Toshkent viloyati statistika boshqarmasi
Відкрити в Telegram
🏢 Toshkent viloyati statistika boshqarmasi Axborot xizmati 📍Manzil: 100198, Toshkent shahar, Mirobod tumani, Yangi Qo'yliq ko'chasi, 2-uy. 📲web-sayt: https://toshvilstat.uz/ 📲Facebook: https://www.facebook.com/toshvilstat.uz 📞 +998 (71) 203 44 22
Показати більше586
Підписники
-124 години
-57 днів
-1130 днів
Триває завантаження даних...
Схожі канали
Хмара тегів
Немає даних
Виникли проблеми? Будь ласка, оновіть сторінку або зверніться до нашого support-менеджера.
Вхідні та вихідні згадування
---
---
---
---
---
---
Залучення підписників
вересень '26
вересень '260
в 0 каналах
серпень '26
+8
в 5 каналах
Get PRO
липень '26
+11
в 10 каналах
Get PRO
червень '26
+10
в 9 каналах
Get PRO
травень '26
+11
в 12 каналах
Get PRO
квітень '26
+6
в 10 каналах
Get PRO
березень '26
+11
в 0 каналах
Get PRO
лютий '26
+15
в 4 каналах
Get PRO
січень '26
+53
в 14 каналах
Get PRO
грудень '25
+11
в 16 каналах
Get PRO
листопад '25
+7
в 12 каналах
Get PRO
жовтень '25
+8
в 5 каналах
Get PRO
вересень '25
+12
в 14 каналах
Get PRO
серпень '25
+22
в 15 каналах
Get PRO
липень '25
+76
в 7 каналах
Get PRO
червень '25
+4
в 11 каналах
Get PRO
травень '25
+5
в 0 каналах
Get PRO
квітень '25
+1 097
в 21 каналах
Get PRO
березень '25
+12
в 5 каналах
Get PRO
лютий '25
+16
в 11 каналах
Get PRO
січень '25
+10
в 9 каналах
Get PRO
грудень '24
+16
в 11 каналах
Get PRO
листопад '24
+16
в 14 каналах
Get PRO
жовтень '24
+12
в 14 каналах
Get PRO
вересень '24
+11
в 8 каналах
Get PRO
серпень '24
+15
в 14 каналах
Get PRO
липень '24
+118
в 7 каналах
Get PRO
червень '24
+156
в 7 каналах
Get PRO
травень '24
+21
в 7 каналах
Get PRO
квітень '24
+178
в 3 каналах
Get PRO
березень '24
+26
в 12 каналах
Get PRO
лютий '24
+29
в 8 каналах
Get PRO
січень '24
+41
в 20 каналах
Get PRO
грудень '23
+44
в 15 каналах
Get PRO
листопад '23
+17
в 25 каналах
Get PRO
жовтень '23
+18
в 12 каналах
Get PRO
вересень '23
+12
в 0 каналах
Get PRO
серпень '23
+17
в 0 каналах
Get PRO
липень '23
+20
в 0 каналах
Get PRO
червень '23
+11
в 0 каналах
Get PRO
травень '23
+11
в 0 каналах
Get PRO
квітень '23
+4
в 0 каналах
Get PRO
березень '23
+21
в 0 каналах
Get PRO
лютий '230
в 0 каналах
Get PRO
січень '230
в 0 каналах
Get PRO
грудень '220
в 0 каналах
Get PRO
листопад '220
в 0 каналах
Get PRO
жовтень '220
в 0 каналах
Get PRO
вересень '220
в 0 каналах
Get PRO
серпень '220
в 0 каналах
Get PRO
липень '220
в 0 каналах
Get PRO
червень '220
в 0 каналах
Get PRO
травень '220
в 0 каналах
Get PRO
квітень '220
в 0 каналах
Get PRO
березень '220
в 0 каналах
Get PRO
лютий '220
в 0 каналах
Get PRO
січень '220
в 0 каналах
Get PRO
грудень '210
в 0 каналах
Get PRO
листопад '210
в 0 каналах
Get PRO
жовтень '210
в 0 каналах
Get PRO
вересень '210
в 0 каналах
Get PRO
серпень '210
в 0 каналах
Get PRO
липень '210
в 0 каналах
Get PRO
червень '210
в 0 каналах
Get PRO
травень '21
+212
в 0 каналах
| Дата | Залучення підписників | Згадування | Канали | |
| 03 вересня | 0 | |||
| 02 вересня | 0 | |||
| 01 вересня | 0 |
Дописи каналу
| 2 | Qaysi hududda aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi eng yuqori?
