cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Baxt gullari

Katta yo‘lga katta maqsadlar bilan otlangan yosh qalamkashlar Nilufar Ergasheva va Nasiba Boshmonovalarning ijod bog‘iga xush kelibsiz! Ko‘nglimizdan chiqqanini ko‘nglingizga ilindik!

Більше
Росія208 903Мова не вказанаКатегорія не вказана
Рекламні дописи
19
Підписники
Немає даних24 години
Немає даних7 днів
Немає даних30 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

#mushoira She‘r zavqini sog‘inganlar bormuuuuu??? Keling, she‘rlashamiz! Bugun 17-yanvar soat 16:00 da @ijodmaktablari kanalida mushoira tashkil etilyapti. Barchangizni taklif etamiz. Quyidagi havola orqali bogʻlanish mumkin. 👇👇 https://t.me/ijodmaktablari?livestream=b811bc5d2e85439ceb
Показати все...
Ijod bog‘idan guldasta

Prezident ta'lim muassasalari agentligi Ijod namunalaringizni quyidagi manzilga yuboring!⤵️ @Ijodmaktabibot Ijodiy uchrashuvlarda ustoz ijodkorlarga savollaringizni quyidagi manzilga yuboring⤵️ @Zuvalabot

*** Biz yoqlardan kuzning ketishi yomon, Qarsillab yiqilar azim chinorlar... Biz tomondan kuzning ketishi og‘ir Sotila boshlaydi imonlar, orlar. Narxi baland bo‘lar oriyatni ham, Tugab boraverar mehr degani. O‘tgan qish ochlikda yuhodek go‘yo Sabr deganini to‘yib yegandim. ...Oh, bu qish! Qishloqning ko‘rpasi yondi! Yostig‘in quritdi har nodon, nokas. Hayqirdim, faryod-la odamiyzordan: ,,Yozaman! Menga-chi, baribir emas!" Bir qadam yuraman, keng adirlarning Tiklay olamanmi kemtiklarini. Men qaysi quyoshda quritay endi, Dadamning suv o‘tgan etiklarini. Ko‘ngilchan bog‘larning kipriklari nam, Men kabi piqqilab yig‘laydi tunda. Bu qishloq, har yoni yamoq bo‘lsa ham Yuragi butunlar bor edi unda! Chetdagi tulkilar mazax qilganda Panada ilonlar kutar, Vo ajab! Hayhot! O‘g‘ri itlar maza qiladi Dadamning yagona etigin g‘ajib! Nilufar Ergasheva
Показати все...
Показати все...
Kichik dunyom

Ko‘ngilning torini chertadi Cho‘lpon, Ohanglar raqs tushar go‘yoki tushdek. Men esa uyg‘onish istagidaman, Qafasda erk degan millatchi qushdek! Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi Nilufar Ergashevaning ijodiy kanaliga xush kelibsiz!

​​​​​​​​​​​​✵ ✵ ✵ ✵ ✵ ✵ Choʻkayapman.. choʻkib ketdim koʻzlaringga, Soʻzlaringga qorishiblar ketdim oxir... Dildoshginam, dilginangga shodlik hadya Etolmadim, qanday dildoshman men axir?! Qiymalangan qalbim qadar qalqir qaygʻu, Qani endi, o, yoningda boʻlib qolsam. Bu umringga mening umrim qoʻshilsa-yu. . . . . . https://gulnorpoesian.airsite.co/nasiba-boshmonova Mutolaa zavqini his qiling!🔥 Google | Telegram | Youtube | StarMaker | Pinterest
Показати все...

