cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Texnikumlar | Rasmiy xabarlar

Янги профессионал таълим тизими–шахс, жамият ва иқтисодиёт манфаатлари интеграцияси. Саволлар бўлса: [email protected] почта манзилига юборинг✅ Реклама бўйича мурожаат: @analytic_22 Техникумлар гуруҳи 👉 @texnikumlar_guruhi

Більше
Рекламні дописи
4 049
Підписники
-124 години
+17 днів
-8730 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

#Qabul2024 #Abituriyent2024 ⚡️ 2024-2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish boshlandi ✅ 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi. 📱 Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda. 📆 Ro‘yxatga olish 2024-yil 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi. 📹 Yuqoridagi videoqo‘llanma orqali ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish mumkin. ▶️ Youtube orqali ko‘rish (HD formatda) @TEXNIKUMLAR
Показати все...
👍 4🔥 1
#brifing ⚡️5-iyundan oliy va professional taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish istagidagi abituriyentlar uchun qabul boshlanadi (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori maslahatchisi Zohid Shakarov maʼlum qildi. 💬Oʻqishga qabul qilish boʻyicha kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida oʻtkaziladi. Davlat OTMlari bakalavriatiga qabul jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi. 🔄1-bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun my.uzbmb.uz saytida onlayn roʻyxatdan oʻtadi hamda quyidagilarni tanlaydi: 🔸Faqat test sinovida ishtirok etsa: ✔️fanlar majmuasi; ✔️taʼlim tili; ✔️test topshirish hududi. ↪️Alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishlarida oʻqish istagini bildirsa (ijodiy imtihon) topshirsa: ✔️taʼlim tili; ✔️test topshirish hududi; ✔️alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishi; ✔️kasbiy (ijodiy) imtihonni topshiriladigan davlat OTM. 🔄2-bosqichda abituriyentlar test sinovlari toʻliq yakunlanganidan soʻng 15 kun davomida my.uzbmb.uz sayti orqali quyidagilarni tanlaydi: ✔️oliy taʼlim muassasasi; ✔️bakalavriat taʼlim yoʻnalishi; ✔️taʼlim shakli; ✔️tanlov ustuvorligi. 🗣 Abituriyentning test sinovida toʻplagan ballari imtihon oʻtkazilgan kunning ertasiga, uning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani boʻyicha tanlov natijasi qabul jarayonining 2-bosqichi toʻliq yakunlangandan keyin bir hafta muddatda Agentlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi. ⚡️Kollej va texnikumlarda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar OTMlariga qabulning yakuniy natijasi eʼlon qilinganidan soʻng 10 kun muddatda quyidagilarni tanlaydi: ✔️kollej va (yoki) texnikum; ✔️kasb va mutaxassislik; ✔️taʼlim shakli. 🗣 Natijasi bir hafta muddatda Agentlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi. ⚡️Fuqarolar oʻzlarini qiziqtirgan savollari bilan Agentlikning 1195 ishonch telefoniga murojaat qilishlari mumkin. @TEXNIKUMLAR
Показати все...
👍 7😡 2 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
O'zbekistonda davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi o'zgarmoqda. Endilikda: — kirish imtihonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq 2 bosqichli bo'ladi, ya'ni avval imtihonlar o'tkaziladi, so'ng OTM, ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shakli tanlanadi; — davlat buyurtmasi parametrlarini davlat OTMlari kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinadi; — kvotalar taqsimotida muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlar sohalariga ustuvorlik beriladi. Kirish imtihonlari oldidan abituriyentlar uchun foydali #infografika tayyorladik. Unda yurtimizdagi mavjud OTMlar haqida ma’lumotlar aks etgan. @TEXNIKUMLAR
Показати все...
👍 7🕊 2😇 2 1😡 1
⚡️ Rasman: OTM va professional ta’lim muassasalariga qabul birga bo‘ladi Bu OTM va professional ta’lim muassasalariga qabul va imtihonlar bir vaqtda amalga oshirilishini anglatadi. Abituriyent hujjat topshirish payti faqat imtihon topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi va test topshiradi. So‘ng to‘plagan balliga qarab xohlasa, ikkinchi bosqichda OTM va yo‘nalish tanlab ro‘yxatdan o‘tadi. Balli yetsa, OTMda o‘qishni tanlashi yoki o‘sha balli asosida professional ta’lim muassasalaridan birini tanlashi mumkin. @TEXNIKUMLAR
Показати все...
