING” bilan tugagani to’g’ri javob hisoblanadi. Bu usul 80% holatlarda to’g’ri.
▪️without laughing, afraid of losing, angry about walking
2️⃣O’ZIDAN KEYIN “TO” VA “ING” OLADIGAN MAHSUS FE’LLARNI YODLAB OLING.
Ularni yodlab oling va “…” dan oldin Siz yodlagan shu fe’llardan birini ko’rsangiz, darhol TO yuklamasi bilan boshlangan fe’lni to’g’ri javob sifatida belgilang. O’zindan keyin “-ING” qo’shimchasini olgan fe’l (gerund) keladigan fe’llar ham bor.
🔹agree to do, afford to buy, wait to hear
🔸mention going, risk losing, quit trying
3️⃣MATNLI SAVOLLARDAGI JAVOBLARNING ENG UZUN, KO’P YOZUVLISINI TANLANG.
Bu 90% testlarda to’g’ri natija beradi. Ingliz tili testlaridagi matnli savollarning to’g’ri javoblari eng ko’p hollarda eng yozuvi ko’pi, uzun yozilgani bo’ladi. Testlarni tavakkal bajarayotgan ekansiz, bu tanlov Siz uchun eng yaxshisi hisoblanadi!
4️⃣ANIQ ARTIKLNING QO’LLANILISHINI YUZAKI O’RGANIB CHIQING.
Ingliz tilida THE aniq artikli ma’lum otlar yoki boshqa so’z turkumidagi so’zlar oldidan doimiy ishlatiladi. Ularni yodlab qolish juda oson. Masalan, dunyoda yagona bo’lgan otlar; quyosh, oy, yer va hokazolar oldidan har doim THE ishlatiladi. Sifatning orttirma darajasi oldidan ham aniq artikl ishlatiladi. Demak, “… smallest” (ohiriga -est qo’shimchasi qo’shilgan), yoki “… most important” (ko’p bo’g’inli sifatdan oldin most so’zi qo’yilgan) sifatlardan oldin har doim aniq artikl qo’yiladi. Bunaqa qoidalar ko’p, lekin qisqa vaqtda o’rganishga ulgurmasligingiz darajasida juda ko’p emas. Tahminan 3-4 soat yaxshi shug’ullanish orqali THE ishlatiladigan so’zlarning hammasini o’rganib olishingiz mumkin.
5️⃣ TO BE FE’LINING NUQTALARDAN OLDIN TURGAN OTGA MOS SHAKLINING TESKARISINI TANLANG.
Hozirda TO BE fe’lining shaklini tanlashni talab qiladigan testlar ko’pincha bir hil usul asosida tayyorlanayapti. Ya’ni, savolda “…”dan oldin ko’plik shaklidagi ot bo’lsa, TO BE fe’lining birlik shakli to’g’ri javob, aksincha, “…”dan oldin turgan ot birlik shaklida bo’lsa, TO BE fe’lining birlik shakli to’g’ri javob sifatida tanlanayapti. Bilmadim, bu balki test bajaruvchilarni chalg’itish uchundir, ammo shaxsan men bunaqa testlarning juda ko’piga duch kelayapman. Demak, “…” dan avval ko’plik shaklidagi ot bo’lsa TO BE fe’lining IS yoki WAS shaklini tanlang. Agar “…”dan oldin birlik shaklidagi ot bo’lsa, TO BE fe’lining ARE yoki WERE shaklini tanlang. Tanlovingiz ko’p hollarda to’g’ri bo’ladi.
Masalan:
Twenty-five people looking for Tom … here.
A. is B. are.
Tabiiyki, TO BE fe’li bilan tanish bo’lgan kishi nuqtalar o’rniga “Tom”ga nisbatan TO BE fe’lining “IS” shakli qo’llaniladi, deb A javobni belgilashadi. Hozirda ko’pchilik testlar aynan shunday chalg’ituvchi usul bilan tuzilayapti. Yaxshilab qarasak, yuqoridagi testda TO BE fe’lining shakli “25 people”ga nisbatan qo’yilishi kerak. Shuning uchun ham nuqtalar o’rniga TO BE fe’lini qo’yish kerak bo’lganda nuqtalardan avval turgan ot birlikda bo’lsa (yuqoridagi vaziyatda TOM), TO BE fe’lining ko’plikdagi shaklini tanlashni maslahat berdim. Bu testning to’g’ri javobi ham (tavsiyaga asosan) ARE!
