cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Qumqo'rg'on tumani hokimligi Axborot xizmati

Рекламні дописи
2 433
Підписники
+224 години
-117 днів
-2130 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Viloyat hokimi xorijlik mehmonlar hamrohligida shahar va tumanlar qo‘rg‘onlarida tashkil etilgan ko‘rgazmalar, folklor jamoalarning chiqishlari bilan tanishdi Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Показати все...
“Boysun bahori” xalqaro folklor festivalining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, faollar, keng jamoatchilik vakillari, 19 ta davlat va 2 ta xalqaro tashkilot delegatsiyalari, folklor jamoalar hamda 11 ta xorijiy va ellikdan ortiq mahalliy ommaviy axborot vositalari, internet nashrlarining muxbirlari ishtirok etdi. Konsert dasturida O‘zbekiston xalq artistlari Farrux Zokirov, Mardon Mavlonov, Mahmud Namozov, Og‘abek Sobirov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Hosila Rahimova, Sayyora Qoziyeva, Alisher Fayz kabi elimiz suygan san’atkorlar, Xalq baxshilari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan tashrif buyurgan folklor jamoalar o‘z chiqishlarini namoyish etishdi. Milliy kuy-qo‘shiqlar, termalar, lapar va folklor jamoalarning chiqishlari, teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari tadbir ishtirokchilari, jumladan, xorijlik mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Tantanali konsert dasturi dronlar shousi hamda mushakbozlik tomoshalari bilan yakunlandi. Eslatib o‘tamiz, “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali tadbirlari joriy yil 7-may kuniga qadar davom etadi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Показати все...
Fotogaleriya | “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalining rasmiy ochilish marosimi konsert dasturi davom etmoqda Konsert dasturi Surxondaryo viloyati hokimligi Axborot xizmatining YouTubedagi rasmiy sahifasi hamda “Surxondaryo” teleradiokompaniyasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilmoqda. Jonli efirni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin: 🔘 https://www.youtube.com/live/xVpfTX3ZL00?si=yy663e4OO5xC-r4h
Показати все...
👍 4
“Boysun bahori” xalqaro folklor festivalining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda Boysun tumani Bibishirin mahallasidagi turizm kompleksining markaziy amfiteatrida bo‘lib o‘tayotgan tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarni xalqaro festival tantanalari bilan qutladi. Viloyat rahbari o‘z so‘zida "Boysun bahori" festivali insoniyat madaniy merosining qimmatbaho boyliklaridan biri ekanligi hamda bu festival xalqimizning milliy qadriyat va an’analarini asrab-avaylashga, kelajak avlodlarga yetkazishga xizmat qilishini ta’kidladi. Xalqaro festivalning rasmiy tantanalari ochiq deb e’lon qilindi. Ayni vaqtda poytaxtdan tashrif buyurgan san’atkorlar, vohamizning folklor jamoalari ishtirokidagi konsert dasturi namoyish etilmoqda. Eslatib o‘tamiz, festival tadbirlari joriy yil 7-may kuniga qadar davom etadi. #Surxondaryo #Boysunbahori #ochilish Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Показати все...
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov xorijiy mehmonlar hamda vohamiz faollari bilan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali tadbirlari o‘tkazilayotgan turizm kompleksiga tashrif buyurdi. Viloyat rahbari mehmonlar hamrohligida Termiz shahri va tumanlar hamda oliy ta’lim muassasalari qo‘rg‘onlari, milliy taomlar va hunarmandchilik ko‘rgazmalari bilan tanishdi. Shuningdek, turizm kompleksi hududidagi mehmonxonaning ochilish marosimi ham o‘tkazildi. Ayni vaqtda "Boysun bahori" xalqaro folklor festivalining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. #Surxondaryo #Boysunbahori #ochilish Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Показати все...
Перейти до архіву дописів