cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

•твоя ухт жариҳун.

-mendan mengacha 🛋️🧋🪴✨🪞🎧📔🕯️🌿 -nomalar: @jarihunbot

Більше
Рекламні дописи
1 048
Підписники
+224 години
+37 днів
+530 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

🔘Bebaho narsalar Haqiqiy neʼmat faqat mol, haqiqiy mahrumlik esa undan ajralish emas. Bu neʼmat tushunchasiga yuzaki boqishdir. Dunyoda moldan qiymatli narsalar bor. Gʻoyibdan turib duo qilish neʼmat. Sajdada zikr qilish neʼmat. Gʻazab kelganida achchiqni yutish; boshqasiga qodir boʻlaturib, kechirish; boshqalarning xatolariga sabr qilish neʼmat. Yuqoridagilarga ehtiyojimiz molga boʻlgan ehtiyojimizdan kuchliroq. Gohida, mahzunlik paytimizda bizga yupanch beradigan quchoqni istaymiz. Singan paytimizda boshimizni silaydigan issiq kaftdan, muhtoj vaqtimiz esa duodan oʻzgasini xohlamaymiz. Boshimizga tashvish tushganida ozgina eʼtiborga ehtiyoj sezamiz. Narsalar qiymati bilan oʻlchanadi, narxi bilan emas. Dunyodagi eng qiymati ulugʻ narsalarning bahosi boʻlmaydi. Ofiyat qancha turadi?! Ota-onaga yaxshilik qiladigan farzandning narxi qancha?! Ona duosining, soliha juftning, mehribon erning-chi? Shafqatli ota, vafodor do’stning bahosi qancha?! Ular bahosiz. Chunki bu narsalar sotilmaydi. Ularsiz faqirmiz, garchi dunyu moli qoʻlimizda boʻlsa ham... ©️Kitobdan @jarihun
Показати все...
🕊 7
Juma kuni Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga ko’proq salovat aytish sunnat. 🔣Albatta, Alloh va Uning farishtalari Payg’ambarga salovat ayturlar. Ey iymon keltirganlar! Siz ham unga salovat ayting va salom yuboring 🔣 (Ahzob surasi, 56-oyat) @jarihun
Показати все...
🕊 10
Ko’zlaring qalbingga yo’l boshlo’vchi eshikdir! 💓 ⏺️Haromga nazar solishdan oldin o’yla va ko’zingni olib qoch. Chunki shayton xuddi shu nigoh bilan sening qalbingga yetib boradi va u yerda shamol bo’shliqni to’ldirganidek osonlik bilan buzg’unchilik urug’ini ekish uchun qalbingni egallaydi. @jarihun
Показати все...
🕊 16
🟠Muhabbat nima? ✨Muhabbat Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hijrat qilgan kechada u zotning oʻrinlarida uxlagan Ali roziyallohu anhudir. U Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni qavmlari oʻldirish uchun toʻplanganini bilar va Nabiy alayhissalomning oʻrinlarida qatl qilinishiga aniq ishonardi. Muhabbat Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga ruhini, obroʻsini, molini fido qilgan Abu Bakr roziyallohu anhudir. Uni Quraysh kofirlari urib hushidan ketkazishganida, oʻziga kelib birinchi aytgan gapi “Rasulullohga nima boʻldi?” boʻlgan edi. Muhabbat bani dinorlik sahobiyadir. Sahobalar bu ayolga eri, otasi va birodari Uhudda shahid boʻlgani munosabati bilan taʼziya bildirishdi. U esa Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni qidirardi. Nabiy alayhissalomni koʻrgach, dedi: “Siz tirik ekansiz, boshqa musibatlar hech narsa emas, yo Rasululloh”. Muhabbat Savbon roziyallohu anhudir. Bir kuni u rangi siniqqan holda Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga koʻrindi. U zot soʻradilar: “Nega ranging o’zgargan?” Javob berdi: “Menda hech qanday kasallik yoki ogʻriq yoʻq. Ammo sizni koʻrmay, yoʻqotib qoʻysam, sog’inib qolyapman”. Muhabbat Hubayb roziyallohu anhudir. U zotni asir olib, oʻldirish uchun dor ostiga keltirishdi. Dushmanlardan biri: “Hozir oʻrningda Muhammad boʻlishini xohlarmiding?” deb soʻradi. Hubayb javob berdi: “Allohga qasamki, men ahlim va avlodim huzurida tinchgina oʻtirib, Muhammadga bir tikan kirishini xohlamayman”. Muhabbat Abu Talha roziyallohu anhudir. U zot Uhud gʻazotida Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga aytdi: “Yo Rasululloh, yaqin bormang, yaqin bormang. Siz musibatga uchraganingizdan mening tomogʻimga oʻq qadalgani yaxshiroq”. Muhabbat Umar roziyallohu anhudir. U zot Rasululloh sollallohu alayhi va sallam vafot etganlarida sahobalarga: “Muhammad oʻldi, demanglar. U zot Musoga oʻxshab Rabbilari bilan soʻzlashgani ketdilar. Albatta, qaytadilar”, degan edi. Muhabbat Amr ibn Os roziyallohu anhudir. U kishi aytadi: “Hurmat yuzasidan Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga tik boqqanim yoʻq”. Muhabbat Bilol roziyallohu anhudir. U zot Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan keyin azon aytolmay qoldi. Bir marta hazrat Umar azon chaqirishini soʻraganlarida uning azoniga butun Madina yigʻlagan edi. Muhabbat Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdirlar. U zot sahobalariga: “Menga insonlar ichidan eng suyuklisi Oisha, keyin uning otasidir”, deb eʼtirof qilgandilar. Muoz roziyallohu anhuga aytgandilar: “Ey Muoz, Allohga qasamki, men seni yaxshi koʻraman”. Hazrat Aliga: “Sen mendan, men sendanman”, degan edilar. U zot bizni eslab aytgan edilar: “Mendan soʻng bir toifa insonlar keladi. Ular meni juda yaxshi koʻrishadi. Hatto ahli va molini fido qilib meni koʻrishni xohlashadi”. Mana sizga haqiqiy muhabbat! @jarihun
Показати все...
🕊 12
“Agar bomdod namoziga uygʻonish ilk rejang boʻlmasa, qolgan kun davomidagi rejalaringdan bir maʼno yoʻq. Chunki sening yangi kuning muvaffaqiyatsizlik bilan boshlanadi!” ✨ ©️Shayx Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy Bomdodni unutmang💗 @jarihun
Показати все...
🕊 29
Iyd ul-Adxa muborak ✨ تَقَبَّلَ اللّهُ مِنَّ وَ مِنْكُمْ!
Показати все...
🕊 20
Iyd sunnatlari
Показати все...
🕊 7
Iyd tabriklari ✨
Показати все...
IMG_1889.JPG1.94 KB
IMG_1894.JPG0.95 KB
IMG_1892.JPG0.25 KB
IMG_1885.JPG2.29 KB
IMG_1886.JPG1.95 KB
IMG_1884.JPG6.25 KB
🕊 8
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Odamning ichidagi qora bulutlar to'plansa, ko'k yuzini moviylashishi xech qanday ma'no bermaydi.🪻 @jarihun
Показати все...
🕊 13
Показати все...
🕊 1
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.