uk
Feedback
Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi

Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi

Відкрити в Telegram

Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasining rasmiy sahifasi Bot manzilimiz: @Ecopoytaxt_murojaat_bot https://instagram.com/ekopoytaxt https://www.facebook.com/tashkentecology

Показати більше
1 771
Підписники
+524 години
+117 днів
+430 день
Архів дописів
✔️ “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasida hashar tashkil e
+9
✔️ “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasida hashar tashkil etildi. Hashar davomida boshqarma xodimlari tomonidan boshqarma hududi hamda Nafosat MFYda obodonlashtirish ishlari olib borildi. Xususan, hududlarni chiqindilardan tozalash, yashil maydonlarni tartibga keltirish, daraxt va ko‘chatlarni parvarishlash hamda atrof-muhitni obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Mazkur hashar ekologik tozalikni ta’minlash, hududlarning sanitariya holatini yaxshilash, yashil maydonlarni asrab-avaylash hamda xodimlar o‘rtasida jamoaviy hamjihatlik va ekologik madaniyatni yuksaltirishga xizmat qiladi. ——— 🍀 Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati 📱Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook

Rasmiy munosabat Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahridagi “Kosmonavtlar” metro bekati yaqinida joylashgan “Korzinka” sup
+3
Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahridagi “Kosmonavtlar” metro bekati yaqinida joylashgan “Korzinka” supermarketi hovlisida chinor daraxti kesib tashlangani yuzasidan murojaat tarqaldi.
🟡Mazkur murojaat yuzasidan Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Ekopolitsiyasining Yakkasaroy tuman bo’limi xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilgan. O‘rganish natijasida mazkur chinor daraxti tabiiy omillar hamda zararkunandalar ta’sirida kasallangani, jiddiy zararlangani va qurigani aniqlangan. Natijada daraxt insonlar hayoti va sog‘lig‘i, shuningdek, yuridik hamda jismoniy shaxslarning mol-mulki xavfsizligiga tahdid soluvchi holatga kelgan. Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasining “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunining 37-moddasi talablariga muvofiq, mazkur daraxtni sanitariya maqsadida kesish bo‘yicha belgilangan tartibda tavsiya berilgan hamda kesish ishlari qonunchilik talablariga muvofiq amalga oshirilganligini ma’lum qilamiz. __ 🍀 Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o’zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati 📱Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook

Avval xabar qilinganidek, ijtimoiy tarmoqlarda Mirobod tumani “Lola” MFY hududida aholi tomonidan yaqinda ekilgan o‘nlab yosh
+1
Avval xabar qilinganidek, ijtimoiy tarmoqlarda Mirobod tumani “Lola” MFY hududida aholi tomonidan yaqinda ekilgan o‘nlab yosh daraxtlar Mirobod tumani obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan kesib tashlangani haqidagi murojaat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida aniqlanishicha, Lolazor MFY hududidagi 27/3B-uy oldi qismini obodonlashtirish va tozalash ishlari jarayonida fuqaro M.U. tomonidan hududda ekilgan 2–3 yillik daraxt nihollari kesilgan. Mazkur huquqbuzarlik yuzasidan fuqaro M.U.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 79-moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari miqdorida jarima qo‘llanilib, belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 464-son qarori talablariga muvofiq tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 10 300 000 so‘m etib hisoblandi hamda mazkur holat yuzasidan belgilangan tartibda tegishli ma’muriy hujjatlar rasmiylashtirildi. __ 🍀 Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o’zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati 📱Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook

Rasmiy munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda “Yunusobod tumani 17-mavze, 22 va 23-ko‘p qavatli uylar hamda 55-son oilaviy poliklinik
+4
Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda “Yunusobod tumani 17-mavze, 22 va 23-ko‘p qavatli uylar hamda 55-son oilaviy poliklinika oralig‘idagi hududdagi daraxtlar xavf ostida” mazmunidagi murojaat tarqaldi.
🟡Mazkur murojaat yuzasidan Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Ekopolitsiyasining Yunusobod tumani bo‘limi xodimlari tomonidan voqea joyiga chiqilib, o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganishlar davomida mazkur hududda ekologiya sohasidagi amaldagi qonunchilik talablarining buzilishi bilan bog‘liq holatlar aniqlanmadi. Shuningdek, hududdagi mavjud daraxtlar belgilangan tartibda xatlovdan o‘tkazilgani ma’lum qilinadi. ——— 🍀 Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati 📱Telegram 🌐Instagram

