uk
Feedback
BUXORO MTU FILIALI AXBOROT XIZMATI

BUXORO MTU FILIALI AXBOROT XIZMATI

Відкрити в Telegram

Ushbu kanalda Buxoro MTU FILIALI da amalga oshirilayotgan ishlar, ish jarayonlari va temir yo'l yangiliklari yoritiladi! Youtube ⤵️ www.youtube.com/c/BuxoroMTU Instagram ⤵️ https://www.instagram.com/bmtu_press_service

Показати більше
5 234
Підписники
Немає даних24 години
-97 днів
-330 днів
Архів дописів
“Zakovat-2026" O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-sonli “Zakovat” intellektual o‘yinlarini
+6
“Zakovat-2026" O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-sonli “Zakovat” intellektual o‘yinlarini aholi o‘rtasida ommaviy ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa itellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora tadbirlari” to‘g‘risidagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2026 yil 30-sentyabr kuni Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli tasarrufida bo‘lgan korxona va tashkilotlar ishchi-xodimlaridan tuzilgan jamoalar o‘rtasida “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami munosobati bilan Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli Hududiy kasaba uyushma qo‘mitasi hamda Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli  Hududiy yetakchilar kengashi bilan hamkorlikda “Zakovat” intellektual o‘yinlari turniri o‘tkazildi. “Zakovat” intellektual o‘yinlari turnirida 19 ta jamoa jami: 95 nafar Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli tasarrufida bo‘lgan korxona va tashkilotlar ishchi-xodimlari ishtirok etdilar.  Murosasiz, teng kurashlarga boy tarzda, qiziqarli va ko‘tarinki ruhda o‘tkazilgan ushbu intellektual turnir natijalariga asosan:  I – o‘rinni Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali jamoasi, II – o‘rinni Yo‘l xizmati ustaxonasi jamoasi, III – o‘rinni Ziyovuddin temir yo‘l masofasi jamoasi egallashdi.   “Zakovat” intellektual o‘yinlari turniri g‘oliblari pul mukofoti bilan hamda turnirda ishtirok etgan har bir ishtirokchilar Buxoro mintaqaviy  temir yo‘l uzeli Hududiy kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alar bilan munosib taqdirlandilar. Rasmiy sahifalarimiz⤵️ Site | Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Virtual murojaat

Transkaspiy transport yo‘lagini rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish yo‘lida muhim qadamlar qo‘yildi Joriy yiln
+2
Transkaspiy transport yo‘lagini rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish yo‘lida muhim qadamlar qo‘yildi Joriy yilning 29-sentabr kuni «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ rahbariyati hamda Yevropa Komissiyasi Xalqaro hamkorlik bo'yicha bosh direktorati Osiyo, Markaziy Osiyo, Tinch okeani mintaqasi va Yaqin Sharq mamlakatlari bo'yicha direktori Peteris Ustubs va Yevropa Ittifoqining O'zbekiston Respublikasidagi elchisi Toyvo Klaar o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida tomonlar avval erishilgan kelishuvlarni sarhisob qilib, O‘zbekiston va Yevropa o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda temir yo‘l tarmog‘ining muhim o‘rnini ta’kidladilar. Shuningdek, mamlakatimizdagi istiqbolli transport loyihalari, Transkaspiy yo‘lagining o‘tkazuvchanligini oshirish va xalqaro moliya institutlari ko‘magida qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqilib, hamkorlikni tizimli davom ettirishga kelishildi. Ushbu amaliy muloqotlarning davomi sifatida 30-sentabr kuni Toshkentda Transkaspiy transport yo‘lagi bo‘yicha O‘zbekistondagi ikkinchi milliy konferensiya o‘z ishini boshladi. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Yevropa Komissiyasi va xalqaro moliya tashkilotlari vakillari ishtirok etgan tadbirda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari X.Raxmetov ma’ruza bilan qatnashib, mamlakatimizning tranzit salohiyati hamda infratuzilmani rivojlantirish istiqbollari yuzasidan taqdimot o‘tkazdi. Bo‘lib o‘tgan tadbirlar mintaqada barqaror va xavfsiz logistika zanjirlarini mustahkamlashga xizmat qiladi. |Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X

