Xushnudbek's blog)
Ilm yoʻlida birgamiz! Instagram: http://Instagram.com/Xushnudbek_kutubxonasi
Більше1 418
Підписники
Немає даних24 години
-307 днів
+6130 днів
- Підписники
- Перегляди допису
- ER - коефіцієнт залучення
Триває завантаження даних...
Приріст підписників
Триває завантаження даних...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Tarix
Yuradigan kutubxona,
London, 1930-yil.
T.me/Xushnudbek_kutubxonasi
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#nazm
Koʻzlarimni yumib oldim —
bu dunyoning
hasrat toʻla koʻzlariga qaramayman,
hayrat toʻla koʻzlariga qaramayman,
haybat toʻla koʻzlariga qaramayman.
Jim ketaman,
jimlik toʻlgan tomchi boʻlib,
jondan qochib, oʻz joniga soqchi boʻlib,
bu dunyoga... dilga kelgan sovchi boʻlib.
Jim ketaman...
O, azizim!
Senga yana xatlarim bor,
ahdlarim bor, dardlarim bor, baxtlarim bor...
hisobimda senga yetmas vaqtlarim bor,
O, azizim!
Bu gul umrim, gul hayotim, gul yuragim,
ne-ne gulgun sheʼrlarimni xazon etmish,
Yana Oʻzi qaddimni bir osmon etmish,
Yana Oʻzi... mushkullarni oson etmish.
Men ne deyin?
Baxtiniso Mahmudova
T.me/Xushnudbek_kutubxonasi
Yer yuzida nopok odamlar rohat-farogʻatda yashaydi, pok odamlar esa tahqirlanadi, gunohsiz odamlar masxara qilinadi..
#asardan
T.me/Xushnudbek_kutubxonasi
Xushnudbek's blog)
Ilm yoʻlida birgamiz! Instagram: http://Instagram.com/Xushnudbek_kutubxonasi
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Ayni damda Dostoyevskaya xotiralarini oʻqib oʻtiribman. Juda maroqli mutolaa boʻlyapti.
Buyuk yozuvchining mashaqqatli hayoti, ogʻir kasalligi, pulga muhtojligi yuragimni ezayotgan boʻlsa, uning Anna Dostoyevskaya bilan oʻtkazgan baxtli onlari, har bir romanining yozilish tarixi bevosita kulishga undayapti.
Anchadan beri bunday miriqib mutolaa qilmagan edim. Albatta, mutolaaning bunday ravon oʻtishida tarjimonning goʻzal tarjimasi ham muhim ahamiyat kasb etmoqda)
Фото недоступнеДивитись в Telegram
🌙Qurbon Hayiti barchamizga muborak bo'lsin!
T.me/Xushnudbek_kutubxonasi
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Oʻzbek adabiyotiga Oʻlmas Umarbekov asarlari orqali kirib kelgan boʻlsam, jahon adabiyotiga Markes hikoyalari orqali qadam qoʻyganman. Uning "Unitilmas kun", "Ulugʻ onaning janozasi", "Atirgulning tikoni" kabi hikoyalarini katta qiziqish bilan oʻqib chiqqanim hali ham yodimda. Keyin uning katta asarlarini oʻqiy boshladim. Mana navbat yozuvchining "Oshkora qotillik qissasi" kitobiga ham yetib keldi. Qariyb tugay deb qoldi. Markes oʻzgacha uslubda yozadi. Uning yozganlarini oʻqib, har safar yangi nimanidir kashf etaman.
Оберіть інший тариф
На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.