53-DIUM RASMIY
Відкрити в Telegram
641
Підписники
-424 години
-97 днів
-2430 днів
Архів дописів
+6
Chortoq tumani MMTBga qarashli 53-maktabning “Bunyodkor” jamoasi Turon teatri sahnasida o‘zining yuksak iste’dodi, betakror mahorati va ta’sirchan ijrosi bilan barchani lol qoldirib hudud va tuman boshqichlarida 1- oʻrinni olib viloyat bosqichida munosib ishtirok etishdi.
Jamoa a’zolari sahnada nafaqat chiqish qilishdi, balki tomoshabin qalbiga yo‘l topa oldilar. Ularning har bir harakati, har bir obrazga kirib ijro etishi chinakam san’at namunasi bo‘ldi.
“Bunyodkor” jamoasining bu yutug‘i – mehnat, intilish va iste’dodning yorqin natijasidir. Ushbu muvaffaqiyat nafaqat jamoa, balki 53-maktab jamoasi uchun ham katta faxr va g‘ururdir.
+7
1-aprel " Xalqaro qushlarni himoya qilish" kuni munosabati bilan 1-"G" sinf o‘quvchilari o‘rtasida " Rasmlar tanlovi" tashkil etildi. O‘quvchilarga ushbu kunning tarixi, uning ahamiyati haqida tushunchalar berildi. Barcha o‘quvchilar ko‘tarinki ruhda faol ishtirok etdilar.
🌸📖 Bahorgi ta’til — ijod va ilhom fasli! 📖🌸
MUHAMMADSHARIF SO‘FIZODA nomidagi Namangan viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan tashkil etilgan “Muhammad Yusuf she’riyati — qalblar sadosi” mavzusidagi onlayn videoroliklar tanlovi o‘z nihoyasiga yetdi.
Yoshlarimiz buyuk shoir Muhammad Yusuf ijodidan ilhomlanib, o‘z iste’dod va mahoratlarini namoyon etdilar. Eng munosib ishtirokchilar esa quyidagilar deb topildi:
🏅 1-o‘rin – Isroijanov Xurshidbek
(Norin tumani, 5-maktab, 7-sinf)
🏅 2-o‘rin – Baxtiyorov O‘ktamjon
(Chortoq tumani, 53-maktab, 5-sinf)
🏅 3-o‘rin – Zokirjanova Charos
(Yangiqo‘rg‘on tumani, 23-maktab, 11-sinf)
👏 G‘oliblarni samimiy tabriklaymiz!
🌟 Sizlarning ijodingiz — qalblarga yetib boruvchi sado bo‘ldi!
#She’riyat #MuhammadYusuf #Ijod #Yoshlar #Namangan
53-maktabning 2-“A” sinf oʻquvchisi Xolmuhammedova Shahrizoda “Mening sehrli ertak qahramonim” tanlovida viloyat bosqichida munosib ishtirok etdi. Ushbu tanlovda oʻquvchimiz oʻzining ijodkorligi, tasavvur kengligi hamda ertak qahramonlarini jonli ifodalash mahorati bilan ajralib turdi.
Mazkur ishtirok oʻquvchining nafaqat bilim va iqtidorini, balki badiiy tafakkuri va nutq madaniyatini rivojlantirishga xizmat qildi. Kelgusida ham shunday yutuqlar davom etishiga tilakdoshmiz.
