cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Bulung'ur.uz | Rasmiy kanal

Bulung‘ur tumani hokimligining telegramdagi yagona rasmiy kanali Muhokama va murojaatlar uchun: @Bulungur_press_chat Tuman hokimiga murojaat yo‘llash uchun: @Samandar_Mustafoqulovich Admin bilan aloqa uchun: @Bulungur_aloqabot

Більше
Рекламні дописи
9 745
Підписники
-624 години
-357 днів
-7130 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

⚡️Bulung‘ur tumani 1-sektor shtabida navbatdagi muhokama bo‘lib o‘tdi Tuman hokimi S.Astonov huzurida o‘tkazilgan muhokamada hokim o‘rinbosarlari, guruh va bo‘lim boshliqlari, tumandagi tashkilot va muassasalarning rahbarlari, sektor shtabi a’zolari ishtirok etishdi. Unda oqsoqlik kuzatilayotgan sohalar tahlili qilinib, hafta davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi. Xususan, “Yangi O‘zbekiston” massividagi qurilish jarayonlari, xotin-qizlar va yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash va daromadini oshirish borasida ko‘rilayotgan choralar, tumanga investitsiya loyihalarini jalb qilish borasidagi vazifalar ijrosi, kommunal soha tashkilotlari oldida turgan vazifalar ijrosi, jumladan, noqonuniy qurilishlarning oldini olish borasida ko‘rilayotgan choralar muhokama qilinib, soha mas’ulari oldiga aniq vazifalar belgilab berildi. Ulaning va ulashing: Web-sayt •  Facebook •  Telegram •  Twitter •  YouTube •  Instagram
Показати все...
2🥰 1
13:08
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#OAV ⚡️"Sifatli ta'lim taraqqiyot poydevori" ko'rsatuvi Bulung‘ur tumanidagi ta'lim tashkilotlarida yozgi sog‘lomlashtirish maydonchalari faoliyati va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari haqida. Ulaning va ulashing: Web-sayt •  Facebook •  Telegram •  Twitter •  YouTube •  Instagram
Показати все...
IMG_6814.MP469.14 MB
👍 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Ochiq_muloqot ⚡️ Ayni vaqtda "Samarqand" telekanali orqali to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatilayotgan "Ochiq muloqot" ko'rsatuvida Bulung'ur tumani sektor rahbarlari, hokim o'rinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilotlar mutasaddilari ishtirok etishmoqda. 📍Jonli efir: https://fb.watch/tkYQjP5cta/ Ulaning va ulashing: Web-sayt •  Facebook •  Telegram •  Twitter •  YouTube •  Instagram
Показати все...
👍 16🥰 2🔥 1
04:39
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#OAV ⚡️Diyor yangiliklari |Bulung‘ur tumanining Yangiobod mahallasi markazida “Uch avlod uchrashuvi” loyihasi bo‘lib o‘tdi. Ulaning va ulashing: Web-saytFacebookTelegramTwitterYouTubeInstagram
Показати все...
5.15.07.2024.mp434.38 MB
2👍 1🥰 1
⚡️ Bulung'ur tumanidagi Xalq qabulxonasida navbatdagi murojaatlar qabuli bo'lib o'tdi Unda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaat hamda takliflari tuman tuman hokimi S.Astonov, 4-sektor rahbari B.Isokov, Xalq qabulxonasi mudiri Sh.Narmatov, hokim o'rinbosari - Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i N.Mamadiyarova tomonidan qabul qilindi Qabul davomida bildirilgan har bir murojaat yuzasidan ijrochilar va aniq muddatlar belgilab olindi. Ayrim murojaatlar hafta davomida joyiga chiqib qo‘shimcha o‘rganilishi bildirildi. Ulaning va ulashing: Web-sayt •  Facebook •  Telegram •  Twitter •  YouTube •  Instagram
Показати все...
👍 9 1🥰 1👏 1
01:01
