cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

♥️Zahrotiy qissalari♥️

Xafa bo'lmang ! Oyog'ingizga botayotgan bu tikonlar, sizni qidirib borayotgan gulning xabarchisidir...♥️🖤

Більше
Рекламні дописи
294
Підписники
Немає даних24 години
-67 днів
-2730 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Assalomu alaykum. Yaxshimisizlar? Uzr ancha kun koʻrinish bera olmadim. Hammangizga maʼlum DTM imtixonlari 14-iyuldan boshlanadi. Menda esa katta muammo mavjud. Men ham shu yil oʻqishga topshiraman va oz muddat yaʼni 1 oy qoldi. Men shu muddat ichida tayyorlanib , takrorlab oʻqishimni kuchaytirishim kerak. Agar hikoya yozsam oʻqishim qolib ketadi. Oʻqisam hikoyam qolib ketadi. Shuning uchun 1 oy muddatga taʼtilga chiqyabman. Majbur boʻlmaganimda taʼtilga ham chiqishni istamas edim. Ammo hozir realdagi hayotimni yoʻlga qoʻyib olishim zarur. Shundagina vertualga qayta olaman. Menga ota-onam mana shu bir yilni imkon sifatida bergan , va men bitta ona tilidan tayyorlanib boshlangʻich taʼlim sohasiga kirishim kerak. Agar mana shu yil unday boʻlmasin-kuya , oʻxshamay qolsa meni umuman koʻra olmasliklaringiz mumkin. Meni tushundingiz degan umiddaman. Hech qachon sababsiz va oddiy sabablar tufayli ijoddan ketmayman. Menda 600 , 800 obunachiga ega auditoriya bor. Ularni hech qachon besabab tashlab ketmayman. Menga yozib ,ijoddan ketmang deganlar uchun katta rahmat. Doim yonimda boʻlgangizdan xursandman. Xullas sizlar bilan roppa-rosa bir oydan keyin uchrashamiz
Показати все...
❤‍🔥 24
Hamma oʻz fikrini bilsin , shunga qarab ish qilaman
Показати все...
👍 2🥰 1
Assalomu alaykum. Yaxshimisizlar? Men bir oz taʼtilga chiqib tursammi deyabman. Sizlar nima deysizlar?
Показати все...
💔 17🤯 8
— Maqtovingiz uchun rahmat. — dedi Gulruxsor ham. Tushlik qilib boʻlgach , bogʻda bir oz suhbat qurishdi. Humora zerikkanligi uchun pastki qavatga tushib ketganidan soʻng Jahongir yordamchisi chaqirib qolgani uchun chiqib ketdi. Ikkisi qolgach Xonzoda xonim gap ochdi. — Gulruxsor , menimcha farzanding yoʻq. Qanday qilib bu darajani olding? — Haligi... Farzandim yaqinda tugʻilishi kerak edi , ammo...— Gulruxsor nima deyishni bilmasdi. — Birorta gap bormi? — Ha , yaqinda zinadan yiqilib farzandimdan ayrildim. Shu vaqtgacha bu ishlarni Sofiya qilar edi. Ammo unga hozir ogʻirlik qiladi. Shuning uchun bu ishlarni menga topshirdilar shahzodam.— dedi Gulruxsor. — Oo, afsusdaman. Sabr tilayman. Hozir sabr qilsang , keyin albatta mevasini olasan.— dedi Xonzoda xonim notoʻgʻri gapirib qoʻygani uchun hijolat boʻlib. — Nasib. — Sofiyani koʻrdim. Unham chiroyli qiz ekan. Ammo Jahongir mening nazarimda sening yoningda baxtli , hotirjam , erkin. Jahongir hammaning ham yonida bunday boʻlmaydi.— dedi Xonzoda xonim Jahongir kelayotgani uchun gapni yakunlab. — Otxonaga yangi otlar kelibdi. Istasangizlar koʻrib kelamiz.— dedi Jahongir. — Albatta , otlar jon-u dilim-ku.