cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

KitobHouse | Bookblog

📚 Dunyo kitoblari 📚 📚 Kitoblar dunyosi 📚 Inst: instagram.com/kitobhouse Murojaat uchun: @SharifovIlhom

Більше
Рекламні дописи
407
Підписники
+524 години
+357 днів
+5630 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Фото недоступнеДивитись в Telegram
#taklifnoma Ertaga yana bir yangi kitob doʻkoni ochilishiga taklif qilishdi. Kitob doʻkonlari koʻpayishi odamni xursand qiladi. Albatta boring. Nasib qilsa oʻsha yerda koʻrishamiz. @kitobhouse
Показати все...
👍 6 2🤩 1
00:25
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#xayrmaktabim Shu yerdagi har bir insonning maktab bilan xotiralari bor. Qoʻshiq qoʻyilganda hamma joʻr boʻlishni boshladi va oʻychan boʻlib qoldi. Qoʻshiq ham oʻlmas asarlardan boʻlib qolgan, bizni begʻubor maktab tomon yetaklab ketadi. 🔔🔔🔔
Показати все...
4
#maktabim Bugun maktab haqida koʻp postlar oʻqiymiz. Qisqa qilmoqchiman. Maktab davrim eng zoʻri boʻlgan, maktabim, ustozlarim, sinfdoshlarim hammasi man uchun hayotimdagi eng qadrli insonlar. Maktabdagi davrimni bir umr yashab berardim. Shu yerda haqiqiy doʻstlikni, oqibatni, mehrni, ustozlarni koʻrganman. Hammasi uchun raxmat. Ularni hammasini hurmat qilaman va yaxshi koʻraman. Kelajakda farzandlarim bolaligim haqida soʻrashsa faqat maktabim haqida gapirib bersam kerak. Maktabni bitirganimizga 11 yil boʻlibdi. Endi 1-sinfga chiqqa oʻquvchi bugun maktabni bitiribdi, vaqt juda tez oʻtmoqda 😔. Maktabni tugatganingizga nechi yil boʻldi? @kitobhouse
Показати все...
4👍 1
Fotih Dumanga aytish kerak, oʻzbekchani oʻrgansin. Shunda bizga ham ish kam boʻlardi.
Показати все...
😁 31
#tavsiya Instagramda chet ellik "bukblogger"larni kuzatish yoqadi, oxirgi vaqtda faqat ularni sahifalarini kuzatyapman, shuning uchun kirayapman desa ham bo'ladi. Qozog'istonlik Aisha ismli qizning sahifasiga kuzlarda obuna bo'lgandim. Endi faol tarzda o'ziga xos uslubda blogini boshlagandi. Videolari ajoyib, his-tuyg'ularni beg'ubor chiqarib bera oladi. Kitob o'qish uslubiga ham qoyil qolganman, kitoblarni ayab o'tirmaydi. Qisqa vaqt ichida yaxshigina "muxlislar"ga erishdi. Shu qizning blogini albatta bir ko'rib chiqing. Aynan bizda nima uchun bunday sahifalar paydo bo'lmasligi haqida bir o'ylab ko'rdim. Birinchidan insonlarning o'zida to'siq bor, "Bu kitobni aytib chiqsam nima degan odam bo'laman" degan. Rostan ham kitoblarni asosli tanqid qilishimiz yoki asosli "Men uchun "like" deyishimiz qiyin. Ko'proq maqtovga o'rganib qolganmiz. Bu bilan xohlagan odam bu ishni qilsin demoqchi emasman. Lekin erkin muloqot bo'lishi kerak. Ikkinchidan agar Aishaga o'xshab kitoblarga ayamasdan ularga chizib, fikrlarimizni yozsak, muallif bilan gaplashsak va buni ommaga ko'rsatsak kommentariyabo'ron (izohbo'ron) qilinardik. Xullas sokingina yurish biz uchun afzaldek. Hali his-tuyg'ularni olib chiqishni aytmadim. Asardan ta'sirlanib kulsak, yig'lasak va buni namoyish qilsak, to'g'ri qabul qilishlari ham qiyin. Ha aytgancha, Aishani "istakonlari" ham o'ziga xos, manimcha har bir kitobxonni bir "hobby"si bo'ladi. Youtubeda shunaqa vlog boshlaymiz, his-tuyg'ularimizni boricha ko'rsatamiz. Qandaydir "senzura"larga tushib qolish yo'q. Keyin "KitobHouse aka aynibdilar" deb qolmang xop 😁. Aishaning sahifalari: Instagram Telegram @kitobhouse
Показати все...
6👍 2😁 2
00:56
Відео недоступнеДивитись в Telegram
😁 6🔥 1
​​#mutolaaxona Odatda elektron va audio kitoblar bilan unchalik chiqisha olmasdim, baribir haqiqiy kitobni his qilib o'qish boshqa, hidi, varoqlari ochilishi sevgi. Lekin ba'zi nashr qilinmayotgan kitoblarni topish muammo, qachondir ko'rib qolsangiz yoningizda shu vaqtda pul bo'lmasa, muzqaymoq ololmagan boladek mo'ltirlab ketasiz. Demak zamonaviy kitob toifalaridan ham foydalanib turish kerak. "Mutolaa" ilovasi haqida eshitgan bo'lsangiz kerak, foydalanib ko'rganlar ham ko'p. Har birimiz avtobus va metroda xohlamasak ham telefondan foydalanib ketamiz, bu qandaydir odat bo'lib, qo'l ketib qolaveradi. Shu payt, o'zingizda "kuch" topib "Mutolaa"ga kirib olsangiz, qisqa safardan ham unumli foydalanib olishingiz mumkin. Bugun yo'limda fantast yozuvchi Ayzek Azimovning "Fazodagi mojaro" qisqa hikoyasini o'qib keldim. Bu yozuvchi kitoblarini anchadan buyon qidirib yurardim, ayni muddao bo'ldi. Endi audio kitoblarga o'rganish uchun quloqchin olsam, olam guliston. Bu ilovadan foydalanib ko'rdingizmi? Qaysi kitoblarni o'qib yoki eshitib bo'ldingiz? @kitobhouse
Показати все...

