uk
Feedback
Web Dasturlash kanali

Web Dasturlash kanali

Відкрити в Telegram

🖥 Web dasturlash bo'yicha muhim maslahatlar, post, maqola va qiziqarli ma'lumotlar kanaliga xush kelibsizlar! ⁉️IT blog: @javohir_webdev 😎 Reklama: http://t.me/techno_ads/17

Показати більше
8 560
Підписники
+624 години
+57 днів
-4630 день
Архів дописів
Yuqoridagi ajoyib Landing pageni qanday yasalishini bilmoqchi bo'lganlarga 👇 https://youtu.be/ACzeT5eOxUo

#OsmondagiBolalar #bot Ushbu bot xizmati orqali siz "Osmondagi bolalar" loyihasi haqidagi eng so'nggi yangiliklardan boxabar
#OsmondagiBolalar #bot Ushbu bot xizmati orqali siz "Osmondagi bolalar" loyihasi haqidagi eng so'nggi yangiliklardan boxabar bo'lishingiz, suhbatlarning audio shaklini yuklab olishingiz, ko'rsatuv rivoji uchun o'z takliflaringizni yo'llashingiz hamda ajoyib sovg'alarni qo'lga kiritish imkoniga ega bo'la olasiz! P.S.: Ayni paytda, do'stlaringizni taklif qilish orqali loyiha futbolkasini yutib olishingiz yoki loyihani tasvirga olish vaqtida ishtirok etishingiz mumkin! LINK 👉 @osmondagibolalarr_bot 👉 @webdev07

Bugun xudo xohlasa mana shu ajoyib Microsoft Homepage Clone pageni YouTubeda birgalikda yasab ko'ramiz

photo content

IT mutaxasislarning bir necha turlari bilan tanishish Bugun sizlar bilan IT mutaxasislarning bir necha turlari bilan tanishib chiqamiz: 1) Frontend dasturchi Frontend dasturchi foydalanuvchi browserda ko’rib turgan va u bilan bevosita amallar bajaradigan qismini yaratadi. Shu bilan birga, dizayner bergan web sahifa yoki ilovalani dizaynini kodga otkazadi, hamda backenddan ma’lumotlarni qabul qiladi va backendga ma’lumotlarni yuboradi. 2) Backend dasturchi Backend dasturchi serverga bog’liq web ilovalarni logikasi va frontend dasturchi yozib bergan kodni integratsiyasi bilan shug’ulanadi. Backend dasturchi odatda frontend va mobil dasturchilar tomonidan ishlatiladigan APIs va web serverlarnini yozadi. 3) Mobile dasturchi Mobile dasturchi bu mobil ilovalarni ishlab chiqishuvchi va ushbu mahsulotlarning o’ziga xos xususiyatlari va qurulmalarga foydalanish uchun optimallashtirilgan dasturiy ta’minotni yaratuvchi shaxs hisoblanadi. Mobil dasturchilar ikki turga bo’linadi: 1. Birinchisi Android dasturchi, yani android qurulmalarga mos keluvchi ilovalar yaratadi 2. iOS dasturchi, yani ios qurulmalarga dasturlar yaratishadi. Agar iOS dasturchi bo’lishni istasangiz, sizda Macbook yoki iMac bolishi lozim. *Bugungi kunda Flutter texnologiyasi mavjud, bu bir vaqtda IOS va Android uchun bir kod orqali dastur yaratish imkonini beradi 4) UI/UX dizayner UI/UX designer asosan web saytlar, ilovalar va boshqa dasturlarning dizayni va qulayliklari bilan shug’ullanadigan soha hisoblanadi. UX va UI dizayni bitta iste’molchining tajribasining ikki xil elementidir. UX foydalanuvchi tajribasiga ishora qiladi, bu narsaning qanday ishlashiga va odamlar u bilan qanday munosabatda bo’lishiga qaratilgan. UI yoki foydalanuvchi interfeysi tashqi ko’rinishga va joylashishga e’tiborni qaratadi. ✅ @webdev07