— deya Xonzoda xonim oʻrnidan turdi. — Sen ham borasanmi Gulruxsor?— dedi Jahongir Gulruxsorga. — Men , keyin borsam boʻladimi? Hozir ziyofatga tayyorgarliklarni koʻrishim kerak. — Mayli. Ha aytgancha , bitta yangilik bor. Kechki ziyofatga Usmon va Mohigul kelishayotgan ekan.— dedi Jahongir Gulruxsorga. — Qanday ajoyib. Unda men tayyorgarlik koʻray.— deya Gulruxsor xursand boʻlib ketdi. Xonzoda xonim va Jahongir saroy hovlisiga chiqib otxona tomon yurar ekan , Xonzoda xonim gap ochdi — Eshitishim boʻyicha yaqinda Gulruxsor farzandidan ayrilibdi. — Haa, bu hammaga noxush xabar boʻldi. Lekin Gulruxsor tushkunlikka tushmay qayta oʻrnidan tura oldi. Shuncha kulfatlarni oddiy qiz koʻtara olmas edi. — Toʻgʻri. Koʻrinishidan ham irodali , kuchli qizga oʻxshab koʻrinadi. Qanday boʻldi bu voqea? — Zina yonida turganida Sofiya uni itarib yuborgan. — Nima? Nega unda hali ham unga jazo bermading? — U hozir homilador. Hech boʻlmasa farzandim tugʻilsin. Bilasiz hozir vaziyat tang. Shuning uchun kutyabman.— dedi Jahongir. — Lekin , u bunday yurishga loyiq emas. Axir seni qoningdan, joningdan boʻlgan bolani oʻlishiga sabab boʻlgan. — Shunday. Men ham gʻazab otiga mindim , ammo hozir buning oʻrni emas edi.— dedi Jahongir otxona eshigini ochishni xizmatchilarga buyurib. — Ajabo , bu yerda bunday sara otlar bor deb oʻylamagan edim. Hammasi bir-biridan alo.— dedi Xonzoda xonim hamma otga bir-bir qarar ekan.
Показати все...
🔥 40💋 4👍 3 2🥰 2 1
Shunday degan qiz qoʻlidagi qizil atirgullarni Xonzoda xonimga berdi. — Rahmat, qizil atirgullarni juda ham yaxshi koʻrar edim. Eʼtibor va ehtirom sening saroyingda juda ham kuchli Jahongir.— dedi Xonzoda xonim Jahongirga. — Albatta. Sizning kelishingiz hammamizni mamnun etdi.— deya Jahongir Xonzoda xonim va qiziga yoʻl koʻrsatdi. — Sizlarni xonangizga joriyalari kuzatib qoʻyadi. Soʻng oʻzim sizlarni tushlikka olib boraman.— dedi Jahongir. — Rahmat.— deya ikkisi xonaga ketishgach Jahongir Gulruxsorga dedi: — Tushlikni qayerga tayyorlashgan? Nega katta zalda tushlik tayyor emas? — Havotir olmang shahzodam , tushlik allaqachon yuqori qavatdagi bogʻda taxt qilingan. — Bogʻda...? — Ha bogʻda. Toza havo va xushboʻy hid kelib turibdi. Oʻzgacha boʻlsin degan edim. Kechga katta zalda Xonzoda xonim sharafiga ziyofat uyushtiganman. Shuning uchun hozir bogʻda tushlik tayyorlatgan edim.— dedi Gulruxsor ham darrov. — Yaxshi , unda oʻzing Xonzoda xonim va Humorani bogʻga olib chiq.— deya Jahongir xonasi tomon ketdi. — Sizchi? — Men yordamchimga muhim ishni aytib keyin chiqaman. Gulruxsor qoʻllari qichishsada shahzodaning ishonchi uchun harakat qilar edi. Yuqori qavatga chiqib , Xonzoda xonim eshigini taqillatdi. — Kiring.— ichkaridan ovoz kelgach Gulruxsor asta ichkariga kirdi — Sulton xonim , sizni bogʻdagi tushlikda shahzoda Jahongir kutyabdi.— dedi Gulruxsor. — Bogʻda..? — Ha , yuqori qavatdagi bogʻda. — U bogʻ hali ham bormi? Men allaqachon qurib qolgan deb oʻylamagandim.