cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Namangan davlat universiteti 🇺🇿

Veb-sayt: www.namdu.uz Facebook: www.fb.com/namdu309uz Instagram: www.instagram.com/namdu309uz Youtube: www.youtube.com/namdu309uz Email: [email protected] Murojaatlar uchun: t.me/Namdu309bot © Namangan davlat universiteti matbuot xizmati

Більше
Рекламні дописи
13 085
Підписники
-1424 години
-477 днів
-13630 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Фото недоступнеДивитись в Telegram
🟩🟩🟩 🏛 Namangan davlat universiteti Isteʼdodli talabalar bilan ishlash sektori tomonidan talaba va yoshlarning taʼtildagi vaqtlarini mazmunli tashkil etiish maqsadida yangi "Mumtoz" loyihasi yoʻlga qoʻyilmoqda.
✍️Loyihaning ilk sonida Temuriylar imperiyasi asoschisi, davlat arbobi, sohibqiron Amir Temur hayoti yuzasidan test sinovlari boʻlib oʻtishini maʼlum qilamiz.
📆 Test sinovi 29-iyun soat 21:00 da @Namdu_istedodlari kanalida tashkil etiladi.
🙋‍♂Test sinovlari roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilar oʻrtasidagina oʻtkaziladi. 🏃‍➡️Vaqtni boy bermang, oʻz oʻrningizni band qilishga shoshiling!
💻 Test sinovini oʻtkazish va ishtirok etish yuzasidan yoʻriqnomani quyidagi telegram manzili orqali olishingiz mumkin. 📲Murojaat uchun: @Kimyogar02 🔺Test sinovini oʻtkazish va ishtirok etish yuzasidan yoʻriqnoma. 🔻Mumtoz - ilmingizni charxlovchi yangi loyiha.
Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
Veb-sayt|Facebook|Instagram|YouTube
Показати все...
👍 6
Фото недоступнеДивитись в Telegram
⏺⏺⏺⏺⏺⏺ ⏺⏺30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan Namangan davlat universitetida bir qator tadbir va loyihalar o’tkaziladi. 🤝 Bayram dasturi davomida zakovat bellashuvi, shaxmat-shashka hamda stol tennis o’yinlari o’tkaziladi. 📍 Manzil: universitetning 1-binosi (lolada joylashgan) ⏰ Boshlanish vaqti: 8:30 dan
Показати все...
👍 6
Фото недоступнеДивитись в Telegram
🟥🟥🟥🟥 YUKSAK E’TIBOR – SHARAFLI MA'SULIYAT Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarliklarida "30 iyun - Yoshlar kuni" munosabati bilan bir guruh yoshlarga davlat mukofotlari tantanali ravishda topshirildi. 🎖Mukofotlanganlar orasida Namanganlik yoshlari ko'rib beixtiyor quvondim. Shuningdek yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig'ilishida Davlat rahbari tomonidan so'nggi yetti yil yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ularni iste'dod va salohiyatini ro'yobga chiqarishda “katta sakrash davri” bo'lganini ta'kidlandi.
🔻Yangi O'zbekistonda yoshlar siyosatini zamon talabidan kelib chiqib takomillashtirishda Prezidentimiz Shavkat MIrziyoevning tashabbuslarini alohida ta'kidlash lozim. Davlatimiz rahbarining yoshlar kamolotiga qaratilayotgan doimiy e'tibori, ayniqsa, ta'lim islohotlarida yaqqol ko'zga tashlanmoqda. Bu islohotlarning yutug'i esa yoshlarning davlat va qonunlarga ishonchini kuchaytirmoqda.
