cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Nota bene!

Bizdagi ma'lumotlar: — hamma ham bilmaydigan; — dunyoqarashingizni o'stiradigan; Donat uchun: https://tirikchilik.uz/mad_max93 Aloqa uchun: @nota_bene_bot Muhokama uchun guruh: @notabene_group

Більше
Рекламні дописи
4 374
Підписники
+1424 години
+67 днів
-5930 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Фото недоступнеДивитись в Telegram
XaumeaQuyosh tizimidagi karlik sayyora. 2005-yil 29-iyulda bir-biridan bexabar holda 2 tadqiqotchi — Xose Luis Ortis (Ispaniya) hamda Maykl Braun (AQSh) tomonidan ochilgan. Ispanlar dastlab obyektni nomlash uchun "K40506A" kodidan foydalanishgan. Biroq o'zaro suhbatlarda unga "Santa" nomini berishgan. Chunki sayyora 2004-yilgi rojdestvodan keyin ilk bor ko'zga tashlangandi. 2006-yil 7-sentyabrda u Pluton hamda Erida bilan birga "Kichik sayyoralar katalogi"ga kiritilgan. Keyinroq ispanlar sayyorani Iberiya bahor ilohasi sharafiga "Ataetsina" (Rim mifologiyasidagi Prozerpina) deb nomlamoqchi bo'lgan. Biroq, bu variant "yer osti xudolari nomlari boshqa obyektlar uchun zahiraga olingani" sababli rad etiladi. Shundan keyin Devid Rabinovits uni Gavayi tug'ilish ilohasi sharafiga "Xaumea" deb nomlashni taklif qiladi. Xaumeaning 2 ta yo'ldoshi bor: Xiiaka (dastlab Santaning kiyiklaridan biri sharafiga "Rudolf" deb nomlangan) va Namaka (dastlab "Blitzen" deb nomlangan). Nota bene!📜
Показати все...
👍 5
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Odil Ahmedov "Paxtakor"da unchalik ko'p o'ynamagan (2006-2011) bo'lsa ham, u uchun 25-raqam jamoa tomonidan muzlatib qo'yilgan. Buning sababini sobiq FIFA agenti Ravshan Salimov quyidagicha izohlaydi:
"2009-yilda Luis Felipe Skolari Osiyo Chempionlar ligasini yutish uchun "Bunyodkor" rahbariyatidan Odil Ahmedov, Anzur Ismoilov va Ignatiy Nesterovlarni sotib olishni so'raydi. "Bunyodkor" transferlarni deyarli hal qilganida Odil Ahmedov "Paxtakor" rahbariyati oldiga kirib, ulardan o'zini transferga qo'ymaslikni so'raydi va "Paxtakor"da qolishni xohlayotganini, O'zbekistonda o'ynasa faqat ushbu jamoada o'ynashini bildiradi. Rahbariyat uning iltimosini inobatga oladi va Ahmedov jamoada qoladi. O'sha paytda bu juda katta sadoqat edi. Sababi o'shanda futbolchining o'ziga misli ko'rilmagan pullar va'da qilingandi."
2016-yilda Qashqadaryoga tashrif buyurgan Islom Karimovga "Nasaf" jamoasi 11-raqamli futbolka topshiradi. Aytishlaricha, shundan beri ushbu raqam ham "Nasaf"da muzlatilgan ekan. Nota bene!📜
Показати все...
👍 24👏 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Guantanamo kundaligi — AQSh hukumati tomonidan biror asossiz 14 yil davomida Guantanamo qamoqxonasida ushlab turilgan va qiynoqqa solingan maxbus — Muhammad Uld Slahi tomonidan yozilgan xotira kitobi. Uld Slahi AQSh maxsus xizmati tomonidan 11-sentyabr voqealaridan ko'p Mavritaniyada qo'lga olingan va 2002-yil avgustidan to 2016-yil 17-oktyabriga qadar Guantanamo qamoqxonasida saqlangan. Qiziq tomoni, unga nisbatan ayblov e'lon qilinmagan. Advokat Nensi Xollanderning so'zlariga ko'ra, AQSh Mudofaa vaziri Donald Ramsfeld Muhammadga qarshi "maxsus so‘roq usullari"ni qo'llashni buyurgan. Qamoqdalik paytida Slahi ingliz tilini o'rganib, 466 sahifalik kitob yozgan. Advokatlari kitobni jurnalist Larri Simsga berishga. Biroq AQSh rasmiylari bir necha yil davomida kitobning nashr etilishini ta'qiqlashgan. U 2015-yilga kelibgina nashr etilgan. Ushbu kitob asosida "Mavritaniyalik" filmi suratga olingan. Nota bene!📜
Показати все...
