cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Ilm-najot

Bir soatlik ilm bir kunlik ibodatga tengdir....

Більше
Рекламні дописи
554
Підписники
-124 години
-67 днів
-2130 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Гераклнинг еттинчи жасорати. Крит буқасини бўйсундириши. Крит буқаси (кейинчалик Марафон буқаси) — қадимги юнон мифологиясида Крит қироли Миноснинг буқаси. Акусилай ва Еврипидларнинг фикрига кўра, бу буқа Зевс учун Европани олиб келган[ ( Зевснинг ўзи хам буқа бўлган деб ишонилади). Буқани ерга Посейдон юборган. Буқани бутпараст худолардан бирига қурбон қилиш керак эди, лекин Минос бундай яхши буқага ачиниб, Посейдонга подадаги оддий  буқани қурбон қилади. Акусилайнинг ёзишича, Пасифай бу буқадан Минотаврни дунёга келтиради. Денгиз худоси Миносдан ғазабланиб, денгиздан чиққан буқани қутуртириб қўяди, шундан сўнг ҳайвон бутун орол бўйлаб югуриб, йўлидаги ҳамма нарсани йўқ қилади. Тефрин дарёси бўйидаги ҳудудни вайрон қилди. Гераклга Микен шоҳи Эврисфей Крит буқасини Микенага олиб келишни буюради. Қаҳрамон Миноснинг розилиги билан қутурган ҳайвонни ўзига бўйсундириб тутади,  Эврисфейга етказиб бериб, Критдан Пелопоннесгача бўлган масофани мўъжизавий буқада денгиз бўйлаб сузиб кетади. Бу жасоратни бажариб, Геркулес Алфей водийсида Олимпия ўйинларини ташкил этди. https://t.me/ustozlar_uzbekistan
Показати все...