🔺Ishonchim komilki, bunday imkoniyat va imtiyozlar yosh avlodni ertamizning munosib davomchilari etib tarbiyalashda yorqin istiqbollarni ochadi. 🔹 Muxtasar aytganda, mamlakatimizda yosh avlodga berilayotgan e'tibor nafaqat chuqur tarixiy ildizlar, an'ana va qadriyatlar bilan, balki yangi davr davlat siyosatining asosiy ustunlaridan biri ekani o'zining amaliy tasdig'ini topmoqda. Ayni vaqtda, jamiyat va davlatning barcha sohalarini qamrab olgan demokratik o'zgarishlar insonparvarlik tamoyiliga asoslangani, mamlakatimiz taqdiri sog'lom va teran fikrli yoshlar qo'lida bo'lishi kerakligini ko'rsatuvchi yorqin dalildir.
🖋Atamirzayev Ibrohim -Yuridik fakulteti dekan o‘rinbosari
Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
Veb-sayt|Facebook|Instagram|YouTube
Показати все...
👍 13
Фото недоступнеДивитись в Telegram
🟥🟥🟥🟥 Yangi O'zbekistonni - yoshlar bilan birgalikda barpo etamiz! 🇺🇿Mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosatiga bag‘ishlangan videoselektor yig'ilishi hamda yoshlar bilan muloqot jarayoni bo'lib o'tdi. 🔺Joriy yilning 28-iyun kunida davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev kelajagimiz bunyodkori hisoblangan yoshlar bilan samimiy muloqotda bo'ldilar. Bu uchrashuvda yurtimizda so'nggi yetti yil ichida yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar va shart-sharoitlarni, yoshlarimizni ta'lim - tarbiya olishlari uchun barcha imkoniyatlar yo'li ochiqligi va bu yaratilayotgan barcha imkoniyatlar yoshlarimizni barkamol avlod bo'lib yetishishlari uchun xizmat qilishini alohida ta'kidlab o'tdilar.
🔻Jumladan so'ngi yetti yil ichida yoshlarga oid 100 dan ziyod qonun va qarorlar, 200 dan ortiq imtiyozlarni joriy etilishi yoshlarga yaratilgan imkoniyatlarning yorqin namunasidir.
 👫 Rivojlanish va zamonaviy texnikalar davrida yoshlarni turli xil g'arazli va xatarli xavflardan saqlash, yoshlarni bo'sh vaqtidan samarali foydalanishlari uchun davlatimiz rahbari tomonidan juda katta imtiyozlar berildi. 🤝 Buning yorqin misoli tariqasida yoshlarni katta daromad keltiradigan kasblarga o'rgatish maqsadida har yili 100 million dollar ajratilishi, o'zini o'zi band qilish tizimini tadbiq qilish, har bir viloyatda bittadan "Barkamol avlod" markazida "Kreativ sanoat parklari"ni tashkil qilinishi bularning barchasi mammlakatimiz kelajagi hisoblangan yoshlar uchun ekanligi alohida e'tirofga sazovordir. 🔹 Muxtasar qilib aytganda, jonajon ona diyorimizdagi barcha yoshlarga Muhtaram Yurtboshimizni alohida e'tiborda bo'lishlari, ertamiz sohiblari hisoblangan yoshlarni har doim diqqat markazida ekanliklaridan dalolat beradi.
🖋Dexkanov Narimon Burxonjonovich - Namangan davlat universiteti yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor, siyosiy fanlar doktori, professor
Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
Veb-sayt|Facebook|Instagram|YouTube
Показати все...
👍 11👏 5🔥 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
🟥🟥🟥 Tavallud kuningiz muborak bo'lsin! Bugun, 29-iyun Namangan davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani tarix fanlari nomzodi dotsent Haydaraliyev Shuhratjon Abdulazizovichning tavallud kunlari. Hurmatli, Shuhratjon Abdulazizovich! Sizga sog'liq, oilaviy baxt va farovonlik, kasbiy faoliyatingizda ulkan yutuqlar va zafarlar tilaymiz! Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va ularga ta'lim - tarbiya berishdan aslo charchamang. Doimo muvaffaqiyatlarga erishishingizga tilakdoshmiz.