#HARAKAT_XAVFSIZLIGI_KUNI HARAKAT XAVFSIZLIGI — DOIMIY E’TIBORDA! Poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash, hududlarda oli
+3
#HARAKAT_XAVFSIZLIGI_KUNI HARAKAT XAVFSIZLIGI — DOIMIY E’TIBORDA! Poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash, hududlarda olib borilayotgan ishlar ustidan nazoratni yanada kuchaytirish hamda mehnat muhofazasi talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash maqsadida Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali rahbari boshchiligida Tinchlik lokomotiv deposida lokomotiv brigadalari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda stansiya va korxona rahbarlari hamda lokomotiv brigadalari ishtirok etib, poyezdlar harakatini tashkil etish jarayonida yuzaga kelayotgan muammoli masalalar, ularning kelib chiqish sabablari hamda bartaraf etish choralari muhokama qilindi. Muhokamalar davomida lokomotivlarning turib qolish holatlarining oldini olish, ularning texnik va ekspluatatsion holatini nazorat qilish, ish jarayonlarini belgilangan texnologik talablarga muvofiq tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, “Harakat xavfsizligi va mehnat muhofazasini ta’minlash to‘g‘risida”gi buyruq talablarini so‘zsiz bajarish, belgilangan yo‘riqnomalarga qat’iy amal qilish hamda mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Lokomotiv brigadalariga poyezdlar harakati xavfsizligi talablariga qat’iy rioya qilish, texnologik jarayonlarni buzmaslik, xizmat vazifalarini yuqori mas’uliyat va hushyorlik bilan bajarish, shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarning oldini olish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish topshirildi. Yig‘ilish yakunida har bir temiryo‘l xodimining mas’uliyati, intizomi va hushyorligi poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlashda muhim omil ekani alohida ta’kidlandi. Harakat xavfsizligi — umumiy mas’uliyat va doimiy e’tibor talab qiladigan ustuvor vazifa! Rasmiy sahifalarimiz⤵️ Site | Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Virtual murojaat

Na’matak haqida deyarli hech kim bilmaydigan 5 ta fakt ​Ko‘pchilik uni faqat C vitamini manbai va shamollashga choy deb o‘yla
Na’matak haqida deyarli hech kim bilmaydigan 5 ta fakt ​Ko‘pchilik uni faqat C vitamini manbai va shamollashga choy deb o‘ylaydi. Lekin uning siz bilmagan noyob foydalari bor: ​Bo‘g‘imlarni yemirilishdan saqlaydi Tarkibidagi GOPO moddasi bo‘g‘im tog‘aylarini yemiradigan fermentlarni bloklaydi va og‘riqlarni tabiiy qoldiradi. ​Ichki (visseral) yog‘larni eritadi Tilirozid moddasi qorin atrofidagi eng xavfli yog‘larni parchalab, yangi yog‘ to‘planishini sekinlashtiradi. Ichak mikroflorasini tiklaydi Polifenollari ichakdagi foydali bakteriyalarni oziqlantirib, vazn ortishi va diabetning oldini oladi. ​Teridagi kollagenni himoya qiladi U nafaqat yangi kollagen beradi, balki stress va quyosh sababli mavjud kollagen yemirilishini to‘xtatadi. ​Miya xotirasini va diqqatni yaxshilaydi Antioksidantlari miyadagi yallig‘lanishni kamaytirib, "miya tumanlanishi" va parishonlikni bartaraf etadi. ​Kuniga 1 piyola na’matak damlamasi — shunchaki choy emas, butun bir tabiiy himoya tizimidir! @SoglomHayot – Sog‘lom hayot sari to‘g‘ri qadam! Rasmiy sahifalarimiz⤵️ Site | Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Virtual murojaat

Tug‘ilgan kun muborak! Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali rahbariyati hamda kasaba uyushma qo‘mitasi nomidan Sizni ta
Tug‘ilgan kun muborak! Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali rahbariyati hamda kasaba uyushma qo‘mitasi nomidan Sizni tavallud ayyomingiz bilan samimiy muborakbod etamiz! Sizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, oilaviy baxt, xotirjamlik va fayzu baraka tilaymiz. Temir yo‘l sohasi rivoji yo‘lidagi fidokorona mehnatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, yangi zafarlar va yuksak marralar yor bo‘lsin! Har bir kuningiz quvonchli, har bir qadamingiz barakali bo‘lsin! Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin! Rasmiy sahifalarimiz⤵️ Site | Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Virtual murojaat