🎉 7👍 2
Показати все...
​​#youtube Youtube uchun ssenariy oyni boshida tayyor bo'lgandi. Uni olib chiqish uchun ozgina mablag' kerak. Oddiyroq olib chiqqani ssenariy va mavzuni qizg'anaman. Ba'zida mukammalikka intilish ham yaxshi emasdek, lekin "bitta bo'lsin, zo'r bo'lsin". Ozmi-ko'pmi instagram havosidan nafas olib ko'rdim, tarmoqdagi harakatlarim natijasi endi bu tarmoqdan boshqasiga o'tishim kerak deganimda chiqib kelyapti. Instagramda unchalik taniqli bo'lmagandirman, lekin o'zim uchun isbotlashim kerak bo'lgan hammasini qildim. Raqamlardan keyin "K" yozilgan videolar chiqdi, xohlasam hozir ham bunga salohiyatim yetadi. Lekin qoraqozon "K" bilan qaynamaydi, bo'lib hamki kitob yo'nalishini tanladingizmi, bu ancha qiyin. O'zbek vlog sferasida kitob yo'nalishiga qadam bosilmagan, bosilgan qadamlar ham qayergadir borib yo'qolib qolgan. Bir daqiqalik video chiqarish uchun haftalab vaqtim ketadi, 100 lab mavzular orasidan saralab mavzu olib chiqaman. Ura-uraga olib chiqsangiz yoki bitta kitobni varaqlab orqasiga bitta Domlani yoki taniqli kishining gapini qo'yib yuborsangiz qanday ko'rishlar olishini va qancha obunachi qo'shilishini ham bilaman. Lekin vijdon degan "dushman"im borda, nima qilay. Mayli, nolishim ko'payib ketdi. Ssenariy tayyor, oxirgi tiyinimga bo'lsa ham uni chiqaraman. Bularni kimdandir yordam olish uchun yozmadim, shunchalik yurakda borlari. Video chiqandan keyin "like" bilan qo'llab tursangiz eng katta yordam shu bo'ladi 😁. @kitobhouse
Показати все...

👍 9 5😢 2🔥 1