uk
Feedback
Javohir Berdiyev | IT

Javohir Berdiyev | IT

Відкрити в Telegram

✅ Software Engineer & AI Specialist 🚀 7 yil coding, 400+ mentorlik Sun'iy intellekt va IT olamidagi eng so'nggi yangiliklar va darslar. Admin: @javohircoder ⁉️ Savol javoblar: @webdev07_lesson

Показати більше
6 575
Підписники
-624 години
-367 днів
-21730 день
Архів дописів
4 habits that make you smarter 1. Reading 2. Write down daily ideas 3. Watch educational videos 4. Plan you week 😊 ✅ @javohir_webdev

Aqlli odamni ajratib olishning 7ta usuli 1. Chinakam aqlli odamlar kamtar bo’lishadi. Ehtiyoj bo’lmasa gapirishmaydi. 2. Ularda javoblardan ko’ra savollar ko’proq. Ko’p savol berishadi. Chunki yangi bilimlar yangi savollarni tug’diradi. 3. Ular ko’p eshitishadi va yozib olishadi. Chunki ilm eshitib, yozganda paydo bo’ladi, gapirib maqtanganda emas. 4. Ular qiyin narsalarni oson tushuntirib bera olishadi. Biror narsani yoddan bilish va tushunishning farqi ham shunda. Tinglovchi tushunishi uchun hikoyalar va yorqin misollar berishadi. Maqsad — aqlli ekanligini ko’rsatish emas, tinglovchini tushunishi. 5. Aqlli odamlar hazilkash bo’lishadi. Hazil bu kuzatuvchanlik va o’tkir aqlning yig’indisi. Hazillar samimiy va joyida bo’ladi, yodlab olingan latifalar orqali emas. 6. Ular ko’p kitob o’qishadi. Eng sevimli mashg’ulotlari kitob o’qish bo’ladi. Boshqalarga sovg’a berganda ham asosan kitob tanlashadi. 7. Ular xato fikrlarini tan olishadi. Tan olishmaganda aqlli bo’la olishmas edi. O’zini aqlli deb o’ylaydigan qaysar holida qolishardi. Kimdir bu ro’yxatni aqlli odamlarni ajratish uchun ishlatishni boshlaydi. Aqllilar esa yanada aqlli bo’lishga harakat qilish uchun ishlatishadi. @azizrakhimov_blog

Nega ertalab soat 5 da uyg'onish kerak? O'rtacha, odamlar soat 7 da uyg'onishadi. Lekin, siz soat 5 da tursangiz: 📌 bir kund
Nega ertalab soat 5 da uyg'onish kerak? O'rtacha, odamlar soat 7 da uyg'onishadi. Lekin, siz soat 5 da tursangiz: 📌 bir kunda qo'shimcha 2 soatga; 📌 bir haftada qo'shimcha 14 soatga; 📌 bir yilda qo'shimcha 730 soatga ega bo'lasiz. Umumiy hisobda siz bir yilda qo'shimcha 30 kunga ega bo'lasiz. Raimbayev Elmurod

Najot Ta'lim jamoasiga qo'shilishni istaysizmi? 🔥 Yurtimizda o'z o'rniga ega bo'lgan zamonaviy kasblar markazi Najot Ta'lim doimiy rivojlanish istagidagi, o'z ishini yaxshi ko'radigan, intizomli va qadriyatli yoshlarni o'z jamoasi safiga qo'shmoqchi ekan. Talablar: 1. Kompyuterda erkin foydalanuvchi bo’lish (ofis dasturlari: excel/google sheets va boshqa zaruriy dasturlar); 2. Ingliz yoki rus tillaridan kamida bittasida erkin muloqot qila olish (kamida B2 darajasi). Ta'limni rivojlantirish istagida bo'lgan — tanqidiy fikrlar keltira oladigan va o'z o'rnida ularga yechim bera oladigan havaskorlarning ham nomzodi ko'rib chiqiladi. 👉 So'rovnomani to'ldirish P.s. Siz o'z kasbining mutaxassislari bilan ishlash orqali rivojlanishingiz mumkin. Bu taklif esa siz uchun ajoyib imkoniyat! @javohir_webdev

Assalomu alaykum Azizlar! Juma ayyomining xayr va barokati sizga va oilangizga bo'lsin🤲🏻😊

Web application nima ekanligi yoki u qanday yasalishi haqida bilasizmi ? 🧐

🔥 React JS 14-dars, , React Hook useContext haqida Bir ozdan so'ng YouTube kanalimda ✅ @webdev07
🔥 React JS 14-dars, , React Hook useContext haqida Bir ozdan so'ng YouTube kanalimda @webdev07

