cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Qashqadaryo DXA (SH.Shoimova)

"Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilish kerak" Davlat xizmatlari sohasiga oid savollaringiz bo‘lsa, bizga yuboring 👉 @qashqadaryodxabot

Більше
Рекламні дописи
198
Підписники
Немає даних24 години
Немає даних7 днів
Немає даних30 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Показати все...
Tez, Oson va Qulay - #Foydali 📑Davlat xizmatlaridan foydalanganda...

#Foydali 📑Davlat xizmatlaridan foydalanganda belgilangan bojlar va to'lovlarni amalga oshirishning tez, oson va qulay usullari haqida bilishni istaysizmi? Unda ushbu ma'lumot siz uchun qiziq...

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi Finlyandiyaga tashrif buyurdi Ayni vaqtda adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi Finlyandiyada ishchi tashrif bilan bo‘lib turibdi. Maqsad — Yevropa Ittifoqiga a’zo Finlandiya davlatining davlat xizmatlarini ko‘rsatish, davlat xizmatlarini optimallashtirish va raqamlashtirish hamda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish amaliyoti va boshqaruvi bilan tanishish hamda uning natijalarini O‘zbekiston Respublikasida qo‘llash imkoniyatlarini o‘rganish hisoblanadi. Tashrifning birinchi kunida Finlyandiya Moliya vazirligining mas’ul xodimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu vazirlik Finlyandiyada davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida vakolatli davlat organi hisoblanadi. Muloqot davomida har ikkala tomon davlat xizmatlari sohasida erishilgan yutuqlari bilan fikr almashishdi. Jumladan, Finlyandiya Moliya vazirligi vakillari aholini ro‘yhatga olish, raqamli identifikatsiya usullari, davlat xizmatlari ko‘rsatish punktlatining faoliyati va ular tomonidan aholiga davlat xizmati ko‘rsatish va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tartiblari haqida taqdimotlar o‘tkazishdi. Uchrashuvlar davomida Oʻzbekiston Respublikasida aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi haqida delegatsiya a’zolari tomonidan taqdimot qilindi. Yurtimizda so‘nggi yillarda davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida erishilgan ijobiy natijalar finlar tomonidan ham e’tirof etildi. Tashrif doirasida Finlandiya Adliya vazirligi, Raqamlashtirish va aholi ma’lumotlari xizmatlari agentligi, markaziy va mahalliy davlat organlarining mijozlarga xizmat ko‘rsatish punktlari va boshqa mas’ul tashkilotlarning vakillari bilan uchrashuv va muzokaralarni o‘tkazish hamda ularning faoliyati bilan yaqindan tanishish rejalashtirilgan. Mazkur tashrif Adliya vazirligi, BMT Taraqqiyot Dasturi va Yevropa Ittifoqining “Oʻzbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlari taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qoʻshma loyihasi doirasida tashkil etilmoqda. Tashrif davom etmoqda…
Показати все...
Repost from Yakkabog'News
Ҳашар — элга ярашар! Бугун, 18 март куни Яккабоғ тумани давлат хизматлари маркази ишчи ходимлари  “Обод ва файзли маҳалла – юрт кўрки” шиори остида Наврўз умумхалқ байрами ва муборак Рамазон ойи арафаси муносабати билан  ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш тадбири ташкил қилинди. Тадбирда  суғориш йулакчалари чиқиндилардан тозаланиб, атроф-муҳит ободонлаштирилди, бегона ўтлар юлиб ташланди, деворлар ҳамда дарахтлар оқланди ва ранг бериш ишлари амалга оширилди. Яна шуни ҳам алохида таъкидлаб ўтиш керакки, Давлат хизматлари маркази олдидаги кўприкнинг таъмирлаш ишлари олиб борилди. Буларнинг барчаси фуқароларга қулайлик яратиш мақсадида ташкил этилди. Каналга уланиш 👇 @Yakkabognewsuz
Показати все...
maboshqar
