cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Raqobatni rivojlantirish va iste`molchilar huquqlarini himoya qilish qo`mitasining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi

• Монополияга карши курашиш • Ракобат мухитини ривожлантириш • Табиий монополиялар субъектларини назорат килиш • Товар-хом ашё биржаларини лицензиялаш 🏢 Бухоро ш., Ислом Каримов кўчаси, 10 уй ☎️ 65 221 5936 📧 [email protected]

Більше
Рекламні дописи
208
Підписники
Немає даних24 години
+107 днів
+830 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

#Sayyor_qabul 🗓 Shuningdek, kunning ikkinchi yarmida Qo'mita raisi o'rinbosari A.Qayumovning Toshkent viloyati Angren shahrida jismoniy va yuridik shaxslar bilan sayyor qabuli bo'lib o'tdi. 📍Mazkur sayyor qabulda jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek tabiiy monopoliya, ustun mavqega ega xo'jalik yurituvchi subyekt vakillari ham ishtirok etdi. ✅ Qabul davomida 10 ga yaqin tadbirkorlardan murojaatlar qabul qilindi. Xususan, ustun mavqega ega xo'jalik yurituvchi subyekt vakillari qanday xollarda iqtisodiy konsentratsiyaga oldindan rozilik olinishi va uning qanday shartlari mavjudligi,ustun mavqega va ustn muzokara kuchiga ega deb topish va uning shakllari, yuqori likvidli mahsulotlar ro‘yxatiga kiritiladigan mahsulotlarning mezonlarini aniqlash tartibi va boshqa ko'plab o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan tushuntirishlar berildi. ➡️ Misol uchun, murojaatlar davomida B.Qodirovning birja savdolari, L.Aminovning korporativ buyurtmalar, F.Nasriddinovning issiqlik energiyasi narxlari borasidagi murojaatlari ham qabul qilinib tegishliligi bo‘yicha ijroga yo‘naltirildi. Kanalga ulanish 🔝 https://t.me/RaqobatGovUz 🖼️ website | 💬 facebook | 💬 telegram | 📺 youtube | 📷 instagram | 🤖 twitter
Показати все...
🗓 Joriy yilning may oyida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risidagi” qarori qabul qilindi. ✅ Qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan aholi o‘rtasida keng tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida Raqobat qo‘mitasi tomonidan Toshkent viloyati hududiy boshqarmasida 17-may kuni Qo'mita raisi o‘rinbosari A.Qayumov boshchiligida jamoatchilik vakillari ishtirokida tadbir o‘tkazildi. 💬 Mazkur tadbirda yirik ishlab chiqaruvchi korxona va tashkilotlar vakillari hamda sohaga doir vakolatli organlarning ma’sul mutaxassislari bilan 256-son qarorning belgilangan masalalari yuzasidan muhokamalar bo‘lib o‘tdi. 📄 Tabiiy monopoliyalar va raqobatga qarshi kelishuvlarni aniqlash, tovar yoki moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining ustun mavqeini yoki ustun muzokara kuchini hamda raqamli platformalar operatorlarining ustun mavqeini aniqlash va e’tirof etish kabi mavzular ko‘tarildi.
Tabiiy monoliyalarni tartibga solish soddalashtirilayotgani sohaga muhim ahamiyat kasb etishi hamda subyektlarning ustun mavqeini yoki ustun muzokara kuchini aniqlash va e’tirof etish tartibi haqida so‘z yuritildi.
🔎 Raqobat qo‘mitasi mutaxassislari mazkur qarorning samarali amalga oshirilishi va qat'iy nazorat qilinishi yuzasidan batafsil ma'lumot berdilar. Kanalga ulanish 🔝 https://t.me/RaqobatGovUz 🖼️ website | 💬 facebook | 💬 telegram | 📺 youtube | 📷 instagram | 🤖 twitter
Показати все...
#Sayyor_qabul 📼 Joriy yilning 17-may kuni Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari F.Karabayev Jizzax viloyatida navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi. 🔝 Arnasoy tumanida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda tuman hokimi O.Musanov ham ishtirok etib fuqarolar va tadbirkorlarning murojaat va takliflari tinglandi. 📄 Mazkur qabul davomida jismoniy va yuridik shaxslar marketpleysdagi narxlar, elektr energiyasi va gaz normalari masalalari hamda savdo sohasidagi kamchiliklar to‘g‘risida o‘zlarining murojaatlarini yo‘lladilar. ℹ️ Ushbu sayyor qabul o‘tkazilishidan maqsad fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqot qilish, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish va faoliyat yuritishda amaliy ko‘mak berish va ularni qiynab kelayotgan yoki yechimini topmayotgan muammolarini o‘rganish hamda ularni o‘z vaqtida hal qilish. 🌀 Qabul davomida 20 dan ortiq murojaatlari tinglandi. Jumladan, 10 ga yaqin tadbirkorlardan qilingan murojaatlar yuzasidan "JIZZAX SEMENT PLANT" MCHJ vakili sement bozorida maommolar mavjudligi sabab bozorni erkinlashtirish, "DO‘STLIKDONMAHSULOTLARI" AJ vakili un maxsulotlarini birjada sotilish yuzasidan. Fuqarolardan, F.Xoliqovaning xususiy bog'cha faoliyati, X.Suyarovning oilaviy korxona infratuzilmasi bo'yicha murojaatlari eshitildi va ularning yechimi bo‘yicha aniq choralar va ijrochilar belgilab olindi. Kanalga ulanish 🔝 https://t.me/RaqobatGovUz 🖼️ website | 💬 facebook | 💬 telegram | 📺 youtube | 📷 instagram | 🤖 twitter
