uk
Feedback

Не попадись на ботовода! Telemetrio знаходить і позначає такі канали мітками 👉 Хочеш бачити мітку, оформляй підписку

53-DIUM RASMIY

53-DIUM RASMIY

Відкрити в Telegram
641
Підписники
-124 години
-17 днів
-1830 днів
Архів дописів
Maxsus reportaj | Ilk bor yosh tadqiqotchilar uchun innovatsion oromgoh #17aug mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram

Chortoq tuman MMTBga qarashli 53-maktab òquvchisi Dilrabo Abdulhamidova: Xalqaro Tecnovition girl 2025 final ishtirokchisi Smart step loyiha asoschisi 🚀🖥️

Maxsus reportaj | Ilk bor yosh tadqiqotchilar uchun innovatsion oromgoh #17aug mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram

Chortoq tuman MMTBga qarashli 53-maktabda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida sport o‘yinlaridan “Quvnoq startlar” hamda futb
+6
Chortoq tuman MMTBga qarashli 53-maktabda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida sport o‘yinlaridan “Quvnoq startlar” hamda futbol musobaqalari tashkil etildi. Ushbu tadbirlar o‘quvchilarni jismonan chiniqtirish, sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish hamda jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qildi. Musobaqalarda ishtirokchilar faol qatnashib, o‘z iste’dod va chaqqonliklarini namoyish etishdi.

photo content

photo content

photo content

photo content

photo content

photo content

photo content
+5

photo content
+9

Har bir abiturientning yagona orzusi  — talaba bo‘lish. Talaba bo‘lish uchun o‘qish izlanish va doimo harakatda bo‘lish kerak. Bizning 2024-2025-o‘quv yili maktab bitiruvchi o‘quvchilari ham talaba bo‘lishdi. Talaba bo‘lgan o‘quvchilarni va ularning ota-onalarini maktab jamoasi chin qalbdan  tabriklaydi. TALABALIK MUBORAK AZIZ O‘QUVCHILAR!!! 👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏 Bizning kanalga obuna bo'ling. 53-DIUM RASMIY 👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/+o0dtux28HCs5M2Qy

Chortoq tumani MMTBga qarashli 53-maktabda “Dolzarb 90 kunlik” doirasida oʻquvchilar bilimini sinovdan oʻtkazish maqsadida “Z
+4
Chortoq tumani MMTBga qarashli 53-maktabda “Dolzarb 90 kunlik” doirasida oʻquvchilar bilimini sinovdan oʻtkazish maqsadida “Zakovat” intellektual oʻyinlari tashkillandi. Tadbir davomida ishtirokchilar mantiqiy savollar va topishmoqlarga javob berib, oʻz bilim va zukkoliklarini namoyon etishdi. Bu tadbir oʻquvchilarda katta taasurot qoldirdi.

Namangan viloyati Chortoq tumani MMTBga qarashli 53-maktabda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida oʻquvchilar bilan Karoskon s
+6
Namangan viloyati Chortoq tumani MMTBga qarashli 53-maktabda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida oʻquvchilar bilan Karoskon shaharchasidagi muzeyga sayohat uyushtirildi. Tashrif chog‘ida o‘quvchilar muzeydagi tarixiy eksponatlar, madaniy meros namunalari va hududga oid qimmatli ma’lumotlar bilan tanishdilar. Sayohat ularning bilimini boyitib, Vatanimiz tarixi va madaniyatiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.

Namangan viloyati Chortoq tumani MMTBga qarashli 53-maktab oʻquvchilari bilan “Dolzarb 90- kunlik” loyihasi doirasida “Yosh k
+4
Namangan viloyati Chortoq tumani MMTBga qarashli 53-maktab oʻquvchilari bilan “Dolzarb 90- kunlik” loyihasi doirasida “Yosh kitobxonlar” mavzusida qiziqarli tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zlari o‘qigan kitoblari haqida so‘zlab berdilar, sevimli asarlardan parchalar o‘qib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, bolalarda kitobga muhabbat uyg‘otish maqsadida tashkil etilgan bu tadbir o‘quvchilarning tafakkurini, nutqini va ijodiy fikrlashini rivojlantirishga xizmat qildi.

Namangan viloyati Chortoq tumani MMTBga qarashli 53-maktabda “Dolzarb 90 kunlik” doirasida maktab jamoasi hamda oʻquvchilar b
+3
Namangan viloyati Chortoq tumani MMTBga qarashli 53-maktabda “Dolzarb 90 kunlik” doirasida maktab jamoasi hamda oʻquvchilar bilan faxriy ustozlar holidan xabar oldi. Ularning mehnatlari qadrlanib, samimiy suhbatlar tashkil etildi. Ustozlarga hurmat-ehtirom ko‘rsatilib, ezgu tilaklar bildirildi. Bunday tashriflar yosh avlodda ustozlarga bo‘lgan hurmat va qadriyatlarni shakllantirishga xizmat qiladi.

“Dolzarb 90 kunlik” doirasida 53-maktabda “Yosh matematiklar” toʻgaragi a’zolari ishtirokida navbatdagi mashgʻulot oʻtkazildi
+3
 “Dolzarb 90 kunlik” doirasida 53-maktabda “Yosh matematiklar” toʻgaragi a’zolari ishtirokida navbatdagi mashgʻulot oʻtkazildi. Mashgʻulot davomida o‘quvchilarga qiziqarli matematik masalalar, mantiqiy savollar va topqirlikni oshiruvchi mashqlar taqdim etildi.        Ushbu faoliyat bolalarning matematik tafakkurini rivojlantirish, bilimga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qildi.       Toʻgarak mashgʻulotlari muntazam ravishda tashkil etilib, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etiladi.      Bugungi tadbir jarayoni o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

“Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida 53-maktab o‘quvchilar o‘rtasida turli sport o‘yinlari tashkil etildi. Tadbirning asosi
+9
“Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida 53-maktab o‘quvchilar o‘rtasida turli sport o‘yinlari tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi — bolalarni jismoniy faollikka jalb etish, sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda jamoada harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat bo‘ldi. Tashkil etilgan sport o‘yinlari qatorida futbol, voleybol, estafeta yugurish kabi bellashuvlar o‘tkazildi. O‘quvchilar yuqori kayfiyatda ishtirok etib, o‘zaro do‘stona raqobat muhitida bellashdilar.

“Dolzarb 90 kunlik” doirasida maktabimizda o‘quvchilar ishtirokida “Мы изучаем русский язык” mavzusida o‘quv mashg‘uloti tash
+5
“Dolzarb 90 kunlik” doirasida maktabimizda o‘quvchilar ishtirokida “Мы изучаем русский язык” mavzusida o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi. Mazkur mashg‘ulotdan asosiy maqsad – bolalarni rus tiliga qiziqtirish, lug‘at boyligini oshirish, og‘zaki va yozma nutqini shakllantirishdan iborat bo‘ldi. Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar turli interaktiv topshiriqlar, savol-javoblar, rolli o‘yinlar orqali yangi so‘zlar va iboralarni o‘rgandilar. Ayniqsa, salomlashuv, o‘zini tanishtirish, ranglar, sonlar va kundalik so‘zlar bo‘yicha ishlangan mashqlar bolalar uchun qiziqarli va foydali bo‘ldi. Tashkil etilgan mashg‘ulot o‘quvchilarning til o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirib, ularga ijobiy kayfiyat ulashdi. Kelgusida ham bu kabi amaliy va qiziqarli darslar davom ettirilishi rejalashtirilgan.