cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Zafar's zone

IMHO. Onda-sonda yozib turaman. Kontakt: @Z_Zokh

Більше
Рекламні дописи
295
Підписники
+124 години
+77 днів
+2530 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Tayyor shablonim bor edi. Lekin tashlamadim. Alohida usulda yozganiz yaxshi. Oʻzizga shunaqa yozish uslubi yaratib oling. Plus, oxirgi gap amalda. Maniyam apellatsiyam koʻtarilishi kerak Soʻraganlar uchun: GPA bu safar biroz tushgan. 97 chiqdi. Ikkitasidan arzimagan sabab bilan 55 qoʻyishgan😒
Показати все...
😁 4🤣 3 1
TDYU talabalari uchun Yakuniy natijalari chiqqan va, manimcha, 70-80 % talaba apellatsiya bermoqda. (Jumladan, manam) Apellatsiya foydasiz, ballni koʻtarmaydi degandan koʻra, uni yozish kerak. Shunisi aniq: birinchidan, pasaymaydi; ikkinchidan, yozmasangiz aniq koʻtarilmaydi. Koʻtarilishi uchunchi? Ikki-uch ogʻiz maslahat bor. Sinab koʻring. Qanaqa yozmaslik kerak: 1. Paloncha ball yetmadi. Sakson ball chiqibdi, besh uchun olti ball yetmayapti, qoʻshib bering, degan gaplar texnik apellatsiya sifatida ball koʻtarilmasligiga olib keladi. Hamma oʻqituvchi ham insofli emas, insoflisi ham aslida bunday qilishi mumkin emas. 2. Vaqt yetmadi. Vaqt qisqalik qildi; kechikkandim - ulgurmadim; qiyin kazus tushdi va hokazo iltimoslarning ham taqdiri bir xil boʻladi. Apellatsiya bu - shikoyat, iltimosnoma emas. 3. Boshlandi-yu, shu on tugadi. Apellatsiyada shikoyat batafsil tushuntirilgan boʻlishi kerak. Ikkita gap berib, uning ham birinchisi salom, ikkinchisi ballni koʻtarib bering, degan apellatsiya asossiz baholanadi. Shikoyatga asos yoʻqda? 4. Eshmat, nima yozding, manga tashavor. Butun guruh bir boʻlib bitta yozish yoki boshqalar yozganni shundoq copy qilib qoʻyish foydasiz. Turli fanlarda bunaqa usul ehtimol oʻxshar. Lekin bitta fanda 10 kishida bir xil apellatsiya boʻlsa, ball koʻtarmasa kerak. Hammasini bitta yoki ikkita oʻqituvchi tekshiradi, keyin esa natijasi asossiz baholanib turadi. 5. Yaxshi yozgandim. Past baho berilgan. Koʻtarib bering. Umumiy oldi-qochdi (U ham boʻlsa Eshmatdan olingan) gaplar bilan shikoyat bermagan maʼqul. Odatda koʻtarmaydi. Aytib oʻtdim, shikoyatni batafsil yozish kerak. Unda shikoyatni qanday yozish kerak? Tepada aytganlarimning teskarisini qiling: - GPA haqida emas, baholashdagi kamchiliklar haqida apellatsiya yozing. Ball yetmadi, demang. Lekin gapni orasida necha ball qoʻshishni aytib ketsa boʻladi. - Shikoyatni oʻziz yozing. Hamma bilan bir xil yozmang. Oʻz stiliz boʻlsin. - Batafsil tushuntiring. Asosli deb baholanishi uchun, shikoyatga asoslar boʻlishi kerak. - Konkret asosni koʻrsatib yozing. Nima uchun oʻqituvchi bergan komment yoki ball xatoliginu tushuntiring. Qilmagan deb aytgan ishini bajarganizni taʼkidlang. Aniq misol bilan koʻrsating. - Har bir savolga alohida yozing. Qaysi savoldan norozisiz, nima uchun shunday, ayting. Yozganda ham sizdan xato topgan oʻqituvchidan xato topib yozing. - Tizimli yozing. Oʻziz uchun tizimli shablon yaratib oling. Masalan, boshida umumiy shikoyatni aytib, keyin, har bir savolga eʼtirozni alohida xatboshida aytsangiz, unda dastlab oʻqituvchi bergan kommentni, keyin uning xatoligini va sizni toʻgʻri yozganizni ta'kidlasangiz boʻladi. Va eng muhimi, apellatsiya yozing. Appellyatsiya emas. Aytgancha, tarqatmang. Qolganlar bilishmasin. Ularning apellatsiyasi yomon, sizniki yaxshi boʻlsa ham, balliz koʻtarilishi ehtimoli yuqori. 🔗 @Zafars_zone
Показати все...
