cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

UrDU psixologi

🔎Psixologik testlar⭐️ 📒Muhokamali savollar❓ 😇Ibratli hikoyalar📖 ✏️Qiziqarli faktlar 💥💫.Psixologik xizmat siz uchun. Talabalar faoliyatiga doir ko‘rsatmalar. Biz bilan qoling aslo zerikmaysiz @Mohinur_avezova📘

Більше
Рекламні дописи
416
Підписники
-124 години
-1277 днів
-83030 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Muvaffaqiyatli insonlarning o‘ziga xos 5 ta xislati🔥 1-qism 💝1. Boshqalar qila olmagan ishni, ular yo‘lini qidirishadi shunchaki qo‘l siltab ketishmaydi. 💝2. Boshqalar omadsizlik deb bilgan narsalarni, ular hayot saboqlari deb hisoblashadi. 💝3. Ular aniq o‘ylangan rejalarni qabul qilishadi. 💝4. Boshqalar omadni kutib o‘tirsa, ular omadni o‘zlari qidirishadi. 💝5. Boshqalar kabi ularda ham qo‘rquv bor. Lekin qo‘rquv ularni boshqarishiga yo‘l qo‘yishmaydi. Ular qo‘rquvni shunchaki havotirlanish deb hisoblashadi.
Показати все...
👍 1
​​Бахтли yashamoq uchun nima  qilish kerak? 1. "Ijobiy fikrli nonushta" Ertalab barvaqt uyg‘onganda ko‘proq nima haqida o‘ylaysiz? Biz ertalab uyg‘onib, nima haqida o‘ylagan bo‘lsak, o‘sha fikr amalga oshadi. Men sizga erta tongdan yaxshi fikrlar bilan to‘yingan, vitaminli, ijobiy fikrli nonushtalarni tavsiya qilaman. Bu ijobiy fikrlar faqat bugun uchun emas, balki sizning kelajagingiz uchun yaratiladi. 2. Ijobiy fikrli nonushta resepti: - bugun eng yaxshi kunim; - bugun mening go‘zal tongim; - men  dunyodagi eng baxtli insonman; - men uchun omadlar ohanrabodir ; - bugungi kun  menga muvaffaqiyat olib keladi; - bugun menga hayot chiroyli kun taqdim qilmoqda; - bugun hayotimning yangi kuni boshlandi; - o‘rningdan tur,(ismingizni ayting), seni ulug‘ ishlar kutmoqda! 3. "Sehrli eliksir": O‘zingiz yoqtirgan piyolaga iliq mineral yoki oddiy suv soling. Piyolani qo‘lingizga oling va labingizga yaqinlashtiring. Siz “Sehrli eleksir” tayyorlayapsiz. Yarim ovozda siz bu hayotda nima hoxlayotganingizni, nimalar kerakligini va nimaga erishmoqchi ekanligingizni pichirlab ayting. Masalan, men sog‘lom va boy bo‘lishni, men baxtli bo‘lishni, men sevimli va kerakli bo‘lishni istayman. Men chiroyliman va omadliman, muvaffaqiyatliman. 4. "Ko‘zgu". Ko‘zguga to‘g‘ri kelasiz va o‘z aksingizga quvonch va muhabbat bilan salom bering. O‘zingizga tabassum qiling va kim ekanligingizni eslang. Iqtidorli, omadli, muvaffaqiyatli shaxs, juda yaxshi inson, ajoyib erkak yoki ayol. O‘zingizga Allohning noyob moʻjizasi ekanligingizni eslating. 5. "Eshik" Ostona eshigidan chiqayotgan paytingizda o‘zingizga: "Bugun eng omadli, muvaffaqiyatli, barakali kun" yoki "Meni va mening yo‘llarimni barcha koinot qo‘llab- quvvatlayapti", “Yangi kunga dadillik bilan qadam qo‘y”, “Muvaffaqiyat sening tomonda”, “Sen yolg‘iz emassan, sen bilan - butun koinot birga!”. deb ayting. Har kuni shu nonushtani tayyorlab va iste’mol qilib borsangiz, sizning hayotingiz sezilarli darajada o‘zgaradi.
Показати все...