👍 1
Bugun 5-iyul 2024-yil, juma 🎊 BAYRAMLAR:🎊 🌏 Mehnatsevarlar kuni. 🌏 Butunjahon bikini kuni (World Bikini Day). 🌏 Mexanik qalam kuni. 🎉 MILLIY BAYRAMLAR:🎉 🇦🇲 Armaniston - Konstitutsiya kuni. 🇦🇷 Argentina - Bolalar kuni. 🇩🇿 Jazoir - Mustaqillik kuni. 🇻🇪 Venesuela - Mustaqillik kuni. 🇨🇻 Kabo-Verde - Mustaqillik kuni. 🇨🇿 Chexiya, 🇸🇰 Slovakiya - Kirill va Mefodiy kuni. 🇹🇲 Turkmaniston - Sud xodimlari kuni. 💠 VOQEALAR:💠 🔰1687 - Isaak Nyuton "Natural falsafaning matematik asoslarini" nashr etdi. 🔰1701 - Qo'lga olingan kormachi Ivan Ryabov shved eskadronini qumga o‘tirg‘izib, Arxangelsk shahrini egallab olishga urinishining oldini oldi. 🔰1770 - Xiyos ko‘rfazida rus va turk flotlari o'rtasidagi Chesma jangi boshlandi. 🔰1811 - Venesuela Janubiy Amerikada birinchi boʻlib mustaqilligini eʼlon qildi. 🔰1831 - Sankt-Peterburgda vabo isyoni. 🔰1841 - ingliz Tomas Kuk birinchi sayyohlik agentligini ochdi. 🔰1884 - Germaniya Togo ustidan protektorat e'lon qildi. 🔰1881 - Misrda, Luksor yaqinida, Seti I, Amenxotep I, Tutmose III va Buyuk Ramses II fir‘avnlari dafn etilgan noyob maqbara topildi. 🔰1920 - Germaniyaning Shlezvig yerlari Daniya nazoratiga o‘tkazildi. 🔰1922 - Rio-de-Janeyroda tenentistlar qo‘zg‘oloni boshlandi 🔰1954 - Elvis Presli birinchi qoʻshigʻini yozdi. 🔰1962 - Jazor Fransiyadan mustaqilligini e’lon qildi. 🔰1975 - Kabo-Verde mustaqilligi e’lon qilindi. 🔰1986 - Moskvada birinchi Yaxshi niyat o‘yinlari ochildi. 🔰1993 - Yo‘l jamg‘armasi tashkil etilgan kun. 🔰1994 - Xitoyda bolalar mehnati taqiqlandi. 🔰2006 - San-Fransisko hududida (AQSh) avtohalokatda Tonga orol davlatining shahzodasi, 56 yoshli Tu’ipelexake va malikasi, 46 yoshli Kaymana vafot etdi. 🔰2014 - Slavyanskdagi qarama-qarshilik tugadi, shahar Ukraina nazoratiga qaytdi. 🔰2015 - Gretsiyada moliyaviy siyosat bo'yicha referendum bo'lib o'tdi, unda Yevropa Ittifoqi, XVF va YMB tomonidan taklif qilingan inqirozni bartaraf etish choralari rad etildi. 🔰2016 - NASAning 2011-yilda uchirilgan «Yunona» kosmik kemasi Yupiterning qutb orbitasiga kirdi. 🎁TAVALLUDLAR:🎁 🎈182 - Sun Syuan (252) - Xitoyda Uch qirollik davrida U qirolligining birinchi hukmdori (229-252). 🎈1704 - Jek Broton (1789) - ingliz  bokschisi, boksning birinchi qoidalarini tuzuvchi, boks qo‘lqopini ixtiro qilgan. 🎈1753 - Jonatan Xornblauer (1815) - ikki silindrli dvigatel yaratuvchisi. 🎈1793 - Pavel Pestel (1826) - rus zobiti, dekabrist, "Janubiy maxfiy jamiyat" rahbari. 🎈1802 - Pavel Naximov (1855) - rus dengiz qo'mondoni, admiral. 🎈1820 - Uilyam Rankin (1872) - ingliz fizigi, termodinamik va bug‘ mashinalari nazariyasi asoschisi. 🎈1853 - Sesil Jon Rodos (1919) - ingliz va janubiy afrikalik siyosatchi, ishbilarmon, “De Birs” asoschisi. 🎈1857 - Klara Setkin (1933) - nemis va xalqaro kommunistik harakat faollaridan. 🎈1879 - Duayt Devis (1945) - amerikalik tennis ustasi.  🎈1888 - Gerbert Gasser (1963) - amerikalik fiziolog, Nobel mukofoti sohibi (1944). 🎈1891 - Jon Govard Nortrop (1987) - amerikalik biokimyogar, pepsin, tripsin fermentlarini kashf etgan olim, Nobel mukofoti sohibi (1946). 🎈1911 - Jorj Pompadu (1974) - Fransiyaning 1969-1974-yillardagi Prezidenti. 🎈1930 - Qodir Fozilxoʻjayev (2001) - tarixchi olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980), Tarix fanlari doktori (1969). 🎈1936 - James Mirrlees - ingliz iqtisodchisi, Nobel mukofoti sohibi (1996). 🎈1946 - Jerard Xooft - gollandiyalik nazariyotchi fizik, Nobel mukofoti sohibi (1999). 🎈1950 - Dilafroʻz Jabborova - raqqosa, Oʻzbekiston xalq artisti (1984).  🎈1974 - Tutta Larsen - rus tele va radio boshlovchisi, jurnalist, aktrisa. 🎈1975 - Ernan Krespo - argentinalik futbolchi dunyoning eng yaxshi futbolchilari qatoriga kirgan. 🎈1982 - Hatiche Tuba Buyukustyun - taniqli turk teatr va kino aktrisasi, model. 🎈1986 - Aleksandr Radulov - rossiyalik xokkeychi, ikki karra jahon chempioni (2008, 2009). 🎈1989 - Ixtiyor Navroʻzov - oʻzbek erkin kurashchisi, xalqaro toifadagi sport ustasi. https://t.me/ustozlar_uzbekistan
Показати все...
Biz_bilgan_va_bilmagan_TARIX📚📚

Guruhimiz: @bizning_tariximiz 📽️ Tarixiy videolar 📕 Dars ishlanmalar 📚 Taqdimotlar ✔️ Admin bilan bogʻlanish:👇👇 @reklama_agentligi_tarix #Tarixchilar_uchun_maxsus_kanal

