Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi
Відкрити в Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari: 🗣 @gsbeuz Chat-BOX 💠 @gsbeuz_bot 🌐 www.gsbe.uz 🔵 fb.com/gsbe.uz 🔴 http://instagram.com/gsbe.uz 📞 +998 71 239 03 03
Показати більше5 485
Підписники
-124 години
+67 днів
-5130 днів
Архів дописів
🏠 Tadbirkorlikni elektron tijorat asosida rivojlantirish: tashqi bozorlarga Wildberries savdo platformasi orqali chiqish imkoniyatlari
🇺🇿 Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi “Wildberries” kompaniyasi bilan hamkorlikda elektron tijorat asosida tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amaliy seminar tashkil etmoqda.
Seminarning maqsadi elektron tijorat orqali kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga ko‘maklashish, mahalliy mahsulotlar sotuvini kengaytirish, yangi xorijiy bozorlarga chiqish hamda tadbirkorlarning eksport salohiyatini oshirishdan iborat.
Seminar doirasida quyidagilar ko‘zda tutilgan: ✔️marketpleysdagi ilk qadamlarni boshlash: ro‘yxatdan o‘tish, tovarni rasmiylashtirish, ilk buyurtmalar; ✔️tovarni xaridorlarga o‘z kuchi bilan yetkazib berish; ✔️O‘zbekiston tadbirkorlarini marketpleys orqali savdo qilishda qo‘llab-quvvatlash; ✔️tovarlar targ‘iboti va reklamasini yuritish; ✔️foyda keltiradigan va zararli tovarlar savdosining o‘ziga xos xususiyatlari; ✔️marketpleyslarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan sotuvchilar bilan tajriba almashish. Tadbirda ishtirok etish uchun taklif etiladilar: ✔️kichik va o‘rta biznes subyektlari; ✔️iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchilari; ✔️hunarmandlar; ✔️tarmoq birlashmalari; ✔️davlat tashkilotlari vakillari.📆2026-yil 16-sentyabr ⏰10:00 📍Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Yoshlar markazi binosi 📘Ro‘yxatdan o‘tish Ishtirok etish bepul. Joylar soni cheklangan. Oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. 🇷🇺 RU 🇬🇧 ENG #GSBE #GraduateSchool #Ecommerce #Study 🔝 Web-site |🔝Facebook | 🔝 Instagram | 🔝 Youtube
#OAV_biz_haqimizda #Axborot24
Обсуждены возможности электронной коммерции для выхода на внешние рынки
🔝 Web-site |🔝Facebook | 🔝 Instagram | 🔝 Youtube
#OAV_biz_haqimizda #Axborot24
O‘zbek mahsuloti jahon bozorida
🔝 Web-site |🔝Facebook | 🔝 Instagram | 🔝 Youtube
+4
O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida innovatsion tadbirkorlik sohasidagi aloqalar mustahkamlanmoqda.
2026-yil 9-11-sentabr kunlari Yaponiya kompaniyalarining 10 nafar vakilidan iborat Yaponiya ishbilarmon doiralari delegatsiyasi Oʻzbekistonga ish safari bilan tashrif buyurdi.
Delegatsiyaga Yaponiyaning Rossiya va yangi mustaqil davlatlar bilan savdo uyushmasi (ROTOBO) direktori oʻrinbosari doktor M. Vajima rahbarlik qildi. Tashrifning Oʻzbekiston tomonidan tashkilotchisi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi boʻldi.
