Ziyoda Xojaeva 🥑
Приком консультант🥦 BLW 🔸Бола парвариши; 🔸Прикорм киритиш ва болаларни тўғри овкатлантириш; 🔸Соғлом болалар катта қилиш сирлари; Онгли оналик🌷 ЗАВҚЛИ ДЕКРЕТ🤰🏻 МУРОЖАТ УЧУН: @ziyoda_assistant
Більше8 649
Підписники
+1524 години
+67 днів
+29030 днів
- Підписники
- Перегляди допису
- ER - коефіцієнт залучення
Триває завантаження даних...
Приріст підписників
Триває завантаження даних...
PODCAST 🎧
“Immunitet ko’tarish”
01:03 ona immuniteti
05:25 sog'lom ovqatlanish
08:24 chiniqtirish
14:33 vitaminlar
Foydali bo’lgan bo’lsa reakstsiyalaringizni ayamang🔥
𝑌𝑎𝑞𝑖𝑛𝑙𝑎𝑟𝑖𝑛𝑔𝑖𝑧𝑔𝑎 ℎ𝑎𝑚 𝑢𝑙𝑎𝑠ℎ𝑖𝑛𝑔🚀
https://t.me/prikorm_blw_uz
2_5238097794434092023.ogg4.43 MB
❤ 65👍 17🔥 16❤🔥 7😍 4⚡ 3
Bilasizlar judayam ko‘p onajonlardan savollar keladi va tabiiy men ularni hammasiga javob berishga ulgurmay qolaman.
Bugun sizlarni xursand qilgim keldi.
✍🏻 Kommentariyga taomlanishga doir sizni qiziqtirgan va aktual bo'lgan savollarni yozing.
🔥 Eng ko‘p reaksiya yig‘gan va qo'llab quvvatlangan 5ta savolga shaxsan tahlil qilib javob beraman.
✔️ Xar kun 1ta savolga javob berib boriladi
Sizlar eng yaxshi onajonkalarimsila🫠
𝑌𝑎𝑞𝑖𝑛𝑙𝑎𝑟𝑖𝑛𝑔𝑖𝑧𝑔𝑎 ℎ𝑎𝑚 𝑢𝑙𝑎𝑠ℎ𝑖𝑛𝑔🚀
https://t.me/prikorm_blw_uz
👏 35❤🔥 11👍 8
Hayrli kun onajonlar
💐
Eng sevimli auditoriyan uchun ZO'R yangiligim bor 🤫
🤩 Qiziqmi?
Aniq silani hursand qiladi bu e'loncham
Olovchani bosib qo'yila 🔥🔥 286⚡ 9👍 9❤🔥 5❤ 2🍾 2👏 1
Oramizda buxgalteriyaga qiziquvchilar bormi? 💸
Bugun sizlarni yangicha yo’nalishdagi ayol qizlar uchun tayyorlangan mualliflik buxgalteriya kursi @hisob_ilmi bilan tanishtirmoqchiman.
Hisob ilmi buxgalteriyada 7 yillik tajribaga ega mutaxassis tomonidan ishlab chiqilgan offlayn kurs bo’lib, unda siz buxgalteriyaning asoslarini 0 dan 1 oyda o’rganib olasiz. Barcha kerakli ilovalar va hujjatlar shaxsiy kompyuteringizga ustoz tomonidan ulab beriladi va har bir darsni siz real vaqtda amalda bajarib o’rganasiz. 👩🏻💻
Kurs manzili, narxi va jadvali haqida ma’lumot olish uchun bu yerga 👉🏻 @hisob_ilmi
Admin bilan bog’lanish uchun bu yerga 👉🏻 @hisobilmi_admin
Ilm oling, hunar orttiring va yangi kasblar egallang, onajonkalar.
👍 20❤ 3
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Qo‘ziqorinli sho‘rva 8+ oy
(2 porsiya)
Tarkibi:
✔️ 200 g qo‘ziqorin
✔️ 1/2 piyoz
✔️ 1 sabzi
✔️ 2 ta kichik kartoshka
✔️ 2 osh qoshiq sariyog‘
✔️ 800 ml suv yoki bulyon
✔️ Ziravor va ko‘katlar
Tayyorlanishi:
Qo‘ziqorinlar, piyoz, sabzi va kartoshkani yuvib, kubik shaklida to‘g‘rang. Qozonda yog‘ni qizdirib, piyozni qovuring, so‘ngra sabzini qo‘shib, yana 5 daqiqa davomida qovuring. Qo‘ziqorinlarni qo‘shib, yana 5-7 daqiqa qovurib suv yoki bulyon quying, qaynatib olgach kartoshka va ziravorlarni qo‘shib, taxminan 15-20 daqiqa davomida pishiring. Tayyor bo‘lgan sho‘rvani ustiga ko‘katlarni sepib blendr yordamida pyure ko‘rinishiga keltirib, bolajonga iliq holatida taklif qiling.
Yoqimli ishtaha!
👍 36❤🔥 5❤ 3
Qo‘ziqorinlarning foydalari:
🍄🟫 Qo‘ziqorinlar yaxshi protein manbai bo‘lib, B vitaminlari, D vitamini va selen kabi muhim mikroelementlarga boydir.
🍄🟫 Ular antioksidantlar, xususan, ergotionin va glutation kabi moddalarni o‘z ichiga oladi, bu bolalarning immun tizimini mustahkamlaydi.
