cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filiali direktori, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori, dotsent Shikoyat, takliflar uchun - @samdukf_murojaat_bot

Більше
Рекламні дописи
1 343
Підписники
-724 години
-157 днів
-930 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

#YOSHLAR_kuni #SamDU_KF TALABALAR "QO‘RQMA"NI TOMOSHA QILISHDI SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida 30-iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan "Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida o‘tkazilayotgan tadbirlar doirasida filial faollar zalida ijodkor Javlon Jovliyevning "Qo‘rqma" asari asosida suratga olingan film namoyish qilindi. Milliy qadriyatlar, urf-odatlar va anʼanalarni targʻib qilish, yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida "Kino kechasi" uyushtirildi. Unda Filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori, taniqli yozuvchi Javlon Jovliyevning "Qoʻrqma" romani asosida suratga olingan "Qoʻrqma" hujjatli filmi namoyish etildi. Ushbu filmda "Muqimiy" drama teatrining taniqli aktyorlari tomonidan mahorat bilan ijro etilgan rollari asosida Sobiq sovet davrida Germaniyaning Berlin shahriga tahsil olish maqsadida borgan 70 nafar oʻzbekistonlik talaba-yoshlarning ogʻir tarzda  kechgan hayoti oq-qora manzaralarda tasvirlab beriladi.
Показати все...
👍 3
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Yoshlar_kuni #Tabriknoma QADRLI YOSHLAR, AZIZ TALABALAR! Sizlarni bugungi qutlug‘ sana — Yoshlar kuni bilan muborakbod etamiz! Bugun mamlakatimiz taraqqiyot yo'lida qanday buyuk maqsadlar qo'yilgan bo'lsa, bu eng avvalo, sizning beqiyos bilimingiz, g'ayrat va shijoatingizga umid bildirilgan holda belgilanmoqda! Albatta, bugun sizning aka-opalaringiz, ustozlaringiz ilm-ma'rifati, fidoyi xalqimizning donishmandligi bilan ona Vatanimiz turli sohalarda ravnaq topib bormoqda. Lekin, Yurtboshimiz bong urib aytganidek, O'zbekistonda Uchinchi Renessans poydevorini aynan siz kabi ajdodlarga munosib avlodlar barpo etajak! Buning uchun Siz, ko'zi yonib turgan farzandlarimiz uchun barcha sohada keng imkoniyatlar eshigi ochilganligi barchangizga ayon! Siz aziz yoshlarni yana bir bor bayram bilan tabriklaymiz! Yangi O'zbekistonimiz ravnaqi uchun ilg'or tashabbuslarni amalga oshirish, yuksak arinalarni zabt etish, biz ustozlar, hurmatli ota-onalaringizning iftixori bo'lishlaringizda muvaffaqiyat tilaymiz!
Показати все...
👍 2
#YOSHLAR_kuni #SamDU_KF DIPLOM KERAKMI, KERAK EMASMI? Avval xabar berganimizdek, SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida 30-iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan "Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida o‘tkazilayotgan tadbirlar doirasida Munozara intellektual o‘yini tashkil qilindi. Unda Yoshlari ttifoqi filial BT koordinatorlari, tyutorlardan iborat hakamlar hay'ati a'zolari nazorati ostida "Inkor" va "Tasdiq" jamoalari o‘rtasida "Inson risoladagidek, yaxshi yashashi uchun diplomga, ya'ni o‘rta va oliy ma'lumotga rasman ega bo‘lishi zarurmi yoki diplomsiz ham yaxshi turmush kechirishi mumkinmi?" mavzusida bahs olib borishdi. Yoshlar o‘zlarining fikrlari, qarashlarini bildirib, qizg‘in muloqot jarayonlariga guvoh bo‘lishdi.
Показати все...
👍 5
#YOSHLAR_kuni #SamDU_KF QIZLAR VOLEYBOLDA KUCH SINASHDI SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida 30-iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan "Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida o‘tkazilayotgan tadbirlar doirasida filial qizlari o‘rtasida voleybol bo‘yicha musobaqa tashkil qilindi. Jamoalar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada yoshlar o‘z epchilliklarini namoyon etishdi. G‘olib jamoalar aniqlandi.
Показати все...
👍 3
#YOSHLAR_kuni #SamDU_KF "ZAKOVAT"da qizg‘in bahs! SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida "Zakovat" intellektual o‘yini tashkil qilindi. Talabalarning keng dunyoqarashi va aqlan yetukligini namoyon qiluvchi "Zakovat" o‘yini filial Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti, tyutorlar tomonidan olib borildi. "Zakovat"da qatnashgan jamoalar orasidan g‘oliblar aniqlanib, taqdirlanadigan bo‘ldi.
Показати все...
👍 3🎉 2
00:17
Відео недоступнеДивитись в Telegram
30-iyun - Yoshlar kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bundan yetti yil avval — 2017-yil 30-iyunda respublika "Kamolot" qurultoyida ishtirok etgan va shu kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etilgan kun – 30-iyunni mamlakatimizda Yoshlar kuni deb e’lon qilish taklifi bilan chiqqan edi. Shundan buyon 30-iyun kuni yurtimizda "Yoshlar kuni" sifatida nishonlab kelinmoqda.
Показати все...
1.11 MB
🎉 3👍 2
#YOSHLAR_kuni #SamDU_KF YOSHLAR SHAXMATDA MAHORATINI KO‘RSATISHDI SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida shaxmat bo‘yicha musobaqa tashkil qilindi. Yoshlarning iqtidori, sergaklik va aqlan yetukligiga xizmat qiluvchi shaxmat o‘yini filial Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti, tyutorlar tomonidan nazorat qilib borildi. Musobaqa bo‘yicha g‘olib o‘g‘il-qiz talabalar aniqlandi.
Показати все...
👍 6🔥 1
#YOSHLAR_kuni #SamDU_KF Mini futbol bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida 30-iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan "Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida o‘tkazilayotgan tadbirlar doirasida mini futbol bo‘yicha musobaqa tashkil qilindi. O‘g‘il va qiz talabalar jamoalari o‘rtasida alohida-alohida o‘tkazilgan musobaqada yoshlar o‘z epchilliklarini namoyon etishdi. G‘olib jamoalar aniqlandi. 💢 A'zo bo'ling: t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov
Показати все...
Перейти до архіву дописів
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.