cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

N.E.G.A

Salom do'stlar! Bu kanalda faqat quruq faktlar emas,ilm-fan va oddiy kundalik hayotimiz haqida haqiqiy, ishonish mumkin bo'lgan to'liq ma'lumotlar yetkaziladi. Aytgancha, @SavolNEGAbot ga o'ziningizni qiziqtirgan savollarni bering!

Більше
Країна не вказанаМова не вказанаКатегорія не вказана
Рекламні дописи
901
Підписники
Немає даних24 години
Немає даних7 днів
Немає даних30 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

#boshqa_rakurs Dunyodagi eng baland osmonoʻpar bino — Burj Xalifa va Oʻzbekistondagi eng baland bino — Nest One yonma-yon joylashganida. Agar 828 metr balandlikka ega ushbu bino Tashkent City hududlarida qurilganida, Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxonasi taraflardan taxminan shunday manzarani kuzatishimiz mumkin boʻlardi. @nega_unday
Показати все...
#kulgu_time #oʻta_aqlli_prikol #4ungan_4undi
Показати все...
Odamning boʻyi faqat genlarga bogʻliqmi? Tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, odam boʻyining taxminan 80% ini genlar belgilab berar ekan. Qolgani esa gormonlar, jins, ovqatlanish ratsioni, moddiy sharoiti, atrof muhit, tibbiyot sifati kabi oʻnlab faktorlar zimmasida ekan. Boshqacha aytganda genlar oʻzini toʻliqligicha namayon qilishi uchun siz yaxshi sharoitlarda yashashingiz kerak, aks holda „qaddi baland“ genlar bilan ham boʻyingiz past boʻlib qolishi mumkin. Statistikaga nazar solsak, odatda davlatlarning rivojlangalik darajasi qancha katta boʻlsa, aholisining oʻrtacha boʻyi shuncha balandroq boʻladi. Ha, tan olish qanchalik qiyin boʻlmasin, bu yerda ham barchasi yana moddiy sharoitga taqalmoqda. Misol uchun, ilgari yevropalik sayyohlarning belidan kelgan koreyaliklar boʻyi, oʻtgan yuz yil ichida oʻrtacha 15-20 sm ga oʻsgan. Bu ularning ovqat ratsionida oʻsimlik (guruch) kamayib, hayvon mahsulotlari yaʼni goʻsht isteʼmoli koʻpaygani bilan tushuntiriladi. Yaʼni Koreya rivojlangani sari, aksariyat aholining goʻsht va shu kabi yuqori quvvatli yeguliklarni sotib olishga qurbi yeta boshladi. Qizigʻi, Koreya ikkiga boʻlinganidan keyin, 70 yil ichida, kamroq rivojlangan Shimoliy Koreya aholisi boʻyi, janubliklardan 3-8 sm ortda qolib ketgan. (Kim oilasi diktaturasiga alangali salomlar!) Pastdagi videoda, yaqin 100 yil ichida turli davlatlar aholisining oʻrtacha boʻyi qanday oʻzgarganini yaqqol koʻrish mumkin. Umuman olganda, bir asr ichida yashash sharoitlari yaxshilashib, oziq-ovqat arzonlashgani sababli, odamlar oʻrtacha boʻyida keskin oʻsish kuzatildi. Ha, bir qarashda tashqi sharoitlarga bogʻliq boʻlgan bu 20% yoki ±3-4 sm koʻp narsani hal qilmaydigandek tuyuladi. Ammo, avloddan-avlodga oʻtganda bu 3-4 sm lar „yigʻilib“ sezilarli oʻzgarishlarni hosil qilishi mumkin. @nega_unday
Показати все...

