uk
Feedback
IT Park Sirdaryo

IT Park Sirdaryo

Відкрити в Telegram

IT Park Sirdaryo viloyati filiali 🌐 https://linkfly.to/itparksirdaryo1 📞 +998 99 035-11-99 Murojaat uchun: @itcentersirdaryosupport Chat: https://t.me/+w5OFBdvy5P9lMmQy

Показати більше
440
Підписники
Немає даних24 години
Немає даних7 днів
-1030 день
Архів дописів
Repost from IT Park Uzbekistan
IT Park Uzbekistan Sirdaryo filiali rahbari Xurshid Suvonov "Regional Infrastructure Workshop" mavzusida taqdimot o‘tkazdi. B
+3
IT Park Uzbekistan Sirdaryo filiali rahbari Xurshid Suvonov "Regional Infrastructure Workshop" mavzusida taqdimot o‘tkazdi.
Bugun O‘zbekistonning har bir hududi global IT va biznes xizmatlari ekotizimining bir qismiga aylanmoqda. Zamonaviy infratuzilmaga kiritilayotgan investitsiyalar kompaniyalarga nafaqat Toshkentda, balki butun mamlakat bo‘ylab o‘sish va rivojlanish imkoniyatlarini yaratmoqda.
— Khurshid Suvonov, Head of the Syrdarya Branch at IT Park Uzbekistan, delivered a presentation on "Regional Infrastructure Workshop."
Today, every region of Uzbekistan is becoming part of the global IT and business services ecosystem. Investments in modern infrastructure are creating new opportunities for companies to grow—not only in Tashkent, but across the entire country.
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn

Repost from N/a
🚀 Sirdaryolik startapchilar uchun ajoyib imkoniyat: 1 yil davomida BEPUL OFIS! "Viloyat raqamlashtirish va sun'iy intellekt"
🚀 Sirdaryolik startapchilar uchun ajoyib imkoniyat: 1 yil davomida BEPUL OFIS! "Viloyat raqamlashtirish va sun'iy intellekt" jamoasi viloyatimizdagi iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va mahalliy startap ekotizimini birgalikda rivojlantirishga tayyor! 🏢 Biz nimalarni taqdim etamiz? Tayyor ish joyi: Zamonaviy jihozlangan bepul ofis. Ekotizim va Networking: Viloyat hokimligi, raqamli texnologiyalar sohasi ekspertlari va xalqaro kompaniyalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatish imkoniyati. 📋 Nomzodlar uchun talablar (Kimlar qatnasha oladi?): Yo‘nalish: Loyiha Axborot texnologiyalari (IT), GovTech, sun'iy intellekt, BPO, GreenTech, qishloq xo‘jaligi yoki boshqa yo'nalishlarni raqamlashtirishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Bosqich: Kamida MVP (eng sodda ishchi model) yoki tayyor biznes-rejaga ega bo‘lgan startaplar. Jamoa: Loyihani amalga oshirishga tayyor bo‘lgan aniq jamoaning mavjudligi (shaxsiy tarkib). Muddati: Jamoa taqdim etilgan ofisdan samarali foydalanishi va 1 yil ichida aniq natijalarga erishishni maqsad qilishi kerak. 👇 Murojaat uchun havola: 🔗 [https://forms.gle/7drJZYRgtQMyvQ7K6] TASHKILIY GURUH ESLATMASI: Arizalar joriy yilning 15 avgust sanasigacha qabul qilinadi. Joylar soni cheklangan, saralash shaffof va eng kuchli loyihalar o‘rtasida o‘tkaziladi. Sirdaryoni raqamli innovatsiyalar markaziga aylantirish yo‘lidagi ilk qadamni hoziroq tashlang! Munosib loyihalarni kutib qolamiz.

