cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Soliqlar va buxgalteriya

Ushbu kanal telegram foydalanuvchilarining soliqlar va buxgalteriya bo'yicha ma'lumotlar olishlari uchun xizmat qiladi. Fikr va mulohazalar shaxsiy.

Більше
Рекламні дописи
572
Підписники
+124 години
+197 днів
+7130 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

#Бизнес_солиқ ҚУРИЛИШ ФИРМАМИЗГА БЕРИЛГАН СОЛИҚ ИМТИЁЗИДАН ФОЙДЛАНА ОЛМАЯПМИЗ Бизнинг курилиш фирмамиз бор, бунда 40та квартира фойдаланишга топширилди ва улар бирин кетин сотилаяпти, сотиш учун кўрсатилган турар жой кўчмас мулк объектлари, кўчмас мулк объекти фойдаланишга топширилгандан кейин олти ой ўтгач" солик солинади деган гапни эшитгандим лекин бизнинг фирмамизга фойдаланишга топширилган санадан бошлаб солик хисобланаяпти, бу муаммони кандай бартараф етишим керак? 📍ЖАВОБ: Солик кодекси 411-модда буйича қурилиш ташкилотлари ёки иморатларни қурувчилар балансида кейинчалик сотиш учун кўрсатилган турар жой кўчмас мулк объектлари, кўчмас мулк объекти фойдаланишга топширилгандан кейин олти ой ўтгач солиқ ҳисобланиши учун асослантирилган ҳужжатлар илова қилинган ҳолда Му.soliq/uz сайтидан Солиқ тўловчининг шахсий кабинети алоҳида солиқ ставкаларини қўллаш қисмини танлаб солиқ қўмитасига мурожаат юбориш лозим. Мазкур мурожаат асосида ойлик учун солиқ ҳисобламаслик имконияти бириктирилади. Шундан сўнг турар жойлар фойдаланишга топширилган кундан бошлаб олти ой давомида солиқ ҳисобланмайди. Manba: 𝔹𝕦𝕩𝕘𝕒𝕝𝕥𝕖𝕣 𝕆𝕦𝕥𝕤𝕠𝕦𝕣𝕔𝕚𝕟𝕘 ℂ𝕖𝕟𝕥𝕖𝕣 Kanalga ulanish va foydali ma'lumotlar bilan tanishib borish uchun 👇👇👇 ⚡️@soliqlar_nalogi_taxes
Показати все...
👍 2
24.05.2024 yildagi OʻzR Prezidentining PQ-193-son qaror matni Kanalga ulanish va foydali ma'lumotlar bilan tanishib borish uchun 👇👇👇 ⚡️@soliqlar_nalogi_taxes
Показати все...
👍 2
#qonunchilikdagi_yangiliklar Soliq imtiyozlari va preferensiyalarni yuridik shaxslar reyting darajasidan kelib chiqqan holda taqdim etish tartibi belgilandi “Tadbirkorlik subyektlariga subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarni taqdim etish tartiblarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. (PQ-193-son 24.05.2024) Qaror bilan soliq va bojxona imtiyozlari, subsidiyalar va preferensiyalar (imtiyozlar)ni yuridik shaxslarning reyting darajasidan kelib chiqqan holda taqdim etish tartibi tasdiqlandi. Bunda: Reytingi o‘rta va yuqori bo‘lgan tadbirkorlarga imtiyozlar amaldagisiga nisbatan quyidagi miqdorlarda taqdim etiladi: 🟩yuqori toifaga – 80-100 % ▫️“AAA” – 100 % ▫️“AA” – 90 % ▫️“A” – 80 % 🟦o‘rta toifaga – 50-70 % ▫️“BBB” – 70 % ▫️“BB” – 60 % ▫️“B” – 50 % ❗️Ushbu miqdorlar avval berilgan imtiyozlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Maʼlumot uchun, bugungi kunda 76 ming korxonaning reyting darajasi “B” va undan yuqori. 2023-yilda 25,1 mingta korxonaga 15 trln so‘m soliq imtiyozi berilgan. Shuningdek, imtiyozlar faoliyat boshlaganiga 6 oy bo‘lmagan tadbirkorlarga ham beriladi. 4 va 5-toifadagi tumanlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga imtiyozlar, ularning reyting darajasidan qatʼi nazar amaldagi miqdorlarda taqdim etiladi. Bugungi kunda 4 va 5-toifadagi 60 ta tumanda jami 105,7 mingta korxona faoliyat yuritayotgan bo‘lib, 8,8 mingtasining reytingi “B” va undan yuqori. Tadbirkorlarning reyting darajasi: ⬇️pasayganda, imtiyozlar berish 3 oy davomida saqlab qolinadi; ⬆️yuqorilaganda, imtiyozlar keyingi oydan boshlab yangilangan reyting darajasiga muvofiq miqdorlarda taqdim etiladi. Kanalga ulanish va foydali ma'lumotlar bilan tanishib borish uchun 👇👇👇 ⚡️@soliqlar_nalogi_taxes
Показати все...