— dedi Xonzoda xonim bolaligi oʻtgan vaqtlarni eslab. — Avvalgidek mahobatli boʻlmasa-da, chiroyli koʻrinishda.— dedi Gulruxsor. — Ajoyib. Unda kettik.— deya Humorani chaqirdi. Ularni yuqori qavatga Gulruxsor olib chiqar ekan , Xonzoda xonim har bir narsaga eʼtibor berar edi. — Keling Xonzoda xonim.— deya oʻrnidan turdi ularni koʻrgan Jahongir. — Xonzoda xonimga nima bor? Amma deyaver. — Xoʻp. Keling oʻtiring. Uzoq yoʻl toʻliqtirgandir. — Ha , juda ham charchatdi. Lekin mana bu bogʻni koʻrib darrov charchoqlarim tarqaldi. Hali ham bor ekan bu bogʻ. — Albatta , bu bogʻ men kelganimda ancha qurib qolgan edi , soʻng yangi koʻchatlar oʻtkazdirdim. Yangi navlardagi gullarni olib keldik. Avvalgidek boʻlmasa ham hozir ancha yaxshi. — Ajoyib , juda ham chiroyli. — Bu yer Gulruxsor xonimning eʼtibori bilan mana shu darajaga erishdi.— dedi Jahongir tik turgan Gulruxsorga ,,oʻtir ʼʼ degandek ishora qilib. — U kim?— soʻradi Xonzoda xonim. — Yoningizdagi qiz , Gulruxsor boʻladi. Ichki xaramni va mana shu bogʻga masʼul. Hamma ishni unga ishona olaman.— dedi Jahongir. — Yoʻgʻey , kel oʻtir.— dedi Xonzoda xonim Gulruxsorga. — Rahmat. — degan Gulruxsor Jahongirning yoniga joylashar ekan Xonzoda xonim gap ochdi. — Kelganimdan buyon hamma narsaga eʼtibor berdim. Tozalik , ozodalik , taomlar , joriyalarning itoatkorligi hammasi aʼlo darajada. Ayniqsa xonam menga juda ham yoqdi. Kichikligimda oʻsha xonada turar edim.— dedi Xonzoda xonim. — Bularni hammasini Gulruxsor qilgan. Ertalabdan buyon sizlar uchun harakatda.— deya Jahongir yana Gulruxsorga qaradi. — Gulruxsor juda ham eʼtiborli ekansan. Toʻgʻrisi qoyil qoldim. Haqiqiy sulton xonim boʻlishga loyiq qiz ekansan.— dedi Xonzoda xonim quvonch bilan.
Показати все...
36👍 6 1🥰 1
Koʻkkoʻz tabib yoniga borib vaziyatni tushuntirdi. — Gulruxsorga kecha allergiyasi uchun malham bergan ekansiz , ammo uni hozir surtib koʻrganda toshmalari battar boʻlib ketdi. Shunga Gulruxsor xonim sizni chaqirtiryabdi. — Nega unday boʻladi? Kecha oʻzim surtib qoʻyganimda yaxshi boʻlgan edik-ku? — Bilmadim , bu bogʻini borsangiz bilib olamiz. — Yaxshi — deya tabib kerakli narsalarni olib darrov Koʻkkoʻz bilan Gulruxsorni xonasiga chiqdi. Tabib Gulruxsorni toshmalarini koʻrar ekan , qoʻliga boshqa malham surilganini bildi. — Siz qoʻlingizga men bergan malhamni emas , boshqa avj oldiradigan malhamni suribsiz. Oʻsha surgan malhamingizni bir koʻrsam boʻladimi?— dedi tabib hayron boʻlib. Koʻkkoʻz idishchani olib kelib tabibga tutqazar ekan , malhamning rangi sal boshqacha ekanidan darrov sezdi. Hidlab koʻrib : — Bu umuman boshqa narsa uchun malham. Huddi shunday malhamni kecha sizlar chiqib ketganlarningizdan soʻng menda Laylo ismli joriya olib ketgan edi.— dedi tabib darrov toshmalar uchun boshqa malham tayyorlashni boshlab. — Laylo?...