cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

📜Mulohazalarim

Bu yerda hech kimga hukm o’qilmaydi. Hodisa va voqealar qayd etilib, tahlil etiladi. Taklif va murojaat uchun: @Mulohazalarim_bot

Більше
Рекламні дописи
3 775
Підписники
-1624 години
+1977 днів
+77430 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Фото недоступнеДивитись в Telegram
Abdulhamidxonni taxtdan ag’darib inqilob qilgan “Ittihodchilar” aslida kim edi ?
Ahmed Jamol poshsho “Ittihod va taraqqiy" partiyasi rahbarlaridan biri.1908-yildan boshlab Usmonlida harbiy dengiz kuchlari vaziri.1913- yildagi davlat to’ntarishidan so’ng Usmonli siyosatida muhim shaxsga aylanadi.
Ismoil Anvar poshsho(ozodlik qahramoni) “Ittihod va taraqqiy" partiyasi rahbarlaridan biri.1911-1913-yillar davomida Berlinda harbiy attashe.1913-yildan boshlab Usmonli bosh qo’mondon.1913-yildagi davlat to’ntarishidan so’ng Anvar,Jamol, Ta’lat Poshodan iborat triumvirat (uchlik) amalda Turkiya sultonligini boshqargan.
Mehmed Ta’lat poshsho “Ittihod va taraqqiy" partiyasi rahbarlaridan biri. 1913-1918-yillarda Usmonli bosh vaziri(Sadra’zam).
1-jahon urishidagi mag’lubiyatning sababchilari sifatida 1918-yil poshsholar mamlakatni tark etadi. Panturkizm g’oyasi ilgari surgan yosh turklar, barcha turkiy mamlakatlarni ozodligi uchun kurashga da’vat etgan. 📚 https://t.me/mulohazalarim_m
Показати все...
👏 12🔥 6👍 5😁 3 1 1🥰 1
10:59
Відео недоступнеДивитись в Telegram
🎥 AQSH DOLLARI TARIXI, QAYERDA VA QANDAY ISHLAB CHIQARILISHI HAQIDA TO'LIQ MA'LUMOT. 👉 https://t.me/mulohazalarim_m
Показати все...
AQSH_DOLLARI_TARIXI,_QAYERDA_VA_QANDAY_ISHLAB_CHIQARILISHI_HAQIDA.mp429.56 MB
👍 6🔥 3👏 1
Islomda farzandga mehr-shavqatli bo’lish ota-ona zimmasiga burch qilib yuklatilgan. Zero, inson doim o’zida birovning mehriga muhtojlikni his qilib yashaydi. Jajji farzandlar esa hammadan ko’ra mehrga muhtojdir. 📚Ota bo’lish onsonmi? #iqtibos #Tarbiya 👉 https://t.me/mulohazalarim_m
Показати все...
👍 14💯 7 2👏 2 1
Despotizm hukm suradigan issiq iqlim sharoitida odatda ehtiroslar erta uyg‘onadi va ertaroq so‘nadi, aqliy qobiliyatlar tezroq yetiladi; isrofgarchilikka undaydigan vasvasalar kamroq bo‘lib, ajralib turish uchun imkoniyatlar xam yetarli emas [hashamat asos bo‘ladigan manbalar kam] va uylarida uzlatda qolgan yoshlar ko‘p, ular o‘rtasidagi muloqot esa kam; ular erta oila quradilar, shuning uchun voyaga yetganlik huquqlari Yevropaga qaraganda [Yevropaning iqlimidan kelib chiqib voyaga yetganlik huquqlari kechroq beriladi] erta yoshda beriladi. Turkiyada balog‘at 15 yoshdan boshlab hisoblanadi.
📚”Qonunlar ruhi” #iqtibos #Despotizm 👉 https://t.me/mulohazalarim_m
Показати все...
👍 9 2👏 2
Despotizm hukm suradigan issiq iqlim sharoitida odatda ehtiroslar erta uyg‘onadi va ertaroq so‘nadi, aqliy qobiliyatlar tezroq yetiladi; isrofgarchilikka undaydigan vasvasalar kamroq bo‘lib, ajralib turish uchun imkoniyatlar xam yetarli emas [hashamat asos bo‘ladigan manbalar kam] va uylarida uzlatda qolgan yoshlar ko‘p, ular o‘rtasidagi muloqot esa kam; ular erta oila quradilar, shuning uchun voyaga yetganlik huquqlari Yevropaga qaraganda [Yevropaning iqlimidan kelib chiqib voyaga yetganlik huquqlari kechroq beriladi] erta yoshda beriladi. Turkiyada balog‘at 15 yoshdan boshlab hisoblanadi.
📚”Qonunlar ruhi” #iqtibos #Despotizm 👉 https://t.me/mulohazalarim_m
Показати все...
📜Mulohazalarim