Sizni 50 yoshni qarshilaganingiz bilan universitet rahbariyati, Ijtimoiy fanlar fakultetining o'qituvchi - professorlari, fakultet talabalari, yaqinlaringiz va shogirdlaringiz sizni chin dildan tabriklaydilar. Yubileyingiz muborak bo'lsin!
Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
Veb-sayt|Facebook|Instagram|YouTube
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
✅✅✅✅✅ ✍️Bilmaganni so'rab o'rgangan olim, orlanib so'ramagan o'ziga zolim.
©️Alisher Navoiy - buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi. 
Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
Veb-sayt|Facebook|Instagram|YouTube
Показати все...
👍 6🫡 2
Namangan davlat universiteti Kengashining 2023/2024 o‘quv yilidagi 16-sonli yig‘ilish bo'lib o'tdi Bugun universitet majlislar zalida o'tkazilgan Kengash yig'ilishini o'quv ishlari bo'yicha prorektor D. Xolmatov boshqarib bordi.
▪️Yig'ilish kun tartibida Namangan davlat universitetining 2024/2025 o‘quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlarini tasdiqlash;
▪️2024-yil III chorak uchun mustaqil izlanuvchilikga tavsiya etilgan izlanuvchilarning ilmiy mavzulari va rahbarlarini tasdiqlash;
▪️Universitet professor-o’qituvchilarini Oliy attestatsiya komissiyasi ilmiy unvonlariga tavsiya etish;
▪️Universitetda ish hajmining qisqarishi munosabati bilan tyutorlarga ogohlantirish xati berish;
▪️Namangan davlat universiteti jamoatchilik asosida tashkil qilingan boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi, o‘quv-yordamchi va professor - o‘qituvchilarning eng muhim samaradorlik  ko‘rsatkichlari asosida faoliyatini baholash orqali ustama haq, rag‘batlantirish va moddiy qo‘llab-quvvatlash Komissiyasining 3-sonli yig‘ilishi xulosasani ko’rib chiqish;
“Aksil korrupsiya kovorking” markazining Nizom loyihasini tasdiqlash to‘g‘risida masalalar ko'rib chiqildi va ovoz berish yo'li orqali tegishli qarorlar qabul qilindi.
Показати все...
👍 10👏 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
🟥🟥🟥🟥 🇺🇿Mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida bugun yoshlar siyosatiga bag‘ishlangan  videoselektor yig'ilishi hamda yoshlar bilan muloqot jarayonlari bo'lib o'tdi. 🔺Davlatimiz rahbari mamlakatimizda so‘nggi yetti yil yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni isteʼdod va salohiyatini ro‘yobga chiqarishda “katta sakrash davri” bo'lganligini alohida taʼkidlab o'tdilar. Buning yorqin misoli tariqasida shu yetti yil ichida yoshlarga oid 100 dan ziyod qonun va qarorlarni qabul qilinishi, 200 dan ortiq imtiyozlarni qabul qilinishi mamlakatimiz bunyodkori hisoblangan yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlarning yorqin misolidir. 👫 Shu bilan bir qatorda yoshlarni katta daromad keltiradigan kasblarga o'rgatish, yuqori qo'shilgan qiymat yaratadigan loyihalarni ko'paytirish bo'yicha ham katta o'zgarishlar yuz berishi va buning uchun har yili 100 million dollar ajratilishi kelajagimiz bunyodkori hisoblangan yoshlarga yaratilgan imkoniyatlardan biridir.
🔻Prezidentimiz muloqot chog'ida bildirilgan fikr va takliflarni chuqur o‘rganib, yangi o'quv yili mobaynida Ijtimoiy fanlar fakultetida ham yurtboshimiz ilgari surgan g'oya va takliflarni amaliyotga joriy etishga astoydil harakat qilamiz.
