Andijon viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi
Відкрити в Telegram
O‘simliklar karantini va himoyasi O'simliklar karantini va himoyasi agentligi t.me/uzdavkarantinuz Instagram:www.instagram.com/karantinqr/ Telegram: t.me/uzdavkarantin_antikor_bot Ishonch telefoni:71 202 64 64 E-pochta: anticorruption@karantin.uz
Показати більше2 116
Підписники
-624 години
-147 днів
-4330 день
Триває завантаження даних...
Схожі канали
Хмара тегів
Немає даних
Виникли проблеми? Будь ласка, оновіть сторінку або зверніться до нашого support-менеджера.
Вхідні та вихідні згадування
---
---
---
---
---
---
Залучення підписників
липень '26
липень '26
+3
в 3 каналах
червень '26
+70
в 2 каналах
Get PRO
травень '26
+3
в 1 каналах
Get PRO
квітень '26
+108
в 3 каналах
Get PRO
березень '26
+1 403
в 2 каналах
Get PRO
лютий '26
+305
в 6 каналах
Get PRO
січень '26
+169
в 2 каналах
Get PRO
грудень '25
+243
в 3 каналах
Get PRO
листопад '25
+226
в 4 каналах
Get PRO
жовтень '25
+523
в 3 каналах
Get PRO
вересень '25
+546
в 3 каналах
Get PRO
серпень '25
+1 444
в 4 каналах
Get PRO
липень '25
+2 467
в 3 каналах
Get PRO
червень '25
+507
в 2 каналах
Get PRO
травень '25
+5
в 3 каналах
Get PRO
квітень '25
+10
в 1 каналах
Get PRO
березень '25
+2 107
в 2 каналах
Get PRO
лютий '25
+2 945
в 1 каналах
Get PRO
січень '25
+1 474
в 1 каналах
Get PRO
грудень '24
+1 019
в 6 каналах
Get PRO
листопад '24
+16
в 1 каналах
Get PRO
жовтень '24
+14
в 12 каналах
Get PRO
вересень '24
+12
в 1 каналах
Get PRO
серпень '24
+1 004
в 1 каналах
Get PRO
липень '24
+6
в 2 каналах
Get PRO
червень '24
+897
в 1 каналах
Get PRO
травень '24
+3 079
в 0 каналах
Get PRO
квітень '24
+1 027
в 0 каналах
Get PRO
березень '24
+14
в 0 каналах
Get PRO
лютий '240
в 2 каналах
Get PRO
січень '24
+189
в 1 каналах
| Дата | Залучення підписників | Згадування | Канали | |
| 13 липня | 0 | |||
| 12 липня | 0 | |||
| 11 липня | +1 | |||
| 10 липня | 0 | |||
| 09 липня | 0 | |||
| 08 липня | 0 | |||
| 07 липня | +1 | |||
| 06 липня | +1 | |||
| 05 липня | 0 | |||
| 04 липня | 0 | |||
| 03 липня | 0 | |||
| 02 липня | 0 | |||
| 01 липня | 0 |
Дописи каналу
🤩 Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda anjir mahsulotini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin! 👆
📲 Qadoqlash korxonalari, biolaboratoriyalar, o'simliklar klinikalar ro'yxati va boshqa maʼlumotlarni "Agroko'makchi" mobil ilovasidan olishingiz mumkin. 👉 📱“App Store” va 📱“Play Market”
#infographic #export #rukola
📱 Telegram | 📱 facebook | 📱 YouTube
| 2 | 🤩 Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda anjir mahsulotini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin! 👆
📲 Qadoqlash korxonalari, biolaboratoriyalar, o'simliklar klinikalar ro'yxati va boshqa maʼlumotlarni "Agroko'makchi" mobil ilovasidan olishingiz mumkin. 👉 📱“App Store” va 📱“Play Market”
#infographic #export #rukola
📱 Telegram | 📱 facebook | 📱 YouTube | 51 |
| 3 | #TV
Tut parvonasiga qarshi kurash ishlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.
📱 Telegram | 📱 facebook | 📱 YouTube | 181 |
| 4 | Taraqqiyot TV
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2026-yil 22-iyunda qabul qilingan O‘RQ–1155-sonli Qonunning mazmun-mohiyati haqida.