ROTOBO Rossiya va yangi mustaqil davlatlar bozorlarida faoliyat yurituvchi Yaponiya kompaniyalari va tashkilotlarini birlashtiradi. Uyushmaning Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi bilan hamkorligi 2024-yildan buyon rivojlanib kelmoqda va innovatsion hamda “yashil” iqtisodiyot, tadbirkorlikni rivojlantirish va biznesning raqamli transformatsiyasi sohalaridagi qoʻshma loyihalarni qamrab oladi. Tashrifdan koʻzlangan maqsad oʻzbek va yapon tadbirkorlari oʻrtasida ishbilarmonlik aloqalarini oʻrnatish, Yaponiyaga eksportga yoʻnaltirilgan oziq-ovqat va toʻqimachilik tarmoqlarida hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish, shuningdek, mahalliy korxonalarning raqamli transformatsiyasiga koʻmaklashishdan iborat boʻldi. Mazkur sanoat yo‘nalishlari respublikamiz ishlab chiqaruvchilarining eksport salohiyati va Yaponiya bozorining mahsulot sifati, yetkazib berish barqarorligi va qadoqlash standartlariga qoʻyadigan talablarini hisobga olgan holda hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari sifatida belgilandi. Tashrifning ishbilarmonlik dasturi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib va yetakchi oziq-ovqat va tekstil korxonalarida uchrashuvlar o‘tkazildi. 10-sentabr kuni yaponiyalik ishbilarmonlar Samarqand viloyatida bo‘lib, yogʻ-moy mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “PET AGRO OIL” MCHJ faoliyati bilan tanishdi. 11-sentabr kuni xorijiy delegatsiya a’zolari tayyor toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “BEST COLOR TEXTILE” korxonasi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “FRESH FOOD PACK” MCHJga tashrif buyurdilar. Delegatsiya a’zolari ushbu korxonalarda ishlab chiqarish bilan tanishdilar va mahsulot sifati, ishlab chiqarish hajmi, eksportga tayyorlik va yapon hamkorlar bilan istiqbolli loyihalar masalalarida muzokaralar olib bordilar. Tashrif davomida Yaponiya delegatsiyasi bilan Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida uchrashuv tashkil etildi va Oliy biznes maktabi faoliyati va amalga oshirilayotgan loyihalari toʻgʻrisida taqdimot o‘tkazildi. Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tahlil markazi sifatida faoliyat yuritib, iqtisodiy tadqiqotlar natijalarini tarmoqlar va hududlarning amaliy vazifalarini hal etishga yoʻnaltiradi. O‘z navbatida yaponiya tomoniga elektron tijorat va startap ekotizimini rivojlantirish bilan bogʻliq yoʻnalishlarda olib borilayotgan loyihalar alohida taqdim etildi. Shu bilan birga, startaplarni qoʻllab-quvvatlash va innovatsion biznes modellarini gʻoyani dastlabki ishlab chiqishdan bozorga chiqishgacha joriy etish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida boʻlib oʻtgan yakunlovchi uchrashuvda hamkorlikning keyingi yoʻnalishlari muhokama qilindi. Ushbu tashrif Oʻzbekiston va Yaponiya ishbilarmon doiralari oʻrtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirishga, shuningdek, ikki mamlakat korxonalari oʻrtasida ishlab chiqarish va savdo sohasida barqaror aloqalarni shakllantirishga xizmat qiladi. 🇷🇺 RU 🇬🇧 ENG #GSBE #GraduateSchool #BusinessCooperation #ROTOBO 🔝 Web-site |🔝Facebook | 🔝 Instagram | 🔝 Youtube
Hududni rivojlantirishni ilmiy va tahliliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi direktori o‘rinbosari Baxrom Avazbaevich Xolboev Farg‘ona viloyatiga tashrifi doirasida Farg‘ona davlat texnika universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Davlyatov Shohruh Muratovich bilan uchrashdi.
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabiga Farg‘ona viloyati biriktirilgani, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ilmiy asoslash, investitsiya va tadbirkorlik loyihalarini tahliliy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha belgilangan vazifalar muhokama qilindi.
Shuningdek, mazkur vazifalarni amalga oshirishda Farg‘ona davlat texnika universitetining ilmiy-ta’lim va innovatsion salohiyatidan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Ayni paytda universitetda 20 mingdan ziyod talaba tahsil olib, zamonaviy o‘quv laboratoriyalari va raqamli ta’lim texnologiyalari joriy etilgan. Uchrashuvda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabiga mamlakatimiz kimyo sanoatini rivojlantirish yo‘nalishida «O‘zkimyosanoat» AJ biriktirilgani ham qayd etildi. Tarmoqni rivojlantirishni ilmiy asoslash va amaliy takliflar ishlab chiqishda universitetning ilmiy salohiyatidan foydalanish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.Uchrashuv yakunida Farg‘ona viloyati va kimyo sanoatini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot va tahliliy faoliyat doirasida o‘zaro hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi. 🇷🇺 RU 🇬🇧 ENG #GSBE #GraduateSchool #Innovation #Research 🔝 Web-site |🔝Facebook | 🔝 Instagram | 🔝 Youtube
Qaysi reklama kampaniyasining ROI ko‘rsatkichi yuqori❓
+9
🎓 Magistratura bitiruvchilariga diplomlar topshirildi!