✔️ Cyber University: jamiyatda kiberxavfsizlik madaniyatini shakllantirishga qaratilgan tashabbus doirasida yil yakuniga qadar 840 ming nafardan ortiq aholini qamrab olish rejalashtirilgan ☄️Raqamli transformatsiya sharoitida kiberxavfsizlik va sun’iy intellekt bo‘yicha bilimlar har bir fuqaro uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu maqsadda Cyber University davlat universiteti tomonidan respublika hududlarida aholining kiberxavfsizlik madaniyatini yuksaltirish hamda sun’iy intellekt texnologiyalaridan to‘g‘ri va mas’uliyatli foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan amaliy tadbirlar tashkil etilmoqda. ⚡️Qishki ta’til davomida ushbu tashabbus doirasida 134 ming nafar aholi qamrab olindi. Yil yakuniga qadar esa 840 ming nafardan ortiq aholini qamrab olish rejalashtirilgan. Tadbirlarda internet firibgarligi va fishing hujumlaridan himoyalanish, shaxsiy ma’lumotlarni muhofaza qilish, kuchli parollar va ikki bosqichli himoyadan foydalanish, shuningdek, ChatGPT hamda boshqa sun’iy intellekt vositalaridan xavfsiz va samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilmoqda. ⌛Tashabbusning o‘ziga xos jihati shundaki, ushbu tadbirlar Cyber University talabalari tomonidan mahallalar, ta’lim muassasalari va mehnat jamoalarida amalga oshirilmoqda. Bu orqali universitet zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni keng jamoatchilikka yetkazish orqali mamlakatda kiberxavfsizlik madaniyatini yuksaltirishga hissa qo‘shmoqda. 🌐Website 🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook 🎬Youtube 🎰Linkedin

Repost from N/a
President Tech Award - katta orzular uchun katta maydon 2026-yilda President Tech Award yangi bosqichga chiqmoqda. Ilk bor tanlovning umumiy mukofot jamg‘armasi $5 000 000 ni tashkil etadi. Bu shunchaki mukofot emas. Bu — O‘zbekiston startup ekotizimi uchun yangi davr. Eng yaxshi texnologik loyihalar. Eng kuchli founderlar. Eng yirik mukofot. Tayyormisiz? 👉 awards.gov.uz orqali arizangizni topshiring va President Tech Award 2026 g‘oliblari safidan joy oling. @startupbaseuz

Repost from N/a
Sirdaryolik chorvadorlar va fermerlar uchun juda zo'r qulaylik! 🚀 ​Chorva mollarini sotish yoki sotib olishda qimmat dallollardan (oʻrtakashlardan) charchadingizmi? Bizning sirdaryolik yigitlar tomonidan ishga tushirilgan Barakami platformasi aynan shu muammoni hal qildi! ​Platforma orqali mollaringizni interaktiv xarita va real videolar (Reels formati) orqali toʻgʻridan-toʻgʻri qassoblar, restoranlar va B2B xaridorlarga sotishingiz yoki oʻzingizga yaqin hududdan barakali narxda sotib olishingiz mumkin. Ortiqcha dallol ham, asossiz ustama ham boʻlmaydi. Ma'lumot uchun ushbu loyiha yaqinda viloyat miqyosida o'tkazilgan AI Hackaton tanlovida 1-oʻrinni olgan! ​Sirdaryomizning oʻzidan chiqqan milliy loyihadan foydalaning va chorvangizga baraka kiriting! 🌾🐄 https://www.instagram.com/barakamiuz/ https://barakami.uz/ https://play.google.com/store/apps/details?id=com.codeforge01.BarakamiBeta https://apps.apple.com/us/app/barakami/id6769040668

Repost from N/a
Raqamli davr yoshlari: IT Park bilan kelajak kasblariga yo'l! #O'zbekiston24

Repost from StartupBase
🧠 Sirdaryo'da bo'lib o'tgan Umummilliy AI Hackathon g‘oliblari e’lon qilindi Guliston shahrida bo‘lib o‘tgan Umummilliy AI Hackathonning Sirdaryo viloyati bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi. ✅ Yuzlab ishtirokchilar sun’iy intellektga asoslangan innovatsion yechimlarini taqdim etib, to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha o‘zaro bellashdi. 🏆 Sirdaryo viloyati bosqichi g‘oliblari:
Tibbiyot 🥇 Zeno 🥈 SDG 🥉 Ilg‘or Biznes 🥇 Leader AI 🥈 ONECONNECT 🥉 Zero X Ijtimoiy xavfsizlik 🥇 Magnet Team 🥈 Blitz 🥉 Narko AI Ta’lim 🥇 ForkBomb 🥈 IT Live 🥉 SmartShift Maxsus nominatsiyalar 🌐 Eng yaxshi web-sayt — Guliston texnopark 🖥 Eng yaxshi dastur — Synapse 📱 Eng yaxshi mobil ilova — Lead Owner
Barcha ishtirokchilar, mentorlar va hakamlar hay’atiga faol ishtiroki uchun tashakkur bildiramiz. 🚀 G‘olib jamoalarni tabriklaymiz va ularning loyihalariga muvaffaqiyat tilab qolamiz! @startupbaseuz RU|EN LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