📊 2026- yilning yanvar–iyun oylarida Toshkent viloyatida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining hajmi 14 398,7 ming so‘mni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich 2025- yilning mos davriga nisbatan 14,3 % ga oshgan.
📊 Hududlar kesimida:
▪️Nurafshon shahar – 10,4 mln so‘m
▪️Olmaliq shahar – 8,4 mln so‘m
▪️Angren shahar – 6,2 mln so‘m
▪️ Bekobod shahar – 7,5 mln so‘m
▪️Ohangaron shahar – 9,5 mln so‘m
▪️Chirchiq shahar – 8 mln so‘m
▪️Yangiyo‘l shahar – 8,7 mln so‘m
▪️Oqqo‘rg‘on tumani – 4 mln so‘m
▪️Ohangaron tumani – 2,4 mln so‘m
▪️Bekobod tumani – 3 mln so‘m
▪️Bo‘stonliq tumani – 6,5 mln so‘m
▪️Bo‘ka tumani – 3,6 mln so‘m
▪️Quyi Chirchiq tumani – 3,3 mln so‘m
▪️Zangiota tumani – 10 mln so‘m
▪️Yuqori Chirchiq tumani – 5,3 mln so‘m
▪️Qibray tumani – 8,2 mln so‘m
▪️Parkent tumani – 3,8 mln so‘m
▪️Piskent tumani – 2,7 mln so‘m
▪️O‘rta Chirchiq tumani – 4,2 mln so‘m
▪️Chi | 64 |
| 3 | #Studiya_tok_shou24 | 03.09.2026
Milliy statistika: aniq raqamlar, ochiq ma’lumotlar va strategik islohotlar
mtrk.uz| Instagram | Youtube | Facebook | Telegram |X (twitter) | 63 |
| 4 | Yig‘ilishda mahalla bankirlari va hokim yordamchilarining loyihalar bilan ishlash ko‘nikmalari tanqidiy baholandi.
Ularning aksariyati kimga kredit kerakligi, qaysi loyihani lizing, faktoring, kafolat, sug‘urta, aylanma mablag‘ yoki shartnoma asosida moliyalashtirish mumkinligini tushunmasligi qayd etildi.
Bankirlar va hokim yordamchilari loyiha tayyorlashdan oldin hamon “Garovi bormi?” degan savolni qo‘yayotgani tanqid qilindi.
Tadbirkorlarga kredit ajratishda byurokratik to‘siqlar saqlanib qolayotgani, kreditni qaytarish grafiklari esa biznes turiga moslashtirilmagani ko‘rsatib o‘tildi.
Kreditlarni qaytarish muddatlarini dehqonchilik, savdo va boshqa biznes yo‘nalishlarining o‘ziga xos xususiyatlariga moslashtirish zarurligi ta’kidlandi.
Oilaviy va yoshlar tadbirkorligi bo‘yicha imtiyozli kredit resurslarini boshqarish vakolati tuman shtablariga o‘tkazilishi belgilandi.
Facebook|Instagram|X | 46 |
| 5 | Xorazm misolidagi tahlillar barcha viloyatlarga taalluqli ekani qayd etilib, kambag‘allik bilan ishlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinishi belgilandi.
Mazkur tizimga muvofiq, “mahalla yettiligi” uchun mas’ul rahbarlar, viloyat va tuman hokimlari hamda banklar kuchaytirilgan ish rejimiga o‘tadi.
Har bir viloyat va tumanda hokim boshchiligida shtablar tashkil etiladi.
Banklar va bandlikka ko‘maklashish idoralari ushbu shtablarga joylardagi masalalarni hal etishga ko‘maklashadi.
Viloyat, tuman va shahar hokimlari butun iqtisodiy kompleks bilan haftada uch kun faqat kambag‘allik va bandlik masalalari bilan shug‘ullanadi.
Facebook|Instagram|X | 32 |
| 6 | Xorazmda o‘rganilgan kambag‘al oilalarda 48 ming nafar bola borligi qayd etildi.
Biroq mas’ullarda ushbu yoshlar bilan alohida shug‘ullanish va ularni hozirdan kasb-hunarga jalb etish bo‘yicha maxsus dastur mavjud emas.
