cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Qalbdagi gaplar🫀

© Yaxshilik Ulashamiz 🍃Bizda Soflik ⬇️Biz Bilan Bog'lanish Uchun 🔻 @ALHAMDULILLAH571632RSAV ✔️Obuna Bo'ling | Do'stlarga Ulashing 1️⃣ https://t.me/hove_bizgaqushilin 2️⃣ https://t.me/bizgaqushilin

Більше
Країна не вказанаМова не вказанаКатегорія не вказана
Рекламні дописи
179
Підписники
Немає даних24 години
Немає даних7 днів
Немає даних30 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Фото недоступнеДивитись в Telegram
Фото недоступнеДивитись в Telegram
00:44
Відео недоступнеДивитись в Telegram
3.49 MB
“ҚАТТИҚ ФАРЁД ҚИЛУВЧИ” Нуҳ алайҳиссалом тўрт кўзли итни кўрдилар. Кўзи тўртта бўлгани учун хунук экан деб, унга беписанд боқдилар. Аллоҳ таолонинг амри билан ит тилга кириб, “Эй Нуҳ, сиз Худо яратган нарсани айблаябсизми? Агар яратиш ўз ихтиёримда бўлса, ит бўлмас эдим. Яратувчини айблаб бўлмайди”, - деди. Бу гапни эшитган Нуҳ алайҳиссаломда қўрқинч пайдо бўлиб, у зот қаттиқ фарёд қилдилар. Шу кундан бошлаб, у кишининг номлари Нуҳ (“қаттиқ фарёд қилувчи”) бўлди. Маълумотларга кўра, у кишининг асл исмлари Сакиб ибн Ломак бўлиб, Одам алайҳиссаломнинг Шис алайҳиссалом орқали ўнинчи авлоди саналади. У пайтда одамларнинг умрлари ҳозиргидан кўра узунроқ бўлган. Масалан Шис алайҳиссалом тўққиз юз йилдан кўпроқ, Нуҳ алайҳиссаломнинг оталари Ломак тахминан 770 йилча, Нуҳ алайҳиссаломнинг ўзлари минг йилдан ошиқроқ ҳаёт кечирганлар. http://t.me/hove_bizgaqushilin📚
Показати все...

Фото недоступнеДивитись в Telegram
Фото недоступнеДивитись в Telegram
♦️Беш нарса беш нарса билан катталашади: 1) Гулхан – ўтин билан; 2) Шубҳа – гумон билан; 3) Қўполлик – ёмон муомала билан; 4) Хусумат – хатоларни ўзаро кечириб юбормаслик билан; 5) Яқинлар ўртасидаги алоқаларнинг узилиши – ҳол-аҳвол сўраб турмаслик билан. 🔹Беш нарса беш нарса билан ёқимли бўлади: 1) Соғлиқ – яхши ҳаёт билан; 2) Сафар – яхши ҳамроҳ билан; 3) Чирой – гўзал хулқ билан; 4) Уйқу – хотиржамлик билан; 5) Тун – Аллоҳнинг зикри билан. http://t.me/hove_bizgaqushilin📚
Показати все...

