cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

Ushbu kanalda Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasining asosiy yangiliklari chop etiladi

Більше
Рекламні дописи
1 334
Підписники
-224 години
-247 днів
-14930 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

01:23
Відео недоступнеДивитись в Telegram
"Ko'cha san'ati va musiqasi" loyihasi. “Ko'cha san'ati va musiqasi” nafaqat yurtimizda balki xorijiy davlatlarda ham ommabop tomoshaga aylangan, quyida bir necha davlatlardan misollar keltiramiz: 🇬🇧 Angliya 🇩🇪 Germaniya 🇮🇹 Italiya 🇰🇷 Koreya 🇨🇳 Xitoy 🇮🇳 Hindiston ✔️Yangiliklarni kuzatib boring: Telegram | Instagram | Facebook
Показати все...
IMG_2978.MOV65.62 MB
2🔥 1👏 1
⚡️ 11-iyun kuni madaniyat vaziri o’rinbosari Murodjon Majidov xizmat safari bilan Samarqandda bo’lib, madaniyat va san’at sohasida qabul qilingan qarorlar ijrosi hamda ijro intizomini mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlar holatini o’rgandi. Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati Telegram | Instagram | Facebook
Показати все...
01:14
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#maqomchallenge2024 27-30-iyun kunlari Jizzaxda bo'lib o'tadigan "II Xalqaro maqom san'ati anjumani"ga bag'ishlangan #maqomchallenge2024 ga start berilgan edi. Ushbu #maqomchallenge2024 ga Bulung’ur tumani “Yoshlik” ashula va raqs xalq ansambli ijrosi. Aziz kuzatuvchilar, #maqomchallenge2024da faol ishtirok eting, videolarni - bu yerga yuborishingiz mumkin. Eng mukammal ijrolar saralanib kanalda e'lon qilinadi. ✔️Yangiliklarni kuzatib boring: Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
Показати все...
IMG_2549.MOV58.82 MB
👍 3👏 1
#Samarqand_madaniyat_kunlari Ayni damda Toyloq tuman madaniyat bo'limining ijodiy jamoasi "Samarqand viloyati madaniyat kunlari" loyihasi doirasida Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida o'zlarining konsert dasturlarini namoyish etishmoqda. Ushbu konsertda tuman madaniyat bo'limining istedodli xonandalari hamda "Sirojiddinovlar" oilaviy xalq ansambli jamoasi o'zlarining kuy qo'shiqlari bilan tomoshabinlarga ko'tarinki kayfiyat ulashmoqda. Eslatib o'tamiz: Ushbu loyiha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Aholiga madaniy xizmat koʻrsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-406-son qarorida belgilangan. ✔️Yangiliklarni kuzatib boring: Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
Показати все...
👍 6🔥 1
01:24
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#maqomchallenge2024 27-30-iyun kunlari Jizzaxda bo'lib o'tadigan "II Xalqaro maqom san'ati anjumani"ga bag'ishlangan #maqomchallenge2024 ga start berilgan edi. Ushbu #maqomchallenge2024 ga Maqom markazi Samarqand viloyati hududiy bo'limi o'z ijrosi bilan ishtirok etdi. Aziz kuzatuvchilar, #maqomchallenge2024da faol ishtirok eting, videolarni - bu yerga yuborishingiz mumkin. Eng mukammal ijrolar saralanib kanalda e'lon qilinadi. Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati Telegram | Instagram | Facebook
Показати все...
avc_MAD-2.mp476.67 MB
1🔥 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Tayinlov Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig'ining tegishli buyrug’i bilan Safarova Nodira Xoliqulovna Pastdarg’om tumani madaniyat bo’limi mudiri lavozimiga tayinlandi. Bugunga qadar Nodira Xoliqulovna Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston liberal demokratik partiyasi Pastdarg’om tuman Kengashi vakillik rahbari lavozimida faoliyat yuritgan. Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati Telegram | Instagram | Facebook
Показати все...
👍 3
#Madaniyat_markazi_foydalanishga_topshirildi Bugun Samarqand shahar madaniyat bo'limi tasarrufidagi 5-son "Maxsus" madaniyat markazi binosi to'liq ta'mirdan chiqarilib foydalanishga topshirildi. Ushbu markazning ochilish marosimida, Samarqand shahar hokimi Fazliddin Karimov, viloyat madaniyat boshqarmasi, hokimlik va tashkilotlar mas'ullari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Shundan so'ng ushbu markazga tashrif buyurgan mehmonlar madaniyat markazida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib chiqdi. Eslatib o'tamiz, Prezidentimizning 2023-yil 22- dekabrdagi Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat  kengash yigʻilishida “Namunali” madaniyat markazlarini taʼmirlash, ularni moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shuningdek, zamonaviy kinoteatrlarni tashkil etish bo'yicha bergan topshiriqlari asosida ushbu markaz to'liq qayta ta'mirdan chiqarildi.
Показати все...
👍 2🔥 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#iqtibos
Yoshlar kelajagi bilan bog‘liq har qanday vazifa birlamchi ahamiyatga ega.
✍️ Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati Telegram | Instagram | Facebook
Показати все...
👍 2
O‘zbek va tojik xalqlarini umumiy tarix, madaniy-ma’naviy meros va ajdodlarimizning ezgu an’analari mushtarakligiga asoslangan do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari uzviy bog‘lab turadi. Shu kunlarda viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig'i Orif Xaitov boshchiligidagi madaniyat va turizm sohalari vakillaridan iborat delegatsiya Tojikiston Respublikasi So‘g‘d viloyati Xo‘jand shahrida bo‘ldi. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad, viloyatimizning madaniyati va san’atini, turizm salohiyati hamda gastronomiyasini namoyish qilish. Viloyat delegatsiyasi a’zolari So‘gʻd viloyati hokimligi vakillari va Xoʻjand shahrida faoliyat olib borayotgan madaniyat, turizm va xizmat koʻrsatish sohasi vakillari bilan uchrashdilar. Uchrashuvda Samarqand viloyati madaniyati hamda turizm salohiyati targʻiboti amalga oshirildi. Madaniy mubosabatlar va kelgusidagi hamkorlik istiqbollari haqida kelishib olindi. Xoʻjand shahri hokimligi bilan anglashinuv memarandumi imzolandi. Telegram|Instagram|Facebook
Показати все...
👍 1🔥 1
Ayni kunlarda 27–30-iyun kunlari Jizzaxda bo'lib o'tadigan II Xalqaro maqom san'ati anjumaniga tayyorgarlik ishlari qizg'in olib borilmoqda. Kuni kecha, 3-iyun kuni Bahodir Ahmedov II Xalqaro maqom san’ati anjumaniga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari yuzasidan yig'ilish o'tkazdi. Unda, Viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig'i Orif Xaitov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyat vaziri va viloyat madaniyat boshqarmalari boshliqlari va “Operativ shtab” a’zolari ishtirok etdi. Yig‘ilish davomida barcha tashkiliy ishlarni sifatli tashkillashtirish, hududlarga belgilangan joylarni tayyorlash bo‘yicha topshiriqlar berildi. Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati Telegram | Instagram | Facebook
Показати все...
👍 1