👍 17🔥 2🤗 2 1😇 1
Ta'lim uchun to‘lov soliqqa tortilmaydi Professional va oliy ta‘lim tashkilotlariga jismoniy shaxslar o‘zi va farzandlarining, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘ining ta‘lim olishi uchun yo‘naltirgan ish haqi va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi. Mazkur imtiyoz o‘qish uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan ta’lim kreditlarini (foizlari bilan) qoplashga nisbatan ham qo‘llaniladi. 👉 PF-67-son 11-band 08.05.2023 👉Soliq kodeksi 378-modda Agar siz ta’lim uchun yoki olingan ta’lim kreditini (foizlari bilan) qoplash uchun mablag‘larni professional va oliy ta’lim tashkilotlariga yoki tijorat bankiga ish beruvchi tomonidan o‘tkazib berilishini va bu mablag‘laringizga soliq solinmasligini istasangiz, u holda tegishli ariza bilan ish beruvchiga murojaat etishingiz lozim. Bunda, quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak: 🔹talaba (talabalar) bilan O‘zbekiston professional yoki oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi; 🔹tijorat banki bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi. Agar siz oldingi yillarda ishlagan bo'lsangiz, shartnoma summasini o'zingiz (naqd yoki bank kartasi orqali) mustaqil ravishda to'lagan bo'lsangiz, doimiy yashash joyidagi soliq organiga jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya va quyidagi hujjatlarni topshirish orqali to'langan daromad solig'ini qaytarishingiz mumkin. 🔹talaba (talabalar) bilan O‘zbekiston professional yoki oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi; 🔹tijorat banki bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi; 🔹O‘zbekiston professional va oliy ta’lim tashkilotlari hisob raqamiga (ta’lim kreditini (foizlari bilan) qoplaganda tijorat banki hisob raqamiga) pul mablag‘larini mustaqil to‘laganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi. Agar ta'lim uchun yo‘naltirilgan mablag'lar miqdori jami yillik daromaddan ortiq bo'lsa, boshqa oila a'zosi (ota/ona, er/xotin) soliq to'langan summaning qolgan qismidan olingan daromad solig‘ini xuddi shu tarzda qaytarishi mumkin. Bunda, u avval imtiyoz qo'llanilgan summa miqdori to'g'risidagi ma’lumotnoma taqdim etilishi kerak. Agar siz va sizning oila a'zolaringiz turli hududlardagi davlat soliq organlarida ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, u holda imtiyozni qo'llamoqchi bo'lgan shaxs boshqa hujjatlar bilan birga oilaning qolgan a'zolari ushbu imtiyozni hali qo'llamaganligi to'g'risida ma'lumotnoma taqdim etadi. @TEXNIKUMLAR
Показати все...
👍 1 1🔥 1
2024/2025 ўқув йилидан олий ва профессионал таълим ташкилотларида таҳсил олиш учун таълим кредити фақат кундузги таълим шаклида ўқиётган талаба ва ўқувчиларга ажратилади. Таълим кредити: ➖ олий таълим ташкилотларининг биринчи босқич талабалари ҳамда профессионал таълим ташкилотлари ўқувчилари учун тўлов-контракт суммаси миқдорида; ➖ олий таълим ташкилотларининг иккинчи ва ундан юқори курс талабалари учун фанларни ўзлаштиришнинг ўртача кўрсаткичи “3” дан паст бўлган тақдирда тўлов-контракт суммасининг кўпи билан 80 фоизи миқдорида ажратилади. Бундан “Ижтимоий ҳимоя ягона реестри”га киритилган оилалар фарзандлари мустасно @TEXNIKUMLAR
Показати все...
