cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Mashqlar daftaridan.

Більше
Узбекистан79 258Мова не вказанаКатегорія не вказана
Рекламні дописи
153
Підписники
Немає даних24 години
Немає даних7 днів
Немає даних30 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

#sevilgan ✍ Mansur Nazarov 🎙Dilnoza Umarovna 🍂🍂🍂🍂🍂🍂🍂🍂🍂🍂🍂 @samo_oshnolari🌚
Показати все...
"Ko'rmapsiz"|Mansur Nazarov(1).mp32.43 MB
Atirgulning bargi sarg'aydi, Ochilmagan maktub yonida. Bir gul meni qattiq qarg'aydi, So'nggi yaproq to'kkan onida. Bir qush edim ahdida turmas, Gullar meni mangu qarg'aydi. Men dallini qarg'ish ham urmas, Atirgulning bargi sarg'aydi...
Показати все...
Показати все...

📹 Михаил Булгаковнинг «Итюрак» романидаги бош персонаж П. П. Шариковга бахшида... Феруз НЕЪМАТУЛЛАЕВ Ўқиди:Шаҳбоз Файзуллаев П.П.ШАРИКОВ Акилласа итлар дард ёзиб, Алҳонига поймона тўлди. Шўрлик қисмат бўлди овоза, Мен ит бўлдим... Туғилдим... Ўлдим... Ғийбат авждир, тўлишган ой - шам, Дахшат тутар оқшомни гоҳи. Сув - кўзимга қуйиладир ғам, Инсонпарвар ўтли нигоҳим. Ўтган ўтди, улимадим ҳеч, Мушукларга алданмадим ҳам. Отиб ташланг бўлмасидан кеч, МЕН - ит бўлиб туғилган одам. Танҳо эдим, қисматим енгди, Соч-соқолдан тўйинар битлар. Мен ит бўлиб ўларман, энди, Одам бўлиб туғилар итлар. 2020 Феруз НЕЪМАТУЛЛАЕВ @Navoiy_ijodkorlar
Показати все...
Михаил_Булгаковнинг_«Итюрак»_романидаги_бош_персонаж_П_П_Шариковга.mp42.41 MB
* * * Бизни танлаганда ёрлар адашди Илкимиз тутганда хорлар адашди. Сўраб келсак бир кун молин берар деб Ўзимиз зормиз-у зорлар адашди. Кулбамизга аранг сиғар бошимиз Даргоҳи кенг дея торлар адашди. Даштда Ҳусайн каби ҳолимиз хароб Бизлар миниб келган норлар адашди. Дунёсига келиб нима ҳам қилдик Биз телбамиз... эси борлар адашди. © Асқар Маҳкам
Показати все...
* * * * Toʻgʻrisi, men taroziga koʻp soldim Aslida qiymati kepak dunyoni Va shuni angladim: yashashdan oldin Puxta oʻzlashtirish kerak dunyoni. Anglashga urindim yetgancha qurbim, Ishqning hisobiga falsafa qurdim Qonmadim hech qaysi goʻzal yo hurdin Xullas, sevolmadim kesak dunyoni. Shaklim: ikki oyoq, ikki qoʻl, badan Umidvor turarkan mudom oʻljadan. Mitti jigʻildonim bilan oʻlchadim Nafsimning xoʻragi, yemak dunyoni. Lek har qanday mezon yoki xulosa Qani endi koʻnglimni toʻldirolsa Ipidan ignasiga qadar rosa Anglash mumkin emas demak dunyoni. ©️ Ximmatov @sheristonim @mansurnazarov
Показати все...
Ҳамма нарсани четлаб ўтиш мумкин, фақат вақтдан бошқа.
Показати все...
Iqror Bag'rimni ezmoqda zilday tosh, Bilmadim, yetgaymi qilday dosh? So'ramang, bu o'zi qanday tosh? Bilolning "tosh"ini ko'rmabsiz. Bu boshim og'riydi alamdan, Ne alam? So'ramang siz mandan, Kesilgan, tepilgan yo Hasan, Husanning boshini ko'rmabsiz. Bir kunlik dunyoni yil demang, Yiqitsa, sirotni qil demang, Eng uzun daryoni Nil demang, Ko'zlarim yoshini ko'rmabsiz. Bilmadim, yig'lashim ne sabab? Sog' odam yig'larmi besabab? Zartobut, bekafan, betaraf Fir'avn loshini ko'rmabsiz. Tavbali ashkimni xush ko'rdim, Bandalik ishqini ish ko'rdim, G'alvali ajrimni tush ko'rdim, Qaynagan doshini ko'rmabsiz. Bag'rimda toshlar bor zildayin, Har biri Mahmudi fildayin, O'tolmam, u ko'prik qildayin, Ul Yorning qoshini ko'rmabsiz. O'tolmam, u ko'prik qildayin...
Показати все...
Bo'sa Kel... Yomg'irda o'ynaymiz bir o'yin, Qo'lingdan uzilsin soyabon. Noayon hislarga ber bo'yin, Mana jon, qayna jon, hayajon... Kel! Axir, bu hech yomon o'yinmas, Xudoyim kechirgay adashsak. Osonroq yashash ham qiyinmas, Sanoqsiz xatolar, sanashsak. Kel, Bizlar o'zdanda tonganmiz, Gunohdan o'tmasa, netardik? Shusiz ham beayov yonganmiz, Olovga aylanib ketardik. Kel! Qara! Tomchilar charsillab, Visolni kuylagay - mo'jiza. Qoburg'am sinmoqda qarsillab, Boshidan yaralding ojiza... Kel. Dahri dun noraso, beto'zim, Bekorga qiynama o'zingni. Qutqarib olaman men o'zim, Shunchaki, yumib ol ko'zingni. Kel! Bugun o'ynaymiz bir o'yin, O'yna jon, qayna jon, hayajon...
Показати все...
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.