Repost from N/a
Umummilliy AI Hackathon | Sirdaryo | Final Guliston shahrida bo‘lib o‘tgan Umummilliy AI Hackathon muvaffaqiyatli yakunlandi. Kuchli raqobat, innovatsion g‘oyalar va sun’iy intellektga asoslangan yechimlar bilan boy bo‘lgan final bosqichida eng yaxshi jamoalar aniqlandi. 🏆 Sirdaryo viloyati bosqichi g‘oliblari: Meditsina treki: 🥇 Zeno 🥈 SDG 🥉 Ilg‘or Biznes treki: 🥇 Leader AI 🥈 ONECONNECT 🥉 Zero X Ijtimoiy Xavfsizlik treki: 🥇 Magnet Team 🥈 Blitz 🥉 Narko AI Ta’lim treki: 🥇 ForkBomb 🥈 IT Live 🥉 SmartShift Maxsus nominatsiyalar: 🌐 Eng yaxshi web-sayt: Guliston texnopark 🖥 Eng yaxshi dastur: Synapse 📱 Eng yaxshi mobil ilova: lead owner Barcha ishtirokchilar, mentorlar va hakamlar hay’atiga faol ishtiroki uchun minnatdorchilik bildiramiz. Sizlarning g‘oyalaringiz va loyihalaringiz mamlakatimizda sun’iy intellekt ekotizimini rivojlantirishga xizmat qiladi. G‘olib jamoalarni tabriklaymiz va ularning loyihalari muvaffaqiyatli startaplar hamda amaliy yechimlarga aylanishini tilab qolamiz! 📣

Repost from StartupBase
🌍 Startup World Cup O'zbekistonga kelmoqda: arizalar qabuli ochildi Startup World Cup — dunyodagi eng yirik startup tanlovla
🌍 Startup World Cup O'zbekistonga kelmoqda: arizalar qabuli ochildi Startup World Cup — dunyodagi eng yirik startup tanlovlaridan biri. 60 dan ortiq mamlakatda 100+ mintaqaviy bosqichlarni va 2,500+ investorlarni birlashtiradi.
🫥 2026-yil 24-sentabr kuni ICT Week Uzbekistan doirasida Toshkentdagi CAEx majmuasida startup asoschilari Startup World Cup Uzbekistan regional bosqichda o‘z loyihalarini taqdim etadi. Tanlov Pegasus Tech Ventures tomonidan tashkil etilib, Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT Park Uzbekistan hamkorligida o‘tkaziladi. 🏆 G‘olib jamoa San-Fransiskoda bo‘lib o‘tadigan global finalda ishtirok etish va $1 million investitsiya uchun kurashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Kim ishtirok etishi mumkin: 🟢Pre-seed’dan Series A bosqichigacha bo‘lgan texnologik startaplar 🟢AI, fintech, SaaS, deeptech, consumer va boshqa yo‘nalishlardagi loyihalar 🟢 Global bozorga chiqishni maqsad qilgan jamoalar 🟢 Ingliz tilida pitch qila oladigan kamida bitta founderga ega startaplar
📌 Arizalar 2026-yil 31-avgustgacha qabul qilinadi. Ro'yxatdan o'tish: 🔗 Mehmon sifatida 🔗 Startap sifatida 🚀 Hoziroq ariza topshiring va Startup World Cup sahnasiga chiqing. @startupbaseuz RU|EN LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