📱 Telegram | 📱 facebook | 📱 YouTube | 177 |
| 5 | 10.07.2026
🟢 NAVBATDAGI SIYOSIY-MAʼRIFIY O‘QISH BO‘LIB O‘TDI
🇺🇿 O‘quv soati davomida Andijon viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi xodimlari Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida yurt ravnaqi yo‘lida olib borayotgan ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy jarayonlari bilan atroflicha tanishdilar.
🟢 Shuningdek, ishtirokchilar O‘zbekiston va xorijda sodir bo‘layotgan muhim yangiliklardan xabardor bo‘ldilar.
📱 Telegram | 📱 facebook | 📱 You Tube | 374 |
| 6 | 🇺🇿 PF-84: oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligiga oid davlat boshqaruvi va nazorati yagona tizim asosida tashkil etilmoqda
✅ Davlatimiz rahbarining 2026-yil 12-maydagi “Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, fitosanitariya va veterinariya sohalarida yagona davlat boshqaruvi va nazorat tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–84-son Farmoni bilan mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, fitosanitariya va veterinariya sohalarida mutlaqo yangi davlat boshqaruvi tizimi joriy etildi.
🖋 Ushbu Farmonning maqsadi mamlakatimizda xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, tashish va iste’mol qilish bo‘yicha yagona, zamonaviy va xalqaro standartlarga asoslangan tizimni shakllantirishdir.
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligiga:
🌱o‘simliklar karantini;
✅ veterinariya;
✅ sanitariya-gigiyena;
🔬 laboratoriya nazorati;
✅ eksport va import;
🤩 bozor nazorati;
📃 sertifikatlash;
🛡monitoring kabi ko‘plab jarayonlar ta’sir ko‘rsatadi.
📊 Avval ushbu vazifalar turli davlat idoralari tomonidan amalga oshirilardi. Bu esa ayrim holatlarda vazifalarning takrorlanishiga, xulosalar taqdim etilishda vaqt sarflanishi va tadbirkorlar uchun ortiqcha byurokratik to‘siqlarga sabab bo‘lardi.
Prezident Farmoni aynan shu muammolarni bartaraf etishga qaratilgan. Hujjatga muvofiq, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligiga oid davlat boshqaruvi va nazorati yagona tizim asosida tashkil etilmoqda. Bunda
✅ O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi;
✅ Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining tegishli funksiyalari;
✅ Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining oziq-ovqat xavfsizligiga oid vazifalari birlashtirilib, Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi tashkil etildi.
🖋 Yangi tizimda asosiy e’tibor xavflarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olishga qaratiladi. Bu esa xalqaro amaliyotda samarali yondashuv sifatida e’tirof etilgan.
🌎 Farmonda milliy qonunchilikni Codex Alimentarius, Jahon hayvonlar salomatligi tashkiloti (WOAH) hamda O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha xalqaro konvensiya (IPPC) talablariga muvofiqlashtirish ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Bu esa mamlakatimiz mahsulotlarining xalqaro bozorlarda raqobatbardoshligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
📱 Telegram | 📱 facebook | 📱 You Tube | 181 |
| 7 | #fitosanitar_xavfsizlik
Sifatli va fitosanitar toza ko‘chatlar aholi uchun yetkazib berilmoqda
"Asaka – Agro Star" MChJ tomonidan zamonaviy issiqxona sharoitida yuqori sifatli, fitosanitar talablarga to‘liq javob beradigan hosildor sabzavot ko‘chatlari yetishtirilib, iste’molchilarga yetkazib berilmoqda.
Korxonaning zamonaviy issiqxonasi oyiga 2,4 million dona sifatli ko‘chat yetishtirish quvvatiga ega bo‘lib, yil 12 oy aholini sifatli ko‘chatlar bilan uzluksiz ta’minlash imkoniyatiga ega. Bu orqali oziq-ovqat va fitosanitar xavfsizlikni ta’minlashda o‘z hissasini qo‘shmoqda.