​​Гераклнинг олтинчи жасорати – шоҳ Авгийнинг молхонаси Эврисфей бу сафар Гераклга шоҳ Авгийнинг ниҳоятда улкан молхнасини тозалашни буюрди. Авгий Қуёш Худоси Гелиоснинг ўғли эди ва Гелиос унга мислсиз мол-дунё берган эди. Шоҳда оёқлари оппоқ бўлган 100 та буқа, тўқ қизил рангдаги 100 та буқа, Худо Гелиосга назир қилинган 12 та оққушдек оппоқ буқа бор эди. Уларнинг ичида бир буқа Юлдуздек порлаб, бошқалардан ажралиб турарди. Геракл шоҳ Авгийга агар молларини 10 дан бирини берса, молхонасини 1 кунда тозалаб бериши айтади. Авгий бунда рози бўлади, чунки бу улкан молхонани бир кунда тозалашнинг умуман иложи йўқ деб ҳисобларди. Геракл эса буни йўлини топади, у молхонанинг иккита бир-бирига қарши турган деворларини бузиб, дарё сувини шу томонга буриб юборади. Дарё суви молхонадаги барча ахлатларни ювиб кетиб, молхона топ-тоза бўлиб қолади. Кейин Геракл иккита деворни қайта тиклайди. Молхонани тозалаб бўлган Геракл Авгийнинг олдига ўз ҳақини сўраб боради, лекин шоҳ ваъдасидан тонади ва Геракл Тиринфга қуруқ қайтади. Геракл кейинчалик Авгийдан аёвсиз қасос олади. У Эврисфей хизматидан озод бўлгач, катта қўшин тўплаб шоҳ Авгий мамлакатини яксон қилиб, уни ўзини жангда ўлдиради. Авгийнинг мислсиз бойликларига эга бўлиб, Писа шаҳри яқинида олимп худоларига мислсиз  қурбонликлар қилади. Шу воқеадан кейин у олимпия ўйинларини ташкил қилган экан ва шу даврдан бошлаб ҳар 4 йилда бир марта бу мусобақалар ўтқазила бошланган экан. Сериалимизнинг кейинги қисмида Гераклнинг даҳшатли Крит буқаси билан олишувига гувоҳ бўлишингиз мумкин, воқеалар ривожини ўтказиб юборманг😄 https://t.me/ustozlar_uzbekistan
Показати все...