Tanishing, Henrietta Lacks! Oddiy uy bekasi, 5 bolaning onasi va shunchaki yaxshi inson. 1951-yilda, bachadon saratonidan vafot etgan. Shunga qaramay, bu ayolning ba'zi hujayralari hali ham yashashda davom etmoqda! Yashash ham gapmi, uning tirik hujayralarini hozir dunyoning deyarli barcha mamlakatlari shu jumladan koinotda ham uchratish mumkin. Lekin, qanday qilib? 😳
Показати все...
Henrietta Lacks'ning umrboqiy hujayralari 1951-yilda, Henrietta Lacks shifokor koʻrigidan oʻtganida, uning bachadonidagi oʻsimtadan naʼmuna olinib, laboratoriya tahlili oʻtkaziladi. Odatda odam hujayralarini (hatto ular saraton hujayralari boʻlsa ham) organizmdan tashqarida oʻstirib, koʻpaytirish juda qiyin ish. Hujayralar uzogʻi 40-60-marta boʻlinib keyin nobud boʻladi. Bu ayoldan olingan naʼmuna esa nisbatan noqulay sharoitlarda ham juda tez va cheksiz bo'linishi bilan olimlarni eʼtiborini toʻrtadi. Hujayralar tez orada biologlar jamiyatida mashhurlikga erishib, turli tadqiqotlar boshlab yuboriladi. Naʼmunaga esa HeLa — „umrboqiy“ hujayra chizigʻi deb nom beriladi („HeLa“ bu ayol ismining bosh harflari). Mana 70-yildirki hujayralar hali ham boʻlinishda davom etib kelmoqda. HeLa hujayra chizigʻi (avlodi) biologiyaning genetika, virusologiya, onkologiya, immunologiya kabi yoʻnalishlarida tub burilish yasadi. Xususan, inson xromosomalari soni 46 ta ekanligini aniqlashda, gen tahrirlash sohasi rivojlanishi, odam papilloma virusi va poliomelit kabi jiddiy kasalliklarga qarshi vaksina ishlab chiqishda muhim rol oʻynagan va o'ynab kelmoqda. Hozirda, dunyoning qaysi laboratoriyasida bo'lmasin, inson hujayralari ustidagi deyarli barcha tadqiqotlarda qachonlardir Henrietta Lacksdan ajratib olingan oʻsha hujayralar ishlatiladi. Bu allaqachon standartga aylanib ulgurgan. Qizigʻi, Henriettaning hujayralari ustida yuzlab olimlar oʻz tadqiqotlarini oʻtkazayotganini ayolning oʻzi ham, uning oila aʼzolari ham bilishmagan. Bu oʻsha davrlar uchun normal holat boʻlgan, ayniqsa beʼmor qoratanli boʻlsa. HeLa hujayralarining asl egasi haqida maʼlumotlar faqat 70-yillarga kelib oshkor qilingan va bu qator noroziliklarga sabab boʻlgan. Ana shunaqa. Baʼzida deyarli hech qanday taʼlim olmagan uy bekasi ham, oʻzi bexabar holda, ilm-fandagi eng mashhur insonlardan biriga aylanishi hech gap emas ekan. @nega_unday
Показати все...
#shunchaki "muskul" soʻzi lotincha "sichqon" soʻzidan kelib chiqganini bilarmidingiz? Qadimda odamlar nima uchundir ba'zi mushaklarni (ayniqsa ikki boshli yelka mushagini ya'ni bitsepsni) sichqonchaga oʻxshatishgan. Musculus lotinchadagi mus (sichqon) soʻzining kichraytirma shakli boʻlib, "sichqoncha" degan maʼnoni anglatadi. Koʻpgina yevropa tillaridagi mushak soʻzi aynan shu soʻzdan kelib chiqgan. Qizigʻi, o'zimizdagi "mushak" soʻzi ham forscha "siqchoncha" soʻzidan kelib chiqgan ekan. Endi kompyuterim siqchonchasiga boshqacha qaray boshlayapman) Qiziqarli ilm-fan faqat👇 @nega_unday
Показати все...

Kvadrat-kub qonuni haqidagi postdan keyin, «unday boʻlsa, dinozavrlar qanday yashagan?» kabi savollar koʻp berildi. Hozircha aniqlangan eng yirik, quruqlikda yashovchi, dinozavrlar massasi 90 tonna, balandligi esa 9 qavatli bino balandligidan oshmagan deb hisoblanadi. Fantastik filmlardagi osmonoʻpar binolardek keladigan bahaybat maxluqlar massasi esa, oʻsha binolar massasi bilan deyarli teng. Ya'ni 50 ming-100 ming tonna. Farqni sezyapsizmi?! 90 qayerdayu, 50 000 qayerda. (Rasmda yanada yaqqolroq koʻrish mumkin👇) Eng yirik dinozavrlarga e'tibor bergan boʻlsangiz, ularning dum va boʻyin qismlari juda uzun boʻlib, asosiy tana qismi hozirgi fillardan 3-4 marta katta boʻlgan halos. Bu ularga juda ogʻir boʻlib ketmasdan ham ancha baland boʻlib olish imkonini bergan. Olimlar kvadrat-kub qonuni, harakatlanish erkinligi, ozuqa kabi bir necha faktorlarni oʻrganib, quruqlikda yashovchi maksimal katta jonzot 100-1000 tonna oraligʻidan osha olmasligini taxmin qilishgan. Suvda yashovchi jonzotlarda bu son bundan ancha kattaroq. Ammo bu haqida keyingi safar gaplashamiz. Qiziqarli ilm-fan faqat👇 @nega_unday
Показати все...