📱 Telegram | 📱 facebook | 📱 You Tube | 427 |
| 8 | #Seminar
Jalaquduq tumanida Vazirlar Mahkamasining 189-sonli qarori ijrosiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
🇺🇿 Andijon viloyati Jalaquduq tumanida Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-apreldagi "Asalari oilalarini joylashtirish, ko‘chirish va ular nobud bo‘lishining oldini olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 189-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida amaliy seminar tashkil etildi.
➡️ Seminarda Andijon viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi hamda tuman bo‘limlari rahbarlari, tegishli tashkilotlar mas’ullari, asalarichilar va soha mutaxassislari ishtirok etdilar.
🟢 Tadbir davomida qarorning mazmun-mohiyati, asalari oilalarini joylashtirish va ko‘chirish tartibi, asalarichilarning huquq va majburiyatlari, pestitsid hamda agrokimyoviy vositalar qo‘llanilganda asalarichilarni o‘z vaqtida xabardor qilish tartibi yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.
📱 Telegram | 📱 facebook | 📱 You Tube | 175 |
| 9 | #Andijon_yoshlar_day
Yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi
Yoshlar kuni munosabati bilan Andijon viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasiga biriktirilgan mahallalarda yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Oltinko‘l tumani Qo‘shtepa va Mustaqillik mahallalarida istiqomat qiluvchi yoshlar muammolari o'rganildi.
📱 Telegram | 📱 facebook | 📱 You Tube | 233 |
| 10 | #Seminar
Andijon viloyatida tut parvonasiga qarshi kurash ishlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi
📍Andijon viloyati Marxamat tumanida tut parvonasiga qarshi kurash chora-tadbirlarini samarali tashkil etishga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.
💬 Seminarda Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurashish hizmati boʻlimi boshligʻi B.Hudoyqulov boshchiligida. viloyat Oʻsimliklar karantini va Himoyasi boshqarmasi, "Agropilla" MCHJ, viloyat Fermerlar kengashi Xodimlari va ularning tuman bo‘linmalari, shuningdek, Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati barcha hodimlari ishtirok etishdi.
⚪️ Seminar davomida tut parvonasining rivojlanish bosqichlari, uni aniqlash va tarqalishining oldini olish bo‘yicha amalga oshiriladigan choralar haqida amaliy tushunchalar berildi. Shuningdek, zararkunandaga qarshi kimyoviy vositalardan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish, ishlov berish muddatlari, texnika xavfsizligi talablari hamda samarali kurash usullari yuzasidan amaliy jarayonlar namoyish etildi.
✅Tadbir ishtirokchilariga tutzorlarni muntazam kuzatib borish, zararkunanda aniqlangan holatlarda tezkor choralar ko‘rish va belgilangan agrotexnik hamda himoya tadbirlarini o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
🤔 Bu kabi amaliy seminarlar hududlarda tut parvonasi tarqalishining oldini olish, pillachilik xo‘jaliklarini himoya qilish hamda sohada fitosanitar barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
📱 Telegram | 📱 facebook | 📱 You Tube | 156 |
| 11 | #seminar
☁️Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi “BURXON” fermer xo‘jaligida shinjon usulida ekilgan g‘o‘za maydonlarida paxta yetishtirish samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
🔥Seminar davomida kelgusida amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlar, shuningdek, g‘o‘za zararkunandalariga qarshi samarali kurash choralari yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
🙏Tadbir viloyat hokimi o‘rinbosari U.Rahimov boshchiligida o‘tkazildi. Unda tuman hokimlari, hokim o‘rinbosarlari, mehnat faxriylari, viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘i A.Jalilov hamda mutaxassislari, tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.
💬Mazkur seminar paxtachilikda ilg‘or usullarni joriy etish, hosildorlikni oshirish va fermerlarning bilim hamda ko‘nikmalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
📱 Telegram | 📱 facebook | 📱 You Tube | 170 |
| 12 | #seminar
☁️Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi “BURXON” fermer xo‘jaligida shinjon usulida ekilgan g‘o‘za maydonlarida paxta yetishtirish samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
🔥Seminar davomida kelgusida amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlar, shuningdek, g‘o‘za zararkunandalariga qarshi samarali kurash choralari yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
🙏Tadbir viloyat hokimi o‘rinbosari U.Rahimov boshchiligida o‘tkazildi. Unda tuman hokimlari, hokim o‘rinbosarlari, mehnat faxriylari, viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi mutaxassislari hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.