🤝 Har bir yoshlarni hayotda munosib o'rinlarini topishlari hamda yetuk kadr bo'lib yetishishlari uchun nafaqat yurtboshimiz balki, biz ham bundan keyin bor kuch va imkoniyatlarimizni to'liq ishga solib, Yangi O'zbekiston - siz aziz yoshlar bilan birgalikda barpo etamiz.
🖋Haydaraliyev Shuhratjon - Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani, tarix fanlari nomzodi dotsent.
Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
Veb-sayt|Facebook|Instagram|YouTube
Показати все...
👍 7🔥 4👏 3👌 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
🟥🟥🟥🟥 🇺🇿Mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida bugun yoshlar siyosatiga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishi hamda yoshlar bilan muloqot jarayonlari bo'lib o'tdi. 🔺Muhtaram yurtboshimiz yoshlarni fizika, kimyo, biologiya, texnologiya, muhandislik, matematika (STEM) bilan bog‘liq kasblarga qiziqishini oshirish uchun yangi tizim joriy qilinishi alohida e'tirof etib o'tdilar. 🔻Davlatimiz rahbari ushbu sharoitlarni karra-karra ko'paytirish bo'yicha yangi tashabbuslarni ilgari surdilar. Mamlakatimiz jadal rivojlanishi uchun bizga “to'rtinchi sanoat inqilobi” kasblari juda muhimligi ta'kidlab o'tdilar.
👫 Biz yoshlar bilan ishlashda davlatimiz rahbari ta'kidlaganlaridek yangicha ish olib borishimiz, yoshlarni bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishimiz kerak chunki kelajagimiz yoshlarimiz qo'lida.
👨‍🏫 Sharifov Obidjon - Iqtisodiyot fakulteti ta’lim-tarbiya maslaxatchisi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
Veb-sayt|Facebook|Instagram|YouTube
Показати все...
👏 11👍 5💯 1😐 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
🟥🟥🟥🟥 🇺🇿Mamalakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida bugun yoshlar siyosatiga bag‘ishlangan videoselektor yig'ilishi hamda yoshlar bilan muloqot jarayonlari bo'lib o'tdi. 🔺Davlatimiz rahbari mamlakatimizda so‘nggi yetti yil yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni isteʼdod va salohiyatini ro‘yobga chiqarishda “katta sakrash davri” bo'lganligini alohida taʼkidlab o'tdilar. Buning yorqin misoli tariqasida shu yetti yil ichida yoshlarga oid 100 dan ziyod qonun va qarorlarni qabul qilinishi, 200 dan ortiq imtiyozlarni berilishi biz yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlarning yorqin namunasidir.
👫 Biz yoshlar uchun qabul qilingan 100 dan ziyod qonun va qarorlar, shu bilan birgalikda 200 dan ortiq imtiyozlar mamlakatimiz rivoji va buyuk kelajagi yoshlar qo'lida ekanligi va bizga bildirilgan ishonchni a'lo darajada oqlashimiz kerakligini unutmasligimiz lozim.
🔻Shuni alohida ta'kidlab o'tish joizki, birgina taʼlim kreditidan yurtimizning 151 ming yoshlari unumli foydalanmoqdalar. Ehtiyojmand oiladan bo'lgan yana 110 ming talabaning kontraktini to‘lashga 332 milliard so'm ajratilishi biz yoshlarga ham moddiy jihatdan ham ma'naviy jihatdan bunday imkoniyatlarning yaratilishi bizni har tomonlama faqat o'qishimiz va bu imkoniyatlardan unumli foydalinishimiz kerakligi biz yoshlar uchun kundalik ehtiyoj bo'lishi darkordir.
👨‍💼 To'xtasinov Mira'zam - Ijtimoiy fanlar fakulteti tarix ta'lim yo'nalishi 2-bosqich talabasi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
Veb-sayt|Facebook|Instagram|YouTube
Показати все...
👍 7 1🔥 1👏 1👌 1
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.