👍 1
01:34
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#keshbek Qaysi cheklarga va nima uchun keshbek berish rad etilganini yoki tasdiqlanmayotganini “Soliq” mobil ilovasida oson bilib oling. ❗️Iste'molchilar bir oyda BHMning 60 baravaridan (20 400 000 so‘m) oshmagan xaridlari uchun 1% (204 000 so‘m) keshbek olishi mumkin. Kanalga ulanish va foydali ma'lumotlar bilan tanishib borish uchun 👇👇👇 ⚡️@soliqlar_nalogi_taxes
Показати все...
👍 3
01:38
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#onlayn_NKT Komitent my3.soliq.uz dagi shaxsiy kabineti orqali o'z vositachi (komissioner)lari ro'yxatini qanday shakllantiradi? Kanalga ulanish va foydali ma'lumotlar bilan tanishib borish uchun 👇👇👇 ⚡️@soliqlar_nalogi_taxes
Показати все...
👍 4
🗓 Eslatma ❗️2024-yil 20-may aprel oyi uchun: - QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni (Soliq qodeksi 273-modda 1-2 qismlar); - agar aprel oyida dividendlar va foizlar hisoblangan boʻlsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni (Soliq kodeksi 345-modda 5-qism); - norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni (Soliq kodeksi 355-modda 1-qism); - yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni (Soliq kodeksi 454-modda 3-4 qismlar); - suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (AOS toʻlovchilar bundan mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni (Soliq kodeksi 448-modda 3-qism). Kanalga ulanish va foydali ma'lumotlar bilan tanishib borish uchun 👇👇👇 ⚡️@soliqlar_nalogi_taxes
Показати все...
👍 7
#malumot_uchun #soliq_kodeksi 📌Qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilingan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda, shuningdek qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilar bo‘lmagan mahsulot yetkazib beruvchilar tomonidan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobvaraq-fakturada aks ettirganlikda, mahsulot yetkazib beruvchilarga hisobvaraq-fakturada ko‘rsatilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasining yigirma foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. Bunda mahsulot yetkazib beruvchi hisobvaraq-fakturada ko‘rsatilgan soliq summasini budjetga to‘lashi shart. Kanalga ulanish va foydali ma'lumotlar bilan tanishib borish uchun 👇👇👇 ⚡️@soliqlar_nalogi_taxes
Показати все...
#soliq_taqvimi #hisobot #eslatma 📌2024-yil aprel oyi uchun hisobotlar: ◾️JSHODS va ijtimoiy soliq hisob-kitobi — Topshirishning yakuniy muddati: 15.05.2024 ◾️AOS hisob-kitobi — Topshirishning yakuniy muddati: 15.05.2024 ◾️QQS hisob-kitobi — Topshirishning yakuniy muddati: 20.05.2024 ◾️To‘lov manbaida ushlab qolinadigan dividendlar va foizlar ko‘rinishida to‘lanadigan daromadlardan olinadigan soliq hisob-kitobi — Topshirishning yakuniy muddati: 20.05.2024 Kanalga ulanish uchun👇👇👇 ⚡️@soliqlar_nalogi_taxes
Показати все...
👍 3
07:42
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#AOS 15-may - aprel oyi uchun AOS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni ___ #налог_с_оборота 15 мая - последний день представления отчетности и уплаты по налогу с оборота за апрель Kanalga ulanish va foydali ma'lumotlar bilan tanishib borish uchun 👇👇👇 ⚡️@soliqlar_nalogi_taxes
Показати все...