🔥 Wepro IT ACADEMY da: Web dasturlash kurslariga qabulni boshladi! #samarqand --- O'zbek tilida ☎️ +998 90 1977100 ⛳️ Manzil: Samarqand shahri ➡️ Moʻljal: Atlas, Amir Temur ko’chasi 👨‍💻 Kursga ro'yxatdan o'tish 👉🏻 @weprouz ga yozing https://instagram.com/wepro.uz

Hayotingizda 3 ta muhim inson bor... ✅ @webdev07

Ajoyib ish HTML CSS yordamida 🐶🖤 ✅ @webdev07

⚡️Assalomu alaykum IT sohasiga qiziquvchilar. 🤗 Sizlarga shuni ma'lum qilamanki, @webkurs_fullstack kanalimizni rasmiy boti
⚡️Assalomu alaykum IT sohasiga qiziquvchilar. 🤗 Sizlarga shuni ma'lum qilamanki, @webkurs_fullstack kanalimizni rasmiy boti ishga tushdi. Bu bot universal bot bo'ladi, ya'ni IT sohasini hamma yo'nalishiga mos bot. Hozirda botga HTML5, CSS3 va PHP7 darslari joylandi. Qolgan videodarslar ham tezda joylanadi. ✅ Botimizga asosan IT ni hamma sohasi bo'yicha videodarslar, kitoblar(o'zbek, rus, ingliz), testlar va dasturlar joylanib boriladi. ✅ Qo'shimcha fikrlar bo'lsa, @fullstack_online ga yozib qoldirishingiz mumkin. Fikrlaringiz albatta inobatga olinadi. Bot manzili 👉 @FoydaliUniversal_bot

SMM oʻzi nima? Nega hamma shu mavzuda soʻz ochmoqda? ⠀ 📌 SMM bu — Social Media Marketing yaʼni ijtimoiy tarmoqlar marketingi
SMM oʻzi nima? Nega hamma shu mavzuda soʻz ochmoqda? ⠀ 📌 SMM bu — Social Media Marketing yaʼni ijtimoiy tarmoqlar marketingi deyiladi. U orqali Telegram, Instagram, Facebook, YouTube tarmoqlarida kompaniyalarning rasmiy sahifalari yuritiladi. ⠀ 🤔 Menga nima keragi bor deysizmi? Unda davomini oʻqing! ⠀ 📱 Hozirgi kunda deyarli hamma kunining koʻp qismini internetda oʻtkazmoqda, asosan ijtimoiy tarmoqlarda. Oʻzingizni misol qilib koʻring taxminan qancha vaqtingiz ijtimoiy tarmoqlarda oʻtmoqda 😅 ⠀ 🗣 Demak marketing taraflama qaraydigan boʻlsak mijozlar qayerda boʻlsa, sizning reklamangiz ham oʻsha yerda boʻlishi kerak. SMM esa sizga ushbu imkoniyatni taqdim etadi. ⠀ 🎯 Yangi mijozlarni jalb qilish, mavjud mijozlarni saqlab qolish va eski mijozlarni qaytarib olish borasidagi barcha harakatlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali amalga oshirib, brendingizni tanitish va potensial mijozlar oqimini yaratishda katta yordam beradi! ✅ @webdev07