Repost from Manaviyat.edu.uz
Bugun 13-iyul haftaning shanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing #bayramlar 🌏 Xalqaro tog’ jinslari kuni. 🇰🇿 Qozog’iston – Milliy xavfsizlik qo‘mitasi kuni. 🇲🇪 Chernogoriya – Davlatchilik kuni. 🇦🇷 Argentina – Telekommunikatsiyalar kuni. #voqealar 🔸Birinchi Kamchatka ekspeditsiyasi boshlandi (1728). 🔸Gulyelmo Markoni  radioga patent oldi (1897). 🔸Gollivud belgisi o‘rnatildi (1923). 🔸O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro Mehnat Tashkilotiga a’zo bo‘ldi (1992). 🔸Rustam Qosimjonov shaxmat bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi (2004). 🔸Jenevada Yangi Zelandiya olimlari tomonidan uch o‘lchovli rangli tasvirlarni olishga qodir rentgen apparati taqdim etildi (2018). #tavalludlar 🔹1930-yil: Abdumavlon Abdullayev – biolog-botanik olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, (1980).  🔹1930-yil: Galina Matviyevskaya – matematik olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1980).  🔹1962-yil: Dilorom Fayzieva – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi raisi. 🔹1984-yil: Rustam Assakalov – Adigey yunon-rum kurashchisi, O‘zbekiston sharafini himoya qiladi. Osiyo va Osiyo o‘yinlari chempioni, jahon chempionatlari sovrindori. 🔹1988-yil: Diyora Keldiyorova – o‘zbek dzyudochisi, 52 kg gacha vazn toifasida. Osiyo chempioni, jahon chempionati va jahon urushi o‘yinlari sovrindori. Dzyudo boʻyicha “Katta dubulg’a” turkumiga kiruvchi birinchi oʻzbek qizi. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Показати все...
Repost from Manaviyat.edu.uz
Bugun 12-iyul haftaning juma kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing #bayramlar 🇺🇳 Xalqaro qum va chang bo‘ronlariga qarshi kurash kuni. 🌏 Butunjahon fuqaro aviatsiyasi bortprovodniklari kuni. 🌏 Xalqaro gandbol haftaligi boshlanishi. #voqealar 🔸Saratov shahri tashkil etildi (1590). 🔸AQShning eng yuqori harbiy mukofoti – “Shon-sharaf medali” ta’sis etildi (1862 ). 🔸Fransiya futbol jamoasi finalda Braziliyani mag’lub etib, birinchi marta futbol bo‘yicha jahon chempioni bo'ldi (1998). 🔸Daliya Gribauskayte Litvada birinchi prezident ayol bo‘ldi (2009). 🔸Neptun 1846-yilda sayyora kashf etilganidan beri Quyosh atrofida birinchi to‘liq aylanib chiqishni yakunladi (2011). #tavalludlar 🔹1813-yil: Klod Bernard (1878) – Fransuz fiziologi, endokrinologiya asoschisi. 🔹1878-yil: Abdulla Avloniy (1934) – XIX asr oxiri XX asr boshidagi o‘zbek milliy madaniyatining mashhur vakillaridan biri maʼrifatparvar shoir, dramaturg, jurnalist, olim, davlat va jamoat arbobi. 🔹1886-yil: Abdurauf Fitrat (1938) – o‘zbek tarixchisi, filolog, tarjimon, yozuvchi, dramaturg va shoir, zamonaviy o‘zbek tili va adabiyoti asoschilaridan biri, O‘rta Osiyo jadidchiligining taniqli vakillaridan biri, birinchi o‘zbek professori (1926). 🔹1913-yil: Uillis Yudjin Lemb 2008) – amerikalik fizik, Nobel mukofoti sohibi (1955). 🔹1928-yil: Elayas Kori – amerikalik kimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1990). 🔹1985-yil: Emil Xegle Svendsen – norvegiyalik biatlonchi, 4 karra Olimpiya chempioni, 12 karra jahon chempioni. 🔹1991-yil: Xames Rodriges –  kolumbiyalik futbolchi. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Показати все...
🔥 Stressni yengish usullari ✔️ Toza havoda sayr qilish ✔️ Baxtli bo'lish uchun sabablarni qidiring ✔️ Kuningizni rejalashtiring ✔️ Fikrlaringizni yozing ✔️ Ish joyingizni tozalang ✔️ Kitob o'qing‌‌ ❤️‍🔥Agar post foydali bo'lsa, uni reaktsiya bilan baholang🥰!