Viloyatning har bir tumanida kamida 1-2 tadan texnikum va 4-5 tadan o‘quv markazi faoliyat yuritayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Yoshlar yetakchilari, hokim yordamchilari va xotin-qizlar faollariga maktab, texnikum va o‘quv markazlarida kambag‘al oilalar farzandlari uchun qo‘shimcha to‘garaklar tashkil etish vazifasi belgilandi.
Xorazmda kambag‘al oilalardagi 10 mingdan ziyod ayol bola parvarishi bilan band. Bunday oilalar farzandlarining bog‘cha qamrovi 75 foizga ham yetmasligi ko‘rsatib o‘tildi.
646 nafar kollej o‘quvchisi hamda oliygoh talabasining hududdagi yangi loyihalardan kelib chiqib, dual ta’lim asosida kasbiy ko‘nikmalarini oshirish imkoniyati bor.
Shuningdek, kambag‘al oilalardagi pensiya yoshidagi va nogironligi bo‘lgan 526 nafar insonga ijtimoiy yordamni kuchaytirish orqali parvarish bilan band oila a’zolariga daromadli mehnat bilan shug‘ullanish uchun imkoniyat yaratish mumkinligi ta’kidlandi.
Facebook|Instagram|X | 23 |
| 7 | Prezidentimiz topshirig‘iga ko‘ra, iqtisodiy kompleksning barcha rahbarlari Xorazmda qolib, kambag‘allik bilan ishlash tizimini o‘zgartirish bo‘yicha tahlil o‘tkazdi.
Ikki hafta davomida viloyatdagi 81 ming kambag‘al aholi, ya’ni 19 ming oilaning holati o‘rganildi. Ushbu oilalarda 12 ming ishsiz va 10 ming daromadi past aholi borligi aniqlandi.
Ayni paytda Xorazmdagi tadbirkorlar qurilish sohasiga 4 ming, xizmatlar sohasiga 3 ming va sanoatga 2,5 ming ishchi izlamoqda.
Mas’ullarga ishsiz va kam daromadli aholini korxonalar talabi asosida kasbga o‘qitib, ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini ishga solish vazifasi qo‘yildi.
Mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va kasbga tayyorlash imkoniyatlaridan foydalanish orqali kambag‘al oilalardagi 10-15 ming nafar aholi daromadini oshirish mumkinligi qayd etildi.
Facebook|Instagram|X | 18 |
| 8 | Davlatimiz rahbari ayrim hudud rahbarlari qo‘lidagi tayyor resurslardan samarali foydalanib, odamlarni ishli qilishga bilimi yoki toqati yetmayotganini tanqid qildi.
Ular zamonaviy iqtisodiyotdagi tebranishlar va tezkor o‘zgarishlarni to‘g‘ri anglamayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Hududlarda so‘nggi bir yilda tashkil qilingan 86 ming kichik korxonadan 15 mingtasi, ya’ni 17 foizi faoliyatini to‘xtatgan.
Bankdan kredit olib, biznesini yurgiza olmagan 62 ming aholi kreditni qaytarishga qiynalayotgani qayd etildi.
Buning sababi sifatida atigi 1 mingta mahalladagi hokim yordamchisi va mahalla bankiri “loyihaviy yondashuv” asosida ishlashni bilishi ko‘rsatildi.
Facebook|Instagram|X | 22 |
| 9 | Yig‘ilishda ajratilgan kredit resurslarining natijadorligi tumanlar kesimida qiyosiy tahlil qilindi.
O‘tgan davrda Sharof Rashidov va Qarshi tumanlariga bir xil – 2 trillion 300 milliard so‘mdan kredit resursi berilgan.
Sharof Rashidov tumanida ushbu mablag‘ hisobidan 30 ming aholi kambag‘allikdan chiqarilgan bo‘lib, bir kishiga o‘rtacha 78 million so‘m to‘g‘ri kelgan. Qarshi tumanida esa 13 ming ehtiyojmandning sharoiti yaxshilanib, bir kishiga o‘rtacha 176 million so‘m sarflangan.
Qamashi va Piskent tumanlariga 1 trillion 100 milliard so‘mdan kredit berilgan. Qamashida 28 ming, Piskentda esa atigi 4,5 ming kambag‘al aholi bu toifadan chiqarilgan.
