cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati

Рекламні дописи
572
Підписники
+724 години
+127 днів
+3530 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Фото недоступнеДивитись в Telegram
#imtihon_2024 #Prezident_maktablari 📣📣📣📣📣 ‼️Prezident maktablariga hujjat topshirgan o‘quvchilar va ularning ota-onalari diqqatiga! ⚡️ Prezident maktablarining 1-bosqich imtihonlariga ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuborildi. ⬇️Ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytidagi o'z "Shaxsiy kabinet"iga kirishi kerak.
📆 Eslatma, Prezident maktablarining kirish imtihonlari 1-bosqichi 7-iyul kuni boshlanadi!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показати все...
❗️Rasman: Maktabgacha ta’lim agentligi faoliyati tugatildi “Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-98-son, 02.07.2024-y.) qabul qilindi. Farmonga ko‘ra, Maktabgacha ta’lim agentligi (Agentlik) faoliyati tugatildi hamda Agentlikning tashkiliy tuzilmasidagi tashkilotlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tasarrufiga o‘tkazildi. @T_Nurmetov
Показати все...
PF-98 Maktabgacha ta`lim agentligini tugatish.pdf4.98 MB
01:31
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#qabul_2024 📣📣📣 Diqqat, e’lon! Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi  huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablarga hujjat topshirgan talabgorlar uchun joriy yilning 4-,5-,6- iyul kunlari Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida har kuni 3 smenada kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi.
✔️ 1-smenadagi talabgorlar ertalab soat 6:30 da kirishni boshlab, soat 8:00 dan soat 9:30 gacha test sinovlarini topshirishadi. ✔️ 2-smenadagi  talabgorlar soat 11:00 dan kirishni boshlab, soat 12:00 dan soat 13:30 gacha test sinovlarini topshirishadi. ✔️ 3-smenadagi talabgorlar soat 16:00 dan kirishni boshlab, soat 17:00 dan soat 18:30gacha test sinovlarini topshirishadi.
❗️Belgilangan smena uchun belgilangan vaqtdan kechikib kelgan talabgorlar kirish imtihonlariga qo‘yilmaydi. 📍Ixtisoslashgan maktablarda o‘qishga hujjat topshirgan talabgorlarning kirish imtihonlari o‘tkaziladigan manzil – Urganch shahar Yoshlik ko‘chasidagi Sport Manejiga  belgilangan soatlarda yetib kelishlari so‘raladi. Mo‘ljal: Urganch shahar, Avtoshox bekati ko‘chasi. Eslatib o‘tamiz, talabgorning arizada kiritilgan telefon raqamlariga SMS – xabarnoma orqali imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma’lumot ko‘rsatilgan ruxsatnomani shaxsiy kabinetingiz https://ariza.piima.uz/application/cabinet orqali yuklab olishingiz mumkin.
Показати все...
9.04 MB
👍 4
#Qabul Ruxsatnomalarni yuklab olish boshlandi. Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning arizada kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumot ko‘rsatilgan ruxsatnomani shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin. 📨 Shaxsiy kabinetga ushbu havola orqali kirishingiz mumkin https://ariza.piima.uz/application/cabinet
Показати все...
👍 3
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#imtihon_2024 #Ixtisoslashtirilgan_maktablar ❓IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA KIRISH IMTIHONLARI QAYSI FANLARDAN VA QANDAY TARTIBDA O‘TKAZILADI? ✅Kirish imtihonlari yo‘nalishlar bo‘yicha bir bosqichda quyidagi fanlardan o‘tkaziladi. 🧮 Aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha: ➖ 5 — 7-sinflar uchun matematikadan 30 ta topshiriq, ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq; ➖ 8 — 11-sinflar uchun algebradan 12 ta topshiriq, geometriyadan 8 ta topshiriq, fizikadan 10 ta topshiriq va ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi. 🔬Tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha: ➖ 7-sinflar uchun tabiiy (science) fanidan 30 ta topshiriq va ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq; ➖ 8 — 11-sinflar uchun biologiyadan 10 ta topshiriq, kimyodan 20 ta topshiriq, ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi.
⏱ Eslatma, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi. ❗️DIQQAT, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показати все...
👌 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#imtihon_2024 #ixtisoslashtirilgan_maktablar 📣📣📣📣📣 🔔 AGENTLIK TIZIMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA! ❗️Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari joriy yilning 4-, 5-, 6-iyul kunlari 3 smenada bo‘lib o‘tadi. ➖ Ushbu maktablarga kvota doirasida kirish imtihonlari bir bosqichda, aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5-11-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-10-sinflarga o‘tkaziladi. ⏱ Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi. ❌ Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi. ✅ Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning arizada kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumot ko‘rsatilgan ruxsatnomani shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin. 📨 Shaxsiy kabinetga ushbu havola orqali kirishingiz mumkin https://ariza.piima.uz/application/cabinet Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показати все...