Men dasturchi bo’la olamanmi? Nimadan boshlashim kerak ? Eng boshida shuni aytib qo’yishim kerakki, dasturchi bo’lish uchun aynan biron universitetda tahsil olish shart emas, yoki sizdan biron ilmiy daraja talab etilmaydi, qaytanga o’zingiz mustaqil tarzda o’rgansangiz, tez o’rganasiz. O’rganishda MATEMATIKA fanidan tushunchangiz bo’lsa, buyog’I qiyinmas. MATEMATIK bo’lmasangiz ham, FOIZ, ULUSH tushunchalarini bilsangiz, dasturlashni o’zlashtirishingiz osonlashadi. Dasturlashda sizning logikaviy salohiyatngiz yaxshi bo’lsa, shu tarzda dasturning vazifasiga ko’ra logikasini yaxshi ko’z oldingizga keltira olsangiz, sizdan yaxshi dasturchi chiqadi. Nimadan boshlashim kerak ? O'zingizni kompyuter va internet bilan taminlang 👈 Birinchi o'rinda kompyuter sotib oling(Agar bo'lsa juda soz). Ko'pchilikda savol tug'iladi qanday kompyuter sotib olishim kerak deb 🤔? Dasturlash uchun kompyuter juda ko'chli bo'lshi shart emas(Qancha ko'chli bo'lsa shuncha yaxshi). Ikkinchi o'rinda internet bilan o'zingizni taminlang. Hozirgi vaqtda internetsiz dasturchi bo'lish juda qiyin. Chunki barcha dasturlash haqidagi yangiliklar internetda joylab boriladi. Internet past deb vaqtni yo'qotib qo'ymang ilojini toping(Hamma narsaning iloji topiladi). O’rganishni qayerdan, qanday boshlash kerak? Hozirgi kunda dasturlash tillari juda ko’p, masalan: C, C++, C#, Java, JavaScript, PHP, HTML, XML, Python, va hokazo. Bu borada shaxsan men Python yoki JavaScript dasturlash tillarini o’rganishni tavsiya qilgan bo’lardim. Bu dasturlash tillarni haqida kiyingi qismda to'liqroq javob beraman #qism2 Hali boshlamagan bo'lsangiz bugun boshlang 🙏 🔷“Ertaga” hech qachon kelmaydigan kun. Agar nimadir qilmoqchi boʻlsang, bugun boshla! 📓Lavanda Ilindi @webdev07

🧑🏻‍💻 Full Stack web dasturlash kursi haqidagi Ochiq darsga taklif etamiz ⠀ 🔹 O'quv jarayonlari haqida: 🔸Darslarning 70%
🧑🏻‍💻 Full Stack web dasturlash kursi haqidagi Ochiq darsga taklif etamiz ⠀ 🔹 O'quv jarayonlari haqida: 🔸Darslarning 70% amaliyot bilan o'tkaziladi; 🔸kurs davomiyligi - 12 oy; 🔸dars 120 daqiqa davom etadi; 🔸12 kishigacha bo'lgan guruhlar; 🔸 co-working bo'limida istalgan vaqt shug'ullanish 🔸 24 soat onlayn ustoz ⏰ 25-aprel, Yakshanba, soat 13:00 💰Ochiq dars Bepul ⠀ 👨🏻‍💻 Murojaat uchun: @cat_admin1 ☎️ (998) 99-911-02-04 🏢 Manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Pahlavon Mahmud ko'chasi 15-uy 🎡 Mo'ljal: Ashxobod sayilgohi Dasturlashga qiziquvchi do'stlaringiz bo'lsa, ularga ham yuboring😉 🔷 Telegram | 🌐 web-sahifa | Instagram

​​Python haqida 📝 Bugungi kunning zamonaviy texnologiyalarini ishlab chiqishda jumladan web, mobail yo'nalishlarida hamda sun'iy intellekt tizimlarini yaratishda ulkan yutuqlarga erishilmoqda. Mana shu yutuqlarga erishishda Python darsturlash tilini o’rni juda katta. Hozirgi kunda axborot texnologiyalarini juda ko’p sohalarida python dasturlash tilidan foydalanilmoqda. Bunga bir necha misollar keltirib o’tishimiz mumkin. Instagram ijtimoiy tarmog’i aynan python dasturlash tilida yaratilgan. Bundan tashqari sun'iy intellekt tizimlarida harakatlanadigan robotlar, aqlli qurilmalarning yaratilishi ham ko’p jihatdan python dasturlash tiliga bog’liq. Python bu o’rganishga oson va shu bilan birga imkoniyatlar yuqori bo’lgan zamonaviy dasturlash tili. Python yuqori darajadagi ma’lumotlar strukturasi va oddiy va samarador obyektga yo'naltirilgan dasturlash uslublarini taqdim etadi. Pythonni o’zi xos xususiyatlari juda ham ko’p, uni katta va kichik loyihalarga ishlatish mumkin. ✅ Pythondan foydalanib quyidagi dasturlarni yasash mumkin 🔹 Web dasturlash (Backend, telegram bot) 🔸 Tizimlar uchun (utilitlar) 🔹 Desktop dasturlar 🔸 O’yin dasturlar 🔹 Sun’iy intellect, data science 📈 2020-yilda o'rganish uchun eng yaxshi dasturlash tillari orasida ham python yetakchi o’rinni egallagan 1. Python 2. Java 3. JavaScript 4. Swift 5. C# Pythonda yaratish mumkin bo’lgan dasturlarni chegarasi yo’q va imkonyatlari yuqori. Shuningdek u sodda va universalligi bilan boshqa dasturlash tillaridan ajralib turadi. Python dasturlash tilini o’rganing va dunyoning istalgan yetakchi kompanyalarining birida ishlash imkoniyatiga ega bo’ling. ✅ @webdev07