King Kong va Godzilla jangida kim gʻolib boʻladi? ( Javob: Fizika!) Hali Galileo Galiley zamonlarda aniqlangan, kvadrat-kub qonuniga binoan: biror jismning oʻlchamlari proporsional ravishda kattalashtirilsa, jismning yuzasi uning kvadratiga; hajmi esa uning kubiga kattalashadi. Masalan, 90 kg 2 metrlik odamni olib 4 metr qilib qo'ysangiz, uning yuzasi 4 barobarga, massasi esa 8 barobarga (720 kg!) kattalashadi. Shu qonuniyat hisobiga, hayvonlar kattalashgani sari, ularning tana massasi muskullar kuchidan ancha ilgarilab ketadi. Natijada, harakatlanish u yoqda tursin, yurak va opkalar ham o'z vazifalarini uddalay olishmaydi. Xullas, osmonoʻpar binolardek keladigan, 90 ming tonnalik maymunlar va kaltakesaklar haqiqiy hayotda, tanalarini yerdan koʻtara olmay, havo yetishmasligidan boshlari aylanib, oxir oqibat ochlikdan aniq oʻlib ketishardi. Qiziqarli ilm-fan faqat👇 @nega_unday
Показати все...

Millionlab yillardan keyin bizning sivilizatsiyamizdan faqat mana shunday shisha disklar meros boʻlib qolishi mumkin. Tangadek hajmga ega boʻlishiga qaramasdan u oʻziga 360 TB ma'lumot sigʻdira oladi (1 TB=1024 gigabayt! ). Eng asosiysi kelajakda bu diskni topib olgan odamlar yoki boshqa ongli mavjudotlar uchun hech qanday elektr yoki internet kerak boʻlmaydi, hech boʻlmaganda 19-asr darajasidagi mikroskop boʻlsa kifoya. Sodda qilib aytganda bu disklarni, shisha ichiga yozilgan mikroskopik kitob sahifalari desa boʻladi. Maslan, rasmdagi tanganing xira, yapaloq qismiga butun boshli kitob sig'dirilgan. Bu disklar radiatsiyaga ham, ekstremal haroratlarga ham oʻta chidamli. Yaxshi sharoitlarda ular 10-12 MILLIARD yilgacha saqlanishi mumkin. Bu disklarni boshqa sayyoralarga va asteroidlarga olib borib saqlab qoʻyish koʻzda tutilgan. Hozirning oʻzida, shunday disklarning bir nechtasi Oy yuziga olib chiqilgan. Ularning orasida ingliz Wikipediasining toʻliq varianti ham bor. Qiziqarli ilm-fan faqat👇 @nega_unday
Показати все...
Kinofilmlarda kosmik kemalarni asteroidlar orasidan mohirona tarzda olib oʻtadigan "Shumaxerlar" esingizdami? Xullas, ular sizni aldashadi. Koinot bizning tasavvurimizdagidan aaancha katta, va u yerda asteroidlar uchun joy qalashib yotibdi. Masalan, Yupiter va Mars orasidagi asteroidlar belbog'ini olaylik. Hisob-kitoblarga koʻra u yerda taxminan 800 trillionta asteroid bor. Koʻp-a? Ammo, ularning deyarli 99.9%i kattaligi 1-2 metr atrofidagi xarsangtoshlar. Yana, ular egallagan hajm ham juda katta. Asteroidlar belbog'i kengligi Yer va Quyosh orasidagi masofa bilan deyarli bir xil (150 mln km). Uning qalinligi ham deyarli shunday. Biroz matematika ishlatib, asteroidlar belbog'i egallagan hudud hajmi 1 trillionta trillion km³ ekanligi bilib olamiz (1 va 24 ta nol). Bu degani "havfli" belbog'dagi har bitta xarsangtosh uchun milliardlab kilometr kub bo'sh joy yotibdi. Agar ularning barchasini bir tekislikda yotibdi deb olsak ham, har bitta Andijon viloyatiga teng keladigan hududda siz atiga 1-2 ta asteroidga duch kelasiz. Xullas, kosmik kemani asteroidga tasodifan urib olish, lotereyada yutishdek gap. Endi mazza qilib fantastika koʻraveringlar) @nega_unday
Показати все...

Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.