💬Mazkur seminar paxtachilikda ilg‘or usullarni joriy etish, hosildorlikni oshirish va fermerlarning bilim hamda ko‘nikmalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
📱 Telegram | 📱 facebook | 📱 You Tube | 75 |
| 13 | 🇲🇾 Malayziyada MAHA 2026 xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi
✅ 2026-yil 28-avgustdan 6-sentabrgacha Malayziyaning Selangor shtatida MAHA 2026 (Malaysia Agriculture, Horticulture and Agrotourism Show) xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
🤩 Ushbu nufuzli xalqaro tadbir qishloq xo‘jaligi, bog‘dorchilik, oziq-ovqat sanoati, agroturizm, zamonaviy texnologiyalar va innovatsion yechimlar sohasidagi eng yirik ko‘rgazmalardan biri hisoblanadi.
Ko‘rgazma mahalliy ishlab chiqaruvchilar va eksportchilar uchun:
🌍 Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari bozoriga chiqish imkoniyatini kengaytirish;
🤝 xorijiy xaridorlar, importchilar va investorlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri B2B uchrashuvlar o‘tkazish;
🇺🇿 milliy mahsulotlarni xalqaro maydonda namoyish etish hamda yangi eksport shartnomalarini shakllantirish imkonini beradi.
👫 Ko‘rgazmada 1 000 dan ortiq kompaniya, 4 milliondan ziyod mahalliy va xorijiy tashrif buyuruvchilar ishtirok etishi kutilmoqda.
✔️ Tadbir doirasida O‘zbekiston milliy paviloni tashkil etilishi rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan meva-sabzavot, qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi hamda eksport qiluvchi korxonalar mazkur ko‘rgazmada ishtirok etishi mumkin.
☎️ Ishtirok etish uchun Oziq-ovqat mahsulotlari eksportiga ko‘maklashish bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin:
+998712027776 (ichki: 1507)
🌠 Mas’ul xodim:
Muhammadali Baxtiyorov
📱 Telegram | 📱 facebook | 📱 You Tube | 177 |
| 14 | #seminar
📍Qo‘rg‘ontepa tumani Istiqlol massivida joylashgan “Nafosat kelajagi” fermer xo‘jaligida Shinjon usulida ekilgan g‘o‘za maydonlarida kelgusida amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlar hamda zararkunanda hasharotlarga qarshi samarali kurash choralari yuzasidan amaliy seminar tashkil etildi.
💬Mazkur tadbirda O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘i A. Jalilov, soha mutaxassislari hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
🗣Seminar davomida mutaxassislar tomonidan g‘o‘za parvarishida zamonaviy yondashuvlar, hosildorlikni oshirishga qaratilgan agrotexnik tadbirlar, shuningdek, zararkunanda hasharotlarni aniqlash va ularga qarshi kompleks kurash choralariga doir amaliy tavsiyalar berildi.
📱 Telegram | 📱 facebook | 📱 You Tube | 238 |
| 15 | 03.07.2026
🟢 NAVBATDAGI SIYOSIY-MAʼRIFIY O‘QISH BO‘LIB O‘TDI
🇺🇿 O‘quv soati davomida Andijon viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi xodimlari Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida yurt ravnaqi yo‘lida olib borayotgan ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy jarayonlari bilan atroflicha tanishdilar.
🟢 Shuningdek, ishtirokchilar O‘zbekiston va xorijda sodir bo‘layotgan muhim yangiliklardan xabardor bo‘ldilar.
📱 Telegram | 📱 facebook | 📱 You Tube | 521 |
| 16 | #biologik
Qo‘rg‘ontepa tumanida g‘o‘za maydonlarida biologik himoya tadbirlari
🌱 Qo‘rg‘ontepa tumani Savay massivi hududidagi paxta fermer xo‘jaliklarining g‘o‘za maydonlarida zararkunandalarga qarshi biologik kurash tadbirlari izchil amalga oshirilmoqda.
🔘Tadbirlar doirasida g‘o‘za ekinlarini zararkunandalardan himoya qilish maqsadida biologik vositalar belgilangan me'yorlar asosida dala maydonlariga joylashtirilmoqda.