👍 3🔥 3
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Qadrli yoshlar, ertamiz egalari! Barchangizni bugungi katta bayram — “30 iyun — Yoshlar kuni” munosabati bilan samimiy tabriklayman. Katta faxr va iftixor bilan ta’kidlashim o‘rinliki, so‘nggi yillarda mamlakatimiz yoshlari jonajon O‘zbekistonimiz kelajagini bunyod etishda faol ishtirok etib kelmoqda. Ayniqsa, maktabgacha va maktab ta’limi sohasida olib borilayotgan islohotlar, yangi g‘oya va kreativ ta’lim dasturlarini amaliyotga joriy etishda tizimda faoliyat olib borayotgan minglab yosh pedagog va mutaxassislarning o‘rni katta. Aziz yoshlar! Bugungi kunda oldimizga qo‘yilgan sohadagi ulkan maqsadlarga erishishda g‘ayrat-shijoatli, intellektual salohiyati yuksak, har qanday vaziyatda ham hech ikkilanmay mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga o‘zida kuch va bilim topa oladigan sizlardek yosh yigit-qizlarga doimo suyanamiz hamda sizlarga to‘la ishonamiz. Sizlarni yana bir bor bugungi katta shodiyona bilan qutlagan holda, barchangizga ulkan zafarlar, oldingizga qo‘ygan maqsadlarga yetishishingizda omad tilab qolaman. Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Показати все...
👍 9
#Kutubxona_faoliyati #seminar 📚 Bugun Xiva shahridagi Ogahiy nomidagi ijod maktabida viloyatdagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli maktab va maktab-internatlarning kutubxona mudirlari bilan seminar o'tkazildi. ✔️ Seminarni Agentlikning o‘quv jarayonini metodik ta'minlash va darsliklarni ishlab chiqish bo‘limi boshlig‘i Sulaymon Nazarov olib bordi.
Yig‘ilish davomida: ➖ maktab kutubxonasida qo‘llaniladigan hujjatlarni yuritish, ➖ o‘quvchilar o‘rtasida badiiy adabiyotlarning targ‘iboti, ➖ darslik va o‘quv qo‘llanmalarni xatlovdan o‘tkazish,  ➖o‘quvchilarga darsliklarni tarqatish, ➖elektron adabiyotlardan foydalanish tartibi kabi masalalar muhokama qilindi.
🌐 Telegram | Facebook
Показати все...
👍 1
#Butunjahon_yoshlar_festivali #Prezident_maktablari_paviloni ⚡️BUTUNJAHON YOSHLAR FESTIVALI DOIRASIDA PREZIDENT MAKTABLARI PAVILONI OCHILDI Toshkent shahrida Butunjahon yoshlar festivali doirasida Yoshlar shaharchasi tashkil etildi. Bu shaharchaning "Ta’lim" ko’chasida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining “Prezident maktablari” paviloni ochildi. Mazkur pavilonni tashkil etishdan maqsad O‘zbekistonda ta’lim tizimida yangi tendensiyalar va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar bilan mahalliy va xorijiy yoshlarni tanishtirishdan iborat. Shuningdek, zamonaviy ta’lim tizimida STEAM fanlari ahamiyatini o‘sib kelayotgan yosh avlodga yetkazish, oʻgʻil-qizlarni ilmga ragʻbatini oshirishni ham koʻzda tutadi. Ushbu pavilonda Prezident, ijod va Ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilari tomonidan yaratilgan loyihalar va ishlanmalar namoyish etilmoqda. Yoshlar fanlar bo‘yicha test va topshiriqlar asosida oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazib, amaliy va virtual laboratoriya mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda, robototexnika, dasturlash, STEAM Art yoʻnalishlarida mahoratlarini oshirmoqda. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показати все...
👍 3
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari! Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi jamoasi Sizlarni “27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” bayrami bilan qizgʻin muborakbod etadi. Oʻz isteʼdodi, ijodi, oʻtkir qalami va soʻzi bilan milliy jurnalistikamiz rivoji hamda yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshib kelayotganingiz, xususan, taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlarni keng jamoatchilikka yetkazishdagi fidokorona mehnatingiz eʼtirof va eʼzozga loyiq. Qadrli jurnalistlar! Mamlakatimizda izchil davom etib kelayotgan ochiqlik siyosati rivojidagi sharafli kasb yoʻlingiz doimo muvaffaqiyatli boʻlishini tilab qolamiz. Kasb bayramingiz muborak boʻlsin!
Показати все...
👍 3
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.