👍 1
Goʻri Amir haqida....pdf1.01 MB
Bugun 4-iyul 2024-yil, payshanba. 🎊BAYRAMLAR:🎊 🌏 Bayramlardan dam olish kuni. 🌏 “Alisa Mo‘jizalar mamlakatida” kuni. 🔰 MILLIY BAYRAMLAR:🔰 🇺🇸 AQSh - Mustaqillik kuni. 🇦🇷 Argentina - Qishloq shifokorlari kuni. 🇧🇸 Bagam orollari - Qirolicha kuni. 🇵🇭 Filippin - Filippin-amerika do‘stligi kuni. 🇮🇹 Italiya - Garibaldi kuni. 🇸🇭 Kayman orollari - Konstitutsiya kuni. 🇱🇻 Latviya - yahudiylarning genotsid qurbonlari xotirasi kuni. 🇱🇸 Lesoto - Oila kuni. 🇳🇴 Norvegiya - Qirolicha Soni Xaraldsenning tug'ilgan kuni. 🇷🇼 Ruanda, 🇧🇿 Shimoliy Marianna orollari - Ozodlik kuni. 🇻🇨 Sen-Vinsent va Grenadin - Karnaval seshanbasi. 🇹🇴 Tonga - Qirol kuni. 🇺🇦 Ukraina - Sud ekspertlari kuni. 🇺🇦 Ukraina - Ukraina Milliy politsiyasi kuni. 🇻🇪 Venesuela - Me‘morlar kuni. 🇿🇲 Zambiya - Birdamlik kuni. 💠 VOQEALAR:💠 ⚜1054 - Toros yulduz turkumidagi o'ta yangi yulduz portlashi, uning natijasi esa Qisqichbaqa tumanligi. ⚜1631 - Parijda birinchi ish bilan ta'minlash agentligi - manzillar byurosi ochildi. ⚜1776 - Venada Albertina galereyasiga asos solindi. ⚜1776 - AQShning Mustaqillik Deklaratsiyasi imzolandi. ⚜1784 - Muqaddas Rim Imperatori Iosif II Vengriya konstitutsiyasini bekor qildi va Venger tojini Vena shahriga ko'chirishni buyurdi. ⚜1832 - Sankt-Peterburg shahrida Zoologiya muzeyi tashkil etildi. ⚜1894 - monarxistlarning qarshilik ko'rsatishiga qaramay Gavayi orollarida respublika e'lon qilindi. ⚜1906 - Buyuk Britaniya, Fransiya va Italiya Efiopiya mustaqilligining kafolati sifatida chiqishdi. ⚜1946 - Königsberg nomi Kaliningrad deb o'zgartirildi. ⚜1946 - Filippinn mustaqilligi tan olindi. ⚜1950 - “Ozod Yevropa” radiostansiyasi efirga chiqdi. ⚜1975 - Kabo-Verde orollari Portugaliyadan mustaqillikka erishdilar. ⚜2004 - Gretsiya birinchi marta futbol bo‘yicha Yevropa chempioni bo'ldi. ⚜2012 - Yevropa yadroviy tadqiqotlar markazida yangi zarracha - Xiggs bozonining topilganligi e'lon qilindi. 🎉TAVALLUDLAR:🎉 🎈1546 - Murod III (1595) - Usmonli imperiyasining 12-sultoni (1574-1595). 🎈1753 - Jan-Per Fransua Blanshar (1809) - fransuz aeronavti, ilk bor havo sharida La Mansh bo‘g‘ozini uchib o‘tgan. 🎈1799 - Oskar I (1859) - Shvetsiya va Norvegiya qiroli (1844-1859). 🎈1807 - Juzeppe Garibaldi (1882) - qo'mondon, siyosatchi va inqilobchi, general, Italiyaning milliy qahramoni. 🎈1859 - Sharl Dil (1844) - fransuz tarixchisi, Vizantiya tarixi bo'yicha ko'plab asarlar muallifi. 🎈1884 - Lui Meyer (1957) - «Metro-Goldwyn-Mayer» kinokompaniyasi asoschisi. 🎈1921 - Jerar Debre (2004) - fransuz millatiga mansub amerikalik iqtisodchi, Nobel mukofoti sohibi (1983). 🎈1924 - Eva Mari Seynt - amerikalik kinoaktrisa. 🎈1926 - Alfredo di Stefano (2014) - futbol tarixidagi eng yaxshi charm to‘p ustalarida biri. 🎈1927 - Jina Lollobridjida - italiyalik aktrisa. 🎈1928 - Orgen Mozer (1999) - germaniyalik, amerikalik, shveysariyalik matematik. 🎈1930 -  Frunzik Mkrtchyan - «Kavkaz asirasi», «Mimino» va boshqa ko‘plab filmlarda suratga tushgan arman aktyori. 🎈1937 - Mansur Ravshanov - aktyor, rejissyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1983). 🎈1947 - Usmonov Mirabror (2019) - Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi (2013-2017) va Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti (2005-2017).  🎈1966 - Anton Nosik (2017) - rossiyalik va isroillik startap menejeri, jurnalist, jamoat arbobi, "Runetning otalari" dan biri. 🎈1976 - Yevgeniya Medvedeva-Arbuzova - rossiyalik chang'ichi, Olimpiya o'yinlari chempioni va bronza medali sovrindori (2006). 🎈1981 - Yuliya Zimina - rossiyalik teleboshlovchi va aktrisa. 🎈1994 - Era Istrefi - kosovar qo'shiqchi va qo'shiqlar muallifi. 🎈1997 - Daniel Duyshebayev - ispaniyalik gandbolchi, ikki karra Yevropa chempioni. https://t.me/ustozlar_uzbekistan
Показати все...
Biz_bilgan_va_bilmagan_TARIX📚📚

Guruhimiz: @bizning_tariximiz 📽️ Tarixiy videolar 📕 Dars ishlanmalar 📚 Taqdimotlar ✔️ Admin bilan bogʻlanish:👇👇 @reklama_agentligi_tarix #Tarixchilar_uchun_maxsus_kanal

​​Гераклнинг тўртинчи жасорати – Керинея оҳусини тутиш Аркадия Керинея оҳуси яшарди. Илоҳа Артемида уни гуноҳкор инсонларни жазолаш учун яратган эди. Оҳу тинимсиз югуриб, экинзорларни пайҳон қиларди. Эврисфей бу сафар Гераклга ўша оҳуни тириклайин тутиб келишни буюради. Оҳу ниҳоятда гўзал бўлиб, унинг шохлари олтиндан, оёқлари эса мисдан эди. Оҳу шамолдек учқур бўлиб, Геракл уни 1 йил давомида тинимсиз қувлайди.Оҳу шунча югурган бўлса ҳам сира кучини йўқотмаган ва тетик эди. Геракл шунда унга шикаст етказмай туриб, уни тута олмаслигини тушунади ва унга камонидан ўқ узиб, оёғини жароҳатлайди. Ниҳоят Геракл оҳуни тутиб, уни елкасига ортиб Эврисфей ҳузурига кетаётганда унинг олдидан Артемида чиқади. Артемида Гераклга шундай дейди: «Оҳунинг менга қарашли эканини билмасмидинг? Уни жароҳатлаб, мени нега таҳқирладинг, ёки сен ўзингни олимплик худолардан ҳам устун қўясанми?». Геракл Артемидага шундай жавоб қилади: «Камина ҳеч қачон ўзимни худоларга тенглаштирмаганман, доим уларга қурбонлик қиламан. Ҳаттоки Зевснинг ўғли бўлсам ҳам, худоларга тенглашиш ҳаёлимга келмаган. Оҳуни ҳам ўз ихтиёрим билан тутганим йўқ, балки Эврисфейнинг буйруғи билан тутдим. Унга итоат қилишимни эса олимплик худолар амр қилишган, уларнинг амрига қарши чиқишга журъат этолмадим». Шундан сўнгина Артемида унинг оҳуни олиб, Эврисфейга олиб боришига изн берган экан. У томонда Эврисфей унга яна янги топшириқ топиб қўйганди. Бу топшириқ ҳақида эртанги бешинчи жасорат ҳақидаги постимизда билиб оласиз! https://t.me/ustozlar_uzbekistan
Показати все...