🔥 28👍 11 4
Repost from Zakovat +
00:55
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Oila yoki karyera. Bittasini tanlash kerakmi? 🧐 “Diqqat, savol!” podkastining bu sonida mashhur zakovatchi Rushana Rajabova hamda tadbirkorlar - “Testo” kafesining asoschisi Nargiza Ulugova hamda agroeksportchi Dildora Otajonova bilan ayollarning tadbirkorlikdagi o‘rni, sohadagi muammolar va O‘zbekistonda ayollar tadbirkorligining kelajagi haqida so‘z yuritdik. 👉🏻 To‘liq videoni ko‘rish 🦉Zakovat +
Показати все...
12.46 MB
👍 5🤬 4🔥 2🥰 1🥴 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Komil Xorazmiy (asl ismi Pahlavon Muhammadniyoz Abdulla Oxund o'g'li, 1825-1899) — shoir, xattot, musiqashunos, tarjimon va davlat arbobi. Yoshligidan yaxshi ilm olgan Komil Xorazmiy arab va fors tillarini mukammal bilgan, sharq adabiyoti namoyondalari ijodi, mumtoz musiqa, xattotlik sirlarini qunt bilan o'rgangan. Keyinchalik u Xiva xoni Sayd Muhammadxon saroyida kotiblik qilgan. Muhammad Rahim II esa Komilni mirzaboshilikka ko'targan. Rossiya va Xiva xonligi o'rtasida imzolangan "Gandimiyon shartnomasi" (1873) ham aynan Komil Xorazmiy tomonidan yozilgan. Shuningdek, u saroyda devonbegi lavozimida ham ishlagan. Komil Xorazmiy o'zbek kuylarini yozib olish uchun "Tanbur chizig'i" nomli nota tizimini joriy etgan. Bu o'ziga xos notada "Rost" maqomining bosh qismini yozgan. O'g'li Mirzo Muhammadrasul otasi boshlagan ishni davom ettirib, Xorazm "Shashmaqom"ining qolgan ashula va cholg'u yo'llarini to'la notaga olgan. Nota bene!📜
Показати все...
👍 11 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Solijon Sharipov 2004-yilda NASA astronavti Leroy Chiao bilan birgalikda Boykonur kosmodromidan "Soyuz TMA-5" kosmik kemasida fazoga ko'tariladi. U 201 kunlik fazoviy missiyasi davomida eshitish uchun Sherali Jo‘rayev qo‘shiqlarini ham o‘zi bilan olib olgandi. O'sha kunlarning birida maxsus bog'lanish qurilmasi yordamida Sherali Jo'rayevga qo'ng‘iroq qilgan kosmonavt uning "Oltin qanot" qo'shig'i kosmosda yangrayotganini aytadi. Shu tariqa Sherali Jo'rayev kosmosda qo‘shiqlari yangragan birinchi o'zbek san'atkoriga aylangan. Aytgancha, hujjatlarda xofizning 1947-yil 12-aprelda tug'ilgani aytilsa-da, uning aynan qaysi sanada tug'ilgani noma'lum. O'zining aytishicha u 12-aprelni ramziy ravishda tug'ilgan kun sifatida nishonlaydi. Bunga aynan shu sanada Yuriy Gagarinning kosmosga chiqqani sabab bo'lgan. Shuningdek, aynan 12-aprel tanlanishiga Sherali Jo'rayev o'quvchilik davrida shu sanada bo‘lib o‘tgan velopoygada g‘olib bo‘lgani va aynan shu sanada Haj ziyoratini ado etgani ham sabab ekan. Nota bene!📜
Показати все...