👍 6 1🔥 1
HEMIS dasturiga ulanmagan xususiy OTMlarning talabalariga ta’lim krediti berilmaydi Yangi o‘quv yilidan boshlab, ta’lim krediti: oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun – talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kontrakt.edu.uz axborot tizimi va “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimida mavjud bo‘lganda; professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari uchun – o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar prof.edu.uz axborot tizimida mavjud bo‘lganda ajratiladi. O‘z dasturiy ta’minotiga ega bo‘lgan oliy va professional ta’lim tashkilotlari ta’lim kreditini olish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli axborot tizimlariga o‘z axborot tizimini integratsiya qilishi yoki ulardan foydalanishi majburiy hisoblanadi. Boshqacha aytganda, xususiy va nodavlat OTMlarning tizimi "HEMIS"ga ulanmagan bo‘lsa, unda ushbu OTM talabalariga ta’lim krediti ajratilmaydi. @TEXNIKUMLAR
Показати все...
👍 5 1🔥 1
Umumta’lim maktablarini 414 mingdan ortiq 11-sinf o‘quvchilari bitirmoqda Statistikga agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023/2024-o‘quv yili boshida 11-sinflarda respublika bo‘yicha jami 414,6 ming nafar o‘quvchi qayd etilgan. Shundan: 🔸 qiz bolalar – 223,1 ming nafar; 🔹 o‘g‘il bolalar – 191,5 ming nafar. 📍Hududlar kesimida bitiruvchilar soni quyidagicha (ming kishi): ● Samarqand viloyati – 49,1; ● Qashqadaryo viloyati – 44,2; ● Farg‘ona viloyati – 43,4; ● Toshkent shahri – 36,2; ● Andijon viloyati – 34,7; ● Surxondaryo viloyati – 34,1; ● Toshkent viloyati – 31,0; ● Namangan viloyati – 30,0; ● Xorazm viloyati – 25,7; ● Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 23,1; ● Buxoro viloyati – 22,9; ● Jizzax viloyati – 17,7; ● Navoiy viloyati – 12,2; ● Sirdaryo viloyati – 10,3. @TEXNIKUMLAR
Показати все...
👍 3 1
Президент фармонига кўра, 2024/2025 ўқув йилидан олий ва профессионал таълим ташкилотларининг талаба ва ўқувчиларига таълим кредитлари қуйидагиларни назарда тутган ҳолда ажратилади: ⁃ олий ва профессионал таълим ташкилотларида таҳсил олиш учун таълим кредити фақат кундузги таълим шаклида ўқиётган талаба ва ўқувчиларга ажратилади; ➖ таълим кредити: ⁃ олий таълим ташкилотларининг биринчи босқич талабалари ҳамда профессионал таълим ташкилотлари ўқувчилари учун тўлов-контракт суммаси миқдорида; ⁃ олий таълим ташкилотларининг иккинчи ва ундан юқори курс талабалари учун фанларни ўзлаштиришнинг ўртача кўрсаткичи “3” дан паст бўлган тақдирда тўлов-контракт суммасининг кўпи билан 80 фоизи миқдорида ажратилади. ❗️Бундан “Ижтимоий ҳимоя ягона реестри”га киритилган оилалар фарзандлари мустасно. @TEXNIKUMLAR
Показати все...
😡 10👍 2👀 1
⚡️Akademik litsey, kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlarda ayrim shtatlar qisqartirilishi mumkin Muhokamalar portaliga “Akademik litsey, kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlar boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qoʻshma qaror loyihasi joylashtirildi. Loyihaga koʻra, 2018-yil 29-dekabrdagi qarorga (Adliyadan roʻyxatdan oʻtgan raqami 3119) oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. Xususan, akademik litsey, kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlarda quyidagi shtat birliklar qisqartirilishi mumkin: ➖direktorning moliya-iqtisod ishlari boʻyicha oʻrinbosari ➖yuriskonsult ➖yoshlar yetakchisi ➖hamshira ➖laborant ➖ustaxona mudiri Loyiha bilan tasdiqlanadigan mazkur shtat birliklarini 2024-yil 1-sentyabrdan joriy etish taklif etilmoqda. Muhokamada ishtirok etish👇 https://regulation.gov.uz/oz/d/99426 Avvaloq ijtimoiy tarmoqlarda maktablardagi ayrim shtatlar qisqarishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. @TEXNIKUMLAR
Показати все...
“Академик лицей, касб-ҳунар мактаби, коллеж ва техникумлар бошқарув, техник, хизмат кўрсатувчи ва ўқув-ёрдамчи ходимларининг намунавий штатларини тасдиқлаш тўғрисида”ги қарорга ўзгартиришлар ва қўшимчалар киритиш ҳақида

👍 7🔥 1