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh! 🗓 Bugun —Chorshanba 30-Sentyabr, 2026 yil 19 Rabi’us soni, 1448-hijriy yil Xa
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh! 🗓 Bugun —Chorshanba 30-Sentyabr, 2026 yil 19 Rabi’us soni, 1448-hijriy yil Xayrli tong! Barchangizga mazmunli, unumli va barakali kun tilaymiz! •┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈• Rasmiy sahifalarimiz⤵️ Site | Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Virtual murojaat

SITUATSION MARKAZDA RAQAMLASHTIRISHNI RIVOJLANTIRISH VA XARAJATLARNI OPTIMALLASHTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI O‘zbekisto
+3
SITUATSION MARKAZDA RAQAMLASHTIRISHNI RIVOJLANTIRISH VA XARAJATLARNI OPTIMALLASHTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-noyabrdagi F-59-son “Davlat korxonalarida tannarxni kamaytirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishi ijrosi doirasida “Temiryo‘linfratuzilma” AJ Boshqaruvi raisi S.A. Norqabilov ishtirokida Situatsion markazda amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi. Yig‘ilishda “1C Buxgalteriya” va “1C G‘aznachilik” dasturlaridagi xarid jarayonlariga oid ma’lumotlarni yagona ERP axborot tizimida shakllantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, pul mablag‘larini sarflash bo‘yicha arizalarni elektron kelishish tartibi hamda “Yagona g‘aznachilik” tizimini joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Tadbir davomida “BI tahlil” tizimining “Omborlar va zaxiralarni boshqarish” moduli ham namoyish etildi. Mazkur modul orqali ishlab chiqarish zaxiralari, jumladan, uzoq vaqt davomida foydalanilmayotgan tovar-moddiy boyliklarni real vaqt rejimida aniqlash va monitoring qilish imkoniyatlari ko‘rsatib berildi. Yig‘ilishda xarid jarayonlarini kompleks monitoring qilish, ularning shaffofligi va ochiqligini ta’minlash, shuningdek, mablag‘lardan samarali foydalanish va boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
"Temiryo‘linfratuzilma” AJ matbuot xizmati. 👍 🌎railwayinfra.uz ❤️‍🔥Telegram  ❤️‍🔥Facebook ❤️‍🔥Instagram

Tug‘ilgan kun muborak! Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali rahbariyati hamda kasaba uyushma qo‘mitasi nomidan Sizni ta
Tug‘ilgan kun muborak! Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali rahbariyati hamda kasaba uyushma qo‘mitasi nomidan Sizni tavallud ayyomingiz bilan samimiy muborakbod etamiz! Sizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, oilaviy baxt, xotirjamlik va fayzu baraka tilaymiz. Temir yo‘l sohasi rivoji yo‘lidagi fidokorona mehnatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, yangi zafarlar va yuksak marralar yor bo‘lsin! Har bir kuningiz quvonchli, har bir qadamingiz barakali bo‘lsin! Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin! Rasmiy sahifalarimiz⤵️ Site | Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Virtual murojaat

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh! 🗓 Bugun —Seshanba 29-Sentyabr, 2026 yil 18 Rabi’us soni, 1448-hijriy yil Xayr
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh! 🗓 Bugun —Seshanba 29-Sentyabr, 2026 yil 18 Rabi’us soni, 1448-hijriy yil Xayrli tong! Barchangizga mazmunli, unumli va barakali kun tilaymiz! •┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈• Rasmiy sahifalarimiz⤵️ Site | Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Virtual murojaat