+2
Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlar orqali Uchtepa tumanida go‘yoki ko‘p yillik daraxt kesib tashlanayotgani mazmunida murojaat kelib tushdi.
🟡Mazkur murojaat yuzasidan Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Ekopolitsiyasining Uchtepa tuman bo‘limi xodimlari tomonidan voqea joyiga chiqilib, holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida aniqlanishicha, Ko‘kcha Darvoza ko‘chasi, 487-A-uy oldida qurilish ishlari uchun kotlovan qazish jarayonida daraxtning ildiz qismi shikastlanganligi oqibatida u ag‘darilib tushgan. Aniqlangan huquqbuzarlik yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 79-moddasi 1-qismiga asosan mas’ul shaxsga nisbatan 20 600 000 so‘m miqdorida jarima qo‘llanilib, belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 464-son qarori talablariga muvofiq tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 95 584 000 so‘m etib hisoblandi hamda belgilangan tartibda tegishli hujjatlar rasmiylashtirilganligi ma’lum qilinadi. __ 🍀 Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o’zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati 📱Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook

+1
Kamera yozuvlariga muhrlangan noqonuniy harakat jarimaga sabab bo’ldi.
Sergeli tumani Sadoqat MFY hududidagi kamera yozuvlarida belgilanmagan joyga qurilish chiqindilarini tashlanganlik holatlari aniqlandi. Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Ekopolitsiyaning alohida maxsus topshiriqlar bo‘yicha tezkor guruhi inspektori tomonidan huquqbuzarlikni sodir etgan fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritilib, O’zbekiston Respublikasi MJtK ning 91¹ moddaning 3-qismi bilan BHM ning 50 barobari miqdorida jarima qo’llanilib, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va tushuntirish ishlari olib borildi. ——— 🍀 Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati 📱Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook

+4
Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlar orqali Mirobod tumani, “Lola” MFY hududida aholi tomonidan yaqinda ekilgan o‘nlab yosh daraxtlar Mirobod tumani obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan kesib tashlangani haqida murojaat tarqaldi.
🟡Mazkur murojaat yuzasidan Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Ekopolitsiyasining Mirobod tumani bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan voqea joyiga chiqilib, holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganish yakunlariga ko‘ra holatga huquqiy baho berilib, natijalari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi. ____ 🍀 Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o’zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati 📱Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook

O‘rganish yakunlari bo‘yicha ma’lumot Avval xabar qilinganidek, ijtimoiy tarmoqlarda Sergeli tumani “Bunyodobod” MFY hududida
+3
O‘rganish yakunlari bo‘yicha ma’lumot Avval xabar qilinganidek, ijtimoiy tarmoqlarda Sergeli tumani “Bunyodobod” MFY hududida joylashgan “Iste’molda bo‘lgan transport vositalari va ehtiyot qismlar Sergeli bozori”ning orqa tomonidan oqib o‘tuvchi suv havzasiga oqova va kanalizatsiya tarmoqlari ulanganligi, natijada oqova suvlar ochiq suv havzasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashlanayotgani aks etgan videolavha yuzasidan Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi mutasaddi xodimlari hamda davlat inspektorlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish natijasida “Iste’molda bo‘lgan transport vositalari va ehtiyot qismlar Sergeli bozori” hamda “China House”ga qarashli ko‘p qavatli turar joy binosi oralig‘idan oqib o‘tuvchi suv havzasiga hech qanday oqova (kanalizatsiya) tarmog‘i ulanmagani aniqlandi. Shuningdek, diametri 300 mm bo‘lgan quvurdan oqib tushayotgan suv oqimi to‘xtagani qayd etildi. Aniqlanishicha, mazkur quvur “Yuqori Darxon” MFY hududidan oqib keluvchi yomg‘ir va sizot suvlarini yig‘ish hamda ularning sathini pasaytirish maqsadida barpo etilgan kichik hajmdagi ariqqa ulangan. Kelgusida bunday holatlarning oldini olish, hududning sanitariya va ekologik holatini yaxshilash maqsadida “Yuqori Darxon” MFY hududidan oqib o‘tuvchi ariq qirg‘oqlarida to‘planib qolgan has-cho‘plar va maishiy chiqindilarni tozalash yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. ——— 🍀Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati

Rasmiy munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri markazida joylashgan Murad Buildings majmuasida bir necha oydan buyon y
+5
Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri markazida joylashgan Murad Buildings majmuasida bir necha oydan buyon yer osti suvlarini tortib olish ishlari olib borilayotgani, buning natijasida yer osti suvlari bilan oziqlanuvchi daraxtlarga salbiy ta’sir ko‘rsatilishi hamda bino ro‘parasida joylashgan Ekopark hududidagi sovet davrida ekilgan ko‘p yillik daraxtlarning qurib qolish xavfi yuzaga kelgani haqida murojaat tarqaldi.
Mazkur murojaat yuzasidan Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Ekopolitsiyasi boshlig‘i o‘rinbosari, Ekopolitsiyaning alohida maxsus topshiriqlar bo‘yicha tezkor guruhi inspektorlari hamda Atrof-muhit monitoringi, iqlim o‘zgarishiga moslashish va gidrometeorologiya sohasini muvofiqlashtirish (tahliliy laboratoriya) bo‘limi mutaxassislari tomonidan voqea joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida hududdagi daraxtlarning holati ko‘zdan kechirildi, kanalga oqib chiqayotgan suvdan laboratoriya tahlillari uchun namunalar olindi. Hozirda holat yuzasidan qo‘shimcha o‘rganish ishlari davom etmoqda. O‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi. ——— 🍀Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati

#Mustaqillik35 #Uzb35 🇺🇿Istiqlolimizning 35 yillik bayramiga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda   O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, hududiy bosh boshqarmalari va tizim tashkilotlarida eng ulug‘, eng aziz bayram — Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligini nishonlashga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda. https://gov.uz/oz/eco/news/view/198961 🇺🇿Идет активная подготовка к празднованию 35-летия Независимости Узбекистана   В Национальном комитете по экологии и изменению климата Республики Узбекистан, его территориальных управлениях и подведомственных организациях идет активная подготовка к самому значимому празднику – 35-летию государственной независимости Республики Узбекистан. https://gov.uz/ru/eco/news/view/198961 📱Instagram | 📱Telegram | 📱Facebook | X | 📱 Linkedin

+2
Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlar orqali Mirobod tumanidagi mahalliy ma’muriyatga qarashli Polkushka hududidagi binolar oralig‘ida daraxtlar noqonuniy kesilayotgani mazmunida murojaat kelib tushdi.
🟡Mazkur murojaat yuzasidan Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Ekopolitsiyasining Mirobod tumani bo‘limi xodimlari tomonidan voqea joyiga chiqilib, o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganishlar davomida hududni obodonlashtirish ishlari jarayonida daraxt kesilgani aniqlandi. Aniqlangan huquqbuzarlik yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 79-moddasi 1-qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari miqdorida jarima qo‘llanilib, belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 464-son qarori talablariga muvofiq tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 4 944 000 so‘m etib hisoblandi hamda belgilangan tartibda tegishli ma’muriy hujjatlar rasmiylashtirilayotganligini ma’lum qilamiz. __ 🍀 Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o’zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati 📱Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook

Rasmiy munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda Beshag‘och ko‘chasidagi yashil zonaning bir qismida, Anhor qirg‘og‘i bo‘ylab I. Karimov
+4
Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Beshag‘och ko‘chasidagi yashil zonaning bir qismida, Anhor qirg‘og‘i bo‘ylab I. Karimov va Afrosiyob ko‘chalari kesishmasi oralig‘ida issiqlik quvurlari o‘tkazilishi natijasida 50 yildan ortiq yoshga ega o‘nlab daraxtlarning ildizlari kesilayotgani mazmunida murojaat tarqaldi.
Mazkur holat Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Ekopolitsiyasining Chilonzor tumani bo‘limi xodimlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganishlar davomida hududda issiqlik quvurlarini yotqizish ishlari olib borilayotgani aniqlandi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, amaldagi ekologiya qonunchiligi talablari buzilganligi holatlari aniqlanmadi. Shu bilan birga, mas’ul tashkilot vakillariga ishlarni amalga oshirish jarayonida daraxtlar va boshqa yashil hududlarga zarar yetkazmaslik, atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. _ 🍀 Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi jamoasi 📱Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook

O‘zbekistonda bioxilma-xillik ma’lumotlarini boshqarish bo‘yicha yagona ECODATA platformasi ishga tushirildi 28-iyul – “Butunjahon tabiatni muhofaza qilish” kuni munosabati bilan Toshkent shahrida bioxilma-xillik va alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bo‘yicha yangilangan elektron geoinformatsion ma’lumotlar bazasi – ECODATA platformasining rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tdi. https://gov.uz/oz/eco/news/view/198655В Узбекистане запускается единая платформа ECODATA для управления данными о биоразнообразии   28 июля, во Всемирный день охраны природы, в Ташкенте состоялся официальный запуск обновленной Электронной геоинформационной базы данных биоразнообразия и охраняемых природных территорий – ECODATA. https://gov.uz/ru/eco/news/view/198655 📱Instagram | 📱Telegram | 📱Facebook | X | 📱 Linkedin

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Qo’yluqota ko’chasida daraxtlarning tag qismi beton qoplama bilan qoplanganligi mazmunida murojaat
+4
Ijtimoiy tarmoqlar orqali Qo’yluqota ko’chasida daraxtlarning tag qismi beton qoplama bilan qoplanganligi mazmunida murojaat qilindi.
🔴Ushbu holat Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi Ekopolitsiyaning Mirobod tumani bo’limi tomonidan joyiga chiqib o'rganilib, mas’ullar tomonidan bartaraf qilindi. Daraxtlarning tag qismidagi beton qoplamasi olib tashlanganligini ma’lum qilamiz. —— 🍀 Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi jamoasi 📱Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Yakkasaroy tumani Bobur ko’chasi 18-uyning oldidagi daraxtlarning tag qismi beton qoplama bilan qop
+6
Ijtimoiy tarmoqlar orqali Yakkasaroy tumani Bobur ko’chasi 18-uyning oldidagi daraxtlarning tag qismi beton qoplama bilan qoplanganligi mazmunida murojaat qilindi.
🔴Ushbu holat Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi Ekopolitsiyaning Yakkasaroy tumani bo’limi tomonidan joyiga chiqib o'rganilib, mas’ullar tomonidan bartaraf qilindi. Daraxtlarning tag qismidagi beton qoplamasi olib tashlanganligini ma’lum qilamiz. —— 🍀 Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi jamoasi 📱Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook

Ijtimoiy tarmoqlarda Sergeli avtomobil bozori atrofidagi suv kanaliga ko‘p qavatli uylarning kanalizatsiya oqova suvlari oqiz
+4
Ijtimoiy tarmoqlarda Sergeli avtomobil bozori atrofidagi suv kanaliga ko‘p qavatli uylarning kanalizatsiya oqova suvlari oqizilayotgani mazmunida xabarlar tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi boshlig‘i A.Rasulov boshchiligidagi ishchi guruh, Sergeli tumani Suv ta’minoti MCHJ rahbariyati hamda tuman hokimligi mas’ullari tomonidan joyida o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Mazkur holat bo‘yicha qo‘shimcha va batafsil ma’lumotlar o‘rganish ishlari yakunlangach e’lon qilinishini ma’lum qilamiz. ___ 🍀 Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati 📱Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook

💬Zararlangan daraxtlarni sog‘lomlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri, Yunusobod tumani, “Billur” MFY hududidagi ko‘p qavatli uylar yonida o‘sib turgan daraxtlarning kasallanishiga oid murojaat tarqalgan va holat Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tomonidan nazoratga olingani haqida xabar berilgan edi. https://gov.uz/oz/eco/news/view/197751 💬Проводятся работы по оздоровлению поврежденных деревьев Ранее в социальных сетях распространилось обращение о заболевании деревьев, растущих возле многоквартирных домов на территории махалли «Биллур» Юнусабадского района города Ташкента. Сообщалось, что данная ситуация была взята на контроль Национальным комитетом по экологии и изменению климата. https://gov.uz/ru/eco/news/view/197751 📱Instagram | 📱Telegram | 📱Facebook | X | 📱 Linkedin

RASMIY MUNOSABAT! Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri, Yunusobod tumani, “Billur” MFY hududidagi ko‘p qavatli uylar yonida o‘sib turgan daraxtlarning kasallanishiga ekologiya xodimlari befarq qarayotgani haqida xabar tarqaldi. Mazkur holat Toshkent shahar Ekologiya, O‘simliklar karantini va himoyasi hamda Obodonlashtirish boshqarmalari mas’ullari ishtirokida joyiga chiqib o‘rganildi. Avvalo shuni ta’kidlash kerakki, ushbu mahallada yashovchi fuqaro A. tomonidan o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida hududdagi ko‘p yillik daraxtlarning kasallanayotgani yuzasidan joylashtirilgan murojaat Yunusobod tumani Ekologiya bo‘limi xodimlari tomonidan o‘z vaqtida nazoratga olinib, fuqaro hamda mahalla raisi ishtirokida o‘rganilgan. O‘rganishlar davomida vakolat doirasida Toshkent shahar O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi bilan hamkorlikda belgilangan tartibda amaliy ishlarni tashkil etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi belgilangan. Shu bilan birga, mazkur murojaat boshqa bir bloger tomonidan noto‘g‘ri talqin qilinib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan. O‘rganish jarayonida fuqaro A. bloger tomonidan bildirilgan fikrlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi. Mazkur holat Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi. ___ 🍀 Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati 📱Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook

Repost from Saida Mirziyoyeva
Toshkent jadal rivojlanmoqda, ammo, ayni paytda, shahrimizda yashil hududlar nihoyatda kam. Yangi istirohat bog‘lari barpo et
+6
Toshkent jadal rivojlanmoqda, ammo, ayni paytda, shahrimizda yashil hududlar nihoyatda kam. Yangi istirohat bog‘lari barpo etish va atrof-muhitni ko‘kalamzorlashtirish — poytaxt kelajagi uchun eng zarur ustuvor yo‘nalishlardan. Aynan shu sababdan shahardagi qator muhim obyektlarni borib ko‘rdim. Har bir maskanning o‘z o‘rni, xususiyati bor. Maqsadimiz bitta — ularni xalqqa xizmat qiladigan qulay manzilga aylantirish. Afrosiyob ko‘chasidagi bog‘ni ko‘zdan kechirdik. Bu yerda barcha emin-erkin dam olishi uchun zarur sharoitni yaratish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, Sayilgoh ko‘chasi, Amir Temur shohko‘chasi va unga tutash hududlarni yangilash, Bobur nomidagi Ekopark hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi bog‘ maydonlarini kengaytirish masalalarini muhokama qildik. Asosiy vazifamiz — poytaxtimizga “yashil shahar” maqomini qaytarish, odamlar mazmunli hordiq chiqarishi va sayr qilishi uchun imkon qadar ko‘proq ochiq maydonlar yaratishdir. Qulay va xavfsiz muhitni rivojlantirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini izchil davom ettirish hamda mavjud infratuzilmadan samarali foydalanish lozim. Shahar aholisining turmush darajasini yaxshilash yo‘lida bu masalalarni hal etishga zudlik bilan kirishmoq juda muhim. — Ташкент активно развивается, но зелёных зон городу критически не хватает. Поэтому создание парков и озеленение приобретает первостепенное значение. Именно с этой целью я посетила несколько важных городских объектов. У каждого своя задача, но цель одна — сделать их удобными для жителей. Осмотрели парк на улице Афросиаб. Эту парковую зону планируется сделать доступной для всех. Также обсудили обновление улицы Сайилгох, проспекта Амира Темура с прилегающей территорией и расширение Экопарка имени Бабура и парка имени Мирзо Улугбека. Главный приоритет — вернуть столице статус зелёного города, создать как можно больше пространства для людей, для их активного отдыха и прогулок. Продолжить развивать доступную среду, озеленение, безопасность и эффективно использовать существующую инфраструктуру. И эту задачу надо решать уже сейчас, чтобы обеспечить высокое качество жизни горожан.

#reyd #рейд 🔍Ekopolitsiya Toshkent shahri va Toshkent viloyatida o‘tkazilgan reydlarda 48 ta ekologik huquqbuzarlikni aniqladi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi (Ekopolitsiya) ekologik huquqbuzarliklarning oldini olish hamda tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan reyd tadbirlarini davom ettirmoqda. https://gov.uz/oz/eco/news/view/197309 🔍Экополиция выявила 48 экологических нарушений в ходе рейдов в Ташкенте и Ташкентской области   Государственная инспекция экологического контроля (Экополиция) Национального комитета по экологии и изменению климата продолжает проводить рейдовые мероприятия, направленные на предупреждение экологических правонарушений и обеспечение соблюдения требований природоохранного законодательства. https://gov.uz/ru/eco/news/view/197309 🔍Eco Police Detects 48 Environmental Violations During Raids in Tashkent and the Tashkent Region The State Environmental Control Inspectorate (Eco Police) under the National Committee on Ecology and Climate Change continues to conduct рейds aimed at preventing environmental violations and ensuring compliance with environmental legislation. https://gov.uz/en/eco/news/view/197309 📱Instagram | 📱Telegram | 📱Facebook | X | 📱 Linkedin