😘DARDLARIM😘
Відкрити в Telegram
🕋بِسْـــــــــــــــمِ اللّٰهِ الرَّ حْمَنِ الرَّ حِيم🕋 Assalomu Alaykum Va Rahmatullohi Va Barokatuh ☪️ ✍She'rlar hikoyalar 🗒Aforizimlar 📽️Videolar 🎙Monologlar 🎛️New mp3lar 📸Rasmlar Rahbar:👇 @ABDULLOH666
Показати більше2 301
Підписники
-424 години
-167 днів
-5730 днів
Архів дописів
2 300
Osmondagi oyni olib bera oldimi?
Yoki ko'nglingginangga o'zgacha ishq soldimi?
Kelin bolish orzusidan kongilginang qoldimi
Ikkinchi xotinlikmi tanlagan qizlar....
Qaynota qaynona neligini bilmading
Kulib ,yurib yugurib xizmatini qilmading
Ertangni o'ylamading buguningni tanlading
Ikkinchi xotinlikni tanlagan qizlar...
Xovliga suv sepib tong saharlari
Kelin salom qilish baxtmasmi bari
Pushaymon bo'lasan vaqt o'tgan sari
Ikkinchi xotinlikni tanlagan qizlar...
Ishqing pinhona etolmaysan hech oshkor
Ota onang yaqinlaring eshitsa qiladi or
O'zgani yori hecham bo'lolmaydi senga yor
Ikkinchi xotinlikni tanlagan qizlar ...
Xotin bola chaqasi bilishidan cho'chasan
Eshiging taqillasa hadik bilan ochasan
G'iybatu gap so'zlardan qayerlarga qochasan
Ikkinchi xotinlikni tanlagan qizlar...
Beradi sovg'a salom baxt berolmaydi to'kis
Farzand degan ne'matni qila ololmaysan xis
Bir kuni soxta rishta uziladi aniq tirs
Ikkinchi xotinlikni tanlagan qizlar.
Kunduz ko'ngling oladi ,shoshar uyiga tunlari
Sochlaringni ham silab uyg'otmaydi tonglari
Vaqtinchalikdir asli ul yorning ko'ngillari.
Ikkinchi xotinlikni tanlagan qizlar...
Sevgidan so'z ochsa ochmagin quchog'
Foydalanar sendan ko'nglin qilib chog'
Shirin hayotingga tushirmagin dog'
Ikkinchi xotinlikni tanlamang qizlar.
Muallif :Dilim
29 січ 2025, 12:51
2 300
MEN YAXSHIMAN DE!
Mayli xatlarimga bermagin javob,
Mayliga koʻnglingga qilgin kelsa ne,
Xavotir koʻnglimchun aylab bir savob,
Goʻshakni koʻtarib, men yaxshiman de!
Salomimga alik soʻramam sendan,
Roziman hol ahvol soʻrama mendan,
Rahming ayama men holi yupundan,
Goʻshakni koʻtarib, men yaxshiman de!
Soatlab vaqtingni olmayman zinhor,
Gapga ham solmayman, bermayman ozor,
Ovozing eshitay aqalli bir bor,
Goʻshakni koʻtarib men yaxshiman de!
Nima boʻldi? qay dard qiynadi seni?
Axir, telba xayol oʻylar har neni,
Jahling chetga surib, tushungin meni,
Goʻshakni koʻtarib men yaxshiman de!
Axir, seni darding men uchun dardda,
Shu yashil tugmani bossangchi shartta,
Bezor qilgan boʻlsam, oxirgi marta,
Goʻshakni koʻtarib men yaxshiman de!
BIZDAN UZOQLASHMANG 🥰🥰🥰❤️🔥❤️🔥❤️🔥🫶🫶🫶
👉https://t.me/DARDLARIM_95_02
29 січ 2025, 12:12
2 300
Соғинсанг айт, кабутардек учиб борай,
Соғинчларим юлдузларга сочиб борай.
Бу беш кунлик дунёлари нима экан,
Чорласанг бас, жаннатлардан кечиб борай!
Соғинсанг айт, тоғу-тошлар ошиб борай,
Дарё каби, денгиз каби жўшиб борай.
Оёғимни қўлга олиб югурганча,
Шошиб борай, дийдоринга шошиб борай.
Соғинсанг айт, қийнамасин сени фироқ,
Висол эмас хижрон бўлсин бизга йироқ.
Кундуз борай, йўлларимга ёз поёндоз,
Тунда борай, ёқиб қўйгин менга чироқ!
Соғинсанг айт, ғалаёнлар қилсин юрак,
Саодатга тўлиб кетсин еру - фалак.
Қаердаги ташвишларни қўй, азизим,
Бу дунёда умид билан яшаш керак!
Соғинсанг айт, кўпайтирма куйганларни,
Толеси бор бу ҳисларни туйганларни.
Ғуруримиз сўзларига кириб қўйиб,
Гоҳ бой бериб қўямизда суйганларни!
BIZDAN UZOQLASHMANG 🥰🥰🥰❤️🔥❤️🔥❤️🔥🫶🫶🫶
👉https://t.me/DARDLARIM_95_02
29 січ 2025, 12:09
2 300
Birgina so'z bilan Ko'ngillar obod. Birgina so'z bilan ko'ngillar barbod.
❤️❤️❤️❤️🩹❤️🩹❤️🩹
BIZDAN UZOQLASHMANG 🥰🥰🥰❤️🔥❤️🔥❤️🔥🫶🫶🫶
👉https://t.me/DARDLARIM_95_02
29 січ 2025, 10:10