. Salom berish sunnat , alik olish farz ..... . Sunnat bizdan farz sizdan 🙂☝️ Assalomu aleykum va rahmatullohi va barokatuh Xayrli kun dindoshlarim.🌤☕️ Ertalab uyg‘onganda... #tafakkurqiling O‘z hayotiga Qur’on axloqini tatbiq etgan har bir odam yangi kunning boshlanishini — Alloh borligi va boqiy qoluvchi Zot ekanligining dalili, uning bir in’omi ekanini yaxshi biladi. Uyqudan uyg‘onib, atrofga ibrat nazari bilan qaraydi. Unga orom olish uchun tun uyqusini bergan va ruhini jasadiga qayta joylagan kim? Albatta, bu savolda tafakkur qiluvchilar uchun juda katta ibrat bor. Aytaylik, biz charchadik, a’zoyi badanimiz orom olishi uchun uyquga ketamiz. Ruhimiz tanamizdan ayriladi. Uzun uyqumizda ko‘rgan tushlarimizdan faqat 3-4 daqiqasi esda qoladi, xolos. Insonning bu vaqt orasida dunyoviy hayot bilan aloqasi susayadi. Jism bilan ruhning ayrilishi — asli o‘limning kichik bir ko‘rinishidir. Biz o‘lgan odam oramizga qayta tirilib kelsa (bunday yuqealar juda kam) hayratdan yoqa ushlaymiz, ba’zilar, buni ko‘rsa, hatto hushidan ham ketadi. Lekin har kuni bizni o‘ldirib, qayta tiriltirgan Allohning bu buyuk qudratiga oramizda qancha insonlar e’tiborsiz qaraydi. Shunday emasmi...! Qachon shukur qilib yashaymiz brodarlar..? #Opa_singillarimizga_eslatma — Ayollaringiz kiynmagan (ya’ni yopilib hijoblanmagan )ekan, ibodatingizdan foyda yo‘q. Muhammad Fozil Ibn Ashur Chiroyning zakoti uni nomaxramlarga ko'z-ko'z qilmaslikdir... #Ayol_qadri. Ayolning eri oldidagi qadri , qiymati , u ayolning Alloh oldidagi qadri , qiymatiga qarab bo'ladi ! Allohni oldida qadrli bo'lgan ayolni Alloh xorlab qo'ymaydi , agarchi eri Fir'avndek zolim bo'lsa xam ! Mana Fir'avn xotini Asiyani qarang , Muso alayhissalomni topib olganda , eri Firavn barcha bolalarni o'ldirib ayollarni cho'ri qilib yurgan zolim tog'ut edi . Lekin Asiya : " Musoni o'ldirmanglar ! " deganda Fir'avn oyoq qo'li o'ziga bo'ysunmadi , negadir o'ldirgisi kelsa xam o'ldira olmadi ! Chunki u ayolni Alloh oldida qadri baland edi ! Agar ayol erini Alloh bilan tutib turmas ekan boshqa biror narsa bilan tuta olmaydi , Chiroyliman desa undan go'zallar topiladi .. Aqilliman desa er undanda aqilli bo'lib chiqadi .. O'tkirlik qilaman , makr qilaman desa , Alloh oyatda xabar qilgan makr faqat o'z egasiga qaytadi ! ...https://t.me/hove_bizgaqushilin📚 🌴Odam alayhissalom yolgʻizlikni his qilgan payt, Alloh taolo unga oʻnlab doʻst, hamroh yaratmadi balki, birgina ayol yaratdi. Alloh taolo aytadi: “Va sizlarga “sokinlik” topishingiz uchun oʻzlaringizdan juftlar yaratganligi va oralaringizda sevgi va marhamatni solib qoʻygani (ham) Uning oyat-belgilaridandir”. (Rum 21). Soliha ayol moʻmin uchun haqiqiy sokinlik va xotirjamlik maskanidir. ©Alloh barcha solih yigitlarga soliha qizlar va barcha soliha qizlarga solih yigitlar nasib etsin !
Показати все...

#zikr Demak, inson Alloh taoloni unutsa, Uni zikr qilmasa, Uning hidoyatiga ergashmasa, o'ziga o'zi dushmanlik qilgan bo'ladi. Avvalo, unday odam bu dunyoda nochor hayot kechiradi. Iymonsizligi tufayli o'zi to'ysa ham, ko'zi to'ymas bo'lib qoladi. Molu dunyo, ayshu ishorat ichida ko'milib yotsa ham, unga o'z ko'rinaveradi. Ulardan ajrab qolishidan qo'rqaveradi. Iymonsizligi tufayli ketma-ket muammolar kelib chiqaveradi. "... va qiyomat kuni uni ko'r holida tiriltirurmiz" Bu ham dunyo hayotida qilgan qilmishlariga munosib jazodir. Lekin uning o'zi nima uchun ko'r holda tirilganligini tushuna olmaydi. https://t.me/hove_bizgaqushilin📚 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning "Ruhiy tarbiya" kitobidan. Aziz dindoshlar Allohni har lahza zikr qilaylik!
Показати все...

Фото недоступнеДивитись в Telegram
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.