🔥 🔥 🔥 Muborak bo‘lsin!🥳 @Gulnor_Poesian
Показати все...
Seni yotlar tugul hatto — Qilurman rashk o'zimdan ham, Uzoqroq termulib qolsam Bo‘lurman gash kozimdan ham. Ko‘zim yongay senga nargis — Ko‘zin tiksa chamanlarda, Yashirmam, lolaga rashkim Ayon bo‘lgay yuzimdan ham. Seni jonim dedim yolg‘iz, Seni qalbim dedim tanho, Chimirding qosh, pushaymonman Qo‘pol aytgan so‘zimdan ham. Senga o‘n to‘rtda bog‘landim, Hanuz erkin bo‘lolmas dil, O‘zim dog‘man, aql kirmas, To‘zimsiz o`ttizimdan ham. ©Erkin Vohidov @Nilufar_Ergasheva
Показати все...
3.21 MB
SEN SABAB... S: Ne uchun koʻzlaring toliqqan, Borliqqa boqasan umidsiz? Tur, axir, egilma, sinmagin, Qaygʻular qoshida choʻkma tiz! N: 15 yil oʻmardim umrimdan, Ayt, nahot behuda yashadim? Vijidonning vijdonin aldab, eh, Oʻzimcha shunchaki yashnadim. S: Oʻksinma, kel, abri naysonim, Sarsonim, yellarga ot gʻamni, Dodlarni yillarga uchirgin, Oh, ular qon qildi yoqamni! N: Qalbimga qadaldi dardlarning Alamdan yaralgan pichogʻi ..Va tuyqus his qildim mehrli Xush taftni.. Bu - doʻstlik quchogʻi! S: Olamda dushman ham doʻst bordir, Yomon bor tinmayin qazir choh. Kimlardir nenidir xohlagay, Yaqining etadir ha, ogoh. N: Voh, doʻstlik tigʻni-da yoʻq qildi, Eritdi dildagi muzlikni. Koʻnglimga quvonchli gul ildi, Oʻshanda angladim oʻzlikni! S: Kechangdir ortingdan qoʻl siltab, Ertang-chi, kelishing kutguvchi. Bugunda xursandman bugundan, Lek, bari muvaqqat oʻtguvchi: Sen-u men - barchamiz yoʻlovchi! N: Sezdimki, dunyosi bir pul-u, Hech narsa ustunmas tuygʻudan. Uygʻondim, yaxshiyam, uygʻondim Gʻaflatdek gʻalati uyqudan... S: Qadrdon, yaxshiyam uygʻonding, Yaxshiyam taqdirlar tutashdi. Hayot-u yurakning soʻqmogʻi, Maqsad-u umrimiz oʻxshashdir. N: Jonimda ozodlik barq urdi Gʻashlikdek kishandan qutilib. Oʻyimda farahlar uy qurdi, Qoldi bu bagʻrimga baxt toʻlib. S: "Erk" degan tugʻyonga erk berdik, Yoʻl berdik baxtlarga, azizim! Sukutga sukutli nom qoʻyib, Diydorga toʻyguncha turdik jim. N: "Behuda yashadim" debman-a, Adashdim, qarogʻim yoshladim. Doʻstijon, aslida sen sabab Men endi yashashni boshladim... Sen sabab yashashni boshladim! S: Sen sabab yashashni boshladim! ✍Nasiba Boshmonova va ✍Sevinch Abdazova @Nasiba_Boshmonova_ijodi @Sevinch_Abdazova
Показати все...
#Ватан_ҳақида_зўр_шеър Газетда ўқидим, ҳаётимиз зўр, Радио бонг уради маош ошибди, Телевизорни қўйсам ҳаммаси яхши, Ватан, хизматингга юрак ошиқди. Ё эрта туғилдим, ёки жуда кеч, Сабаби негадир бахтим кулмайди, Ижарага тўлаб ойлик ярмини, Яшашни яхши деб ёзиб бўлмайди. Сенда мусофирман, сенда фуқаро, Сенда руҳим асир, исканжада тан, Ўлан тўшагим деб ёзаман аммо, Аммо сенда ижарада яшайман Ватан. Ношукр деб атама, нонкўр демагин, Шоирим десанг бас хурсандман мен, Ҳар ой пулинг тўлаб кўчишга тайёр, Ижара уйимдек севаман сени. ✍Navoiylik Alisher #Navoiylik_Alisher_ijodidan @baxt_gullari @Quddus_ASAD_ijodi
Показати все...
⚜️@baxt_gullari⚜️
Показати все...
​ ИБОДАТ Ибодат не? Яратганга итоат ҳам ибодатдир, Ҳақиқий бандалик бирлан садоқат ҳам ибодатдир! Ибодатдир, тирикликни этолсанг маърифат боғи, Машаққатлик илм, санъат, қироат ҳам ибодатдир. Онанг бирла отанг қалби ўтар Каъба тавофидан, Агар кўнглини шод этсанг, шу хизмат ҳам ибодатдир. Хабар олдингми бемордан, қариндош, дўст, мусофирдан? Бировни йўқласанг дилдан, зиёрат ҳам ибодатдир. Умрни этмайин исроф, ўзинг рўза, вужудинг соф, Агар пок ҳолда ухларсен, шу роҳат ҳам ибодатдир. Мудом Аллоҳни зикр этсанг, ҳалол борига шукр этсанг, Қиёмат кунин фикр этсанг, тижорат ҳам ибодатдир. Бутун борлиқ, наботот ҳам, Яратганга этар тасбиҳ, Бобо деҳқон экиб юрса зироат ҳам, ибодатдир. Ибодатдир – бирор золим, жафокорга десанг ҳақ сўз, Ва нодонга сукут қилсанг, сукунат ҳам ибодатдир. Агар жуфти ҳалол бирлан кўнгилхушлик этар бўлсанг, Фалак шоҳид, малак ҳозир, бу суҳбат ҳам ибодатдир. Бу Исломдир, бутун умринг ибодат ҳолига келгай, Ва огоҳлик билан ўтган шу фурсат ҳам ибодатдир. Тамал – иймону ихлосдир, бу қуллик бандага хосдир, Худо деб қилганинг ҳар иш ва ният ҳам ибодатдир. Севиб Мирзо, фақат дўстлик билан дилларни обод эт, Агар Аллоҳ учун севсанг, муҳаббат ҳам ибодатдир!.. ✍Мирзо Кенжабек ⚜️@baxt_gullari⚜️
Показати все...
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.