Repost from N/a
🚀 Sirdaryo viloyati hokimligi yoshlarning IT startaplarini qo‘llab-quvvatlaydi! Sirdaryolik yoshlar, sizda ajoyib innovatsio
🚀 Sirdaryo viloyati hokimligi yoshlarning IT startaplarini qo‘llab-quvvatlaydi! Sirdaryolik yoshlar, sizda ajoyib innovatsion g‘oya yoki tayyor startap loyiha bor, lekin uni rivojlantirish uchun mablag‘ va to‘g‘ri yo‘nalish yetishmayaptimi? Raqamli dunyoga qadam qo‘yishning ayni vaqti keldi! Viloyatimiz yoshlarining intilishlarini real natijaga aylantirish, ularning innovatsion g‘oyalarini hayotga tatbiq etish maqsadida Sirdaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan platformasi ishga tushirildi! 🌐 Bu loyiha viloyat hokimligi tomonidan yosh tadbirkorlarni har tomonlama rag‘batlantirish uchun yaratilgan bo‘lib, quyidagi asosiy imkoniyatlarni taqdim etadi: 💰 Viloyat hokimligi tomonidan moliyalashtirish: Istiqbolli va innovatsion startap loyihalar endi qog‘ozda qolib ketmaydi. Eng yaxshi deb topilgan g‘oyalar investitsiya va moliyaviy ko‘mak bilan ta’minlanadi. 📈 Mahalliy bozorda o‘sish: Loyihangizni viloyat va respublika miqyosida tanitish, kuchli mentorlar yordamida uni barqaror biznes darajasiga olib chiqish. 🌍 Xalqaro bozorga chiqish: Viloyat hokimligi ko‘magida startapingizni nafaqat O‘zbekistonda, balki xalqaro arenalarda ham raqobatbardosh bo‘lishi va global bozorga eksport qilinishi uchun yo‘l ochiladi! 🔥 Eng asosiysi: Hech qanday ortiqcha byurokratiyasiz — hammasi raqamli, shaffof va tezkor! Sirdaryo viloyati hokimligi sizning g‘oyangizga ishonadi va uni qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! 🏃‍♂️ Hoziroq saytga kiring, loyihangizni ro‘yxatdan o‘tkazing va viloyatimiz raqamli kelajagining bir qismiga aylaning! 🔗 Loyiha yuborish: https://sirdaryostartap.uz/ Kanalimizga obuna bo‘ling va viloyatimizning raqamli transformatsiya tarixini birgalikda kuzating!

Repost from N/a
🚀 “Raqamli Sirdaryo” kanaliga xush kelibsiz! Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar, soha mutaxassislari va Sirdaryo viloyatinin
🚀 “Raqamli Sirdaryo” kanaliga xush kelibsiz! Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar, soha mutaxassislari va Sirdaryo viloyatining raqamli kelajagiga befarq bo‘lmagan zamondoshlar! Ushbu kanal Sirdaryo viloyatida IT-infratuzilmani rivojlantirish, GovTech (davlat boshqaruvida raqamli yechimlar), startap ekotizimi va xalqaro hamkorliklar yo‘nalishidagi eng so‘nggi yangiliklar, rasmiy ma’lumotlar va istiqbolli loyihalarni yoritib borish maqsadida tashkil etildi. Bu yerda siz nimalarni kuzatib borasiz? 🌐 Viloyatimizda raqamlashtirish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar; 🤝 Xalqaro IT va BPO hamkorliklar, yangi investitsiyaviy loyihalar; 🛡 Kiberxavfsizlik va Sun’iy intellekt (AI) sohasidagi zamonaviy tendensiyalar; 💡 Mahalliy startaplar va yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash dasturlari. 🎯 Bizning maqsad— sizni nafaqat respublikada, balki xalqaro maydonda ham qo‘llab-quvvatlash. Kanalimizga obuna bo‘ling va viloyatimizning raqamli transformatsiya tarixini birgalikda kuzating! 📡

Repost from AI Alliance
National AI Hackathon | Guliston | 2-kun 😄Bu ishtirokchilar, mentorlar va birinchi checkpoint kuni. Jamoalar dastlabki natijalarini taqdim etib, ekspertlardan fikr-mulohazalar oldilar hamda final pitch sari AI yechimlarini yanada takomillashtirishda davom etmoqdalar. Ijtimoiy tarmoqlarimizga obuna bo‘ling: 💯Telegram 😀LinkedIn 😀Instagram