👍 2
​​Гераклнинг иккинчи жасорати – Лерна Гидрасининг ўлдирилиши Немея шерини ўлдириб келган Гераклга Эврисфей энди Лерна Гидрасини ўлдириб келишни буюради. Гидра ҳам ҳудди Немей шери каби Тифон ва Ехиднанинг фарзанди эди. Гидра 9 та аждар бошли илон бўлиб, унинг бир боши узиб ташланса ўрнидан яна иккитаси ўсиб чиқарди. Унинг бошларидан биттаси эса абадий эди. Гидра Лерна шаҳари яқинида ботқоқликда яшар ва чўпонларнинг мол ва қўйларига қирон келтирарди. Геракл уни ўлдиришга иниси Ификлнинг ўғли Иолайни ҳам олиб кетади. Ниҳоят Гераклни Гидрани топиб, унга оловда тобланган ўқларни ёғдира бошлади, лекин улар Гидрага таъсир қилмасди. Гидра думида тикка туриб Гераклга ҳамла қилишга тайёрланади. Геракл эса унинг бошларини бирма-бир гурзи билан уриб, мажақлай бошлайди, лекин ҳар бир мажақланган бошдан иккита янги бош ўсиб чиқаверди. Бу ҳам етмаганидек улкан қисқичбақа Гидрага ёрдамга келиб, Гераклнинг оёғини қисиб олди. Шунда Геракл Иолайни ёрдамга чақиради. Иолай қисқичбақани ўлдиради ва дарахтларга ўт қўйиб, ёнаётган дарахт танасини Гидранинг боши узилган бўйниларига боса бошлайди, шундан кейингина янги бошлар ўсиб чиқиши тўхтайди. Геракл унинг абадий бошини ҳам мажақлаб уни кўмиб қўйди ва қайтиб чиқа олмаслиги учун устидан улкан ҳарсангтош ҳам қўйиб қўяди. Шундан кейин Геракл унинг қорнини ёриб, Гидранинг оғули ўт пуфагига қўлини ботириб олади. Шундан бери Гераклнинг ўқидан жароҳат олган инсон тузалмас экан. Диққат!  Бу юнон мифологиясидаги афсонанинг ҳақиқатга умуман алоқаси йўқ. https://t.me/ustozlar_uzbekistan
Показати все...