😁 5👍 3 2🔥 2 1
Hozirda koʻpchilik, ayniqsa talabalarning maqola yozishga ham uyga vazifa qilishga ham ChatGPT'dan foydalanishyapti. Shu trend, uning sabablari va oqibatlari haqida maqola yozsammi, deb qoldim. Faqat yozish yoqmayapti. ChatGPTga bersammi. Yozib beradi.
Показати все...
🤣 27😁 3👍 2🔥 1
Neʼmat qadri. Be my eyes degan dastur bor. Oʻziga yordam kerak boʻlgan koʻzi ojiz inson video chat koʻrinishida soʻrov yuboradi, dasturga ulangan volontyorlar esa unga yordam bera oladi. (Yuklab oling, yaxshi amal) Bir necha kun oldin shu dasturdan soʻrov keldi. Qabul qildim, 25-30 yoshlardagi aka edi. Nuriddin Ismoilov "Sahro arsloni" kitobini oʻqib berishga vaqtim bor yoki yoʻqligini soʻradi. Tabiiyki, oʻzim uyda emasman - holatimni aytdim. Audio kitob eshitish yaxshi emasmi, deganimda agar boʻlsa eshitishini, lekin audio kitob mavjud emasligini aytdi. Suhbat uzildi (Internet bilan bogʻliq muammo edi, shekilli) Oʻylab qoldim. Nimaga bizda mavjud narsalarning qadriga yetmaymiz? Nega bizda bor koʻzdan soatlab Instagram-u, YouTubeda saviyasiz videolar uchun foydalanamiz? Neʼmat shukrini ado etish ikki narsa bilan boʻladi: 1. Neʼmat uchun shukr qilish. 2. Shu ne'matdan toʻgʻri foydalanish. Qay birini qilmoqdamiz oʻzi? Yana oʻsha savol, kim koʻr, ularmi yoki biz? 🔗 @Zafars_zone
Показати все...
👍 16😢 4 2🔥 2
Oʻqishga hujjat topshirish yakunlangan. Bugun Ibrat Camga hujjat topshirish ham yakunlanar ekan. Topshirib qoʻyinglar, chindan-da foydali. Xorijda oʻqiyman deganlar uchun, juda katta yordam beradi. Harakatni boshlaysiz. Self-confidence ortadi. Networking yaxshilanadi. Juda boʻlmasa, dam olib kelasiz. Yozni issigʻida. Campga shu paytgacha 4 marta borganman, bekorgamas ) @Z_Zokh'ga yozsangiz yordam berishim mumkin. Hujjat topshirish uchun link Eʼlon linki
Показати все...
👍 14🔥 2 1
Tolibi ilm yoʻl, ovqatlanish va uyqu uchun ketadigan vaqtini kamaytirishi barakali ilm garovidir. Shuningdek, tolibi ilmlarga yoʻlda quyidagilar bilan band boʻlishi tavsiya etiladi:
Birinchidan, kitoblar bilan mashgʻul boʻlish. Doimo yonida kitob olib yurish, olingan bilimlarini mustahkamlash vaqt va ilmga baraka kiritadi. (Hozirgi kunda nafaqat choʻntak kitoblar, balki audio kitoblar, podkast, maʼruza kabilarni ham ushbular jumlasiga kiritish mumkin - Shaxsiy fikr) Ikkinchidan, zikr bilan band boʻlish. Zikr nafaqat ibodat hisoblanadi, balki inson qalb-u ongi orom olishiga hamda koʻzni nomahramlardan saqlashga koʻmaklashadi. Uchinchidan, tafakkur qilish. Oʻrgangan ilmni mustahkamlash uchun fikr yuritish, tolibi ilmning oʻzing holati haqida oʻylab tergab turishi, atrofdagi voqelik hamda Allohning yer-u osmondagi moʻjizalari haqida tafakkur qilish ham yoʻlda qilish mumkin boʻlgan zarur ishlardan biridir. Toʻrtinchidan, solihlar suhbati. Solihlar suhbatida boʻlish tolibi ilmni oʻz xulq-u xalqini oʻzgartirishga undaydi, yangi ilmlar oʻrganishiga yordam beradi. Ammo bunday hamroh tanlashda ehtiyot boʻlish lozim. Tolibi ilm doimo shu toʻrt holatdan birida boʻlishi shart. Shu yoʻsinda, u dunyoviy va oxirat saodatiga musharraf boʻladi, inshaalloh.
