cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

PSIXOLOG KUTUBXONASI | Rasmiy kanal

Elektron kitoblar resursi. Maqsadimiz: "Psixologiyani fan, kasb va odamlarning farovonligini ta'minlash, aqliy salomatligini mustahkamlash va ta'limni yaxshilash vositasi sifatida targ'ib qilish" (APA shiori). @psixolog_Muzaffar

Більше
Рекламні дописи
4 774
Підписники
-524 години
-47 днів
-2630 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Фото недоступнеДивитись в Telegram
Ҳозирда қуйидаги китоблар таржима қилинмоқда: 1. Шарль Луи Монтескье - "Қонунлар руҳи ҳақида"; 2. Жон Локк - "Бошқарув ҳақида иккита трактат"; 3. Аҳмед Куру -" Ислом, авторитаризм ва қалоқлик: глобал ва тарихий қиёслаш"; 4. Томас Гоббс - "Левиафан"; 5. Марк Аврелий - "Ўзим билан танҳо. Мулоҳазалар". Китоб таржимасига моддий ёрдам кўрсатишни истаганлар учун: 9860010107718396 — HUMO (Sadikov Hamid) 8600510380192299 — UZKARD (Sadikov Hamid) @Hamid_Sodiq
Показати все...
👍 9🔥 1👏 1
Repost from Zehniyat
#iqtibos Atom odatlar 1965-yilda vengriyalik Laslo Polgar ismli odam Klara ismli ayolga bir nechta antiqa xat yozgan.    Laslo qunt bilan ishlashga qattiq ishonardi. Lasloning dunyoda ishongan yakkayu yagona narsasi shu edi. U tug‘ma iste’dod haqida eshitishni ham xohlamasdi. Uning fikricha, o‘z ustida astoydil ishlash va yaxshi odatlarni shakllantirish orqali bola har qanday sohaning dahosiga aylanishi mumkin. Uning hayotdagi shiori: "Daholar tug‘ilmaydi, balki ta’lim va tarbiya natijasida paydo bo‘ladi" edi.    Laslo ushbu g‘oyaga shu qadar ishonar ediki, ularni o‘z farzandlarida sinab ko‘rishga ham tayyor edi. Uning Klaraga xat yozishdan maqsadi ham tajriba uchun ko‘ngilli turmush o‘rtoq qidirish edi. Klara o‘qituvchi edi, garchi uning bu g‘oyaga ishonchi Laslonikidek mustahkam bo‘lmasa ham, to‘g‘ri tarbiya berish bilan har qanday inson o‘z ko‘nikmalarini kuchaytirishi mumkin deb hisoblardi.    Laslo shaxmat o‘yini tajriba uchun mos tushadi degan qarorga kelib, o‘z farzandlarini ushbu sportning chinakam ustalariga aylantirish rejasini ishlab chiqdi. U farzandlariga uyda ta’lim berishga qaror qildi. Bunday ta’lim Vengriyada juda kam uchrardi. Rejaga ko‘ra, ularning uyi shaxmat haqidagi kitoblar va buyuk shaxmatchilarning suratlariga to‘la bo‘lar, bolalar esa bir-biri bilan shaxmat o‘ynab, eng nufuzli musobaqalarda qatnashishi kerak edi. Bolalar duch kelgan har bir raqibning o‘yini kuzatilib, maxsus fayllarda ipidan ignasigacha qayd etilib borilardi. Ularning hayoti shaxmatga bag‘ishlandi.    Lasloning sa’y-harakatlari zoye ketmadi. U Klara bilan turmush qurdi va bir necha yil ichida Polgarlar oilasida uch qizaloq Syuzan, Sofiya va Yudit dunyoga keldi.    To‘ng‘ich qizi Syuzan to‘rt yoshligida shaxmat o‘ynashni, olti oydan so‘ng esa kattalarni yutishni boshladi.    O‘rtancha qizi Sofiya yanada yuqori natijalarga erishdi. O‘n to‘rt yoshida u dunyo chempioni, bir necha yildan so‘ng esa grossmeyster unvoniga sazovor bo‘ldi.    