👍 1
Bugun 3-iyul 2024-yil, chorshanba. 🎊BAYRAMLAR:🎊 🌏 Xalqaro plastik xaltachalardan voz kechish kuni. 🌏 Pinhona do‘stlik kuni. 🌏 Xalqaro tosh otish kuni. 🎉MILLIY BAYRAMLAR:🎉 🇺🇸 AQSh, Virjiniya orollari - Qullik bekor qilingan kun (1848). 🇦🇷 Argentina - Diktorlar kuni. 🇦🇷 Argentina - Bioimuhandislar kuni. 🇧🇾 Belarussiya - Mustaqillik kuni (1944). 🇬🇾 Gayana - Karib hamjamiyati kuni. 🇮🇳 Hindiston - Guru Purnima kuni. 🇸🇸 Janubiy Sudan - Onalar kuni. 🇰🇾 Kayman orollari - Konstitutsiya kuni. 🇨🇺 Kuba - Olovlar festivali. 🇲🇲 Myanma - Xotin-qizlar kuni. 🇷🇺 Rossiya, Oltoy Respublikasi, Xakasiya Respublikasi - Respublika tashkil topgan kun (1991). 🇷🇺 Rossiya - GAI xodimlari kuni (Yo‘l harakati politsiyasi kuni). 🇻🇨 Sen-Vinsent va Grenadin - Karnaval dushanbasi. 🇹🇭 Tailand - Dharma kuni, Asalha Puja. 🇺🇦 Ukraina - Zenit-raketa qo‘shinlari kuni. 🇿🇲 Zambiya - Qahramonlar kuni. 🌀 VOQEALAR:🌀 🔰324 - Adrianopol yaqinida Rim imperatorlari Konstantin va Litsiniyning qo'shinlari o'rtasidagi jang. 🔰987 - Noyon soborida Xugo Kapet Fransiya qiroli tojini kiydi. Karolinglar sulolasi davri tugadi. 🔰1017 - Mahmud G‘aznaviy qo‘shini Xorazmni bosib oldi. 🔰1200 - Xorazmshoh Takash Xurosonning Shahriston degan joyida vafot etdi. 🔰1608 - Shamplen Kvebek  shahriga asos soldi. 🔰1773 - Kainardja qishlog'i yaqinida rus-turk urushidagi janglardan biri bo'lib o'tdi. 🔰1849 - Fransiya qo'shinlari Rimni egallashib, Rim respublikasini tugatdilar. 🔰1866 - Sadovadagi jang. 🔰1880 - Yevropaning etakchi mamlakatlari va AQSh Marokash mustaqilligini tan oluvchi Marokko konvensiyasini imzoladilar. 🔰1890 - Aydaxo AQShning 43-shtatiga aylandi. 🔰1897 - Moskva badiiy teatri tashkil topdi. 🔰1915 - Turkiyada birinchi qog'oz pul muomalaga chiqarildi. 🔰1918 - Toshkentning “eski” shahar qismida terapevtik yo‘nalishdagi umumiy kasalxona ochildi. 🔰1927 - Qoraqalpogʻiston Respublikasining Beruniy tumani tashkil etilgan. 🔰1928 - Birinchi televizorlar sotuvga chiqdi. Ular 75 dollar turardi. 🔰1936 - Rossiya davlat avtomobil inspeksiyasi tashkil topdi. 🔰1941 - Sovet xalqiga Stalinning radiomurojaati. 🔰1960 - AQSh Kongressi Kuba shakarini olib kirishga taqiq qo'ydi. 🔰1962 - Fransiya Jazoir mustaqilligini e'lon qildi. 🔰1964 - AQSHda irqiy ayirmachilikni taqiqlovchi qonun kuchga kirdi. 🔰1988 - Eron-Iroq urushi: Fors koʻrfazida Vinsennes kemasi  Eron yoʻlovchi samolyotini urib tushirdi. 🔰1992 - Prezident Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga aylantirildi.  🔰1996 - Boris Yeltsin  Rossiyada boʻlgan prezident saylovlarining 2-turida g'alaba qozondi. 🔰2006 - 2004 XP14 asteroidi Yer yuzasidan 432308 kilometr uzoqlikda uchib o‘tdi. 🔰2018 - Daniya olimlari ilk bor sun'iy odam tuxumdonini yaratdilar 🎈 TAVALLUDLAR:🎈 🎁1423 - Lyudovik XI (1483) - Fransiya qiroli (1461-1483), Valualar sulolasidan. 🎁1875 - Ferdinand Zauyerbrux (1951) - nemis jarrohi, ko'krak jarrohligining asoschilaridan biri. 🎁1881 - Natalya Goncharova (1962) - rus avangard rassomi, grafika va teatr rassomi. 🎁1883 - Frans Kafka 1924) - chex faylasufi, nemis tilida yozuvchi adib. 🎁1897 - Jessi Duglas (1965) - amerikalik matematik. 🎁1931 - Toymas Yoʻldoshboyev - fizik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1994), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1991). 🎁1945 - Saharon Shelah - isroillik matematik. 🎁1946 - Bolo Yen - xitoylik kino aktyor, kulturist, jang san’ati ustasi. 🎁1962 - Tom Kruz - amerikalik kino aktyori, rejissyor, prodyuser, "Oltin globus" mukofotining uch karra sohibi. 🎁1964 - Peyton Tucker Reed - amerikalik rejissyor. 🎁1978 - Lola Islomovna Karimova-Tillayeva - Oʻzbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning ikkinchi qizi. 🎁1980 - Liza Oliviya Mann - amerikalik aktrisa va sobiq teleboshlovchi. 🎁1982 - Lola Astanova - kelib chiqishi oʻzbek bo‘lgan amerikalik pianinochi. 🎁1987 - Sebastyan Vettel - nemis poygasi, Formula-1 toifasida to'rt karra jahon chempioni. 🎁1992 - Nataliya Ramos - ispan va amerika aktrisasi. https://t.me/ustozlar_uzbekistan
Показати все...
Biz_bilgan_va_bilmagan_TARIX📚📚