👍 34🔥 4 1
​​"Tim Taler yohud sotilgan kulgu" — nemis yozuvchisi Jeyms Kryus tomonidan yozilgan falsafiy ertak. Ushbu ertakni yozishda muallif o'z qalbini iblisga sotgan doktor Faust haqidagi afsonadan ilhomlangan. Asar syujetiga ko'ra, 1930-yillarda Gamburgda yashovchi 3 yoshli bolakay Tim Talerning quvnoq va mehribon onasi vafot etadi. Oradan biroz o'tgach otasi yana uylanadi. O'gay ona esa Timga juda ham shafqatsiz munosabatda bo'la boshlaydi. Tim 5 yoshga kirganida otasi ham vafot etadi. Dafn marosimi kuni ippodromga kelgan Tim bashang kiying Chezare Lefuet ismli odamga duch keladi. U bolakayga g'alati bitim taklif qiladi: Tim har qanday garovda g'alaba qozonish qobiliyatiga ega bo'ladi, biroq buning evaziga Lefuet Timning baxtli kulgisini tortib oladi. Tim kelishuvga bajonidil rozi bo'ladi. Ammo, uning qobiliyatidan xabar topgan o'gay onasi bundan boylik orttirish maqsadida foydalanib, uni ippodromlarga olib bora boshlaydi. Natijada oilaning hayoti tez orada ancha yaxshilanadi. Lekin, Tim bundan xursand bo'lmas, kula olmasdi. Uning sirini bilmagan yaqin do'stlari esa Tim endi boyib ketgani uchun bizni mensimayapti deb o'ylay boshlaydi. 14 yoshida maktabni tugatgan Tim bunday hayotga ortiq bardosh berolmasligini anglaydi va kulgisini qaytarish uchun uydan qochib ketadi. Avvaliga u eng xavfli narsalarga pul tikib ko'radi. Chunki, bitim shartlaridan biriga ko'ra, Tim qachondir yutqazsa, kulgisi qaytib kelishi kerak edi. Biroq, hattoki eng aqlbovar qilmas garovlar ham uning g'alabasi bilan yakunlanadi. Tez orada Chezare Lefuetning vafot etgani va bor boyligini Timga meros qoldirgani ma'lum bo'ladi. Keyinchalik Tim bitimning asl mohiyatini anglay boshlaydi: baron aslida Timning kulgisini sotib olgandi, chunki kulishni bilgan boy odam boshqalarning qalbini osongina egallab olar va undan foydalanardi. Shunda Tim "Lefuet" ismini teskari o'qib ko'radi va... baronning aslida "Teufel" (nemischa "Iblis") ekanini anglaydi. Asar oxirida Tim do'stlari yordami bitimdan bo'shliq topadi va o'zining kula olishiga 1 tanga tikib, yutqazadi hamda kulgisini qaytarib oladi. Nota bene!📜
Показати все...

👍 16 6
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Faustpatron (nemischa "Faust" - "musht" va "patrone" - "patron") — tankka qarshi bir martalik granatomyot. U, shuningdek, "Faustpatron 1", "Kichik Faustpatron", "Faustpatron 30" deb ham nomlangan. Modernizatsiya qilinganidan keyin esa "Panzerfaust 30" nomini olgan (bu erda 30 - samarali o't ochish masofasi). Faustpatronlarni ishlab chiqarish 1942-yil yozida HASAG (Hugo Schneider AG) kompaniyasi tomonidan Leypsigda boshlangan. Ishlab chiqaruvchilarga piyoda qo'shinlari uchun tanklarga qarshi kurashishda qo'l keluvchi qurol ishlab chiqarish yuklanadi. 1943-yil avgustida kompaniya vermaxt qo'shinlariga 500 ta granatamyot yetkazib beradi. Butun urush davomida Germaniyada 8 254 300 ta faustpatron ishlab chiqarilgan. Nota bene!📜
Показати все...
👍 11🔥 3🥰 2
​​Aytishlaricha, hozirgi kunda Toshkentdagi 150 ta binoning fasad qismida mozaikalar bor. Ular 1966-yilgi Toshkent zilzilasidan keyin vujudga kelgan. Mozaikalar arxitektorlarning ajoyib topilmasi bo'libgina qolmay, ular sobiq SSSR davlatlarining birgalikda yaratgan san'at asari hamdir. 1966-yilda Toshkentda sodir bo'lgan zilzila tufayli 300 mingdan ziyod aholi boshpanasiz qolgan, shuningdek, minglab binolar zarar ko'rgan. Talafotdan keyin Toshkentni qayta barpo etish uchun SSSR tarkibidagi 15 ta davlatning barchasi Toshkentga o'z quruvchilarini yuborgan. Bosh reja bo'yicha hududlar bo'linib, har bir respublika o'z kuchiga qarab joy olgan. Kuchli qurilish bazasiga ega respublikalar markaziy joylarni qayta tiklagan. Va albatta o'zlari qurgan binolarni abadiylashtirishni xohlashgan. Binolarni mozaika bilan bezash taklifi Leningrad rassomlik universitetini tugatgan aka-uka Pyotr va Nikolay Jarskiylardan chiqqan. Nikolay Jarskiy loyihasi bilan Muqimiy ko'chasidagi 9 qavatli binoga chizilgan mozaika mashxur bo'lib ketgach boshqa binolarni bezashda ham ushbu uslubdan foydalanish urfga kirgan. "Nima uchun mozaikalar?" degan savol ko'pchilikni qiynab kelgan. Ayrim mutaxassislarning fikricha, zilziladan keyin shaharda shoshilinch tarzda juda ko‘p panel uylar qurilgan va ko'rinishi bir xil bo'lgan ushbu uylar unchalik ham jozibador bo'lmagan. Shu sababli Jarskiylarning g‘oyasi asosida ko‘p qavatli uylar mozaikalar bilan bezatilgan. Nota bene!📜
Показати все...

👍 22 5🌚 1
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.