Repost from StartupBase
🚀 Road to Battlefield 2026 dasturiga arizalar qabuli boshlandi Markaziy Yevrosiyo startaplari uchun dunyoning eng nufuzli te
+5
🚀 Road to Battlefield 2026 dasturiga arizalar qabuli boshlandi Markaziy Yevrosiyo startaplari uchun dunyoning eng nufuzli texnologik sahnalaridan biriga chiqish imkoniyati yaratilmoqda. IT Park Uzbekistan, Astana Hub va Silkroad Innovation Hub hamkorligida tashkil etilayotgan Road to Battlefield 2026 dasturiga arizalar qabuli boshlandi. 🏆 Tanlovning eng yaxshi 3 ta startapi jami $100 000 investitsiya oladi: • 1-o‘rin — $50 000 • 2-o‘rin — $30 000 • 3-o‘rin — $20 000 G‘oliblar TechCrunch Startup Battlefield 200 va TechCrunch Disrupt 2026 tadbirlarida Markaziy Yevrosiyo nomidan ishtirok etadi. Shuningdek, ularga San Fransiskoga aviachiptalar, turar joy, TechCrunch ko‘rgazmasida startap stendi, OpenAI imtiyozlari, investorlar bilan uchrashuvlar va netvorking imkoniyatlari taqdim etiladi. 💡 Dastur Seed bosqichidan yuqori bo‘lmagan, baholanishi $5 milliondan oshmaydigan va ishlaydigan MVP'ga ega startaplar uchun mo‘ljallangan. Arizalar 30-iyunga qadar qabul qilinadi. 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

Repost from StartupBase
⏳ Silikon vodiysiga yo‘l: Alchemist Silkroad — Silicon Valley Residency dedlayniga 6 kun qoldi Agar startapingiz B2B yo‘nalis
Silikon vodiysiga yo‘l: Alchemist Silkroad — Silicon Valley Residency dedlayniga 6 kun qoldi Agar startapingiz B2B yo‘nalishida bo‘lsa va AQSh bozoriga chiqishni o‘ylayotgan bo‘lsangiz, Alchemist Silkroad — Silicon Valley Residency dasturiga ariza topshirishga ulgurib qoling.
Dastur davomida siz: 🇺🇸 3 oy Silikon vodiysi ekotizimida bo‘lasiz 🤝 AQShdagi mentorlar va investorlar bilan tanishasiz 📈 Product-Market Fit, sales va fundraising bo‘yicha ishlaysiz 🏢 AQShda kompaniyani ochish va yuritish bo‘yicha amaliy yordam olasiz
Ba’zi founderlar buni shunchaki Silikon vodiysiga sayohat sifatida qaraydi. Aqllilari esa u yerga mijoz, investor va hamkor izlash uchun boradi. 😉 🗓 Arizalar 30-iyun kuni yopiladi. 🔗 Hoziroq ariza topshiring LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

Repost from AI Alliance
👉 Sirdaryoda Umummilliy AI Hackathon rasman start oldi! Xakatonning birinchi kuni qizg’in ruhda boshlandi! Tadbirni Sirdaryo
+4
👉 Sirdaryoda Umummilliy AI Hackathon rasman start oldi! Xakatonning birinchi kuni qizg’in ruhda boshlandi! Tadbirni Sirdaryo viloyati hokimining raqamlashtirish va sun’iy intellekt masalalari bo’yicha maslahatchisi ochib berib, ishtirokchilarga muhim tavsiyalarini berdi. Shundan so‘ng xakaton formati va talablari ishtirokchilarga tanishtirildi. Ishtirokchilar jamoalarga birlashib, o‘z g‘oyalari ustida ishlashni boshladilar. Kun davomida ishtirokchilar uchun ekspertlar tomonidan quyidagi workshoplar o‘tkazildi: 🔺 Business of Startups: From Idea to Revenue 🔺 AI in Startups Hozirda jamoalar faol ishlamoqda va raqobat tobora kuchaymoqda. Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz! Ijtimoiy tarmoqlarimizga obuna bo‘ling: 💯Telegram 😀LinkedIn 😀Instagram

