cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

UzPressa

O‘zbekistonda va dunyoda ro‘y berayotgan eng so‘nggi yangiliklar va xabarlar, shuningdek tezkor rasmiy xabarlar manbasi. Admin: @uzpressaadmin

Більше
Рекламні дописи
1 408
Підписники
-424 години
-147 днів
-10130 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Фото недоступнеДивитись в Telegram
⚡️Oʻzbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Turkiyada boʻladi Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning taklifiga binoan 6-iyun kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi. Tashrif doirasida Anqara shahrida ikki davlat rahbarlari raisligida Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yigʻilishi oʻtkazilishi koʻzda tutilgan. Bundan tashqari, Oʻzbekiston va Turkiya Prezidentlari ikki mamlakat yetakchi korxonalari va kompaniyalari rahbarlari bilan birinchi qoʻshma uchrashuvini oʻtkazadilar. @uzpressaofficial
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
O‘zbekistonda may oyida 67,8 mlrd so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi Aprelda bu ko‘rsatkich 58,8 mlrd so‘mni tashkil etgandi. Bir oyda noqonuniy foydalanish holatlarining eng ko‘pi Samarqand, Toshkent va Andijon viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan. @uzpressaofficial
Показати все...
😁 1
🇸🇰 Rus tilini yaxshi biladigan o‘zbekistonlik haydovchilar Slovakiyaga ishga taklif etilmoqda Oylik ish haqi qo‘lga tegadigani 1080 yevro, ish hajmiga qarab turli bonuslar ham beriladi. @uzpressaofficial
Показати все...
👍 2
Zomin milliy tabiat qoʻriqxonasida “ZAAMIN ULTRA 2024” ultramarafoni boʻlib oʻtdi Poygada AQSH, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Malayziya, Rossiya, Qozogʻiston, Turkiya kabi 20 ga yaqin mamlakatdan 2100 dan ortiq sportchi ishtirok etdi. Zominning musaffo tabiati va betakror manzaralarini asrab-avaylash tashabbusi doirasida poyga yakunida “plogging” (qisqa masofalarga yugurish barobarida chiqindilarni toʻplash) tadbiri oʻtkazildi. @uzpressaofficial
Показати все...
👍 1
01:24
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Oʻzbekiston Mudofaa vazirligining merganlar jamoasi Turkiyada oʻtkazilgan xalqaro musobaqada birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi @uzpressaofficial
Показати все...
f53.mp424.29 MB
👍 2👎 1
❗️O‘zbekistonda tirik insonlar sharafiga monumental yodgorliklar o‘rnatish taqiqlandi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan davlat ahamiyatiga molik monumental yodgorliklarni o‘rnatish bo‘yicha hukumat ekspert komissiyasi tuzilmoqda. @uzpressaofficial
Показати все...
🤣 1
01:16
Відео недоступнеДивитись в Telegram
🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida joriy yilning may oyida bo‘lib o‘tgan asosiy tadbir va voqealar xususida @uzpressaofficial
Показати все...
PM_ShM_May_v001_final.mp439.16 MB
👎 1
O‘zMI Fatvo markazi kriptovalyutalar nojoizligi haqidagi bayonotiga raddiya berdi O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazining maʼlum qilishicha, markazning kriptovalyutalar sharʼan joiz emasligi haqidagi xabari texnik sabablarga ko‘ra, ehtiyotsizlik oqibatida eʼlon qilingan. Markaz buning uchun uzr so‘ragan holda, bu boradagi ilmiy tadqiqotlar hali yakuniga yetmagani, o‘rganish ishlari davom etayotganini maʼlum qildi. @uzpressaofficial
Показати все...
👍 1😁 1
00:17
Відео недоступнеДивитись в Telegram
“Boshqa unday qilmayman. Viloyatliklarni ajratib, unaqa maʼnoda gapirmaganman. Odam ko‘pligi uchun jahl ustida haqoratli so‘zlar bilan gapirganman. Hammadan kechirim so'rayman”, — deydi u. @uzpressaofficial
Показати все...
IMG_1661.MP43.12 MB
😁 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Amerikalik avtomobil ishlab chiqaruvchilar 12 ming dollarga bunday avtomobil yarata olmasligini tan olishdi Amerikalik ishlab chiqaruvchilar Xitoyda ishlab chiqarilgan avtomobillarning tannarxiga faqat sifatsiz mahsulot chiqarish mumkin deb hisoblab BYD Seagull elektromobilini tekshiruvdan o‘tkazdi. Tekshiruv xulosalariga ko‘ra, ular AQSHda bunday pulga bu darajada avtomobil ishlab chiqara olmasligini tan olishdi. Ular 12 ming dollarga sotiladigan avtomobil Seagulldan ancha sifatsiz mashina bo‘lishini, xitoylik ishlab chiqaruvchilar baʼzi texnologiyada amerikaliklarni ortda qoldirib ketishganini tan olishgan. Ular qanday qilib Seagulldek sifatli mashina bunday arzon bo‘lishiga javob topa olishmagan. @uzpressaofficial
Показати все...
👍 3