G‘uzor, Nishon, Muborak, Yangiqo‘rg‘on, Toyloq, Boysun, Oltinsoy, Bandixon, Beshariq, Farg‘ona tumanlari hamda Nurafshon, Bekobod va Yangiyo‘l shaharlarida ham shunday holat kuzatilayotgani aytildi.
Piskentda har bir odamni kambag‘allikdan chiqarishga 250 million so‘m kredit to‘g‘ri kelayotgani aytildi. Vaholanki, boshqa hududda shuncha pulga sanoatda yuqori daromadli doimiy ish o‘rni yaratilayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Facebook|Instagram|X | 22 |
| 10 | Yig‘ilishda joylarda natija bo‘lmayotganining asosiy sabablari tahlil qilindi.
“Mahalla yettiligi” uchun mas’ul rahbarlar viloyat, tuman, shahar va mahalladagi xodimlarga qabul qilingan qarorlarni qanday ijro etish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar bermayotgani qayd etildi.
Ayrim rahbarlar yaratilgan sharoitlardan to‘g‘ri foydalanish va “yettilik” faoliyatiga xolis baho berishni bilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Tuman va mahallada kambag‘allik hamda ishsizlikka mas’ul xodimlarda hadik borligi, hech kim mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishni istamayotgani tanqid qilindi.
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha 50 yillik tajribaga ega Xitoy ham zamon talabidan kelib chiqib, quyi tizimga doimiy ravishda aniq ko‘rsatmalar berib borishi ta’kidlandi.
– O‘tgan uch yilda mahallalardagi tadbirkorlik loyihalariga 314 trillion so‘m resurs ajratildi. Lekin kreditlarning kambag‘allikni qisqartirishga ta’siri barcha tumanda birdek sezilmayapti,
– dedi davlatimiz rahbari.
Facebook|Instagram|X | 23 |
| 11 | Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi.
Yil boshida respublikada kambag‘allik darajasi 5,8 foizga tushib, ehtiyojmand aholi soni 2 million 200 ming nafar edi. Hozir bu ko‘rsatkich 1,5 million nafarni tashkil etmoqda.
Ishni to‘g‘ri tashkil qilgan 49 ta tuman va 3 ming 429 ta mahalla ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylanayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Ayni paytda qolgan 159 ta tuman va shahar hamda 5 ming 536 ta mahalladagi mas’ullar faoliyatida natija yetarli emasligi tanqid qilindi.
Davlatimiz rahbari barcha hududlarga bir xil vakolat, resurs va imkoniyat berilganini ta’kidlab, ulardan samarali foydalanish zarurligini qayd etdi.
Facebook|Instagram|X | 22 |
| 12 | CHIRCHIQ AHOLISI 180 MINGGA YAQINLASHDI
📊 2026-yil 1-iyul holatiga Chirchiq shahrida doimiy aholi soni 179 631 kishini tashkil etdi.
👥Shundan:
🔸Erkaklar—88580kishi
🔸 Ayollar — 91 051 kishi
✳️Yil boshidan buyon shaharda 1 238 ta chaqaloq dunyoga keldi.
✴️ Vafot etganlar — 501 kishi
💍Nikohlar—358 ta
💔 Ajrimlar — 174 ta
✅ Rasmiy sahifalar:
| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube | 51 |
| 13 | 🏗 Toshkent viloyatida eng ko‘p qurilish ishlari qaysi hududda amalga oshirilgan?
✅ 2026-yilning yanvar–iyul oylarida Toshkent viloyatida jami 21,1 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.
📈 Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 114,3 % ni tashkil etdi.
