cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Umar Muhandis

All about Product, Engineering, Tech, Design, and AI. Everything else: @umarulashar Ask me anything here: @umarmuhandis_bot

Більше
Рекламні дописи
1 646
Підписники
+124 години
+1717 днів
+15230 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Фото недоступнеДивитись в Telegram
Shu kunlarda Python'ni yuqoridagidek Sun'iy intellekt yordamida o'rganyabman. Claude 3.5 Sonnet qotirdi dars o'tishni lekin. --- This is how I am learning new stuff these days. Claude 3.5 Sonnet has nailed it.
Показати все...
🤣 17🔥 6😢 2
Always Build Build those apps that you are curious about. Build necessary skills that help you succeed. Build your body. Build your soul. Build that startup that you have dreamed of. Build strong relationships. Build your network. Build your audience. Keep building the things that are important for you, buddy.
Показати все...
🔥 33👍 7
Yangilik, rivojlanish, innovatsiyalarni oyog’iga bolta uradigan, cheklovlar ustiga qurilgan mentalitet: - Juda aqlli bo’lib ketibsan, doskaga chiqib o’rnimga dars o’ta qolgin. - Odamlar nima deydi? Odamlar oldida nima degan odam bo’lamiz? - Choynakka tegma, kuyasan. - Voy tirrancha, tiling chiqib qolibdiku sani. - Nega galstuging yo’q? Nega soching uzun? Nega paypog’ing kalta? Nega undaysan? Nega bundaysan? - Kottala gapirganda “Hop bo’ladi” deydi. Bu mentalitet o’zbek yoshlarini bolaligidan miyasiga quyiladi. Agar bu virusli sistema bola miyasiga muvaffaqqiyatli o’rnatilsa, u bola butun umr shu mentalitet qurboniga aylanadi, yohud miyasidan buni chiqarib tashlash uchun ko’p zaxmat chekadi.
Показати все...
👍 25😢 10🔥 8😁 1
Telegramni avvalboshdan e2e encrypted deb o’ylardim. Unday emasligini bugungi suhbatda do’stim Laziz aytib qoldi. Avvaliga ishonmadim. Tekshirib bilsam, haqiqattan shunday ekan 🥲 Bu yerda ikkita xavf bor. Birinchisi: agar bironta “krutoy” haker Telegram serverlariga kalit topa olsa, va bulutga joylangan ma’lumotlarning shifrini ocha olsa, istalgan ma’lumotni qo’lga kiritadi. Telegramning shifrlash algoritmi open-source emas. Ya’ni, dunyo kriptograflari hamjamiyati tomonidan test qilinmagan. Shifrlash algoritmida muammo bo’lishi ehtimoli bor. Ikkinchi xavf: Telegram, do’stlaringizga yuborgan shaxsiy xabarlaringizni, maxfiy kanalingizga joylab qo’ygan dokumentlaringizni, media, rasm, va videolaringizni, borinki hamma ma’lumotni istalgan payt o’qiy oladi. Ikki xavfning ham sodir bo’lish ehtimoli kam, lekin yo’q emas. Ikki xavfda ham, odam faktori rol o’ynaydi. Nima qilish kerak? Birinchi navbatda, o’zingiz uchun to’g’ri bo’ling. Undan tashqari, nozik mavzular, maxfiy suhbatlar (siyosat, din, jamiyat, va hokazo), oila va mahramiyatga tegishli shaxsiy masalalarda telegramning secret chat funksiyasidan foydalaning.
Показати все...
👍 16🤯 8 2🔥 1
OpenAI = ClosedAI AQSH Milliy Xavfsizlik Agentligining sobiq rahbari OpenAI'ning direktorlar kengashiga qo'shilayotgani yaxshilikdan darak bermaydi. Bundan ko'zlangan maqsad ochiq oydin. Sahna ortidagi shaxslar yangi dunyo nizomini o'rnatishga intilayotgani kishi dilini xira qiladi.
Показати все...
🔥 18👍 4😢 3