#qonunchilikdagi_yangiliklar Pillachilikni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha choralariPilla yetishtirish va ipakchilik sohasida bozor mexanizmlarini joriy qilishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi. 👉 PF-72-son, 03.05.2024-y. Hujjatda 2026-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatga quyidagi soliq imtiyozlarini taqdim etish boʻyicha qonun loyihasini tayyorlash nazarda tutilgan: 🔹 uy sharoitida tirik pilla yetishtirish bilan shugʻullanuvchi kasanachilarni jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod qilish; 🔹 kasanachilar mehnatiga haq toʻlashga yoʻnaltiriladigan mablagʻlarni, boʻshagan mablagʻlarni ularni moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltirish sharti bilan ijtimoiy soliqdan ozod qilish; 🔹 ipakchilik sohasida ozuqa bazasi sifatida foydalaniladigan tutzorlar bilan band boʻlgan yer uchastkalari uchun yer soligʻini xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari belgilagan soliq stavkalariga 0,1 koeffitsiyent qoʻllagan holda toʻlash. Shu bilan birga, ushbu soha uchun amalda quyidagi soliq imtiyozlari ham mavjud. Jumladan, qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari oʻzi ishlab chiqargan oʻz qishloq xoʻjaligi mahsulotini realizatsiya qilishdan olingan foyda boʻyicha foyda soligʻini 0 foiz stavkada qoʻllaydi. 👉 Soliq kodeksi 337-modda Bunda qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari deb bir vaqtning oʻzida quyidagi shartlarga javob beradigan yuridik shaxslar eʼtirof etiladi: ▫️qishloq xoʻjaligi mahsulotini ishlab chiqaruvchi va uni birlamchi qayta ishlovchi, basharti bunday yuridik shaxsning jami daromadida oʻzi ishlab chiqargan qishloq xoʻjaligi mahsulotini, shu jumladan uni oʻzi ishlab chiqargan qishloq xoʻjalik xom ashyosini qayta ishlashdan olingan mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan daromadining ulushi soliq davridagi jami daromadning kamida 80 foizini tashkil etsa; ▫️qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun zarur yer uchastkalariga ega boʻlsa. 👉 Soliq kodeksi 57-modda Shuningdek, ipak qurti yetishtirish uchun foydalaniladigan qishloq xoʻjaligi korxonalari balansida boʻlgan mol-mulklarga yuridik shaxslar mol-mulk soligʻi solinmaydi. 👉 Soliq kodeksi 414-modda __ Дополнительные меры поддержки сферы шелководства Принят Указ Президента "О дополнительных мерах по ускорению внедрения рыночных механизмов в сфере выращивания шелкопряда и шелководства". 👉№ УП-72 от 03.05.2024 г. Документ предусматривает подготовку проекта закона по предоставлению на срок до 1 января 2026 года следующих налоговых льгот: 🔹освобождение от налога на доходы физических лиц, занимающихся выращиванием живых коконов шелкопряда в домашних условиях (надомников); 🔹освобождение от соцналога средств, направляемых на оплату труда надомников, а также высвобожденных средств с условием их направления на материальное стимулирование; 🔹уплату земельного налога за земельные участки, занятые тутовыми плантациями, используемыми в качестве кормовой базы в сфере шелководства с применением коэффициента 0,1 к установленным Кенгашами народных депутатов районов (городов) налоговым ставкам. Вместе с тем в этой сфере имеются следующие действующие налоговые льготы. Так, к сельскохозяйственным товаропроизводителям применяется нулевая ставка налога на прибыль - в части прибыли, полученной от реализации сельскохозяйственной продукции собственного производства. 👉ст.337 НК При этом сельскохозяйственными товаропроизводителями признаются юрлица, которые: ▫️производят сельхозпродукцию и осуществляют ее первичную переработку, при условии, что в совокупном доходе такого юрлица доля дохода от реализации произведенной ими сельхозпродукции составляет за налоговый период не менее 80%; ▫️имеют земельные участки, когда такие земельные участки являются необходимыми для производства сельхозпродукции. 👉ст.57 НК Также имущество, используемое для выращивания тутового шелкопряда и находящееся на балансе сельскохозяйственных предприятий, не облагается налогом на имущество юридических лиц. 👉ст.414 НК Manba: soliqnews Kanalga manzili: @soliqlar_nalogi_taxes
Показати все...
👍 1