— dedi Koʻkkoʻz hayron. — Ha , oʻzini Laylo dedi. Qoʻlida toshma izi qolganini aytib mendan malham olgan edi. — dedi tabib ayol Gulruxsorni qoʻliga hozir tayyorlagan malhamni surtib qoʻyib. — Sizga rahmat. Bitta iltimos qilsam maylimi?— dedi Gulruxsor tabibga. — Mayli bemalol. — Bu menimcha atay qilingan. Agar shuni shahzodaga aytsam , meni gaplarimni tasdiqlab , hozirgi aytgan gaplaringizni aytib bera olasizmi? — Albatta. Sizga xizmat qilish meni burchim.— dedi tabib ham. Tabib chiqib ketgandan soʻng , Koʻkkoʻz gap ochdi. — Sen aytganingdek oshxonaga tushib oshpazdan soʻragan edim. Shirinlikka yongʻoq qoʻshgan ekan. Yusuf ogʻani aytishicha Sofiya borib ,,mening hisobimdan hamma joriyaga kechlikda yongʻoqli shirinlik tarqating ʼʼ debdi.— dedi Koʻkkoʻz ikki voqeadagi gumonlanuvchilar ikki xil odam ekanligidan hayron boʻlib. — Hozir bu yerda Laylo va Sofiya oʻrtasida nima bor?— dedi Gulruxsor oʻylanib. — Men ham shunga hayronman. Oʻzi Xonzoda xonim keladigan vaqt boʻlyabdi. Sen kiyimingni alishtirib ol. Men oʻzim qolganini nazorat qilib kelaman.— dedi Koʻkkoʻz. — Yaxshi. Senga ishondim. Hammasiga oʻzing koʻz-quloq boʻl.— dedi Gulruxsor ichkariga xonaga kirib. Egniga moviy rang libosni olib kiydi. Boʻyin qismidagi toshmalar qaytgani uchun sochini yigʻib , bejirim taqinchoq taqib oldi. Tayyor boʻlgach , xonadan chiqar ekan shahzoda Jahongirga duch kelib qoldi. — Hamma narsa tayyormi? — Albatta , hammasi siz aytganingizdan ham ziyoda boʻldi.— dedi Gulruxsor. — Yaxshi , Xonzoda xonim ham ha demay kelib qoladi. Chopar habar berdi. Hamma katta zalga yigʻilsin.— dedi Jahongir. Pastga tushar ekan , ularni birga suhbatlashib tushayotganini koʻrgan Sofiya gʻazab oʻtida yonar edi. Hamma katta zalga Gulruxsor buyrugʻi ila yigʻilgach , Koʻkkoʻz Xonzoda xonim uchun bogʻdan olib keltirgan qizil atirgullarni Gulruxsorga tutqazdi va oʻzi orqa qatordan oʻrin oldi. — Ehtirom, Xonzoda sulton xonim tashrif buyurdilar.— eshik ogʻasining baland ovozi eshitilgach , zalga shaftoli rang, bashang kiyingan, yoshi taxminan elliklar atrofidagi ayol kirib keldi. Ortidan esa qip-qizil libos kiyib olgan yoshi oʻn sakkiz yoshlar atrofidagi ayolga oʻxshab ketuvchi qiz va joriyalari ham kelishdi. — Xonzoda sulton xonim, sizni koʻrishga muvaffaq boʻlganimdan juda ham xursandman.— deya Jahongir Xonzoda xonimga peshvoz chiqib qoʻlidan oʻpdi. — Va nihoyat seni koʻrdim Jahongir. Oʻn besh yil ham darrov oʻtib ketibdi-ya.— dedi Xonzoda xonim. — Ha , yillar va vaqt shavqatsiz. — Shunday. Aytgancha , bu mening qizim Humora.— dedi Xonzoda xonim ortidagi qizni Jahongirga tanishtirib. — Shahzodam.— deya qiz noziklik va nazokat bilan shahzodaga taʼzim qildi. Buni kuzatib turgan Gulruxsorning esa koʻzlari faqat Humorani koʻrar edi. Endi shahzodaga yaqinlashayotgan Humoraning yoniga borib turib olgan Gulruxsor taʼzim qilib: — Xush kelibsiz Xonzoda sulton xonim. Siz kelib saroyimiz nurga toʻldi.