📊Shaharlar:
• Nurafshon — 793,8 mlrd so‘m
• Olmaliq — 1 123,5 mlrd so‘m
• Angren — 300,5 mlrd so‘m
• Bekobod— 324,9 mlrd so‘m
• Ohangaron — 299,2 mlrd so‘m
• Chirchiq — 1 560,7 mlrd so‘m
• Yangiyo‘l — 327,1 mlrd so‘m
📊Tumanlar:
• Oqqo‘rg‘on — 702,7 mlrd so‘m
• Ohangaron — 461,6 mlrd so‘m
• Bekobod — 234,6 mlrd so‘m
• Bo‘stonliq — 1 371,3 mlrd so‘m
• Bo‘ka — 202,3 mlrd so‘m
• Quyi Chirchiq — 923,4 mlrd so‘m
• Zangiota — 945,0 mlrd so‘m
• Yuqori Chirchiq — 1 208,3 mlrd so‘m
• Qibray — 1 954,2 mlrd so‘m
• Parkent — 395,0 mlrd so‘m
• Piskent — 284,3 mlrd so‘m
• O‘rta Chirchiq — 534,9 mlrd so‘m
• Chinoz — 304,3 mlrd so‘m
• Yangiyo‘l — 1 200,0 mlrd so‘m
• Toshkent — 1 670,3 mlrd so‘m
• Yashirin iqtisodiyot — 3 958,0 mlrd so‘m | 61 |
| 14 | https://youtu.be/qNlwIhWLAzM | 1 |
| 15 | https://youtu.be/lv9GM-GORQA | 85 |
| 16 | https://youtu.be/3_Xzi47EUuc | 82 |
| 17 | Миллий статистикада маълумотларни бошқаришнинг янги модели жорий этилади
Президент Шавкат Мирзиёев аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш якунлари ҳамда миллий статистика тизимида ислоҳотларни жадаллаштиришга қаратилган таклифлар тақдимоти билан танишди.
Мамлакатимиз аҳолиси 1989 йилдан буён қарийб икки баробар, иқтисодиётимиз эса сўнгги саккиз йилда икки карра ўсди. Бундай ўзгаришлар аҳоли таркиби, яшаш манзиллари, ер ресурслари, қишлоқ хўжалиги ҳамда озиқ-овқат манбалари тўғрисида аниқ ва ишончли маълумотларга бўлган эҳтиёжни оширди.
Шу мақсадда жорий йилда ўтказилган аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш натижалари бўйича ахборот берилди.
Дастлабки натижаларга кўра, юртимизда доимий аҳоли сони 39 миллион 47 минг нафарни ташкил этди. Амалдаги ҳисобда акс этмаган 810,6 минг нафар аҳолининг яшаш манзили ва ижтимоий мақомига аниқлик киритилди.
Амалдаги маълумотлар билан солиштирганда Жиззах вилояти аҳолиси 2,7 фоиз, Наманганда 1,3 фоиз, Сурхондарёда 0,9 фоиз ва Қашқадарёда 0,7 фоиз кам экани аниқланди. Бухоро вилоятида кўрсаткич деярли ўзгармаган, бошқа ҳудудларда эса ўсган. Хусусан, Тошкент тумани аҳолиси аввалги ҳисобга нисбатан 1,6 баробар кўп, Андижон шаҳрида эса 15,8 фоиз кам экани маълум бўлди.
Қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш натижасида ҳисобда акс этмаган 985,5 минг гектар ернинг чегараси ва тоифаси аниқлаштирилди. Шундан 789,5 минг гектари экин ерлари, 14,1 минг гектари иссиқхоналар, 75,3 минг гектари боғлар, 21,4 минг гектари токзорлар ва 85 минг гектари балиқчилик ҳавзаларига тўғри келади.
Жараёнларнинг рақамлаштирилгани ҳисобига рўйхатга олиш харажати аҳоли жон бошига 1,5 минг сўмдан ошмади. Бу МДҲ давлатларидаги кўрсаткичларга нисбатан 15 баробар кам. Интернет орқали рўйхатга олиш қамрови 82,3 фоизни ташкил этди. Барча жараёнлар 15 кунда якунланиб, Ўзбекистон рўйхатга олиш тезлиги бўйича дунёда иккинчи ўринни эгаллади.
Рўйхатга олиш натижалари асосида аҳоли ва қишлоқ хўжалигининг доимий янгиланиб борадиган статистик регистрлари шакллантирилади. Ижтимоий-иқтисодий ривожланиш дастурларига оид 100 та, қишлоқ хўжалиги ва экин майдонларига доир 50 та кўрсаткич янгиланади. Шунингдек, 2017-2025 йиллар учун миллий ҳисоблар кўрсаткичлари қайта баҳоланади.
Тақдимотда иқтисодий фаолиятни тўлиқ статистик ҳисобга олиш масалаларига алоҳида эътибор қаратилди. Бугунги кунда кузатилмайдиган иқтисодиёт улуши 23 фоизни ёки 246 триллион сўмни ташкил этмоқда. Қишлоқ хўжалигида умумий айланманинг 60 фоизи ушбу сектор ҳиссасига тўғри келади.