Kenja qizi Yudit hammasidan ham o‘tib tushdi. Besh yoshida u otasini yenga olardi. O‘n ikki yoshida u dunyodagi eng yaxshi shaxmat o‘yinchilari yuztaligiga kirgan eng yosh o‘yinchiga aylandi. U o‘n besh yoshu to‘rt oylik bo‘lganda, avvalgi rekordchi Bobbi Fisherni ortda qoldirib, tarixdagi eng yosh grossmeysterga aylandi. Yigirma yetti yil davomida u jahonning eng yaxshi ayol shaxmatchisi unvonini saqlab qoldi.    Opa-singil Polgarlarning bolaligi, yumshoq qilib aytganda noodatiy o‘tgan. Shunga qaramasdan ular bolalik davrini yoqimli va hatto lazzatli xotiralarga to‘la holda eslaydi. Intervyularda ular yoshlik davrlarini mashaqqatli emas, balki qiziqarli deb ta’riflaydi. Ular shaxmat o‘ynashni chindan ham yaxshi ko‘rardi. O‘yinni qancha ko‘p o‘ynasa, shunchalik oz tuyulardi. Kunlarning birida Laslo Sofiyani yarim kechasi hammomda shaxmat o‘ynayotganini ko‘rib qoladi. U qizini uxlashga olib ketar ekan, "Qizim, shaxmat donachalarini o‘z holiga qo‘y", deydi. Bunga Sofiya: "Dadajon, ammo ular meni o‘z holimga qo‘ymaydi-da!" - deya javob qaytaradi.    Opa-singil Polgarlar shaxmatni hamma narsadan ustun qo‘yadigan muhitda voyaga yetgan. Ularni shaxmat uchun maqtashar va mukofotlashardi. Ular o‘sib-ulg‘aygan muhitda shaxmatga mukkasidan ketish normal holat bo‘lgan. © Jeyms Klir, "Atom odatlar" kitobidan @zehniyat_uz
Показати все...
👍 27
Аслзода ва бой оилада туғилганлик бу табиийки яхшилик ва сенга бериладиган устунликдир, лекин бу — аждодларингнинг яхшилигидир. Бойлик албатта ҳурматга сазовор, лекин бу — омад ишидир. ... Қувват, ёшлик бу вақтинчалик неъмат, лекин у қарилик ва касалликлар билан емирилиб, йўқ бўлиб кетади. Таълим(илм) — биз учун ягона илоҳий ва абадий нарсадир. Плутарх
Показати все...
👍 18🔥 3😢 1
Repost from OYINA.UZ
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Oliy taʼlim yoʻnalishlariga kirishda imtihon olinadigan fan bloglari (roʻyxat) Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/23053 Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube |X
Показати все...
Repost from OYINA.UZ
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Bolalar bizdan o‘rnak oladi Oyina.uz va Habicatura'dan yangi karikatura. Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube |X
Показати все...
🔥 4👍 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
“Психологлар фаолиятига оид ҳуқуқий асос яратилади” – Қонунчилик палатаси депутати Олий Мажлис Қонунчилик палатаси депутати Шаҳноза Холмахаматовага кўра, “Аҳолига психологик ёрдам кўрсатиш тўғрисида”ги қонун лойиҳаси ишлаб чиқилган. Ушбу қонун билан одамларнинг қимматли вақти ва маблағини “ўғирлаётган” сохта психологлар фаолиятини тартибга солиш назарда тутилмоқда. Kun.uz олдинроқ шу мавзуда суриштирув эълон қилганди. 👉 https://kun.uz/kr/78823081 Kun.uz расмий канали
Показати все...
👍 15🔥 3
ПСИХОЛОГЛАР УЧУН Тренингда фойдаланиш учун ўйин @psixologiyakitoblar
Показати все...
Do’stimga maktub.docx0.12 KB
👍 2
Repost from Foydali Moliya
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Har ishning oʻz haqiqati, sabablari bor. 🔝 @foydali_moliya birgalikda o'samiz!
Показати все...
😢 13👍 3
Показати все...
Братусь Б.С. Общая психология.doc2.09 MB
👍 1
Показати все...
Мавлянова педагогика.pdf8.19 KB