Guruhimiz: @bizning_tariximiz 📽️ Tarixiy videolar 📕 Dars ishlanmalar 📚 Taqdimotlar ✔️ Admin bilan bogʻlanish:👇👇 @reklama_agentligi_tarix #Tarixchilar_uchun_maxsus_kanal

👍 1
​​​​Гераклнинг биринчи жасорати – Немея шерини ўлдирилиши Аполлон соҳибкаромат пифиянинг тили билан Гераклга Эврисфейнинг фармони билан 12 жасоратни амалга оширса боқий ҳаётга эришажагини айтади. Шундан кейин Геракл Тиринф шоҳи Эврисфей олдига боради. Нимжон Эврисфей Гераклдан ҳадиксираб, уни шаҳарга киришини таъқиқлайди ва ўз хабарчиси орқали Гераклга Немея шерини ўлдириб келишни буюради. Тифон ва Ехиднанинг фарзанди бўлган Немея шери улкан махлуқ бўлиб, унинг териси қаттиқлигидан ҳеч бир қурол унга ўтмас эди. Гереакла Немеяга етиб бориб, шер яшайдиган тоғдан унинг, ғорда жойлашган, уясини қидириб топди. Уя икки тешикли эди ва Геракл унинг бир тешигини беркитиб, уни чиқишини пойлаб турди. Шер чиққанидан Геракл унга 3 та ўқ узади, ўқлар нишонга аниқ теккан бўлса ҳам улар Шер терисини тешиб ўта олмади. Шер ўқ узган Гераклга ташланди. Геракл эса қаттиқ шумтол дарахтини суғуриб олиб, ундан ясаган гурзиси билан унинг бошига яшиндек зарба берди. Шер хушини йўқотиб йиқилади. Йиқилган шерни Геракл бўғиб ўлдиради ва елкасига ортиб Эврисфент олдига олиб боради. Кейинчалик Геракл шер терисини шилиб олган ва уни совут сифатида ишлатган. Унинг бош томонини эса дубулғадек қилиб, бошига кийиб юрган. Диққат❗️ Бу афсона юнон мифологиясидаги афсона бўлиб, ҳақиқат билан ҳеч қандай алоқаси йўқ. https://t.me/ustozlar_uzbekistan
Показати все...