Показати все...
27👍 5🔥 1
— Ajoyib , hech boʻlmasa nonushtani tinchgina qilay degan edim. Shuni ham koʻp koʻrishdi.— dedi Jahongir xonasiga kirib ketar ekan. — Xuddi men u bilan nonushta qilishga oʻlib turganimdek gapiradi-ya. — deya Gulruxsor xonaga emas pastgi qavatga tushib ketdi. Gulruxsor hamma qizlar bilan birga nonushta qilib boʻlgach , Koʻkkoʻzni xonasiga chaqirdi. — Koʻkkoʻz , hech meni allergiyam qoʻzgʻadi. Bu hol esa qachon yongʻoq yesam boʻlar edi. Oshxonaga tushib oshpazdan soʻrab koʻr qani , qaysi taomga yongʻoq qoʻshilgan ekan. — Xoʻp boʻladi. Hozir soʻrab koʻraman. Ammo hozir ahvoling yaxshimi? — Ha , hozir yaxshiman. Faqat bogʻda tabib bergan malham qolib ketibdi. Shuni olib tushasanmi?— dedi Gulruxsor toshmalar sekin qaytayotgan qoʻliga qarab. — Xoʻp. Men kettim unda.— deya Koʻkkoʻz xonadan chiqib ketdi. Ortidan esa darrov bir joriya kirib keldi. — Gulruxsor xonim , sizni shahzoda Jahongir chaqirtiryabdi.— dedi joriya qiz. — Tinchlikmi? Hozir boraman.— dedi Gulruxsor qoʻlidagi hisob daftarini qoʻyib oʻrnidan turar ekan. Egniga qoʻlidagi toshmalari koʻrinmasligi uchun yopiqroq libos kiyib , yuqori qavatga chiqdi. Jahongirning xonasini taqillatib ichkariga kirdi. — Chaqirtirgan ekansiz?— dedi Gulruxsor yana aqilli joriya boʻlib olib. — Ha , chaqirgan edim. Bugun tushdan soʻng ammam Xonzoda xonim kelar ekan. Shunga zudlik bilan tayyorgarlik koʻrishni boshlasang degandim. Eng yaxshi xonalardan birini tayyorlat. Iloji boʻlsa saroy ichidagi taʼmirlash ishlari tushgacha bitsin. Oʻzi oz qolgandi.— dedi Jahongir qoʻlidagi xabarnomaga qarab. — Xoʻp boʻladi. Aytganingizdek qilaman.— deya Gulruxsor Xonzoda xonimni kimligini bilmasa ham shahzodaning aytganlarini qilishni boshladi. Avval ustalar bilan gaplashib , taʼmir ishlarini tezroq tugatishini aytib keyin oshxonaga tushdi. — Yusuf ogʻa , bugun tushdan soʻng nufuzli mehmonimiz bor. Shuning uchun tushdan keyin dasturxonga eng sara taomlarni tayyorlasangiz.— dedi Gulruxsor. Oshpaz ham darrov ishga kirishgach , koʻngli toʻq boʻlib xona masalasini hal qilish uchun yuqori qavatga chiqdi. Xonaning ham eng sarasini , saroy bogʻiga qarab oynasi qarab turganini tanlab , hammasini taxt qilib qoʻydi. Tongdan buyon tin olmagan Gulruxsor va nihoyat xonasiga chiqib oʻrindiqqa joylashar ekan , qoʻlidagi toshmalarga koʻzi tushdi. Toshmalari ertalabdan buyon yopib kiyimda , issiqda yurgani uchun qizarib ketgan edi. — Koʻkkoʻz , malhamni olib keldingmi? — dedi Gulruxsor xonadagi buyumlarni joylashtirayotgan Koʻkkoʻzga qarab. — Ha , mana topdim. Ammo malham idishchasi yerda yotgan ekan.— dedi Koʻkkoʻz idishchani Gulruxsorga uzatib. — Bilmadim , birorta bilmasdan tushirib yuborgandirda.— deya Gulruxsor malhamni olib qoʻliga surtdi. Surtib olgach , oʻrnidan turib yana Xonzoda xonim uchun tayyorlanayotgan xonadan xabar olib keldi. — Koʻkkoʻz negadir qoʻlim juda ham yomon achishib , qichishyabdi.— dedi Gulruxsor yengini koʻtarib qoʻliga qarar ekan. Toshmalar pufakcha boʻlib qizarib ketgan edi. — Gulruxsor toshmalaring battar boʻlib ketibdiku. Men tabibni tez chaqirib kelaman.— dedi Koʻkkoʻz shoshib.