Senior developer va Junior developer 😂 ✅ @webdev07

👨‍💻 Turli sohalarda TOP dasturlash tillari Dasturlashga kirib kelinarkan, har bir yoʻnalish boʻyicha hozirgi kundagi reytin
👨‍💻 Turli sohalarda TOP dasturlash tillari Dasturlashga kirib kelinarkan, har bir yoʻnalish boʻyicha hozirgi kundagi reytingi baland dasturlash tillari haqida maʼlumotga ega boʻlishi kerak. Biz sizga har bir soha boʻyicha hozirgi vaqtda koʻp qoʻllanilayotgan tillar haqida maʼlumot beramiz. Keyinchalik esa eʼtiboringizga har bir yoʻnalish boʻyicha alohida-alohida toʻxtalib oʻtamiz. 💻 Veb-dasturlash • HTML • CSS • JavaScript • PHP • Python 📟 Android dasturlash • Java • Kotlin • JavaScript • Flutter 📱iOS dasturlash • Swift • JavaScript • Flutter 🖥 Kompyuter dasturlash • C# • C++ 🎮 Oʻyin yaratish • C++ • C# • Java • JavaScript 🤖 Sunʼiy ong • Python • Java • C++ 🛡Kiberxavfsizlik • C++ • Python • JavaScript • SQL • PHP P.s: Yuqorida yoʻnalishlar boʻyicha faqatgina shu tillar bilan dastur yaratish mumkin degani emas. Dasturlash tillari juda koʻp, shuningdek ularning qila oladigan funksiyalari ham. Keltirib oʻtilganlari esa nisbatan qulay va koʻp qoʻllaniladigan tillardir. 👉 @webdev07

Eng zamonaviy va eng qulay bo'lgan dasturlash tili bu PYTHON🐍 🤩 Zako IT Academy ko'pchilikni talablarini inobatga olgan hol
Eng zamonaviy va eng qulay bo'lgan dasturlash tili bu PYTHON🐍 🤩 Zako IT Academy ko'pchilikni talablarini inobatga olgan holda, PYTHON (Back-end) kurslariga start bermoqda. Kurs davomida siz quyidagi qulayliklarga ega bo'lasiz: ✅ Har bir dars kichik guruhlarda amaliy olib boriladi ✅ Yaxshi bitirgan o'quvchi ish bilan ta'minlanadi ✅ Kurs davomiyli 6oy + 2oy bepul amaliyot ✅ 1-dars bepul 💡 Birinchi darsimiz 23-aprel soat 14:30da boshlanadi. Soat 9:00dan 11:00gacha bo'lgan guruhimiz ham shakllanmoqda! 📍 Manzil: Bodomzor metro ro'parasi, TATU yonida 🧑🏻‍💻 Ro'yxatdan o'tish 📞 Tel: +998712000260 Telegram | Instagram

Qaysi framework yoki texnalogiyalarni o'rganishni xohlaysiz ?
Anonymous voting

Ayanchli va kulgili ✅ @webdev07
Ayanchli va kulgili ✅ @webdev07

#css Ajoyib 3D button css ✅ @webdev07