Bu yerda hech kimga hukm o’qilmaydi. Hodisa va voqealar qayd etilib, tahlil etiladi. Taklif va murojaat uchun: @Mulohazalarim_bot

Фото недоступнеДивитись в Telegram
Abdulhamidxonni taxtdan ag’darib inqilob qilgan “Ittihodchilar” aslida kim edi.
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Keldilar, yoqdilar, vayron qildilar, o’ldirdilar, ketdilar. Mo‘g‘ul qo‘shinlari O‘rta Osiyoga hujumni 1218 yilda boshladi. O‘tror shahri qurshab olinib, zabt etildi. Chingizxoning o‘g‘illari Ugaday va Chigatoylar shaharning hokimini tuttirib, uning og‘ziga eritilgan oltin quydirishdi. Bu ishlar kelgusida boshga tushadigan falokatlarning darakchisi edi. Amir Temur tarix sahnasiga chiqishidan oldin Mo‘g‘ullar Islom olamiga ajdarhodek kirib kelgan. Bu davrda Buxoro, Samarqand va Xirotdan boshlab Turkiston o‘lkasining ili-fan va sanat markazi bo‘lgan barcha mumtoz shaharlari Chingizxon qo‘l ostidagi mo‘g‘ullar tarafidan talon-toroj etilgan edi. Mo‘g‘ullarning Turkistonga qilgan hujumi dunyo tarixidagi eng katta fojialaridan biri bo‘ldi. Chindan ham, Chingizxonning Islom olamiga hujumi dahshatli tush kabi edi. 📚Amir Temur #iqtibos #Amir_Temur #Chingizxon 👉 https://t.me/mulohazalarim_m
Показати все...
👏 7👍 6 1🔥 1💯 1
Eski jadidlar firqa ishchilarining ko‘ziga balodek ko‘rinardi. Sababiki, jadidlar oyna bo‘lsa, firqa ishchilari o‘zlariga oro berishni yaxshi ko‘radigan satang xotinga o‘xshardi, oynaga qaragan xotin esa basharasi nuqsonli ekanini ko‘radi-yu darhol katta tosh olib oynani chilparchin etib sindirib yuborishni istab qoladi. JADIDCHILIK, MILLIY ITTIHODCHILIK, PANISLOMCHI VA PANTURKCHI (Panislomizm va Panturkizm) g‘oyalari bilan qurollangan millat fidokorlari qo‘rqinchli edi. "Yosh Buxoroliklar", "Yosh Xivaliklar", "Milliy Ittihod" aslida bular qanday tashkilotlar ? Agarda sizga qizi bo’lsa ko’proq ijobiy reaksiya qoldiramiza! 📚Qizil toshbo’ron #iqtibos 👉 https://t.me/mulohazalarim_m
Показати все...
🔥 29👏 9 6 5👍 4😁 4🏆 3🥰 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Bugun turk va Islom dunyosining turli-tuman muammolarini ko‘rgan odamlar Amir Temur amalga oshirgan ishlarning naqadar ahamiyatli ekanini juda yaxshi his qilmoqdalar. U turk-islom olamining birligi va barobarligi dard-u tashvishida kechalari uxlamagan, xar qanday qiyinchilik va mashaqqatlardan qochmagan, jihod yo‘lida jon bergan buyuk sohibqiron edi.Bugungi kunda uning dasturlariga, tamoyillariga rioya etishga xar qachongidan ham ko‘ra ko‘proq ehtiyojimiz bor».
R.T Erdoğan 2016-yil 18-noyabr Amir Temurning qabrini ziyorat qilgach aytgan so’zlari. 👉 https://t.me/mulohazalarim_m
Показати все...
19🔥 6👍 4👏 1💯 1
Nega Usmonlilar(Turklar) haqida ko’p yozaman? Usmonlilar-tarix sahnasidan mustahkam o‘rin olgan, xar jihatdan qaraganda, buyuk davlat va madaniyat markazi bo‘lgan. Usmoniylar(Turklar) tarixini o‘qisak, ular faqatgina siyosat, boshqaruv va tashkilotchilik borasida emas, balki ilm, adolat, bag‘rikenglik, insonparvarlik, jasorat, fidokorlik, vatanparvarlik va milliy shuur kabi ijtimoiy, madaniy, ma’naviy masalalarda xam yuksak cho‘qqilarga erishganligini tushunib yetamiz. #Fikrimcha 👉 https://t.me/mulohazalarim_m
Показати все...
👍 23👏 5🔥 4 2 1🤝 1
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.