Prompt Engineering Reeborg saytida sodda algoritmik chellenjni Python dasturlash tilida hal qilish kerak edi. Sun'iy intellekt davrida yashayabmiz, ortiqcha vaqt ketkazmasdan AI'ga yechim yozdirib tashlashga qaror qildim. ChatGPT'ga murojaat etdim. Ikkita urunishda ham xato yechim. Gemini AI'ga murojaat qildim. Yordam bo'lsin uchun, rasmlar ham taqdim etdim. U ham to'g'ri yechim yoza olmadi. "Bor-e, o'zim yechim yozib tashlay qolaman" deb osonlikcha taslim bo'lmadim 😎 "Og'iz ko'pirtirib maqtashgani bu AI demaganlari oddiy masalani ham yecha olmayabdiku" deya, ChatGPT'ga oxirgi imkonni berishga qaror qildim. Bu safar, maksimal kontekst yozdim. Masalani keng tushuntirishga harakat qildim. Birinchi urunishdayoq to'g'ri yechim 💡 Xulosa: Sun'iy intellektga vazifani to'g'ri tushuntirib bera olish yechimning yarmi demakdur. To'g'ri savol bera olish uchun esa ingliz tilni yaxshi bilish, va savol beruvchining dunyo qarashi kengroq bo'lishi talab qilinadi. Chellenjga link
Показати все...
👍 25😁 6 2🔥 2
Yodingizda bo’lsa kerak, Telegram haqida, Pavel va uning jamoasi haqida bir qancha postlar yozgandim. Shu postlarimdan so’ng, shaxsan o’zi bizni yurtlarga tashrif buyurmoqchi ekanligi menda shubha uyg’otyapti. Postlarim e'tiborini tortib, o’zbekligimni bilib qolgan ko'rinadi 🤔
Показати все...
😁 32👍 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Shaxsiy pochtangiz, parol yoki ma'lumotlaringiz qayerlarda tarqalib ketganligini bilmoqchimisiz? Quyidagi ilovadan tekshirib olishingiz mumkun: https://haveibeenpwned.com/
Показати все...
🔥 9😁 7👍 1
Amaliyotda o'rganing 👨‍💻 Tutorial hell - O'rganuvchilar orasidagi eng xavfli viruslardan biri. Bu virusga yo'liqqan o'quvchi tutorialdan tutorialga, kursdan kursga sakrab yuraveradi. Olgan ilmingizni amalda qo'llamasangiz u ilmni hech qanday foydasi yo'q, bilaks zararingizga ishlashi mumkun. "Dasturlashni qanday qilib o'rgansam bo'ladi?" yoki "O'rganishning eng samarali uslubi qanday?" deb savol berishsa, "Amaliyotda o'rganing" deb javob qilaman. Doimiy intizom bilan amaliyotda bilimlarni qo'llash uchun eng yaxshi uslub esa #yuzkunkod chellenji hisoblanadi. Agar #yuzkunkod chellenjini tugata olsangiz, demak sizda dasturchi bo'lishga katta potensial bor. Sizdagi intizom, va matonat bu sohada davom etishga yetadi. Chellenj dasturlashni o'rganishdan tashqari o'zingizda kuchli intizom va shaxsiyat shakllantirish uchun ham xizmat qiladi. Yuqorida e'lon qiligan chellenjimizning yozgi mavsumiga 300'ga yaqin odam ro'yhatdan o'tdi. Umid qilamanki chellenjni tugatadiganlar soni standart statistikadan (1%'dan) ko'p bo'ladi. 5%'ga chiqarsak yaxshi natija bu mavsum uchun. Xullas bolalar, biz boshladik 🚀 P.S. O'zim ham ishtirok etishga qaror qildim. Bu safar 100 kun davomida Python olamiga sayohat qilmoqchiman. Rejalar o'zgardi, qoidalar o'sha o'sha 😉 #yuzkunkod #100daysofcode
Показати все...
🔥 16👍 6
Do'stlar BAA'da telegram orqali stream qilib bo'lmasligi yodimdan ko'tarilibdi 🤪 Quyidagi link orqali qo'shilasiz: https://meet.google.com/vuk-hvnh-iau
Показати все...

Real-time meetings by Google. Using your browser, share your video, desktop, and presentations with teammates and customers.

Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.