Меҳнат билан банд бўлган 15,2 миллион аҳолининг 6,5 миллиони ёки 42 фоизининг даромадлари расмий ҳисобда тўлиқ акс этмаяпти. Рўйхатдан ўтган кўплаб кичик ва ўрта бизнес субъектлари амалда ишламайди ёки фаолиятини тўхтатган.
Мазкур ҳолат ҳалол ишлаётган ва солиқ мажбуриятларини тўлиқ бажараётган корхоналар учун носоғлом рақобат муҳитини юзага келтирмоқда. Ҳар 4-5 сўмлик иқтисодий айланманинг 1 сўми расмий статистика эътиборидан четда қолмоқда. Ушбу фаолиятни тартибга солиш бюджетга қўшимча ўнлаб триллион сўм тушум таъминлаш ва келгусида солиқ юкини камайтириш имконини беради.
Шу муносабат билан жорий йилнинг 15 октябридан 30 ноябрига қадар бизнесни рўйхатга олиш тадбирини ўтказиш таклифи маъқулланди. Унинг доирасида мамлакатда фаолият юритаётган барча иқтисодий бирликлар хатловдан ўтказилиб, субъектларнинг ҳолати, таркиби ва иқтисодиёт тармоқлари бўйича тақсимотига аниқлик киритилади. Корхона ва ташкилотлар тўғрисидаги статистик регистрлар янгиланиб, танланма кузатувлар учун ишончли асос яратилади.
Миллий статистика тизимини 2030 йилгача ривожлантириш бўйича режалар ҳам кўриб чиқилди. Тадбиркорлар тақдим этадиган ҳисобот юкини 20 фоизга қисқартириш, маъмурий ва муқобил маълумотлар манбалари сонини 1,7 баробар ошириш, уларга ишлов бериш вақтини 20 фоизга ва харажатларни 25 фоизга камайтириш мақсад қилинган.
Маълумотларни бошқариш бўйича ягона ёндашувни шакллантириш мақсадида вазирлик ва идоралар иштирокида Маълумотларни бошқариш комиссиясини ташкил этиш таклиф қилинди.
Батафсил: https://president.uz/uz/lists/view/9573 | 89 |
| 18 | Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish yakunlari hamda milliy statistika tizimida islohotlarni jadallashtirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией итогов переписи населения и сельского хозяйства, а также предложений по ускорению реформ в национальной статистической системе.
#Mirziyoyev #taqdimot #statistika #ruyxatgaolish
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 65 |
| 19 | ✅Toshkent viloyatining qaysi hududida sanoat korxonalari ko‘proq joylashgan?
2026-yil 1-avgust holatiga Toshkent viloyatida jami 7 458 ta faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonasi mavjud.
Shundan 7 302 tasi kichik biznes subyektlariga to‘g‘ri keladi.
📍 HUDUDLAR KESIMIDA:
· Zangiota tumani — 1 052 ta
· Toshkent tumani — 690 ta
· Qibray tumani — 610 ta
· Parkent tumani — 536 ta
· Chirchiq shahri — 476 ta
· Yuqorichirchiq tumani — 455 ta
· Yangiyo‘l tumani — 387 ta
· Angren shahri — 361 ta
· O‘rtachirchiq tumani — 348 ta
· Olmaliq shahri — 274 ta
· Ohangaron tumani — 273 ta
· Quyichirchiq tumani — 2580 ta
· Bo‘stonliq tumani — 224 ta
· Yangiyo‘l shahri — 215 ta
· Chinoz tumani — 196 ta
· Nurafshon shahri — 191 ta
· Ohangaron shahri — 172 ta
· Bekobod tumani — 179 ta
· Oqqo‘rg‘on tumani — 155 ta
· Bekobod shahri — 150 ta
· Pskent tumani — 139 ta
· Bo‘ka tumani — 117 ta | 109 |
| 20 | 🇺🇿 1-SENTYABR — O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MUSTAQILLIGINING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN!
🎉 Aziz yurtdoshlar!
Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
Mustaqillik — xalqimizning bebaho qadriyati, erkin va farovon hayotimizning mustahkam poydevoridir.
Yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi va Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi ezgu ishlarimiz bardavom bo‘lsin!
🌿 Har bir xonadonga fayz-u baraka, qalblarga quvonch va ezgu niyatlar hamroh bo‘lsin. Yurtimiz doimo tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz farovon bo‘lsin!
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! 🇺🇿
Hurmat bilan,
Toshkent viloyati statistika boshqarmasi jamoasi | 115 |
