cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

🚄Toshkent temir yo'l texnikumi

Toshkent temir yo'l texnikumi rasmiy kanaliga xush kelibsiz! Eng so'nggi, ishonchli va tasdiqlangan xabarlarni faqat shu yerdan topishingiz mumkin. Rasmiy sahifalarimiz: https://taplink.cc/ttytrailway Ma’lumot uchun telefon raqami: 71 299-05-59

Більше
Рекламні дописи
5 044
Підписники
+124 години
-97 днів
+12630 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

#Texnikumga_qabul Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 maydagi “Oliy taʼlim tashkilotlariga oʼqishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish toʼgʼrisida”gi PF-81 sonli Farmoni 5-bandiga sharh: Farmonning 5-bandiga koʼra, 2024/2025 oʼquv yilidan boshlab davlat oliy va professional taʼlim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish boʼyicha imtihonlar «avval test, soʼng tanlov» tamoyiliga muvofiq bir vaqtda oʼtkazilishi belgilandi. Bunda, abiturientlar oʼz tanloviga koʼra test sinovi natijasida toʼplagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy taʼlimning bakalavriat taʼlim yoʼnalishlariga, soʼng professional taʼlim muassasalariga oʼqishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi. Har yili abiturientlar birinchi bosqichda 5 iyundan 25 iyunga qadar (25 iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun roʼyxatdan oʼtadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, taʼlim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon boʼlsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy taʼlim muassasasini tanlaydi. Oʼqishga qabul qilish boʼyicha kirish imtihonlari 2024 yil 14-28 iyul kunlari oʼtkaziladi. Ikkinchi bosqichda abiturientlar test sinovlari toʼliq yakunlanganidan soʼng 15 kun davomida oliy taʼlim muassasasi, bakalavriat taʼlim yoʼnalishi va taʼlim shaklini tanlaydi. Barcha davlat kollej va texnikumlariga «avval test, soʼng tanlov» tamoyiliga muvofiq qabul qilishda abiturientlar kollej va (yoki) texnikumni, kasb va mutaxassislikni hamda taʼlim shaklini oliy taʼlim muassasalariga qabulning yakuniy natijasi eʼlon qilinganidan soʼng 10 kun muddatda tanlaydi. На русском 🕊Telegram|📱Instagram |📱Facebook |🕊Twitter | 📺Youtube
Показати все...
👍 2
📌 E'lon! Transport (logistika) sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar rahbarlari diqqatiga!!! Hurmatli ish beruvchilar, Toshkent temir yo'l texnikumi yuk qabul qilish-topshirish, yuk kassiri, logistika, ekspeditorlik, logistika agenti, omborlar logistikasi, temir yo'l infratuzilmasi, tashishlarni tashkil etish, harakatlanvuchi tarkibdan foydalanish, avtomatika, aloqa, energetika, harbiylashtirilgan qo'riqlash, yong'in xavfsizligi, videokuzatuv tizimlari, axborot xavfsizligi, robototexnika, elektron tizimlar, buxgalteriya hisobi (1C), mehnat muhofazasi, xodimlarni boshqarish kabi 50 ga yaqin kasb va mutaxassisliklar bo'yicha davlat namunasidagi sertifikat (3 oylik qisqa kurslar uchun) va diplom (1 yilgacha dual ta'lim shaklida) beriladigan o'quv dasturlarda tahsil olishga taklif etadi. Dual ta‘limda tahsil olishning ish beruvchi uchun eng afzal tomoni, o‘quv jarayonlari haftaning 2-3 kunida ta‘lim muassasada tashkil etilib qolgan kunlari ish xodim ish joyida faoliyatini davom ettirishi mumkin! O‘quv jarayonlarning xodim va ish beruvchilar uchun bundan ham qulay shakllari Texnikum rahbariyati bilan kelishgan holda ishchi tartibda ko‘rib chiqilishi mumkin! Barcha qo'shimcha savollar bilan Texnikum masofaviy (smenali) ta'lim bo'limi (71 299-05-68) ga murojaat qilishingiz mumkin. Dual ta'lim shaklida guruhda kamida 15 nafar o'quvchi yig'ilganda darslarga start beriladi. 🕊Telegram|📱Instagram |📱Facebook |🕊Twitter | 📺Youtube
Показати все...
👍 3
43:11
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#qabul_2024_2025 Oliy va professional ta'lim muassasalariga qabul jarayonlaridagi o'zgarishlar, kiritilayotgan yangiliklar hamda o'quvchi-talabalarga beriladigan yngi imtiyozlar to'g'risida Sevimli telekanalining Yangi hayot tok shousida Toshkent temir yo'l texnikumi direktori ishtirokida munozaralarga boy ko'rsatuv suratga olindi. Yangi o'quv yilida o'qishga kirish istagida bo'lgan abituriyentlar va ularning yaqinlari uchun ko'plab foydali ma'lumotlar ko'rsatuvda ishtirok etgan mutaxassislar tomonidan aytib o'tildi.
