cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

.

Більше
Країна не вказанаМова не вказанаДіти та сім'я5 287
Рекламні дописи
862
Підписники
Немає даних24 години
-417 днів
-23630 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Yaxshilar, kanaldan chiqib ketinglar.
Показати все...
#bildirgi Ustozning yangi telegram manzillarini so'rayotganlar bo'lyapti. Avvalgi 10.000dan ko'p obunachisi bor kanallarini ma'lum sabablarga ko'ra yopdilar. Bu yangisi. Alloh taolo manfaatli qilsin.
Показати все...
Bismillah… Sahifaga ulanish: https://t.me/Yuldoshbek_Ibrohim
Показати все...

Фото недоступне
Мирзиёев Швецияда Қуръон ёқилишини қоралади Батафсил 👇👇👇 https://qalampir.uz/n/85436 Расмий саҳифаларимизга обуна бўлинг: RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
Показати все...
#kundalik Mana masalan siz, Emine Şenlikoğlu, Miraç Çağrı, Songül Unsal kabilarni qoldirmay o'qiysiz, ta'sirlanib yig'laysiz, satrlar ostiga ruchkangiz bilan chizasiz. Mutaxassisligingiz - islom ilmlari, arab tili. E'rob o'qisangiz, fe'ldan keyin jar o'qib, fe'ldan avval أن ni tashdid bilan o'qib yuraverasiz. O'zingiz falon joyning faloninchi kursida o'qiysiz. Ota-onangiz sizga har oy pul jo'natadi. Umidlari katta. Yuqorida sanaganlarimni turk tilida o'qiy olsangiz ham bir navi edi. Bu harakatlarning nomi - passiv dangasalik yoki o'z-o'zini yolg'ondan band qilish bo'lsa kerak. "O'qimayapsan!" degan vijdon xitobidan qochib kitob varaqlash. @qizingizzyozdi
Показати все...
  • Фото недоступне
  • Фото недоступне
  • Фото недоступне
  • Фото недоступне
  • Фото недоступне
  • Фото недоступне
Samarqand xalqaro aeroporti. O'zbekistondagi eng yaxshi, qulay, zamonaviy aeroport ekan. Xizmat ko'rsatish, namozxonalar, namozxonlar uchun tahorat olishga maxsus va alohida joylar. MashaAlloh. Alloh taolo barcha mutasaddi xodimlarning ajrlarini bersin. @qizingizzyozdi
Показати все...
  • Фото недоступне
  • Фото недоступне
  • Фото недоступне
#iqtibos Mеnimcha, bir-birimizni bilish uchun eng yaxshi vaqt - bu ayriliq oldi vaqtdir. Fyodor Dostoеvskiy P.S. Chunki odamlar to bir-birlaridan umidvor ekanlar: - asl yuzlarini; - ich-ichlarida saqlab yurganlari asl munosabatlarini; - haqingizda o'ylagan fikrlarini; - hurmatsizliklarini bayon qilolmaydilar. Ularni bundan manfaatlari to'sib turgan bo'ladi. Ortiq Sizdan foyda qolmaganini payqagach, "Yotib qolguncha, otib qol!", "Boshqa bunday imkon bo'lmaydi!" degandek, booor bug'zlarini* to'kib-sochadilar. Kishining asl xulqini qiyinchilik paytida bilib olsa bo'ladi, yo'qsa, "osh ustida hamma do'st". Eng achinarlisi, xunuk intiho - go'zal ibtidolarni yo'qqa chiqarib qo'yadi. Negaki, bir insonni xotirlaganingda nuqul oxirgi muomala, oxirgi so'zlar yodga tushaveradi. Balki shungadir, aqidada muhim [ balki asos] qoidalardan biri - "الأعمال بالخواتيم " Ishlar - oxiri bilan [e'tiborlidir]. Bir kishi do'zax ahli amalini qiladi, u bilan do'zax o'rtasida ozgina masofa qolganda jannat ahli amalini qiladi va jannatiy bo'ladi, yoki teskarisi. •Xotirada go'zal qolish uchun go'zal xayrlashish kerak. [Afsuski, buning hamma bilan ham imkoni yo'q.] •Kishilarni tanib olish uchun, manfaat uzilgan paytdagi xulqiga qarash kerak. ------- *bug'z [ ُالبُغْض] - rashk va adovatning aralashmasi. 01.07.2023, Samarqand @qizingizzyozdi
Показати все...
00:10
Відео недоступне
1.18 MB
#saviya Qurbon hayiti haqida qilingan ko'cha intervyusida bir yigitcha shunday deyapti: "Hayvonlarni so'yish - vahshiylik, nega so'yasizlar hayvoblarni? Ana, supermarketda to'la qo'y go'shti, tovuq go'shti, o'shandan sotib olishsin!' Azizlar, supermarketga go'sht osmondan tushadimi?
Показати все...
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.