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Adliyadan_qulaylik PRAVANGIZNI BAYRAM KUNLARI HAM OLISHINGIZ MUMKIN! 🗣Xabaringiz bor, 2010-yilgacha olingan eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari joriy yilning 31-martiga qadar amal qiladi. Almashtirish uchun sanoqli kunlar qoldi, oldinda esa bayram va dam olish kunlari... 👨‍💻Xavotirga oʻrin yoʻq! Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida Qarshi shahar hamda Shahrisabz shahar adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markazlarida joriy yilning 18-19-20 hamda 22-mart kunlari faqat haydovchilik guvohnomasini almashtirish xizmati koʻrsatiladi. 🗣 Siz ushbu sanalarda ham markazga tashrif buyurgan holda pravangizni yangisiga almashtirishingiz mumkin. ‼️Eslatma: mazkur qulaylik respublikadagi ushbu xizmat yoʻlga qoʻyilgan barcha DXMlarda yoʻlga qoʻyilmoqda. 📎. 2010-yilgacha boʻlgan davrda berilganlari – 2023-yil 31-martgacha; • 2010 – 2012-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-iyungacha; • 2013 – 2015-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-sentyabrgacha; • 2015-yildan keyin berilganlari – 2023-yil 31-dekabrgacha. Biz ijtimoiy tarmoqlarda: 🔵• facebook |🎬• youtube |🌐 • rasmiy sayt |🚀 • telegram |📷 • instagram
Показати все...
🪪“Права”ни қаерда янгилаш мумкин – манзиллар Ҳайдовчилик гувоҳномасини янгилаш учун ҳудудий ЙҲХБ ёки Давлат хизматлари марказига мурожаат қилиш кифоя. Қуйида қайси ДХМларда “права”ни алмаштириш мумкинлигини билиб олинг: Андижон тумани Куйганёр шаҳарчаси, Байналминал кўчаси, 1-уй Наманган шаҳри Хўжаев кўчаси, 38 Марғилон шаҳри Б.Нақшбандий кўчаси, 214Б Фарғона шаҳри Фарғона, Марғилоний кўчаси, 17 Қўқон шаҳри А. Навоий кўчаси, 205-уй Жиззах шаҳри Навоий кўчаси, 4/4 Самарқанд шаҳри Амир Темур кўчаси, 152 Қарши шаҳри Мустақиллик шоҳ кўчаси, 50 Шаҳрисабз тумани Шаҳрисабз, Ипак Йўли кўчаси, 2 Навоий шаҳри С. Айний кўчаси, 27-уй Қоракўл тумани Қоракўл, Хўжалар даҳаси, 36 Бухоро шаҳри Б. Нақшбанд кўчаси, 168-уй Хива шаҳри Буюк йўл кўчаси, 34-уй Гулистон шаҳри Ўзбекистон кўчаси, 2 А-уй. Термиз шаҳри А. Навоий кўчаси, 41З уй Нукус шаҳри Қорақалпоғистон кўчаси, 35А Оҳангарон шаҳри Амир Темур кўчаси, 15 Зангиота тумани Зангиота тумани, Эшонгузар қурғони, Ойбек кўчаси, 8-уй Тошкентдаги ДХМлар: Шайхонтоҳур тумани Туркқўрғон кўчаси, 1-уй Учтепа тумани Фарҳод кўчаси, 21 Чилонзор тумани Бунёдкор шоҳ кўчаси, 7Г Миробод тумани Амир Темур шоҳ кўчаси, 31 Мирзо Улуғбек тумани Қаландар кўчаси, 2 Яккасарой тумани Шота Руставели кўчаси, 85 Олмазор тумани Соғбон кўчаси, 44 Яшнобод тумани Махтумқули кўчаси, 1/4 Сергели тумани Обиҳаёт кўчаси, 3А Юнусобод тумани Боғишамол кўчаси, 110 ❗️Эслатиб ўтамиз, вақтида янгиланмаган "права"лар ҳақиқий эмас деб ҳисобланади. Гувоҳномани алмаштириш муддатлари: ▪️2010 йилгача берилганлари – 2023 йил 31 мартгача; ▪️2010–2012 йилларда берилганлари – 2023 йил 30 июнгача; ▪️2013–2015 йилларда берилганлари – 2023 йил 30 сентябргача; ▪️2015 йилдан кейин берилганлари – 2023 йил 31 декабргача. ❗️Ҳайдовчи танишларингизга юбориб қўйинг!
Показати все...
Repost from CHIROQCHI.UZ
Siz qayerda bo‘lsangiz biz o‘sha yerga borib xizmat qilamiz! Chiroqchi tuman markazidan 40 km uzoqlikda joylashgan "Chambil" mahallasi aholisi asosan chorvachilik bilan shug‘ullanishadi. Qishloq aholisi uch yarim mingdan ziyodni tashkil qiladi va davlat xizmatlariga bo‘lgan ehtiyoj shunga yarasha. Bugun Chiroqchi tumani adliya bo‘limi xodimlarining mahallada o‘tkazgan sayyor xizmat jarayonlarida elektr energiyaga ulanish, kadastr pasportini shakllantirish, yoshga doir nafaqa tayinlash hamda ko‘chmas mulk ob’yektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kabi masalalar o‘zining ijobiy yechimini topdi. ✍️Bobur Axmedov, Chiroqchi tumani adliya bo‘limi boshlig‘i. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/chiroqchi_press
Показати все...