👍 1
Bugun 2-iyul 2024-yil, seshanba. 🎊 BAYRAMLAR:🎊 🇺🇳 Xalqaro sport jurnalistlari kuni. 🌏 Dengiz va daryo floti xodimlari kuni. 🌏 Xalqaro NUJ kuni, yoki Ufologlar kuni. 🌏 Butunjahon itlar kuni. 🎉 MILLIY BAYRAMLAR:🎉 🇺🇿 O‘zbekiston - O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi qabul qilingan kun. 🇦🇿 Ozarbayjon - Politsiya xodimlari kuni. 🇰🇬 Qirg‘iziston - Tibbiyot xodimlari kuni. 🇰🇿 Qozog'iston - Diplomatik xizmat xodimlari kuni. ⚜VOQEALAR:⚜ 🌀1266 - Pert sharrnomasi tuzildi. 🌀1494 - katolik qirollari kelishuv tuzdilar. 🌀1499 - Amerigo Vespuchchi Amazonka deltasini kashf qildi. 🌀1555 - Usmonlilar imperiyasi admirali Kalabriyani vayron qildi. 🌀1600 - Sakson yillik urush paytida Nyivport jangi bo'lib o'tdi. 🌀1644 - Marston Mur jangi. 🌀1776 - Filadelfiyadagi ikkinchi Qit‘a kongressi Amerikaning Buyuk Britaniyadan ajralib chiqishiga qaror qildi. 🌀1798 - Napoleon Bonapartning Misr ekspeditsiyasi qo'shinlari Iskandariya portiga qo'ndi. 🌀1800 - Buyuk Britaniya va Irlandiyaning birlashishi to‘g‘risidagi akt qabul qilindi. 🌀1839 - AQShda qora tanlilar «Amistad» kemasini egalladilar. 🌀1853 - Rossiya armiyasi Moldova Knyazligiga bostirib kirdi - Qrim urushi boshlandi. 🌀1860 - Zolotoy Rog sohilida Aleksey Shefner  Vladivostok shahriga asos soldi. 🌀1900 - Parijda 2-Olimpiya o'yinlari ochildi. 🌀1918 - Getman Skoropadskiy Ukraina fuqaroligini joriy qildi. 🌀1924 - Xalqaro Sport Matbuot Assotsiatsiyasi tashkil etildi. 🌀1937 - Amelia Earhart Tinch okeanida gʻoyib boʻldi. 🌀1947 - V. M. Molotov Parijda SSSR Marshall rejasida ishtirok etmasligini tasdiqladi. 🌀1965 - Fransiya YIHning biznes masalalari hal qilinadigan yig'ilishlaridan tashqari barcha yig‘ilishlariga boykot e‘lon qildi. 🌀1976 - Shimoliy va Janubiy Vyetnamning birlashishi va Vyetnam Sotsialistik Respublikasining tashkil topishi. Poytaxt nomi Saygondan Xo Shi Minga o‘zgartirildi. 🌀1992 – Oʻzbekiston Respublikasi  Davlat gerbi qabul qilindi. 🌀1993 - Kiyevda Ukraina millatchilari kongressi tashkil etildi. 🌀1997 - Osiyo moliyaviy inqirozining boshlanishi. 🎁TAVALLUDLAR:🎁 🎈1486 - Yakopo Sansovino (1570) - Florensiyalik haykaltarosh, me‘mor (Venetsiyadagi San-Marko kutubxonasi). 🎈1489 - Tomas Krenmer (1556) - ingliz Reformatsiyasi arbobi, 1533-yildan Kenterberidagi birinchi protestant arxiyepiskopi. 🎈1714 - Kristof Villibald Glyuk (1787) - nemis bastakori. 🎈1862 - Uilyam Genri Bragg (1942) - ingliz fizigi, rentgen tahlilining asoschisi, Nobel mukofoti sohibi (1915). 🎈1877 - Hermann Hesse (1962) - nemis yozuvchisi, Nobel mukofoti sohibi (1946). 🎈1888 - Zelman Vaksman (1973) - Amerikalik mikrobiolog, Nobel mukofoti sohibi (1952). 🎈1903 - Olav V (1991) - Norvegiya qiroli (1957-1991). 🎈1906 - Xans Albrext Bete (2005) -amerikalik astrofizik, Nobel mukofoti sohibi (1967). 🎈1923 - Vislav Shimborska (2012) - Polsha shoiri, Nobel mukofoti sohibi (1996). 🎈1925 - Patris Lumumba (1961) - mustaqil Kongo Respublikasining birinchi bosh vaziri (1960), milliy qahramon. 🎈1946 - Gulchehra Jamilova - aktrisa, Oʻzbekiston xalq artisti (1992). 🎈1961 - Sami Naseri - mashhur fransuz aktyori , «Taksi» filmi seriallarida bosh rol ijrochisi. 🎈1978 - Diana Gurtskaya - estrada qo'shiqchi,.Rossiyada xizmat ko'rsatgan artist. 🎈1990 - Margot Elis Robbi - avstraliyalik aktrisa va film prodyuseri. 🎈1991 - Kattaxonova Dilnozaxon - Oʻzbekiston yoshlar ishlari agentligi direktori oʻrinbosari (2020-yildan). 🎈1992 - Nana Takagi - yapon konkida uchuvchisi, ikki karra Olimpiya chempioni (2018). 🎈1995 - Rayan Merfi - amerikalik suzuvchi, 4 karra Olimpiada oltin medali sohibi. 🎈1997 - Malala Yusufzoy - pokistonlik inson huquqlari faoli, butun dunyo boʻylab ayollar uchun taʼlim olish imkoniyatini himoya qiladi, Nobel mukofoti sohibasi (2014). 🎈1998  - Ema Klines - sloveniyalik tramplindan chang‘ida sakrovchi, jahon chempioni. https://t.me/ustozlar_uzbekistan
Показати все...
Biz_bilgan_va_bilmagan_TARIX📚📚

Guruhimiz: @bizning_tariximiz 📽️ Tarixiy videolar 📕 Dars ishlanmalar 📚 Taqdimotlar ✔️ Admin bilan bogʻlanish:👇👇 @reklama_agentligi_tarix #Tarixchilar_uchun_maxsus_kanal

Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.