🏛 2026-yil 9-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida magistratura bitiruvchilari uchun tantanali “Diplom topshirish marosimi” bo‘lib o‘tdi.
🤩 Marosim davomida bitiruvchilar uzoq yillik mehnat, izlanish va intilishlarining munosib natijasi - magistrlik diplomlarini qabul qilib oldilar.
Marosimda: - MBA Moliya - MBA Raqamli iqtisodiyot - MBA Agrobiznes - MBA Global menejment - MBA Kichik biznes va tadbirkorlik - MS Loyiha boshqaruvi mutaxassisliklari bitiruvchilari ishtirok etdilar.Tadbirda Oliy maktab rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, bitiruvchilarning yaqinlari va do‘stlari ishtirok etib, ushbu quvonchli kunni ular bilan birgalikda nishonladilar. Bu kun - katta mehnatning natijasi va yangi marralar sari qo‘yilgan muhim qadam! 🔔 Barcha bitiruvchilarimizni magistrlik darajasini muvaffaqiyatli tamomlaganlari bilan tabriklaymiz! Kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar va yangi yutuqlar tilaymiz! 🇷🇺 RU 🇬🇧 ENG #GSBE #GraduateSchool #GraduationCeremony #MasterDegree 🔝 Web-site |🔝Facebook | 🔝 Instagram | 🔝 Youtube
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
🏷️ Tadbirkorlikni elektron tijorat asosida rivojlantirish: tashqi bozorlarga Wildberries savdo platformasi orqali chiqish imkoniyatlari
🇺🇿 Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi “Wildberries” kompaniyasi bilan hamkorlikda elektron tijorat asosida tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amaliy seminar tashkil etmoqda.
Seminarning maqsadi elektron tijorat orqali kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga ko‘maklashish, mahalliy mahsulotlar sotuvini kengaytirish, yangi xorijiy bozorlarga chiqish hamda tadbirkorlarning eksport salohiyatini oshirishdan iborat.
Seminar doirasida quyidagilar ko‘zda tutilgan: ✔️marketpleysdagi ilk qadamlarni boshlash: ro‘yxatdan o‘tish, tovarni rasmiylashtirish, ilk buyurtmalar; ✔️tovarni xaridorlarga o‘z kuchi bilan yetkazib berish; ✔️O‘zbekiston tadbirkorlarini marketpleys orqali savdo qilishda qo‘llab-quvvatlash; ✔️tovarlar targ‘iboti va reklamasini yuritish; ✔️foyda keltiradigan va zararli tovarlar savdosining o‘ziga xos xususiyatlari; ✔️marketpleyslarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan sotuvchilar bilan tajriba almashish. Tadbirda ishtirok etish uchun taklif etiladilar: ✔️kichik va o‘rta biznes subyektlari; ✔️iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchilari; ✔️hunarmandlar; ✔️tarmoq birlashmalari; ✔️davlat tashkilotlari vakillari.🗓2026-yil 10-sentyabr ⏰️ 10:00 🤩Samarqand shahri, Ko‘ksaroy maydoni, 1-D bino 🤩Ro‘yxatdan o‘tish Ishtirok etish bepul. Joylar soni cheklangan. Oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. 🇷🇺 RU 🇬🇧 ENG #GSBE #GraduateSchool #Ecommerce #Study 🔝 Web-site |🔝Facebook | 🔝 Instagram | 🔝 Youtube
+9
Biznes forumda tadbirkorlar elektron tijorat asosida eksport savdosini kengaytirish masalalarini muhokama qildilar
🔘 2026-yil 8-sentyabr kuni Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida “Tadbirkorlikni elektron tijorat asosida rivojlantirish: tashqi bozorlarga Wildberries savdo platformasi orqali chiqish imkoniyatlari” mavzusida biznes muloqot formatidagi forum boʻlib oʻtdi.