✅Davomi 1 ta post pastda👇
☑️Kanalimiz sizga foydali bo'lsa quyidagi manzil orqali do'stlaringizni taklif qiling👇
🍀@grammar_ingliz🍀
4 096
🍀Professions🍀
Counselor - konsul
Decorator - dekoratsiyachi
Dentist - tish shifokori
Doctor - shifokor
Driver - haydovchi
Editor - muharrir
Engineer - injiner
Enterpreneur - tadbirkor
Farmer - fermer
Firefighter - o't o'chiruvchi
Florist - gul sotuvchi
Hairdresser - salonchi, stilist
Historian - tarixchi
Inspector - inspektor, nazoratchi
Instructor - instruktor, o'rgatuvchi
Journalist - jurnalist
Judge - sudya
Labourer - yollanma ishchi
Lawyer - advokat
Librarian - kutubxonachi
Masseur - masajchi
Mechanic - mexanik
Midwife - doya, akusher
Musician - musiqachi
Novelist - romannavis
Nurse - hamshira
PA - personal assistent
#vocabulary
☑️Kanalimiz sizga foydali bo'lsa quyidagi manzil orqali do'stlaringizni taklif qiling👇
🍀@grammar_ingliz
4 096
Assalomu alekum hammaga hayrli tong Bot ishlamebdi javoblar biroz keyinroq elon qilamiz❗️
Noqulayliklar uchun uzur😢
4 096
LISTENING 8.0
READING 7.0
WRITING 6.5
SPEAKING 7.5
OVERALL 7⃣.5⃣
🤔IELTS balingizni bir oy mobaynida qanday qilib 5.5 dan 7.5 ga chiqarish mumkin?
Bu savolga javobni bu "candidate"dan olsak nima deysiz?
Ertaga ya'ni seshanba kuni soat 20.00 (8PM GMT+5)da bõlib õtadigan "interview"da bilib oling!
4 096
🌐 Turon Milliy va Ilmiy Telegram Kanallari Birlashmasi «TURON BIRLASHMASI» siz azizlarga foydali kanallar ro‘yxatini taqdim etadi.
┄┄┄┄❅✾❅┄┄┄┄
👨💻Turon adminstratsiyasi - biz bilan kanalni rivojlantiring
┄┄┄┄❅✾❅┄┄┄┄
4 096
Bugungi testimiz
➖➖➖➖➖➖➖➖➖
🕗 Boshlanadi: 19:00
🕙 Yakunlanadi: 00:00
➖➖➖➖➖➖➖➖➖
🧮 Savollar soni: 29ta
🔓 Test kodi 1075
📰 Fan: Ingliz tili
📈 Darajasi: Dtm
💰Qatnashish: Bepul
🌐 Til: Ingliz tili
📝 Qatnashuvchilar soni: Chegaralanmagan
🥳G'oliblarga diplom va certificate beriladi
🔐Test javoblarini shu botga yuboring👇
@eCheckerBot
1075*abcacb shaklida yoki
1075*1a2b3c shaklida yuboring❗️
➖➖➖➖➖➖➖➖➖
Testda hammaga omad tilayman.
Testga do'stlaringizni ham taklif eting.
👉 @grammar_ingliz
4 096
♦️Yaqinda Florida shtatida maktab hodimlari ham qurol olib yurishlariga ruxsat berildi.
Ushbu yangilik haqida chiqqan bir rasmda o'qituvchilar qurolidan farqli ravishda u hodim qurolida ovoz pasaytirgich o'rnatilgan holda tasvirlangan.
❗Diqqat savol: U hodim maktabda qanday lavozimda ishlaydi?
