53-DIUM RASMIY
Відкрити в Telegram
644
Підписники
-124 години
-27 днів
-1730 днів
Архів дописів
+9
Bugun 53-maktabda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri ko‘tarinki ruh, quvonch va hayajon ila tashkil etildi. Tadbir davomida bitiruvchilar tomonidan Vatanga muhabbat, ustozlarga hurmat va ezgu orzu-intilishlarni tarannum etuvchi chiqishlar namoyish etildi.
Maktab jamoasi, faxriy ustozlar hamda taklif etilgan mehmonlar bitiruvchi yoshlarni samimiy qutlab, ularning kelajakda jamiyatda o‘z o‘rnini topib, yurt ravnaqi uchun munosib farzand bo‘lishlariga ishonch bildirdilar. Shuningdek, bitiruvchilarga oq yo‘l, ulkan zafarlar va porloq kelajak tilandi.
Tadbir barchada unutilmas taassurot qoldirib, yoshlarda Vatanga sadoqat, ustozlarga ehtirom va kelajakka ishonch tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.
+5
1- "A" sinfda matematika darsidan "O'tilganlarni takrorlash" mavzusida o'tkazilgan ochiq darsdan fotolavhalar
+4
Chortoq tumanidagi 53-sonli umumta’lim maktabida 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Startap loyihalari” tanlovi tashkil etildi. Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zlarining innovatsion g‘oyalari va loyiha ishlarini taqdim etdilar. Har bir loyiha mazmuni, dolzarbligi hamda amaliy ahamiyati jihatidan baholanib, ishtirokchilar tomonidan keng muhokama qilindi.
Tadbir savol-javob, munozara va fikr almashish tarzida qiziqarli ruhda o‘tkazildi. O‘quvchilar o‘z biznes g‘oyalari, zamonaviy texnologiyalar, ekologiya, ta’lim va xizmat ko‘rsatish sohalariga oid takliflari bilan faol qatnashdilar.
Mazkur startap loyihalari tanlovi o‘quvchilarning ijodiy fikrlashi, tashabbuskorligi, jamoa bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda kelajak kasblariga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qildi. Faol ishtirok etgan o‘quvchilar rag‘batlantirildi.