TEMIR YO‘L OSTI TUNNELINI QURISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bosh muhandisi Sh.T. Kadirov tomonid
+3
TEMIR YO‘L OSTI TUNNELINI QURISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bosh muhandisi Sh.T. Kadirov tomonidan imzolangan tegishli farmoyish ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali bosh muhandisi boshchiligida uzel tasarrufidagi "Ziyovuddin–Navoiy" temir yo‘l stansiyalari oralig‘ining 3866-kilometr 7-piketida qurilish ishlari olib borildi. Mazkur hududda temir yo‘l ostidan 2,3 × 2,0 metr o‘lchamdagi temirbeton tunnel barpo etish ishlari amalga oshirildi. Qurilish jarayonida belgilangan texnik talablar, me’yorlar hamda poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu tunnelning barpo etilishi hududdagi infratuzilmani takomillashtirish, temir yo‘l kesishmalaridan xavfsiz foydalanish hamda yo‘lovchi va fuqarolar harakat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi. Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli filial — xavfsizlik va barqaror infratuzilma yo‘lida! Rasmiy sahifalarimiz⤵️ Site | Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Virtual murojaat

Tug‘ilgan kun muborak! Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali rahbariyati hamda kasaba uyushma qo‘mitasi nomidan Sizni ta
Tug‘ilgan kun muborak! Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali rahbariyati hamda kasaba uyushma qo‘mitasi nomidan Sizni tavallud ayyomingiz bilan samimiy muborakbod etamiz! Sizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, oilaviy baxt, xotirjamlik va fayzu baraka tilaymiz. Temir yo‘l sohasi rivoji yo‘lidagi fidokorona mehnatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, yangi zafarlar va yuksak marralar yor bo‘lsin! Har bir kuningiz quvonchli, har bir qadamingiz barakali bo‘lsin! Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin! Rasmiy sahifalarimiz⤵️ Site | Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Virtual murojaat

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh! 🗓 Bugun —Dushanba 28-Sentyabr, 2026 yil 17 Rabi’us soni, 1448-hijriy yil Xayr
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh! 🗓 Bugun —Dushanba 28-Sentyabr, 2026 yil 17 Rabi’us soni, 1448-hijriy yil Xayrli tong! Barchangizga mazmunli, unumli va barakali kun tilaymiz! •┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈• Rasmiy sahifalarimiz⤵️ Site | Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Virtual murojaat

Rayhon shunchaki ko‘kat emas, balki "tabiiy antibiotik" ekanini bilasizmi? ​Olimlarning ta’kidlashicha, rayhon tarkibidagi ye
Rayhon shunchaki ko‘kat emas, balki "tabiiy antibiotik" ekanini bilasizmi? ​Olimlarning ta’kidlashicha, rayhon tarkibidagi yevgenol va linalool moddalari zararli bakteriyalar va zamburug‘lar ko‘payishini sekinlashtiradi. ​Kuniga bir necha barg rayhon iste’mol qilish: — Stressni kamaytiradi — Istimani tushirishga yordam beradi — Og‘iz bo‘shlig‘idagi mikroblarni yo‘qotadi Sog‘ligingizga g‘amxo‘rlik qilishni oddiy va tabiiy narsalardan boshlang! @SoglomHayot – Sog‘lom hayot sari to‘g‘ri qadam! Rasmiy sahifalarimiz⤵️ Site | Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Virtual murojaat

Tug‘ilgan kun muborak! Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali rahbariyati hamda kasaba uyushma qo‘mitasi nomidan Sizni ta
Tug‘ilgan kun muborak! Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali rahbariyati hamda kasaba uyushma qo‘mitasi nomidan Sizni tavallud ayyomingiz bilan samimiy muborakbod etamiz! Sizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, oilaviy baxt, xotirjamlik va fayzu baraka tilaymiz. Temir yo‘l sohasi rivoji yo‘lidagi fidokorona mehnatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, yangi zafarlar va yuksak marralar yor bo‘lsin! Har bir kuningiz quvonchli, har bir qadamingiz barakali bo‘lsin! Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin! Rasmiy sahifalarimiz⤵️ Site | Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Virtual murojaat

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh! 🗓 Bugun —Yakshanba 27-Sentyabr, 2026 yil 16 Rabi’us soni, 1448-hijriy yil Xay
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh! 🗓 Bugun —Yakshanba 27-Sentyabr, 2026 yil 16 Rabi’us soni, 1448-hijriy yil Xayrli tong! Barchangizga mazmunli, unumli va barakali kun tilaymiz! •┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈• Rasmiy sahifalarimiz⤵️ Site | Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Virtual murojaat