👉🏻@ona_tilim_iftixorim
4 096
Bu sultonning otasi haqida ma'lumot kam. Uning 37 nafar xotinidan 26 o'g'li va 35 qizi bo'lgan. Sultonning boshi Qohirada, tanasi esa Hirot shahrida dafn etilgan.
❓Savol: biz qaysi hukmdor?
4 096
🔰Hozirgi davomli zamon🔰
❗️Hozirgi davomli zamon so’zovchi gapirib turgan vaqtda, hozirgi zamonda davom etib turgan ish-harakatga nisbatan ishlatiladi. Hozirgi davomli zamonda ifodalangan gaplar ingliz tilidan o’zbek tiliga ko’pincha «-yapti»qo’shimchasi orqali tarjima qilinadi. Mana bu gaplar hozirgi davomli zamonda ifodalangan:
🍀Men kitob o’qiyapman (hozir, gapirayotgan vaqtimda kitob o’qiyapman);
🍀Tom futbol o’ynayapti (hozir, so’zlovchi gapirayotgan vaqtning o’zida Tomning futbol o’ynashi davom etib turibdi);
🍀Biz suhbatlashayapmiz (suhbatlashishimiz hozirgi vaqtda davom etib turibdi).
Bu zamonda ifodalanadigan gaplarning yasalishi quyidagicha:
EGA+TO BE+FE’L+ING
Ega o’rnida kishilik olmoshi (I, he, she, it, we, you, they), shaxsning ismi (Tom, Ann, Mike…) yoki biror narsa-buyum nomi (radio, ball, machine…) kelishi mumkin. Egadan keyin, yuqoridagi yasalish formulada ko’rsatilganidek, egaga mos ravishda «to be» fe’lining hozirgi zamon shaklllari AM, IS, yoki ARE ishlatiladi. Shundan keyin infinitiv shaklidagi fe’l va unga qo’shilgan ING (o’zbek tilidagi «-yapti»ga teng bo’lgan) qo’shimchasi ishlatiladi.
Quyida hozirgi davomli zamonga ingliz tilida bir necha misollar keltirilgan. Gaplarning yuqoridagi yasalish formulashi asosida qurilganligiga e’tibor bering:
Tom is playing football – Tom futbol o’ynayapti.
(Bu yerda «Tom»=ega, «is»=egaga nisbatan «to be» fe’lining hozirgi zamon shakli, «play»=fe’l va unga qo’shilgan «-ing»=o’zbek tilidagi «-yapti» qo’shimchasi. Gap ish-harakatning hozir davom etib turganligini bildiradi.)
🍀I am reading a book – Men kitob o’qiyapman;
🍀My brother and I are watching television – Mening ukam va men televizor ko’rayapmiz;
🍀She is doing her homework – U uyga vazifasini bajarayapti;
🍀They are working in the garden – Ular bog’da ishlayapti.
Hozirgi davomli zamondagi gaplarda so’roq shaklini yasash uchun «to be» fe’li egadan oldinga o’tkaziladi. Yuqoridagi gaplarning yasalish formulasiga qarang va quyida berilgan gaplarda so’roq shaklini hosil qilish uchun formuladagi «to be» fe’li egadan oldinga o’tkazilganligiga e’tibor bering:
Am I reding this? – Men buni o’qiyapmanmi?
Is Tom playing tennis? – Tom tennis o’ynayaptimi?
▪️Are you reading a book? – Siz kitob o’qiyapsizmi?
▪️Are they working in the garden? – Ular bog’da ishlayaptimi?
Hozirgi davomli zamon gaplarida inkor shaklini yasash uchun «to be» fe’lidan keyin «NOT» («emas») inkor yuklamasini qo’yamiz. Quyida berilgan gaplarda «to be» fe’li shakllari (am, is are)dan keyin «NOT» inkor yuklamasini qo’yish orqali inkor, bo’lishsiz gaplar hozil qilinayotganligiga e’tibor bering:
I am not doing anything – Men hech narsa qilmayapman;
▪️She is not doing her homework – U uyga vazifasini bajarmayapti;
▪️You are not listening to me – Siz meni tinglamayapsiz;
▪️They are not working in the garden – Ular bog’da ishlamayapti.