🌱Mazkur ishlar o‘simliklarni uyg‘un himoya qilish tamoyillari asosida olib borilib, kimyoviy vositalardan foydalanishni kamaytirish, foydali entomofaunani saqlab qolish hamda ekologik toza va sifatli hosil yetishtirishga xizmat qiladi.
🟢Andijon viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi mutaxassislari tomonidan biologik himoya tadbirlarining borishi doimiy nazorat qilinib, fermerlarga zarur tavsiya va amaliy ko‘maklar ko‘rsatib borilmoqda.
📱 Telegram | 📱 facebook | 📱 You Tube | 255 |
| 17 | Yoshlar – kelajak bunyodkorlari
🔰 Andijon viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasida tizim yoshlarining xorijiy tillarni o‘rganishi va kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
✅ Bilim va malakasini muntazam oshirib borayotgan yoshlar kelgusida sohaning rivojiga munosib hissa qo‘shadi. Kitob mutolaasi, xorijiy tillarni o‘rganish esa ularning kasbiy salohiyati yanada oshiradi.
📱 Telegram | 📱 facebook | 📱 You Tube | 277 |
| 18 | #jarayon
"Do'stlik" chegara bojxona postida zamonaviy laboratoriya faoliyat yuritmoqda
🟢"Do'stlik" chegara bojxona postida faoliyat olib borayotgan zamonaviy laboratoriya eksport va import jarayonlarini yanada tezkor, aniq hamda shaffof tashkil etishga xizmat qilmoqda.
➡️Shuningdek, laboratoriya qishloq xo'jaligi mahsulotlarining sifat va xavfsizlik ko'rsatkichlarini baholash orqali mamlakatimizning fitosanitariya xavfsizligini ta'minlash, eksport salohiyatini oshirish va xalqaro savdo talablariga rioya etilishida muhim rol o'ynamoqda.
📱 Telegram | 📱 facebook | 📱 You Tube | 193 |
| 19 | #monitoring
Paxta maydonlarida fitosanitar holat va agrotexnik tadbirlar o‘rganilmoqda
❤️ Viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘i A.Jalilov Qo`rgontepa tumanida paxta maydonlarida amaliy o‘rganish ishlarini olib bormoqda. O‘rganishlarda paxta maydonlarining fitosanitar holati, agrotexnik tadbirlarning bajarilishi atroflicha tahlil qilinmoqdi.
🌱 Fermerlar bilan muloqot qilib, g‘o‘za parvarishida agrotexnik tadbirlarni sifatli amalga oshirish, zararkunanda, kasallik hamda begona o‘tlarga qarshi kurash choralarini o‘z vaqtida o‘tkazish yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berdi.
🧠 Shuningdek, hududlarda fitosanitar barqarorlikni ta’minlash, g‘o‘za maydonlarida doimiy monitoring ishlarini kuchaytirish, zararli organizmlarni erta aniqlash bo‘yicha mas’ul xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.
📱 Telegram | 📱 facebook | 📱 You Tube | 179 |
| 20 | #tut_parvonasi
Andijon viloyatida tut parvonasiga qarshi kurash ishlari olib borilmoqda
💜2026-yil holatiga ko‘ra, Andijon viloyatida 22 ming 857 dona yakka qator tut daraxti hamda 5 ming 128 gektar tutzorlar mavjud. O‘tkazilgan kuzatuv va prognozlarga ko‘ra, joriy yilda tut parvonasi qarshi kurashishda 9 ming 980 dona tut daraxti va 3 ming 408 gektar maydonda kimyoviy ishlovlar o'tkazish bashorat qilingan
⭐️Shu munosabat bilan kimyoviy ishlovlarni o‘z vaqtida va samarali tashkil etish maqsadida zarur miqdorda kimyoviy vositalar hamda yoqilg‘i-moylash materiallari zaxirasi yaratilgan. Shuningdek, tut parvonasiga qarshi kurashish xizmatining barcha zarur texnika va uskunalari shay holatga keltirilgan.
✅Ayni paytda viloyatning barcha tumanlarida otryad usulida tut parvonasiga qarshi kimyoviy ishlovlar izchil olib borilmoqda.
📱 Telegram | 📱 facebook | 📱 YouTube | 284 |