Показати все...
❤‍🔥 36 4👍 2🔥 2
Erta tong zarrin nurlarini sochib qizning qahvarang sochlarini kuydirar edi. Koʻziga tushgan quyosh nuridan uygʻonib ketgan qiz sekin turib atrofga qaradi. Anchadan buyon tuzuk uxlay olmayotgan qiz Jahongirning quchogʻida bogʻda uxlab ancha halovatda uxlagandi. Sekin oʻrnidan turgan Gulruxsor yonidagi stolga qoqilib ketdi-yu , yerga yiqildi. Ovozdan uygʻonib ketgan Jahongir bir muddat nima. boʻlayotganini bilmay qoldi. — Ay , oyogʻim. Lanati , hech yoʻlimda toʻgʻri yura olmadimda.— deya Gulruxsor oyogʻini uqalar edi. — Sen qiz qachon qarama qoqilib , yiqilib yurar ekansanda.— dedi Jahongir oxiri oʻrnidan turib Gulruxsorni oyogʻiga qarar ekan. — Yoʻgʻey.— Gulruxsor ensa qotirdi. — Hayeee. Kel , qoʻlingni ber.— deya Jahongir Gulruxsorni turishiga yordam berdi. Jahongir va Gulruxsor bogʻdan pastga tushar ekan , zina yonidan Sofiya va joriyalari oʻtib qoldi. — Shahzodam.— deya hammasi taʼzim qilar ekan Sofiyaning ikki koʻzi Jahongirning ortidagi Gulruxsorda edi. — Shahzodam , sizga nonushta tayyorlatib qoʻydim xonangiz ayvoniga. — dedi Sofiya. — Shart emas edi. Sen endi bu ishlarga ovora boʻlib aralashma. Endi bular bilan Gulruxsor shugʻullanadi.— dedi Jahongir ketayotib. — Xoʻp boʻladi.— dedi ortida Sofiya gʻazabini yashirishga urinib. Jahongir xonasiga ketar ekan , Gulruxsor ham oʻz xonasi tomonga burilmay hali ham Jahongirning ortidan kelar edi. Jahongir toʻsatdan joyida toʻxtaganligi sababli Gulruxsor uni toʻxtaganini payqamay yuzi bilan Jahongirga urildi. — Voy , burnim. — dedi Gulruxsor burnini ushlab. — Aytdimku , sen qachon qarama qoqilib , urilib yurasan deb.— dedi Jahongir kulib. — Atay qilmadim. — Yaxshi. Sen qayerga ketyabsan? Xonang qarshi tarafda-ku. — Nonushta qilgani.— dedi Gulruxsor koʻzlarini katta-katta qilib. — Haa, nonushta qilganimi? — Hada , axir siz yolgʻiz taomlanishni yomon koʻrasizku. Shunga sizni oʻyladimda.— dedi Gulruxsor zoʻr ish qilgandek gapirib.
Показати все...
27👍 7🔥 4
Repost from N/a
Hikoyani kelajakda qanday koʻrinishda koʻrishni istaysiz?Anonymous voting
  • Kino yokida seriyal
  • Kitob
0 votes
Repost from N/a
Siz qaysi qahramonni aslida bosh qahramon boʻlishini istar edingiz?( Hikoyada bosh qahramon Gulruxsor va Jahongir)Anonymous voting
  • Mohigul
  • Mehriniso
  • Oisha
  • Jahongirning singlisi
  • Jahongirning onasi Yoqut
0 votes
👍 2
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.