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#FVV_murojaati Hurmatli fuqarolar! G‘alladan boʻshagan yer maydonlarini yoqib yuborish bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlik mavjud. Ulaning va ulashing: Web-sayt •  Facebook •  Telegram •  Twitter •  YouTube •  Instagram
Показати все...
33.mp423.75 MB
👍 7👎 2
⚡️Uch avlod vakillari uchrashganda Bugun Bulungur tumanining Yangiobod mahallasi markazida “Uch avlod uchrashuvi” loyihasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda faol nuroniy otaxon va onaxonlar, o‘rta avlod vakillari, yoshlar, shu jumladan ijod va san’at ahli ishtirok etishdi. Tadbirda so‘zga chiqqan Nuroniy jamg’armasi tuman bo‘limi raisi O.Ahmedov, tuman hokimi o‘rinbosari A.Buriboyev, N.Mamadiyarovalar bugun yurtimizda ijtimoiy himoya masalasida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, nuroniylar, xotin-qizlar va yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan imkoniyatlar haqida to‘xtalib o‘tishdi. Tadbir davomida ijodkorlar, san’at ahlining chiqishlari barchaga birdek manzur bo‘ldi, yoshlarning ijodiy na’munalari tinglandi, boy hayotiy tajribaga ega nuroniylarning so’zlariga quloq tutildi. Faol ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi. Ulaning va ulashing: Web-saytFacebookTelegramTwitterYouTubeInstagram
Показати все...
👍 8🔥 3 2
⚡️Yoshlar yetakchilarining faoliyati natijadorligi tahlil qilindi Bugungi kunda Bulung‘ur tumani aholisining 51 foiz qismini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil qiladi. Ushbu raqamning o‘ziyoq yoshlar masalasining ahamiyatini ko‘rsatib turibdi. Tuman hokimligida o‘tgan muhokamada mahallalardagi yoshlar yetakchilari oldiga qo‘yilgan vazifalarning ijro holati, natijadorligi tanqidiy tahlil qilindi. Unda ayrim mahallalardagi yoshlar yetakchilarining imkoniyatlardan oqilona foydalanmayotganligi yoki asosiy e’tiborni yoshlar bandligini ta’minlashga emas, moliyaviy instrumentlarga qaratganligi tanqid qilindi. To‘plangan ma’lumotlar tahlil qilinib, muhokama so‘ngida kelgusi vazifalar belgilab olindi. Ulaning va ulashing: Web-saytFacebookTelegramTwitterYouTubeInstagram
Показати все...
👍 7 3
02:37
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#OAV ⚡️Kun xabarlari | Xotin - qizlar faollari faoliyati sarhisob qilindi Ulaning va ulashing: Web-saytFacebookTelegramTwitterYouTubeInstagram
Показати все...
2_SAM_KUN_XABARLARI_12.07.2024.mp431.11 MB
👍 4 1
⚡️Qonun ustuvor bo‘lsa, yo‘llarda ham tartib bo‘ladi Bugun yo‘llarimizda skuter, moped, motosikl kabi transport vositalari ham tobora ko‘payib bormoqda. Biroq, aksariyat hollarda bu kabi transport vositalari tegishli hujjatlarsiz boshqarilmoqda. Ularning voyaga yetmagan yosh bolalar tomonidan boshqarilishi kabi holatlarni esa, rech qanday sabab bilan oqlab bo‘lmaydi. Bu kabi holatlarni tartibga olish, transport harakati qatnashchilari hamda piyodalarning xavfsizligini ta’minlash, yo‘llarda ogohlikni oshirish maqsadida Bulung’ur tumani bo’ylab maxsus reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda. Hurmatli haydovchi, har qanday holatda ham sizni uyda oilangiz kutayotganligini unutmang! Hurmatli yurtdoshlar, voyaga yetmagan farzandlaringiz hayotini xavf ostida qoldirmang! Ulaning va ulashing: Web-saytFacebookTelegramTwitterYouTubeInstagram
Показати все...
👍 16 3😱 2
Перейти до архіву дописів
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.