Показати все...
#Infografika 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-sonli qarori bilan "Tovar yoki moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining ustun mavqeyini yoki ustun muzokara kuchini aniqlash va e’tirof etish tartibi to‘g‘risida"gi Nizom tasdiqlandi. 🤔 Tovar yoki moliya bozorida quyidagilar ustun mavqe deb e’tirof etiladi: 🔘agar xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining raqobatchilari mavjud bo‘lmasa; 🔘 agar xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining bozordagi ulushi 40 foizni va undan ortiqni tashkil etsa; 🔘 agar xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi tabiiy monopoliya subyekti deb e’tirof etilsa. 📊 Batafsil infografikada 🔝 Qaror bilan tanishish Kanalga ulanish 🔝 https://t.me/RaqobatGovUz 🖼️ website | 💬 facebook | 💬 telegram | 📺 youtube | 📷 instagram | 🤖 twitter
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
📈 BOZORLARDA RAQOBATNING KUCHAYISHI SIFATNI OSHIRADI 🇺🇿 2024-yil 1-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. ➡️ Xo‘sh, mazkur qarorning zarur jihatlari nimadan iborat? 🏬 Raqobat qo‘mitasi mutaxassisi Avazbek Yusupov bilan ochiq muloqot. 🌐 "UZA" O‘zbekiston Milliy axborot agentligi 🔝Batafsil Kanalga ulanish 🔝 https://t.me/RaqobatGovUz 🖼️ website | 💬 facebook | 💬 telegram | 📺 youtube | 📷 instagram | 🤖 twitter
Показати все...
#xalqaro_hamkorlik 🇺🇿🇰🇷 Joriy yilning 14-may kuni Raqobat qo‘mitasi hamda Chongbuk Milliy universiteti Xalqaro taraqqiyot instituti (IDI) vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. ✍️ Uchrashuvda Koreya xalqaro hamkorlik agentligining (KOICA) moliyaviy ko‘magi doirasida “O‘zbekistonda innovatsion mahsulot sifati menejmentini yo‘lga qo‘yish” loyihasini amalga oshirishning keyingi bosqichlari yuzasidan Raqobat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A.Qayumov va Chungbuk universiteti Xalqaro taraqqiyot instituti direktori o‘rinbosari A-Suk Jeonglarning muzokaralari olib borildi. 🔝Batafsil _________ 🇺🇿🇰🇷 14 мая 2024 года состоялась встреча Комитета по развитию конкуренции и защите прав потребителей Республики Узбекистан с Институтом международного развития (IDI) при Чонбукском национальном университете. ✍️ В ходе сессии ключевые обсуждения касались продвижения этапов проекта "Создание инновационной системы управления качеством продукции в Узбекистане". Доклады представили заместитель председателя Комитета по конкуренции А.Каюмов, и заместитель директора Института международного развития Университета Чунгбук А-Сук Чжон. 🔝Подробнее ____________ 🇺🇿🇰🇷 On May 14th 2024, the Competition Committee teamed up with the International Development Institute (IDI) at Chungbuk National University for a strategic meeting. ✍️ During the session, key discussions revolved around advancing stages of the “Establishment of innovative product quality management in Uzbekistan” project. Notable presentations were delivered by A.Qayumov, Deputy Chairman of the Competition Committee, and A-Suk Jeong, Vice Director, Institute for International Development of Chungbuk University. 🔝Read more Kanalga ulanish 🔝 https://t.me/RaqobatGovUz 🖼️ website | 💬 facebook | 💬 telegram | 📺 youtube | 📷 instagram | 🤖 twitter
Показати все...
📝 Hamkorlik to’g’risidagi memorandum 🔝 Raqobat qo'mitasi hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o’rtasida Hamkorlik to’g’risidagi memorandum imzolandi. ⌛ Hamkorlikdan asosiy maqsad 🤔 Raqobat siyosati sohasida ilmiy-amaliy tadqiqotlar va loyihalarni amalga oshirish, davlat boshqaruvi uchun institutsional innovatsiyalar ishlab chiqish tizimini yaratish, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, rivojlantirish, talabalarning nazariy va amaliy tayyorgarligi o‘rtasida o‘zaro aloqani ta’minlash, inson resurslarini samarali boshqarishning zamonaviy tizimlari asosida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash va ular bilan ishlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish iborat. ✅ Mazkur uchrashuv davomida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini kafedra filiallarini Qo‘mitada tashkil etish hamda Universitetining malakali professor-o‘qituvchilarini jalb qilish orqali iqtisodiyot sohasida yetuk malakali mutaxassislarni tayyorlash, bilim va amaliy ko’nikmalarni shakllantirish taklifi berildi. Shu bilan birga, hayot va ish amaliyotida chiniqib yetishib chiqqan yetuk malakali mutaxassislarni tanlov asosida ishga jalb etish masalalari muhokama qilindi. Kanalga ulanish 🔝 https://t.me/RaqobatGovUz 🖼️ website | 💬 facebook | 💬 telegram | 📺 youtube | 📷 instagram | 🤖 twitter
Показати все...
Перейти до архіву дописів