〰️ Forum Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan Wildberries kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Unda tadbirkorlar, ishlab chiqaruvchilar, hunarmandlar, savdo kompaniyalari, shuningdek, Wildberries kompaniyasi ekspertlari va marketpleyslar soha mutaxassislaridan iborat jami 100 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashdilar.
Milliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini tashqi bozorlarga olib chiqish, birinchi navbatda, kichik biznes uchun ochiq boʻlgan yangi sotuv kanallarini talab etadi. Elektron tijorat mahalliy tadbirkorlarga xorijda savdo tarmogʻi yaratishga investitsiya kiritmasdan va logistikaga katta mablagʻ sarflamasdan xorijiy bozorlarga toʻgʻridan-toʻgʻri chiqish imkonini beradi. ➖ Respublika tumanlari uchun bu mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish, shuningdek, joylarda qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratish boʻyicha yangi imkoniyatlarni anglatadi. Bunda mahallada ishlab chiqarilgan mahsulotga talab tashqi bozorda shakllanadi, ishlab chiqarish, qadoqlash, buyurtmalarni topshirish punktlari va yetkazib berish sohasidagi bandlik esa saqlanib qoladi va yirik shaharlarga koʻchib oʻtishni talab etmaydi. Taʼkidlash joizki, elektron tijorat sotuvchilar ochiq raqobat olib boradigan ochiq bozor sifatida namoyon boʻladi. Bunday sharoitda natijani mahsulot sifati, yetkazib berish intizomi va maʼlumotlarga asoslangan sotuvlarni boshqarish belgilaydi. Forumda aynan shu masalalar koʻrib chiqildi. ➖ Forumning ochilishida jahon miqyosida elektron tijorat rivojlanishining hozirgi holati, Oʻzbekistonda elektron tijoratning rivojlanish tendensiyalari va istiqbollari koʻrib chiqildi. Mamlakat ichida ombor va logistika infratuzilmasini rivojlantirish zarurligiga eʼtibor qaratildi, bu yetkazib berish muddatlari va xarajatlarini qisqartirish uchun muhim sharoit yaratadi hamda oʻzbek mahsulotlarining xorijiy bozorlardagi raqobatbardoshligini oshiradi. ➖ Forumning amaliy qismi marketpleyslarda ishlashning toʻliq jarayonni qamrab oldi, jumladan, sotuvchini roʻyxatdan oʻtkazish va birinchi sotuvlarga erishish tartibi, sotuvchi kuchlari bilan yetkazib berish modellari, tovarni marketpleysda ilgari surish vositalari va reklama kampaniyalarini avtomatlashtirish, shuningdek, tovar pozitsiyalarining aylanuvchanligi va rentabelligi koʻrsatkichlari asosida xilma-xillikni boshqarish masalalari koʻrib chiqildi. Shu bilan birga, Wildberries marketpleysi tomonidan Oʻzbekistondagi ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan “Oʻsish platformasi” dasturi alohida taqdim etildi.🔴 Forum Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Wildberries kompaniyasining respublikaning barcha hududlarida oʻtkazilayotgan elektron tijorat sohasida kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshma tadbirlari turkumining oʻziga xos davomi boʻldi. 🇷🇺 RU 🇬🇧 ENG #GSBE #GraduateSchool #Ecommerce #Forum 🔝 Web-site |🔝Facebook | 🔝 Instagram | 🔝 Youtube
Yangi o‘quv yiliga qabul qilingan tinglovchilar diqqatiga!
🇺🇿 Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida yangi o‘quv yiliga qabul qilingan tinglovchilar uchun “Orientation Day" (Tanishuv kuni) bo‘lib o‘tadi.
📌 Ushbu tadbir yangi o‘quv yilini muvaffaqiyatli boshlashingiz uchun zarur ma’lumotlar va tavsiyalar berishga qaratilgan.
〰️ Tadbir dasturida: ☑️ Oliy maktab faoliyati, missiyasi va imkoniyatlari ☑️ Ta’lim yo‘nalishlari bilan tanishuv ☑️ Akademik jarayon: o‘quv rejasi, kredit-modul tizimi va baholash mezonlari ☑️ Tashkiliy jarayonlar va ichki tartib-qoidalar ☑️ Savol-javob🗓 Sana: 14-sentabr 🕦 Vaqti: 11:00 📍 Manzil: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi binosi, 5-qavat Yangi bilimlar, yangi imkoniyatlar va yangi marralar sari ilk qadamingizni biz bilan boshlang! —— Вниманию слушателей, принятых на новый учебный год! 🇺🇿 В Высшей школе бизнеса и предпринимательства для слушателей, принятых на новый учебный год, состоится «Orientation Day» (День знакомства). 📌 Мероприятие направлено на предоставление необходимой информации и рекомендаций для успешного начала нового учебного года.
