cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Muslimat|مسلمآت🌴

Siz izlayotgan jamiyl sahifa 🦋 Siz manfaatli boladi in shaa Alloh 🕊 Erkaklar kirmasa yaxsgi bolardi Omonat ❗ Bu kanaldigi narsalarni in shaa Alloh manba bn olinglar ☺️ Kanalimizni boti: @muslimatbot 🖥 Hamkor kanalimiz: @Muhs1nn, @photos_963,

Більше
Узбекистан48 535Мова не вказанаКатегорія не вказана
Рекламні дописи
229
Підписники
Немає даних24 години
Немає даних7 днів
Немає даних30 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

#Ҳадис! Abu Hurayra Abdurahmon ibn Saxr (roziyallohu anhu)dan: Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday deganlarini eshitdim: «Sizlarni nimadan qaytargan bo‘lsam, uni tark etinglar. Nimaga buyurgan bo‘lsam, imkon qadar o‘sha narsani bajaringlar. Sizlardan avval o‘tgan qavmlarni halok qilgan narsa ularning o‘z Payg‘ambarlariga ko‘pdan-ko‘p savol berishlari va ko‘rsatmalariga xilof ish qilishlari bo‘lgan». Buxoriy va Muslim rivoyati. ♻️ DO‘STLARINGIZGA HAM ULASHING!!! •mehrob.uz @Muslimat10🕊
Показати все...
#Siz_buni_bilarmidingiz?? Rosululloh Sollallohu Alayhi Va Sallam aytdilarki: “Kim bir mo'min yoki mo'minaga muhabbat qilsa (ya'ni sevsa), u muhabbatini Allohdan boshqa hech kimga arz qilmasa, va yetisholmasa u shahiddir”. Sharh: “Bu hadisdan sevish joizligi kelib chiqadi. Ya'ni kim bir qizni yoki yigitni sevsa, lekin u sevganiga yetishishga ko'zi yetmasligi aniq bo'lsa, ya'ni unga uylanish yoki unga erga teyishning imkoni bo'lmasa, va bu sevgisini Allohdan boshqa hech kimga aytmasa, hatto ota-onasiyu, dugonasigayam aytmasdan faqat Allohga aytsa, va shu sevgi bilan o'lsa u SHAHID maqomida ketadi. @Muslimat10🕊
Показати все...
Sevgi-muhabbat deyilsa, hadeb ikki nomahramlar hayolinga kelsa, sen hali ham iymon mazzasini totmapsan.... @muslimat10🕊
Показати все...
Nabiy sollallohu alayhi vasallam sifatlaridan: 🍃➖ U kishi doim, mahzun edilar. Mudom tafakkur qilardilar. 🍃➖ Rohati yo‘q, sukuti uzun edilar. Hojatsiz so‘z so‘ylamas, jafokash ham, odamlar ustidan kuluvchi ham emasdilar. 🍃➖ Ne’matni garchi kichik bo‘lsa ham ulug‘ sanar, undan hech narsani yomonlamasdilar. 🍃➖ Dunyo, va u uchun bo‘lgan narsalar ham U zotni g‘azablantirmas edi. Agar haq poymol qilinsa, to o‘sha haqni g‘olib qilmagunlaricha qarshilarida hech narsa turolmasdi. 🍃➖ O‘zlari - nafslari uchun g‘azablanmas va u uchun g‘alaba qilmas edilar. 🍃➖ U Kishining nigohlari quyiga qadalgan, yerga qarashlari osmonga qarashlaridan uzun bo‘lar edi. 🍃➖ U kishini kim to‘sattan ko‘rsa, haybatlanardi. Muomala qilsa, yaxshi ko‘rib qolardi. 🍃➖ Kim birga o‘tirsa, U zotni majlisning eng muhtaram insoni ekanliklarini e’tirof etardi. 🍃➖ Hech bir kimdan yuzlarini to‘smas, o‘girib olmas edilar. 🍃➖ Saxovatlari va xulqlari odamlarni qamrab olardi. Natijada ularga ota aylandilar. Va ular ham haqda Payg‘ambar alayhissalom uchun barobar bo‘lardilar. 🍃➖ Yaxshilikni yaxshi bilib, quvvatlar, qabihni yomon deb, uni zaiflatardilar. 🍃➖ Ishlari doim mo‘tadil edi. Ixtilofli emas, to‘g‘ri bo‘lardi. 🍃➖ Bashariyatning eng hayolisi edilar. Biror kishining yuziga nazarlarini tik qadamas edilar. 🍃➖ U kishining O‘zlaridan ustun bo‘lgan bir nurlari bor edi. Go‘yo quyosh U zotning yuzlaridan qalqar edi. 🍃➖ Tinchlik so‘ragan, umidvor bo‘lganlarni noumid qilmas, hojat so‘raganlarni ko‘maksiz qoldirmas yoki go‘zal so‘zlar bilan qaytarardilar. 🍃➖ Yaxshilikka insonlarning eng saxiysi edilar. 🍃➖ Alloh taolo bu sifatlar sohibiga salovatlar yuborsin! Zero, bu sifatlarsiz insoniyat kamolot topa olmaydi. 🍃➖ Insoniyatning noqisligi bu sifatlar, hatto undagi biror narsadan nuqson topolmaydi. 🍃➖ Bu sifatlarda xuddi Haqqa tom ma’no bo‘lganidek insoniylik uchun mukammal ma’no bor. 🍃➖ Haq va insoniylikka tom ma’noning jamlanishidan iymonga tom ma’no bor. 🍃➖ Bu sifatlar shundayki, uning egasi ulug‘ insondir. Darhaqiqat, hayot U kishidan olishi uchun bu sifatlar U zot sollallohu alayhi va sallamda jamlandi. 🍃➖ Va bu go‘zal sifatlar U kishining Payg‘ambar - Elchi ekanliklarining ochiq dalilidir. 🍃➖ Agar sollallohu alayhi vasallamning barcha sifatlarini jamlab, ularni marjondek tizib, uning ma’nolariga ulug‘ sirlari bilan e’tibor bersangiz, xuddi o‘zining qonunlari, hikmatlari bilan qoim bo‘lgan katta koinotdek, siz ham bu Buyuk zotdagi ma’naviy, daqiq koinotni ko‘rasiz. 🍃 Sollallohu alayhi va ’ala alihi va sohbihi vasallam! 🍃 📚 «Vahyul qalam» kitobidan Ummu Abdulloh tarjimasi. kanalga azo bo'lish👇 @Muslimat10🕊
Показати все...
Kundalik muomaladagi Islomiy so’z va iboralar jadvali. https://islom.uz/maqola/3443
Показати все...
Kundalik muomaladagi Islomiy so’z va iboralar jadvali.