Показати все...
🔥 4
Repost from Manaviyat.edu.uz
Bugun 11-iyul haftaning payshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing #bayramlar 🇺🇳 BMT – Butunjahon aholi kuni 🌏 Butunjahon shokolad kuni. 🌏 Xalqaro efir moylari kuni. 🇰🇮 Kiribati – Milliy madaniyat va keksalar kuni. #voqealar 🔸Rossiyada cho‘g’lanma lampa (Lodiygin chirog’i) patentlandi (1874). 🔸Yaponiyalik Kokiti Mikimoto birinchi marta sun’iy marvarid oldi (1893). 🔸Aka-uka Avgust va Luis Lyumerlar kino texnologiyalarini namoyish qilishdi (1895). 🔸Xalqaro bouling assotsiatsiyasi tuzildi (1905). 🔸Gollandiyada 8 soatlik ish kuni joriy etildi (1919). 🔸Ispaniya futbol terma jamoasi oʻz tarixida birinchi marta Jahon chempioni bo‘ldi (2010). 🔸Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston tarixi” telekanalini tashkil etish chora-tadbirlari toʻg’risida”gi qarori qabul qilindi (2019). #tavalludlar 🔹1893-yil: Ashurali Mehtar Yusupov (1980) – mehtarlik san’ati anʼanalarining bilimdoni, surnay, karnay, nogʼora yoʻllarining ustasi. 🔹1939-yil: O‘tkir Rasulev – Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, fizika-matematika fanlari doktori, matematik olim, professor.  🔹1948-yil: Jamshid Zokirov (2012) – Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, kino va teatr aktyori.  🔹1994-yil: Saʼdullayev Alisher – Yoshlar ishlari agentligi direktori (2020-yildan), Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasining raisi, Mehnat shuhrat ordeni bilan taqdirlangan (2021). 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Показати все...
​​Vaqtni tejashga yordam beruvchi sabablar: 1️⃣. O‘ziga o‘zi hisob berish. Bu samarali uslub solihlar odati, taqvodor zotlar yo‘lidir. Aziz birodar, o‘zingizni o‘zingiz hisob-kitob qiling. Kunni qayerda, nima ishlar bilan o‘tkazdingiz? Shu kuni sizning yaxshiligingiz ortdimi yoki yomonligingiz? Shu bir kuningizning javobini bera olasizmi? 2️⃣. Nafsni faoliyatga o‘rgatish. Kimki o‘zini oliy ishlarni qilishga va bekorchi ishlardan uzoqlashishga o‘rgatsa, vaqtini g‘animat bilgan bo‘ladi. Chunki faol inson bekorchi ishlar bilan qanoatlanmaydi. Kishining himmati qancha baland bo‘lsa, qiladigan amallari ham shuncha ulug‘ bo‘ladi. 3️⃣. Vaqtlarini muhofaza qiladigan kishilar bilan suhbatda bo‘lish. Albatta, solih zotlar bilan suhbat qilish vaqtni g‘animat bilishga o‘rgatadi. O‘tganlardan bir gap bor: “Agar bir qavmning orasida bo‘lsang, yaxshilarga yondoshgin. Yomonlardan yiroq yur. Aks holda, ular bilan birga halok bo‘lasan. Sen kishidan o‘zi haqida emas, balki uning hamsuhbati haqida so‘ragin. Chunki har kim o‘z yaqiniga ergashadi”. 4️⃣. Salaflar hayotidan ibratlanish. Salaflar hayotini o‘rganish biz uchun ayniqsa foydali. Chunki ular vaqtning qadrini juda yaxshi bilar edilar. Ular umrning har lahzasini g‘animat bilish va uni Allohga itoatda o‘tkazishda eng chiroyli namunadirlar. 5️⃣. Vaqtdan unumli foydalanishda turlicha yo‘l tutish. Inson bir ish hadeb takrorlanaversa, zerikib qoladi. Demak, turli amallar bilan oz-ozdan shug‘ullanib turish vaqtdan imkon qadar ko‘proq foydalanishda yordam beradi.
Показати все...
