cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Majburiy Fanlar

✅️ Har kuni majburiy fanlardan online testlar bo‘lib o‘tadi. Test, vedio darsliklar joylanish Vaqtlari: Dushanba, Payshanba - Matematika (majburiy) Seshanba, Juma - Ona tili (majburiy) Chorshanba, shanba - Tarix (majburiy) Reklama xizmati: @Rg_Agentlik

Більше
Рекламні дописи
5 059
Підписники
-624 години
-587 днів
-27030 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Фото недоступнеДивитись в Telegram
⚡️ Bitiruvchilarga so'nggi qo'ng'iroq uchun nimalar taqiqlangan? 2023-2024-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish davomida quyidagilar taqiqlanadi: ➖ turli restoran va kafelar, xonadonlarda “Bitiruv oqshomlari”ni oʻtkazish, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestasiyalarini oʻtkazishda, taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash borasida oʻquvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul mablagʻlarini yigʻish; ➖ bitiruv tadbirlarida oʻquvchilardan qimmatbaho sovgʻalar uchun pul yigʻish, bitiruv kechalariga atab qimmat kiyimlar olish, yengil avtomashinalarda sayr tashkil etish. ➖ oʻquvchilarning guruh-guruh boʻlib xiyobonlar, istirohat bogʻlari, choʻmilish havzalariga borishi. Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇 https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
Показати все...
🙈 3😱 1💯 1
🔥 2 mingta grant uchun xotin-qizlarga tavsiyanoma qachon beriladi? ▪️ Ehtiyojmand oiladagi xotin-qizlarga beriladigan tavsiyanoma uchun ariza topshirish 30-maydan boshlanishi kerak. ❓Tavsiyanoma kimlarga beriladi? ✔️Kam ta’minlangan oila farzandi bo'lgan qizlarga; ✔️Ota-onasidan biri yoki ikkalasi ham vafot etgan oila qizlariga; ✔️Nogiron farzandi bo‘lgan, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga; ✔️14 yoshgacha bo‘lgan 2 va undan ortiq bola o‘stirayotgan yolg‘iz ayollarning qiz farzandlariga; ✔️Ota-onasining nogironligi bo‘lgan qizlarga; ✔️Farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan onalarga. 👉 @Majburiy_blok_matematika
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
⚡️ 5 yil stajga ega xotin-qizlarga tavsiyanoma uchun arizalar qabuli 1-iyungacha ▪️ Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat oliy taʼlim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan. Talabgorlardan ariza olish boshlandi. 1-iyungacha ariza bilan tuman (shahar) Oila va xotin-qizlar bo‘limlari huzuridagi Ishchi guruhlariga quyidagi hujjatlarni berish kerak: ✔️ Fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi. ✔️ Mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan ko‘chirma. ✔️ O‘rta-maxsus yoki professional taʼlim bo‘yicha diplom. ❓ Kimlar tavsiyanoma ololadi? ➖o'rta ma'lumotli; ➖ OTMda o'qimagan; ➖5 yil staji borlar. Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇 https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
Показати все...
👍 2
04:56
Відео недоступнеДивитись в Telegram
⚡️ Testni yechgandan keyin yo‘nalish tanlash uchun abituriyentga 10-15 kun vaqt beriladi ▪️ Avval test, keyin yo‘nalish tanlash tartibining texnologik nizomi ishlab chiqilyapti, tez orada e’lon qilinadi. Tayyor bo‘lgach, tartib tushunarli roliklar tarzida abituriyentlarga taqdim etiladi. Mas’ullarga ko‘ra, yo‘nalish tanlash uchun abituriyentga 10-15 kun vaqt berilishi mumkin. Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇 https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
Показати все...
🔥 3
Фото недоступнеДивитись в Telegram
❓ Talabalarga grant qanday taqsimlanadi? ▪️ Talabalarga grant 2 turda taqsimlanadi: 100 foizlik va 50 foizlik. Talaba birinchi kursni tugatgach, unga grant bir yillik o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga qarab beriladi.