Kundalik muomaladagi  Islomiy so’z va iboralar jadvali.Musulmon bolaga Islomiy so’zlashuv odoblari, qo’llaydigan so’z va iboralar, kalimalarni ma’nolari va ularni qanday, qayerda aytish lozimligini kichikligidan yoshlari

ⓚⓤⓝⓓⓐⓛⓘⓚ ⓜⓤⓞⓜⓐⓛⓐⓓⓐⓖⓘ ⓘⓢⓛⓞⓜⓘⓨ ⓢⓞ’ⓩ ⓥⓐ ⓘⓑⓞⓡⓐⓛⓐⓡ ⓙⓐⓓⓥⓐⓛⓘ. ⓗⓣⓣⓟⓢ://ⓘⓢⓛⓞⓜ.ⓤⓩ/ⓜⓐⓠⓞⓛⓐ/3443
Показати все...
🌊
Показати все...
9.80 KB
O'zi desin aylab iltifot: Jannat senga bo'lsin ey qulim. Rahmon ismin aytish top vafot, Alloh uchun o'rgangan gulim. 🦋 @Muslimat10🕊
Показати все...
Hayosi bõlmagan qizni yopiq boshi Soliha qilmaydi ! Kozi yerda bo'lmagan yigitni soqoli Solih qilmaydi ! @Muslimat10🕊
Показати все...
📝BIR KAFT MEHR... — Oyimni ko‘rib kelmoqchiman. Sog‘inib ketdim. — Sog‘ingan bo‘lsang borib ko‘rib kel. Xohlasang, bir-ikki kun turib kelsang ham mayli. Turmush o‘rtog‘ining gaplaridan, befarq bo‘lib aytgan gaplaridan Humoraning yuragini yana shubha-gumonlar kemira boshladi. Ko‘ngil osmonini qop-qora bulutlar qoplab oldi. Onasini sog‘ingani ham hayolidan faromush bo‘ldi. “Sevmaydi! Aniq sevmaydi. Boshqani... Ha, boshqani sevgan. Menda ko‘ngli yo‘q. Bo‘lganida bunchalik befarq bo‘lib gapirmasdi. Bormisan, yo‘qmisan demaydi-ya, tavba! Axir men ham odamman! Men ham ayolman. Uning mehridan bahramand bo‘lgim, u uchun suyukli, aziz bo‘lgim keladi. Ozgina... Ozgina mehr ko‘rsatish, bir kaftgina mehr berish shunchalik qiyinmi?..” Humora iztiroblarini qayta yuragiga ko‘mganicha, ko‘zlaridagi yoshni qo‘llari bilan sidirib, oshxonaga o‘tib ketdi. — Eldor aka, to‘yimizdan keyin hech aylangani chiqmadik. Bugun kinoga boraylik. Uyda bitta o‘zim siqilib ketyapman. — E, Humor, nima bor kinoda. Ishdan charchab keldim. Shunaqa charchaganmanki, ishxonada tushlikdan keyin faqat uyga kelib, maza qilib mizg‘ib olish haqida o‘yladim. Ertaga ishlarim bugungidan ham ko‘p. Boshqa payt borarmiz. Eldor shunday deb, yotoqqa kirib ketdi. Humora yana tushkunlik, shubha-yu gumonlar, iztiroblar girdobida qoldi. Yuzlari alamdan qizib ketdi. Eldorning uxlaganini bildirgan xurrak esa battar alamini keltirdi. Shu kungacha yig‘ilib kelgan iztiroblar alamini yig‘idan oldi... — Nimaga bugun yozgan smsimga javob yozmadingiz? — Ishda edim-ku! Senga bekorchimanmi? Ish juda ko‘p edi, hatto tushlikka zo‘rg‘a vaqt topdim. Sen sms