Repost from StartupBase
📣 Endi StartupBase yangiliklarini rus tilida ham kuzatishingiz mumkin! @startupbaseru kanaliga obuna bo‘ling va startup ekotizimi, investitsiyalar, imkoniyatlar hamda texnologiyaga qiziquvchilar hamjamiyatining bir qismiga aylaning. 🚀 Eng qiziqarlisi hali oldinda! @startupbaseru LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

Gulistondagi Umummilliy AI Hackathoniga tayyormisiz ? 25–28 iyun kunlari Sirdaryo viloyati Guliston shahrida navbatdagi hudud
+1
Gulistondagi Umummilliy AI Hackathoniga tayyormisiz ? 25–28 iyun kunlari Sirdaryo viloyati Guliston shahrida navbatdagi hududiy bosqichi bo‘lib o‘tadi 🚀 Bu shunchaki tanlov emas — bu yangi tanishuvlar, innovatsion g‘oyalar va o‘sish imkoniyatlari sari qadam! Ro‘yxatdan o‘tish yakunlanishiga atigi 2 kun qoldi!
🤫 G‘olib jamoalar uchun ajoyib sovg‘alar tayyorlangan: 1-o‘rin - Apple MacBook Air: loyihalaringizni rivojlantirish uchun ishonchli yordamchi. 2-o‘rin - 20 000 000 so‘m pul mukofoti. 3-o‘rin - 10 000 000 so‘m pul mukofoti.
❗️ Ishtirok etish uchun: • 16 yoshdan katta bo‘lish • Pasport yoki ID-karta mavjud bo‘lishi • Har bir ishtirokchi alohida ro‘yxatdan o‘tishi • Sirdaryo viloyatida yashovchi yoshlar uchun
🖥Ro‘yxatdan o‘tish 2 ta bosqichdan iborat: - ai-hackathon.uz - eventflow.uz 📣 Shoshiling! Xakatonda ishtirok etib, o‘z bilim va salohiyatingizni namoyon qiling. Ijtimoiy tarmoqlarimizga obuna bo‘ling: 💯Telegram 😀LinkedIn 😀Instagram

Repost from StartupBase
📣 Seaside Startup Summit Armenia 2026 startuplar uchun arizalarni qabul qilmoqda! O‘z startapingizni xalqaro investorlar, me
📣 Seaside Startup Summit Armenia 2026 startuplar uchun arizalarni qabul qilmoqda! O‘z startapingizni xalqaro investorlar, mentorlar va founderlar oldida namoyish etishga tayyormisiz? 🫥 26-iyuldan 1-avgustgacha Armanistonning Sevan ko‘li bo‘yida dunyoning 50 dan ortiq mamlakatidan startup asoschilari, investorlar va ekotizim vakillarini birlashtiradigan Seaside Startup Summit bo‘lib o‘tadi. 📍 Sevan, Armaniston 🗓 26-iyul – 1-avgust, 2026
Ishtirokchilarni quyidagilar kutmoqda: 🟢 Startup battle va pitch sessiyalari 🟢 Investorlar bilan uchrashuvlar 🟢 Mentorlik va workshoplar 🟢 Xalqaro networking imkoniyatlari 🟢 Sovrinlar va investitsiya imkoniyatlari Summit doirasida $100,000 mukofot jamg‘armasi taqdim etiladi. 🔎 Seaside Startup Summit 10 yildan ortiq vaqt davomida faoliyat yuritib, 1 000+ startup, 25 000+ ishtirokchi va 50+ mamlakat vakillarini birlashtirgan.
🖥 Batafsil saytda o'qing 🔗 Ariza topshirish Eslatib o'tamiz, O‘zbekistonlik startup Karmon AI o'tgan yilgi Sevan Startup Summit 2025 finalida $20,000 mukofotni qo‘lga kiritgan va xalqaro investorlar hamjamiyati e’tiborini qozongan. @startupbaseuz 🚀 Ariza topshirayotgan barcha startup jamoalariga omad tilaymiz! LinkedIn | Facebook | Instagram | Website