Hozirgi davomli zamon NOW (hozir), STILL (hali ham), AT THE MOMENT (ayni vaqtda) kabi payt ravishlari bilan birga ishlatilishi mumkin.
Quyida hozirgi davomli zamonda ifodalangan bitta gapning darak, so’roq va inkor shakllarini yasaymiz:
▪️Tom is playing tennis now. – Tom hozir tennis o’ynayapti.
▪️Is Tom playing tennis now? – Tom hozir tennis o’ynayaptimi?
▪️Tom is not playing tennis now. – Tom hozir tennis o’ynamayapti
☑️Kanalimiz sizga foydali bo'lsa quyidagi manzil orqali do'stlaringizni taklif qiling👇
🍀@grammar_ingliz🍀
4 096
⚡️Say Thank You in English — Different ways to say “thank you” in English ⚡️
❗️Ingliz tilida "rahmat" deyishning turli usullari ❗️
🤵♂Thank you. / Thanks so much.
🤵♀ Thanks a lot. / Thanks a bunch.
🤵 Thanks a ton. / Thanks!
👩✈️ I really appreciate it. / You shouldn't have.
👨✈️ I don't know what to say! / That's very kind.
👨⚖ You're the best. / I owe you one. / You rock.
👩💼 It meant a lot to me. / I can't thank you enough.
👨💼Thanks a million! / Thanks in advance.
☑️Kanalimiz sizga foydali bo'lsa quyidagi manzil orqali do'stlaringizni taklif qiling👇
🍀@grammar_ingliz🍀
4 096
🇬🇧Bilamizki hozirgi kunda Ingliz tilini o'rganish hamma sohada ta'lab etilyapti, English home jamoasi ko'pchilikni imkoniyatlarini o'ylab sizlarga Ingliz tilidan Bepul darslarni taqdim etishni boshladi.
📆24 - Yanvardan Bepul IELTS kursi boshlandi darslar 15:00 da kanalimizga quyib boriladi
📆25 - Yanvardan Bepul General English kursimiz boshlandi darslar 15:00 da kanalimizga quyiladi.
📎Shoshiling Pullik darslarda Bepul qatnashing va biz bilan Ingliz tilini oson o'rganing.
Manzil ➪ @BigEnglish_home
4 096
🔰Hozirgi davomli zamon🔰
🔹1. Gapirlayotgan vaqtda bo'layotgan ish harakatga ishlatamiz. Ya'ni so'zlovchi gapiryotgan vaqtda davom etib turgan ishlarni aytishda ishlatiladi.
▪️I am reading a book - Kitob o'qiyabman
▪️It isnt raining- yomg'ir yog'mayabdi
▪️Where are they going?- Ular qayerga ketishmoqda
❗️Ingliz tilidagi maxsus so'roq so'zlar (What, Where, How, etc..) yordamchi feldan oldin keladi...
Davomli zamonda oddiy misol
▪️Are you playing football? - Futbol o'ynayabsanmi
▪️I am reading book - Kitob o'qiyabman
▪️I am not playing football - Futbol o'ynamayabman
🔹2. Vaqtinchalik ish harakatlar, o'zgaruvchan holatlar, va hozir vaqtda sodir bo'layotgan lekin oxirga yetmagan ish harakat bu ish harakat gapirlayotgan paytda to'xtab to'xtab davom etyotgan bo'lshi mumkun
Masalan:
▪️Anvar and Lobar are having breakfast. Anvar va Lobar tushlik qilyabdi
▪️Anvar: " I am reading a good book nowadays"
Anvar: Men shu kunlarda yaxshi bir kitob o'qiyabman
Lekin gapirlayotgan vaqtda Anvar hech qanaqa kitob o'qimayabdi. Lekin u kitob o'qishni boshlagan va holi nihoyasiga yetkazmagan
#grammar
❗️Davomi 1 ta post tagida
☑️Kanalimiz sizga foydali bo'lsa quyidagi manzil orqali do'stlaringizni taklif qiling👇
🍀@grammar_ingliz🍀