© Tolib Rahim Hayotimizda koʻpchiligimizning asosiy vaqtimiz yoʻlda sarflanishini hisobga olsa, yuqoridagilar barcha uchun zarur maslahatlar deb ayta olaman. Zero, vaqtdan toʻgʻri foydalanish hozirgi davrda hammamizda eng oqsaydigan sifatimiz. 🔗 @Zafars_zone
Показати все...
👍 20 7
Li Szao Sabbning ajoyib gapi bor: "Baʼzi qonunlar ishlab chiqdim. Koʻp narsani taqiqladim. Kimki buzgan boʻlsa, ayovsiz jazoladim. Natijada hokimiyatim tiraniyaga aylandi, oʻzim tiranga. Baʼzi qonunlar ishlab chiqdim. Koʻp narsani taqiqladim. Oddiy fuqarodan kimki buzsa, ayovsiz jazoladim. Faqat kattalar qoldi. Natijada adolatli hukmdor boʻldim (meni tirant degan ham shular, maqtov olqishlarini shular-da). Baʼzi qonunlar ishlab chiqdim. Koʻp narsani taqiqladim. Faqat bu safar hech kimni jazolamadim. Qoidalar qogʻozda qoldi. Bitta-ikkita "adolat"imga shubha qilganlar jazo oldi xolos. Taqiqdan qochish imkonsiz. Jazo olmagach hamma taqiqni buzdi. Ular ham. Taqiqdan qochish imkonsiz. Taqiqlarni tushunarsiz qildimki, xohlasam qoʻllayman, xohlasam yoʻq. Xohlaganim jazo oladi, xohlaganim yoʻq."
Показати все...
🤣 19 7
Bugungi besh xil ajoyib tabriklar: 1. Rasm joʻnatadi. Ichida Eid-al Fitr muborak degan soʻzlar va xurmo/suv rasmlari turgan boʻladi. 2. Uzun matn joʻnatadi. Doim senlab gapirar edi-yu, lekin bu yerda sizlangan. Hayron kishi. 3. Kanaldan forward qilib qoʻyadi. Join deb, ssilkalarigacha turgan boʻladi. 4. Boshqa nimadir ish bilan yozasan. "Rahmat, birga boʻlsin. Sizga ham muborak" degan javob keladi. 5. Tabrikni oʻzi yozib joʻnatadi. Faqat "forwarded from" degan joyi qolib ketadi. Shuni copy qilsa ham boʻladiku deysan. Kimdir shunaqa qilgan boʻlsa, xafa boʻlish yoʻq 😉
Показати все...
🤣 29👍 1 1
Qurbon hayiti muborak boʻlsin. Tabrikni oʻz qoʻlim bikan yozdim, copy qilmay
Показати все...
12👍 6😁 4
#nabaviy_tarbiya 2024-yil hisobidan boshlagan eng yaxshi kitobim – Nabaviy tarbiya. Adham Sharqoviy yozgan kitobida, Paygʻambar alayhissalom, sahoba va tobeinlarning goʻzal odob va axloqlari siz-u biz bilgan hadis-u rivoyatlar bilan ochib berilgan. Ammo xulosalar oʻzgacha. Bir qarashda payqamaydigan goʻzal xulosalar olingan. Nafaqat ibrat beradi, balki hayotda ham oʻzgarishga undaydi. Butunlay diniy kitob deyish toʻgʻri boʻlmaydi, chunki kitob oʻqish bilan xulq, odob, fikrizda va yaxshiroq tafakkur qilsa, amalizda oʻzgarish sezasiz. Hilol, Qamar, Asaxiy - deyarli hammasida bor. Hozircha audiokitob variantini eshitib koʻrsangiz ham boʻladi. Bu yerda esa kitob taqdimotini koʻrishingiz mumkin. Manba 🔗 @Zafars_zone
Показати все...
Nabaviy-tarbiya-toʻliq-audiokitob.m4a398.66 MB
8
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.