〰️ В программе мероприятия: ☑️ Деятельность, миссия и возможности Высшей школы ☑️ Знакомство с образовательными направлениями ☑️ Академический процесс: учебный план, кредитно-модульная система и критерии оценивания ☑️ Организационные процессы и правила внутреннего распорядка ☑️ Вопросы и ответы🗓 Дата: 14 сентября 🕦 Время: 11:00 📍 Место проведения: здание Высшей школы бизнеса и предпринимательства, 5-й этаж Начните вместе с нами свой первый шаг навстречу новым знаниям, новым возможностям и новым достижениям! #GraduateSchool #OrientationDay #BiznesvaTadbirkorlik 🔝 Web-site |🔝Facebook | 🔝 Instagram | 🔝 Youtube
Pre-MBA: MANAGEMENT FOUNDATION PROGRAM
Zamonaviy boshqaruv bilimlari va yangi professional imkoniyatlar sari
Pre-MBA: Management Foundation Program (Boshqaruv asoslari dasturi) turli sohalarda faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, davlat va xususiy sektor vakillari, tadbirkorlar, boshqaruv lavozimiga tayyorlanayotgan kadrlar hamda kelgusida MBA dasturida tahsil olishni rejalashtirayotgan nomzodlar uchun mo‘ljallangan 2 oylik intensiv dastur.
Dastur menejment, iqtisodiyot, moliya, marketing, strategiya, liderlik, tadbirkorlik, raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt kabi zamonaviy boshqaruvning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha fundamental bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantiradi. Ayniqsa, bakalavriat bosqichida iqtisodiyot, menejment yoki biznesga oid yo‘nalishlarda tahsil olmagan, biroq kelgusida MBA dasturida o‘qishni rejalashtirayotgan mutaxassislar uchun Pre-MBA zarur bilim bazasini shakllantirish va MBA ta’lim metodologiyasiga moslashish imkonini beradi. Keyingi professional qadamingiz qanday? 1️⃣MBA? – zarur bilim bazasini oldindan shakllantiring. 2️⃣Professional o‘sish? – boshqaruv bo‘yicha bilim va kompetensiyalaringizni rivojlantiring. 3️⃣Rahbarlik? – strategik fikrlash, liderlik va qaror qabul qilish ko‘nikmalaringizni mustahkamlang. 4️⃣Yangi loyiha yoki tashabbus? – moliya, marketing va strategiyani yaxlit tizim sifatida tushunishni o‘rganing. 5️⃣Zamonaviy boshqaruv? – raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt imkoniyatlarini boshqaruvda qo‘llash bo‘yicha bilimlaringizni rivojlantiring.Maqsadingiz turlicha bo‘lishi mumkin. Muhimi professional rivojlanishni davom ettirish. Qabul uchun asosiy talab: Bakalavr darajasi va professional rivojlanishga intilish. 🇺🇿 Batafsil 🇷🇺 Подробно 🇬🇧 More 📃 Hujjat topshirish: e-tinglovchi.gsbe.uz 📞 71 239 03 10, 55 503 33 60 Pre-MBA – boshqaruvni tushunish, professional kompetensiyalarni rivojlantirish va keyingi ta’lim bosqichiga tayyorlanish uchun mustahkam poydevor. #GSBE #GraduateSchool #PreMBA #Program 🔝 Web-site |🔝Facebook | 🔝 Instagram | 🔝 Youtube
Tadbirkorlikni elektron tijorat asosida rivojlantirish: tashqi bozorlarga Wildberries savdo platformasi orqali chiqish imkoniyatlari
🇺🇿 Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi “Wildberries” kompaniyasi bilan hamkorlikda elektron tijorat asosida tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha biznes-muloqot formatidagi Forumni tashkil etmoqda.