0

Repost from Janob Panda | AI
0 dan 1 gacha ko'rsatuvining endigi sonida biz 😊

Repost from Janob Panda | AI

React da ham shu muammomi 🤦‍♂️
React da ham shu muammomi 🤦‍♂️

Ali ibn Abu Tolib : «Xusni xulq uch xislatda bo'ladi: haromdan saqlanishda, halolni istashda va oilani farovon qilib qo'yishda» , deganlar. ✅ @javohir_webdev

IT da biznes qilish va frilanser bo'lish uchun 3 sabab 1. Uydan turib ishlaysiz Har kuni ertalab turib o'zingizga yoqmagan is
IT da biznes qilish va frilanser bo'lish uchun 3 sabab 1. Uydan turib ishlaysiz Har kuni ertalab turib o'zingizga yoqmagan ishga oshiqib ketmaysiz. Uydan turib ishlaysiz, boshliq, xo'jayin, buyruq degan narsalar bo'lmaydi. Buyurtmani olasiz, bajarasiz, pul sizniki. 2. Asabni asraysiz Har kuni ishda charchab, boshliqdan gap eshitib, asabni buzish frilansda yo'q. Yuqorida ta'kidlanganidek, boshliq bo'lmaydi, erkin ishchi bo'lasiz. Xohlagan paytingiz uxlaysiz, xohlagan paytingiz ishlaysiz. Mazza emasmi? 🙃 3. Oilangiz uchun ko'p vaqt ajrata olasiz Shunday ishchilar bor-ki, ertalab ketib, kechqurun qaytadi. Eng alamlisi, u ketayotgan payt bolalari uxlayotgan bo'ladi, hatto qaytayotgan payti ham. Frilanserlar esa butun kunni oilasi bag'rida o'tkazadi va oila davrasida shirin esdaliklar qoladi. P.S. IT da biznes qilish uchun xohlagan bir sohani tanlang va u uchun kamida 3 oy ajrating. ©ITBusiness_School ✅ @javohir_webdev

🔥 React JS 13-dars, , React Hook useEffect haqida Bir ozdan so'ng YouTube kanalimda ✅ @webdev07
🔥 React JS 13-dars, , React Hook useEffect haqida Bir ozdan so'ng YouTube kanalimda @webdev07

Ilm yo'lida yurish ham ibodatdir © Hasan Basriy ✅ @javohir_webdev
Ilm yo'lida yurish ham ibodatdir © Hasan Basriy ✅ @javohir_webdev

Dasturlash sohasida jamoa qanchalik muhim ahamiyatga ega? Dasturchi uchun frilanser bo‘lib ishlash yaxshi! – Ammo jamoa bo‘lib ishlashning o‘zgacha o‘rni, muvaffaqiyati, zavqi bor. Agar, siz professional dasturchi bo‘lsangiz, portfolioingiz ham juda zo‘r bo‘lsa, sizni jamoada ishlashga taklif qilishsa, avvallari o‘zingiz ishlagan bo‘lsangiz, qiynalishingiz mumkin. Qolaversa, jamoa bo‘lib ishlashda jamoaviy, yirik va katta loyihalar olishingiz, sohada o‘z obro‘ingizni ma‘lum bir darajada oshirishingiz va yuqoriroq maoshga ega bo‘lishingiz mumkin bo‘ladi. Shuningdek, jamoa bo‘lib ishlashda umumiy suhbatlashishni, o‘zaro muloqot, muhokamalarni o‘rganishingiz, tanqidlarni to‘g‘ri qabul qilishni o‘rganasiz. ✅ @javohir_webdev

Til o‘rganing. Boshqa zamonaviy kasblar kabi dasturlash sohasida til bilish muhim. Bu haqida deyarli hamma bilsa kerak. Asosan bu sohada ingliz tili, rus tilini bilish sohada ish topishda, o‘z ustingizda ishlashda katta samara beradi. Dasturlashdan bo‘shab, boshqa ishlarga ham vaqtingiz bo‘lganida, shu boshqa ishlarga sarflaydigan vaqtingizni, til bilishga sarflang. Hech ham erinmang, dangasalik qilmang! Bilsangiz, Ingliz tilini bilish Chet elga chiqish va ishlash imkoniyatingizni va chet elda ishlamoqchi bo‘lgan kompaniyadagi maoshni oshishiga ham sabab bo‘ladi. P.s: Har doimgidek, fikrlarni kutamiz... 👉 @javohir_webdev