Показати все...
11.07.2024 (Yangi Hayot) efir+++ (1).mp4595.46 MB
👍 6❤‍🔥 1👏 1🍾 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
02:38
Відео недоступнеДивитись в Telegram
📌 Test materiallaridan foydalanish (o‘zbek tilida) Youtube orqali ko‘rish (HD formatda) ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Показати все...
3.Test materiallaridan foydalanish - surdotarjimon bilan~2.mp417.34 MB
👍 2
03:11
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#Qabul2024 #Abituriyent2024 📌 Работа с тестовыми материалами (на русском языке) Youtube orqali ko‘rish (HD formatda) ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Показати все...
3_Test_materiallaridan_foydalanish_surdotarjimon_bilan_ru1~1.mp420.41 MB
👍 2
#Ovozli_chat Oliy va professional taʼlim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘yicha ovozli chat 📆 Bugun 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da  ovozli chat o‘tkaziladi. ✅ Ovozli chat oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘yicha bo‘lib o‘tadi. 🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va savollarga batafsil javob beriladi. ❓ Mavzu yuzasidan savollaringiz bo’lsa, mana bu yerda qoldirishingiz mumkin. Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Показати все...
👍 4
#safdan_chiqarish_ogohlantirish Toshkent temir yo'l texnikumida 2023/2024-o'quv yilida 1-kursga qabul qilingan o'quvchilar diqqatiga! Hurmatli o'quvchilar, agar o'quv yili yakunlariga ko'ra o'quv reja va dasturlardagi 3 va undan ortiq fanlardan akademik qarzdorlik, to'lov-kontraktdan qarzdorlik vujudga kelgan bo'lsa, shuningdek 74 soatdan ko'p uzrli sababsiz darslarga qatnashmagan bo'lsangiz, u holda Siz o'quvchilar safidan chiqarilishingiz mumkin. Yuqoridagi holatlarga tushmaslik uchun, o'quv yili yakunlarida erishgan yoki erisholmagan natijalaringiz to'g'risida guruh murabbiyingiz yoki bo'lim boshlig'ingiz bilan aloqaga chiqishingizni tavsiya etamiz. Aks holda joriy yilning 4-iyul sanasi bilan tegishli hujjatlarni taqdim etmagan bo'lsangiz, Siz o'quvchilar safidan chiqarilgan bo'lishingiz mumkin! Zudlik bilan tegishli mutasaddilar bilan bog'laning! Ma'lumot uchun telefon raqamlari: Kunduzgi ta'lim bo'limi boshlig'i: Jumaniyozov Bahrom Matkarimovich. Telefon raqami: 71 299-05-60, 71 299-05-61; Sirtqi ta'lim bo'limi boshlig'i: Umirov Oybek Abduvoitovich. Telefon raqami: 71 299-05-81; Masofaviy (dual) ta'lim bo'limi boshlig'i: Rizayeva Munojat Muminovna. Telefon raqami: 71 299-05-68. 🕊Telegram|📱Instagram |📱Facebook |🕊Twitter | 📺Youtube
Показати все...
👍 2
Test sinovi o‘tkaziladigan binolar 📌 Bilimni baholash agentligining rasmiy saytiga 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi. ✅ Unda quyidagi ma’lumotlar aks etgan: 🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan hududning rasmi; 🔹 Hududga kirish joylari; 🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan joy nomi; 🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan joy manzili; 🔹 Bino raqami; 🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan guruhlar; 🔹 Joylarning google xaritadagi joylashuvi (geolokatsiyasi). Test sinovlarini o‘tkaziladigan binolar: 👉 https://uzbmb.uz/page/test_2024 👨🏻‍💻 Mazkur sahifadan tegishli hududni tanlab, ushbu hududdagi test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin. Shuningdek, "Abituriyent ruxsatnomasi"da berilgan QR-kod orqali bino joylashgan manzilni aniqlash imkoni mavjud. ⚡️ Hurmatli abituriyentlar! Test sinovlariga kech qolmang! O‘zingiz bilan pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasini olishni unutmang (aks holda test sinoviga kira olmaysiz). ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Показати все...
👍 4
02:30
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#qabul_2024 Test sinovlarini o'tkazish tartibi!
Показати все...
test sinovi_uzb+surdo~1.mp419.70 MB
👍 2 1
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.