Forumning maqsadi - elektron tijorat orqali kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga ko‘maklashish, mahalliy mahsulotlar sotuvini kengaytirish, yangi xorijiy bozorlarga chiqish hamda tadbirkorlarning eksport salohiyatini oshirishdan iborat.
Forum doirasida quyidagilar ko‘zda tutilgan:
🔴marketpleysdagi ilk qadamlarni boshlash: ro‘yxatdan o‘tish, tovarni rasmiylashtirish, ilk buyurtmalar;
🔴tovarni xaridorlarga o‘z kuchi bilan yetkazib berish;
🔴O‘zbekiston tadbirkorlarini marketpleys orqali savdo qilishda qo‘llab-quvvatlash;
🔴tovarlar targ‘iboti va reklamasini yuritish;
🔴foyda keltiradigan va zararli tovarlar savdosining o‘ziga xos xususiyatlari;
🔴marketpleyslarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan sotuvchilar bilan tajriba almashish.
Tadbirda ishtirok etish uchun taklif etiladilar:
🤩kichik va o‘rta biznes subyektlari;
🤩iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchilari;
🤩hunarmandlar;
🤩tarmoq birlashmalari;
🤩davlat tashkilotlari vakillari.
Sana: 2026-yil 8-sentyabr
Vaqti: 10:00
Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mirobod ko‘chasi, 25-uy
🤩 Ro‘yxatdan o‘tish
Ishtirok etish bepul. Joylar soni cheklangan. Oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.
#GSBE #GraduateSchool #Ecommerce #Study
🔝 Web-site |🔝Facebook | 🔝 Instagram | 🔝 Youtube
🇺🇿 Bo‘sh auditoriyalar yangi g‘oyalarni kutmoqda...
🔜 Tez orada bu auditoriyalar yana tinglovchilar, qizg‘in muhokamalar, yangi g‘oyalar va katta maqsadlar bilan to‘ladi.
🌟 Yangi bilimlar.
🌟 Yangi marralar.
🌟 Yangi imkoniyatlar.
🌟 Maqsadlar sari navbatdagi qadam.
2026/2027-o‘quv yili boshlanishiga oz fursat qoldi!
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi sizni kutmoqda. Tez kunda ko‘rishamiz!
——
🇷🇺 Пустые аудитории ждут новых идей...
🔜 Совсем скоро эти аудитории вновь наполнятся слушателями, оживлёнными дискуссиями, новыми идеями и большими целями.
🌟 Новые знания.
🌟 Новые достижения.
🌟 Новые возможности.
🌟 Следующий шаг на пути к своим целям.
До начала 2026/2027 учебного года осталось совсем немного!
Высшая школа бизнеса и предпринимательства ждёт вас. До скорой встречи!
——
🇬🇧 Empty lecture rooms are waiting for new ideas...
🔜 Very soon, these lecture rooms will once again be filled with students, engaging discussions, new ideas, and ambitious goals.
🌟 New knowledge.
🌟 New milestones.
🌟 New opportunities.
🌟 The next step toward your goals.
The 2026/2027 academic year is just around the corner!
The Graduate School of Business and Entrepreneurship is waiting for you. See you soon!
#GSBE #GraduateSchool #NewIntake #MBA #MSc
🔝 Web-site |🔝Facebook | 🔝 Instagram | 🔝 Youtube
🇺🇿 Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining “Bank sektori uchun ESG asoslari” dasturi CPD xalqaro akkreditatsiyasini oldi
Mazkur eʼtirof dastur mazmuni, oʻquv jarayoni va natijalari uzluksiz kasbiy rivojlanish sohasidagi xalqaro standartlarga muvofiqligini tasdiqlaydi.
Oʻquv dasturi bank sohasi mutaxassislarida ESG (Environmental, Social, Governance) - ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv tamoyillari boʻyicha zamonaviy bilim va amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan. Jumladan, dastur doirasida ESG tamoyillarini bank faoliyatiga integratsiya qilish, iqlim va ekologik risklarni baholash hamda barqaror moliyaviy vositalar bilan ishlash masalalari oʻrganiladi.