#FAKT ⚡️Ko'p narsalarni tushunishga yordam beruvchi faktlar 💪 Erkak oʻzining erkakligini unutgandagina ayol “erkaklashadi”. 👮‍♀ Erkak oʻz ayolini ayollik maqomida tutib tura olmagandan keyingina ayol uning “xoʻjayini”ga aylanadi. 👩‍🍳 Erkak uyda talab qilinganidek erkak boʻlolmagach, ayol ham talab qilinganidek ayol boʻlolmaydi. 🫀 Ayol ushbu uch turdagi erkakni seva olmaydi: ▫️ Har qanday ayolga qiziqib ketadigan erkakni. ▫️ Ayolning tuygʻularini rioya qilmay, uning boʻyi, rangi, oriq-semizligini tanqid qiladigan erkakni. ▫️Oʻzida koʻp nuqsonlar boʻla turib, ayoldan mukammallikni talab qiladigan erkakni.
Показати все...
Repost from Manaviyat.edu.uz
Bugun 10-iyul haftaning chorshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing #bayramlar 🌎 Butunjahon energetika mustaqilligi kuni. 🌏 Futbol hushtagi tug’ilgan kun. 🇲🇳 Mongoliya – Davlat bayrog’i kuni. 🇲🇷 Mavritaniya – Qurolli kuchlar kuni. 🇰🇮 Kiribati – Xushxabar kuni. 🇧🇸 Bagam orollari – Mustaqillik kuni. 🇯🇵 Yaponiya – Natto kuni. #voqealar 🔸SSSRda TASS – Sovet Ittifoqining Telegraf agentligi tashkil topdi (1925). 🔸Birinchi tijorat aloqa yo‘ldoshi Telstar uchirildi (1962). 🔸Bagamaning Buyuk Britaniyadan mustaqilligi e’lon qilindi (1973). 🔸O‘zbekiston Respublikasi  Xalqaro elektraloqa Ittifoqi (XEI)ga to‘laqonli a’zo bo‘lgan kun (1992).  #tavalludlar 🔹1856-yil: Nikola Tesla (1943) – Serbiyalik va amerikalik fizik, elektrotexnika va radiotexnika sohasidagi ixtirochi. 🔹1902-yil: Kurt Alder (1958) – nemis organik kimyogari, Nobel mukofoti sohibi (1950). 🔹1918-yil: Maxmudali Yo‘no‘sov (1985) – Adabiyotshunos olim. 🔹1920-yil: Ouen Chemberlen (2006) – amerikalik fizik, atom bombasini yaratuvchilardan biri, Nobel mukofoti sohibi (1959). 🔹1923-yil: Abdurahim Muhamedov (1980) – kompozitor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1975). 🔹1934-yil: Javlon Hamroyev (1997) – aktyor, Oʻzbekiston xalq artisti (1989).  🔹1969-yil: Turdimov Erkinjon – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi aʼzosi (2008-yildan).  🔹1991-yil: Nikita Katsalapov – rossiyalik muz ustida raqs tushuvchi figurali uchish ustasi, jahon chempioni (2021), Yevropa chempioni (2020). 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Показати все...
👍👍👍👍👍  Batafsil YAXSHILARGA  XAYRLI  KUN! Salom yuzi quyoshlilarim, Tonga yetgan bardoshlilarim, O‘ttiz, ellik, yuz yoshlilarim, Xayrli kun sizga yaxshilar! Salom ko‘ngli qordek oqlarim, Gina-gudrat, kibri yo‘qlarim, Oxiratdan ko‘ngli to‘qlarim, Xayrli kun sizga yaxshilar! Meni bilgan, bilmaganlarga, Kulib turgan, kulmaganlarga, Hali salom bermaganlarga, Xayrli kun sizga yaxshilar! Tonga yetib shukur qilganlar, O‘tgan kundan fikr qilganlar, Ibodatdan huzur qilganlar, Xayrli kun sizga yaxshilar! Suyganlaru, suymaganlarga, Kuysam, birga kuymaganlarga, Diydorimga to‘ymaganlarga, Xayrli kun sizga yaxshilar! Tilagim bor sizga ushbu chog‘, Sizdan nari yursin g‘am, firoq, Faqat Haqqa bo‘ling yaqinroq, Xayrli kun sizga yaxshilar! Yaratganga hamdlar aytaylik, Ko‘p tonglarga omon yetaylik, Ketsak, jannatlarga ketaylik, Xayrli kun sizga yaxshilar! ⠀ ⠀ ⠀ ⠀
Показати все...
👍 1
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.