🍄🟫 Qo‘ziqorinlar tarkibida tolalar bor, bu esa hazm qilishni yaxshilaydi.
Qo‘ziqorinlardan foydalanish yo‘llari:
🥣 Sho‘rvalarga qo‘shish yoki pyure qilish orqali qo‘ziqorinlarni ratsionga kiritish mumkin.
🥗 Qaynatilgan qo‘ziqorinlarni salat yoki boshqa taomlar bilan aralashtirish mumkin
🍲 Qo‘ziqorinlarni sabzavotlar bilan birga pishirib, bolalarga taqdim etish mumkin
𝑌𝑎𝑞𝑖𝑛𝑙𝑎𝑟𝑖𝑛𝑔𝑖𝑧𝑔𝑎 ℎ𝑎𝑚 𝑢𝑙𝑎𝑠ℎ𝑖𝑛𝑔🚀
https://t.me/prikorm_blw_uz
❤ 16🤩 8❤🔥 3🥰 2👍 1
🤩 Demak boshladik!
🍄🟫 Qo‘ziqorin – bolalar ratsioniga 6 oydan kiritish mumkin bo‘lgan mahsulot.
🌱 Qo‘ziqorinlar yaxshi protein, B va D vitaminlari, selen va antioksidantlar manbayi hisoblanadi.
🍄 Ammo o‘rmon qo‘ziqorinlari 12 yoshgacha tavsiya etilmaydi.
Nega?
☝️🏻Qo‘ziqorinlar tuproqdagi yoki atrofdagi barcha moddalarni o‘ziga singdiruvchi «gubka» kabi o‘simliklardir. Shuning uchun, agar zaharli qo‘ziqorinlar yaqinida o‘ssa, ularning zaharini ham o‘ziga singdiradi.
🦠 Bundan tashqari, qo‘ziqorinlar tarkibida qo‘rg‘oshin, simob va mishyak kabi toksik metallar ham to‘planishi mumkin.
❗️Shu sababdan, hatto, ishlab chiqarishda o‘stirilgan qo‘ziqorinlar ham 2 yoshdan bolalarga taklif qilinadi.
✅ Ammo boshqa rasmiy manbalarda qo‘ziqorinni 6oydan ham taklif qilish mumkinligi haqida maʼlumotlar bor.
🫠 Qo‘ziqorinlar hazm qilish uchun og‘ir mahsulotlar bo‘lib, ularni meʼyorda isteʼmol qilish muhim.
🔥 Davom ettiramizmi?
🔥 30👍 22❤ 3❤🔥 1🙏 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Hayrli kun onajonlar
💐
Bugun sizlar bilan ko‘p onalarni ikkilantiradigan mavzulardan Qo‘ziqorin haqida gaplashamiz.
Ishonaman bu mavzu sizlarga juda qiziq bo‘ladi.
🔥 Izohlarda o‘z fikringizni yozib qoldiring va yaqinlaringizga ulashishni unutmang🔥 80👍 14❤ 5🥰 2⚡ 1
Bolalar uchun oqsilning ahamiyati:
✔️ Oqsil - bu bolalarning o‘sishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan makroelementdir. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, har yettinchi bola kunlik oqsil miqdorini ololmaydi.
🔸 Oqsil yetishmasligi bolalarda sog‘liq muammolarini keltirib chiqarishi mumkin, jumladan charchoq, diqqatni jamlay olmaslik, o‘sishning sekinlashishi, suyak va bo‘g‘imlar og‘rig‘i, yaralarning sekin bitishi va immunitetning pasayishi.
Oqsilning bolaning o‘sishidagi roli:
☝️🏻 Oqsil organizmning ko‘plab funksiyalarida, jumladan mushaklar, teri, organlar, qon, soch va tirnoqlar to‘qimalarini tiklashda muhim rol o‘ynaydi. Oqsilni tashkil etuvchi 20 ta aminokislotalardan organizm 11 tasini ishlab chiqara oladi - qolgan 9 tasi oziq-ovqatdan olinishi kerak.
Qaysi mahsulotlarda oqsil mavjud?
• Ko‘p miqdorda: go‘sht, parranda go‘shtlari, baliq, tuxum, tofu.
• O‘rta miqdorda: dukkaklilar, yong‘oqlar, yong‘oq yog‘lari, urug‘lar, urug‘ yog‘lari, sut, pishloq, tvorog, soya, yogurt.
• Juda oz miqdorda: butun donli non, guruch, makaron, kinoya, arpa.
🔹 Oqsil isteʼmoli yoshga, tana hajmiga va faoliyatga qarab o‘zgaradi. Umuman olganda, tavsiya etilgan oqsil miqdori kuniga tana vazniga nisbatan taxminan 0,8-1,0 grammni tashkil etadi.
Bolaning organizmi oqsilni yaxshi qabul qilishi uchun, umumiy oqsil isteʼmolini kun davomida taqsimlash va har bir ovqatga qo‘shish yaxshiroqdir 🫠
𝑌𝑎𝑞𝑖𝑛𝑙𝑎𝑟𝑖𝑛𝑔𝑖𝑧𝑔𝑎 ℎ𝑎𝑚 𝑢𝑙𝑎𝑠ℎ𝑖𝑛𝑔🚀
https://t.me/prikorm_blw_uz
❤🔥 30👍 21❤ 6🔥 6🥰 2
Оберіть інший тариф
На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.