CPD xalqaro akkreditatsiyasining qoʻlga kiritilishi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining zamonaviy kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish va taʼlim sifatini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish borasidagi izchil faoliyatini tasdiqlaydi. Shuningdek, ushbu eʼtirof xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ESG va barqaror moliya sohasidagi yetakchi professional tashkilotlar bilan tajriba almashish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.📌 Kursga qabul ochiq! “Bank sektori uchun ESG asoslari” boʻyicha CPD xalqaro akkreditatsiyasiga ega oʻquv dasturida tahsil olish uchun hoziroq roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin. 📞 Tel: +998 71 239-03-10 📨 Email: info@gsbe.uz Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi xalqaro tajribalarni taʼlim jarayoniga joriy etish va bank sektorida ESG boʻyicha zamonaviy professional kompetensiyalarni rivojlantirish yoʻlida oʻz faoliyatini davom ettiradi. 🇷🇺 RU 🇬🇧 ENG #GSBE #GraduateSchool #CPD #Certification #Service 🔝 Web-site |🔝Facebook | 🔝 Instagram | 🔝 Youtube
Aziz yurtdoshlar!
🇺🇿 Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi!
🕊 Mustaqilligimiz abadiy, yurtimiz tinch, xalqimiz farovon bo‘lsin!
🇺🇿 «Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!»
🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!
________
Дорогие соотечественники!
🇺🇿 Коллектив Высшей школы бизнеса и предпринимательства искренне поздравляет всех соотечественников с 35-летием государственной независимости Республики Узбекистан!
🕊 Пусть наша независимость будет вечной, в нашей стране царит мир, а наш народ живёт в благополучии!
🇺🇿 «Единой Родиной, единым народом мы построим новую жизнь, новое будущее!»
🇺🇿 Поздравляем с 35-летием Независимости нашей страны!
________
Dear compatriots!
🇺🇿 The staff of the Graduate School of Business and Entrepreneurship sincerely congratulates all compatriots on the 35th anniversary of the State Independence of the Republic of Uzbekistan!
🕊 May our independence be eternal, peace reign in our country and our people live in prosperity!
🇺🇿 "One Homeland, one united nation building a new life and a brighter future together!"
🇺🇿 Congratulations on the 35th anniversary of our country's Independence!
#GSBE #GraduateSchool #Independence #35years
🔝 Web-site |🔝Facebook | 🔝 Instagram | 🔝 Youtube
2026/2027-o‘quv yili magistratura (MS/MBA) dasturlariga kirish test sinovlari natijalari!
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Qabul komissiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkazilgan test sinovlari natijalari magistratura bosqichining kunduzgi va masofaviy ta’lim shakllari bo‘yicha e’lon qilindi.
Eslatib o‘tamiz⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-76-sonli Farmoni 7-(b) bandiga muvofiq oliy ta’lim tashkilotlarining muqobil ta’lim shakllari bo‘yicha umumiy qabul kvotasini kunduzgi ta’lim shakli qabul natijasining 50 foizidan oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.➡️ Test sinovlaridan muvafaqqiyatli o'tgan ishtirokchilar ro'yxati Batafsil ma`lumotlar e-tinglovchi.gsbe.uz platformasidagi shaxsiy kabinetingizda joylashtirildi. 📞 55 503 33 60, 71 239 03 15 ______ Результаты вступительных тестовых испытаний в магистратуру программы (MS/MBA) на 2026/2027 учебный год! 🇺🇿 Результаты тестовых испытаний, проведённых Приёмной комиссией Высшей школы бизнеса и предпринимательства при Кабинете Министров Республики Узбекистан и Агентством по оценке знаний и квалификаций при Министерстве высшего образования, науки и инноваций Республики Узбекистан, опубликованы по очной и дистанционной формам обучения в магистратуре.
Напоминаем⚡️ В соответствии с пунктом 7-(б) Указа Президента Республики Узбекистан № УП-76 в высших образовательных организациях не допускается превышать общую квоту приема по альтернативным формам обучения 50 процентов результатов приёма по дневной форме обучения➡️ Список участников, успешно прошедших тестовые испытания Подробная информация размещена в вашем личном кабинете на платформе e-tinglovchi.gsbe.uz. 📞 55 503 33 60, 71 239 03 15 #GraduateSchool #Admission #Test #Results #MS #MBA 🔝 Web-site |🔝Facebook | 🔝 Instagram | 🔝 Youtube
Break-even Point (zararsizlik nuqtasi) qancha❓