yozmadingiz deysan. — Tushlik qilgani vaqt topibsiz-ku! Bitta “Ha” yoki “Yo‘q” deb yozib, jo‘natib yuborish shunchalik qiyinmi?! — Men unaqa narsalarga yo‘qman! Sms yozish, kino, teatrga borish, qo‘ltiqlashib sayrlarga chiqish yoqmaydi. Humor, o‘zi senga nima bo‘lyapti? Gʻalati bo‘lib qolgansan. Agar uyda zerikayotgan bo‘lsang, onanglarnikiga borib kel. Ular ham xursand bo‘lib qolishadi. Humoraning quloqlariga gap kirmasdi. “Hamma ayb o‘zimda. Sevgi, muhabbat yo‘q narsa, muhabbat to‘ydan keyin, oilada paydo bo‘ladi, dedim. Ko‘rmagan, bilmagan odamimga, ota-onam yoqtirgan insonga indamay tegib ketaverdim. Mana, endi o‘tiribman... Bir kalima shirin so‘zga zor bo‘lib! Peshonam qursin. Ayni o‘ynab-kuladigan paytimda shunday ahvolda o‘tirsam-a? Yana mana shu bemehr inson bilan butun umr yashashni bo‘ynimga olganman. Eh...” — Nima bo‘ldi?! Humoraga nima bo‘ldi? Ko‘zlari yumug‘-u, qulog‘iga tanish ovoz eshitilyapti. Bu Eldor akasining ovozi. “Tirik ekanman”. Hayolidan o‘tdi Humoraning. — Yo‘ldan o‘tayotganda mashina turtib yuboribdi. Havotirli joyi yo‘q. Faqat oyog‘i va chap qo‘li ozgina shikastlangan. Bir-ikki hafta yotib, davolansa, hammasi yaxshi bo‘ladi. Shifokorning gaplarini eshitib bo‘lib, yoniga kelgan Eldorning nafasini sezib, Humora ko‘zlarini ochdi. — Eldor aka... Men... Men... ko‘rmay qoldim. — Gapirma. Hammasi yaxshi bo‘ladi. Tezda tuzalib ketasan. O‘zim qarayman. Qo‘llaridan tutib turgan qo‘lning taftini, mehrini ilk bor his qildi Humora. — Bugun ishga bormaysizmi? — Yo‘q. Ikki haftalik ta’til oldim. Senga o‘zim qarayman. Onangni ovora qilgim kelmadi. Xumora Eldorni birinchi marta ko‘rayotgandek qaradi. Hamisha ishim deydigan odam, ikki hafta ishga bormasa-ya! Yana uni deb! — Egningdagi ko‘ylagingdan kasalxona hidi kelib qolibdi. Kel, mana bunisini almashtirib qo‘yaman. Qo‘lingni ehtiyot qilib kirgizasan. Turmush o‘rtog‘ining avaylab, biror joyiga ozor berib qo‘ymaslik niyatida juda ehtiyotkorlik bilan ko‘ylagini almashtirishiga yordam berishini ko‘rarkan, Humoraning yuragi titrab, yig‘isi tomog‘iga tiqildi. “To‘g‘ri aytishgan ekan... Muhabbat oiladan, mehrdan yaraladi, e’tibordan yaraladi. Bir kaftgina mehrdan... @muslimat10🕊
Показати все...
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.