Masalan, bir guruhga 50 nafar bola grant asosida qabul qilindi. Jami guruhda esa 200 talaba bor. Ularga ajratiladigan grantning 50 foizi 100 foizlik, qolgan yarmi esa 50 foizlik grant bo‘ladi. Bunda jami 50 ta grantning 25 tasi 100 foizlik, qolgan 25 tasi esa 50 foizlik grant bo‘ladi. Demak, kontraktda o‘qiyotgan talaba 50 foizlik grant olishi uchun ham yaxshi o‘zlashtirishga ega bo‘lishi kerak. Bizda GPA – o‘zlashtirish ko‘rsatkichi uchdan beshgacha hisoblanadi. Shu GPA ko‘rsatkichi eng yuqori bo‘lganlarga 100 foizlik grant, pastroq bo‘lganlarga esa 50 foizlik grant beriladi.
❕ Eslatma: bu tartibda grant ajratilishi 1-kurslardan boshlanadi. Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇 https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
Показати все...
😨 7😱 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
⚡️Magistraturaga chet tili sertifikati talabi pasayadi Bunda quyidagi tartib o’rnatiladi:ta’lim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinadi; ⬇️ soha xususiyatidan kelib chiqib madaniyat, san’at, sport, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ishlab chiqarish, muhandislik ishi, qishloq xo‘jaligi, veterinariya, arxitektura va qurilish, fizika va tabiiy fanlar, transport xizmatlari yo‘nalishlari bo‘yicha sertifikat talabi bir pog‘ona – B1 darajasiga tushiriladi. ✅ Quyidagilar saqlanib qoladi: Xorijiy tillar yo‘nalishlarida esa C1 daraja; aniq fanlar, biologiya, matematika, huquq, jurnalistika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va iqtisodiyot yo‘nalishlarida B2 daraja saqlanadi. 👉 @Majburiy_blok_matematika
Показати все...
👍 4🤔 1
⚡️ Ta’lim granti asosida tahsil olgan bitiruvchilarning 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi Taqdimotda shuningdek, oliygohlarga o‘qishga qabul qilish jarayonlari bo‘yicha quyidagilar taklif qilindi: ➖ o‘qishga kirish uchun minimal o‘tish bali 2 bosqichda oshirilib, sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball, boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi (amalda barcha yo‘nalishlar uchun – 56,7 ball); ➖ davlat granti talabalar uchun ta’lim granti va ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant shaklida ajratiladi. Bunda: 🔹 ta’lim granti – talabalarga bir o‘quv yili uchun ajratiladi hamda 1-kursda o‘qishga kirish natijalari bo‘yicha, 2-kursdan boshlab reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi; 🔸 ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant – maqsadli qabul va imtiyoz asosida qabul qilingan talabalarga butun o‘qish davri uchun beriladi; 🔹 ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni tugatgandan so‘ng 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi; ➖ sirtqi ta’lim shakli uchun kvotalarni kunduzgi ta’lim shakli uchun ajratilgan kvotadan oshirmaslik belgilanadi. Qayd etilganidek, sirtqi ta’lim shakli bosqichma-bosqich masofaviy ta’lim shaklini kengaytirish va uzaytirilgan ta’lim shakli joriy etish orqali tugatiladi. 👉 @Majburiy_blok_matematika
Показати все...
⚡️ Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda talabalar qabul qilishni kamaytirib, bo‘shagan kvotalarni muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlarga o‘tkazish taklif etilyapti. Shuningdek, kvotalarni oliygohlar kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinadi, qabul parametrlarini oliygohlarning o‘zi belgilaydi. 👉 @Majburiy_blok_matematika
Показати все...
😨 3🤔 2👍 1😱 1
⚡️ Imtiyozli tarzda OTMga kirganlarga grant o'qishni tugatguncha beriladi ▪️ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant olganlar, ya’ni maqsadli qabul va imtiyoz asosida qabul qilingan talabalarga esa davlat granti butun o‘qish davri uchun beriladi. 👉 @Majburiy_blok_matematika
Показати все...
🤔 7👍 1
⚡️ O'zbekistonda sirtqi ta’lim bosqichma-bosqich tugatiladi Sirtqi ta’lim shaklining o‘rniga masofaviy ta’lim shakli kengaytiriladi va uzaytirilgan ta’lim shakli joriy etiladi. Ta’limni xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun magistraturaga kirishda xorijiy til sertifikati bo‘yicha talab bekor qilinadi. Qator yo‘nalishlarda sertifikat talabi B1 darajasiga tushiriladi. 👉 @Majburiy_blok_matematika
Показати все...
👍 2